B. E. Turayev, X. Isayev, G. O. Akbarova tabiiy fanlarning



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/100
tarix20.11.2023
ölçüsü56 Kb.
#162573
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

modellash
deb qabul qilinadi. Fanga cheksiz ko’p marta. 
boshqariladigan va qayta takrorlab ko‘rsa bo‘ladigan eksperiment 
o ‘tkazilganda ham, doimo ayni bir natija olinsa, uni qonun deb qabul 
qilinadi. Faqat shu holdagina olingan natija ilmiy nuqtayi-nazardan 
mukammal deb hisoblanadi. Kosmologiyaga bu metodik qoidani 
qoMlab bo'lm aydi. Chunki fan universal qonunlarni ifodalaydi, samo 
esa unikal (ya’ni o ‘ziga xos rang-barang)lik xossasiga ega.
Shu sababli, samoning yaratilishi va rivojlanishi haqidagi xulo- 
salami qonunlar deb emas, balki 
modellar
deb olish talab etiladi.
33


Kosmologiyada - 1916-yilda A. Eynshteyn tomonidan yaratilgan
umumiy nisbiylik nazariyasi va tortishishining relyativistik nazari- 
yalari asosida qurilgan - bir jinsli, izotrop, nostatsionar, issiq kenga- 
yuvchi samo modeli — um um e’tirof etilgan model hisoblanadi. Bu 
modelning asosida quyidagi ikki fikr yotadi:
1) samoning xossalari uning barcha nuqtalarida (bir jinslilik) va 
yo ‘nalishlarida (izotroplilik) bir xildir.
2) gravitatsion maydonning eng mukammal ifodasi — Eynshteyn 
tenglamasidir.
Bundan esa fazoning egriligi va egrilikning massa zichligi (ener­
giya) bilan bog‘liqligi kelib chiqadi. Shu postulatlarga asoslanganligi 
uchun kosmologiya relyativistik hisoblanadi.
Bu modelning eng asosiy nuqtasi samoning nostatsionarligidir. U 
nisbiylik nazariyasining ikkita postulati
bilan aniqlanadi:
1) tabiatni barcha qonunlari bir inersial sanoq sistemasidan ikkin- 
chisiga o ‘tishiga nisbatan invariantdir 
(nisbiylikprinsipi).
2) vakuumda yorug‘lik tezligi manbaning yoki kuzatuvchining ha­
rakat tezligiga bog‘liq emas. U barcha inersial sanoq sistemalarida bir 
xildir 
(yorug‘lik tezligini invariantlik prinsipi).
С = 3-108л(/с
Nisbiylik nazariyasidan - egrilangan fazo statsionar bo‘la olmasligi, 
u yoki kengayishi yoki torayishi lozimligi kelib chiqadi. Buni birin­
chi bo‘lib peterburglik fizik Aleksandr Fridman 1922-yilda aniqladi. 
1929-yilda amerikalik astronom Edvin Xabbl 

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin