B. E. Turayev, X. Isayev, G. O. Akbarova tabiiy fanlarning


 Fanning natural filosofiya sifatida rivojlanishi



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/100
tarix20.11.2023
ölçüsü56 Kb.
#162573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

1.3. Fanning natural filosofiya sifatida rivojlanishi
Fan asosi qadimda Gretsiyada natural filosofiya formasida keng 
rivojlandi. Shu bois u natural filosofiya deb ham yuritiladi. Antik 
davrdagi fanda inson va tabiatni bir butun deb qarab, bitta qonunga 
b o ‘ysunadi deyishgan. Keyinchalik esa u tabiiy va gumanitar fanlarga 
b o ‘lindi. Tabiiy fanlar tabiatni, gumanitar fanlar esa jam iyatning ijti- 
moiy-iqtisodiy muammolari bilan shug‘ullanadi.
Tabiatshunoslikning izchilligi, uning olg‘a rivojlanishida qaytmas 
(takrorlanmaydigan) tasnifga olib keladi. Har bir tarixiy bosqichda 
ilmiy bilish fundamental kategoriyalar va tushunchalar, metodlar, 
tamoyillar, ya’ni tafakkumi tushuncha bilan birlashtiradigan bilish 
shakllarining m a’lum yig‘indisidan foydalanadi. Masalan, kuzatish 
antik tafakkur uslubi uchun bilim olishning asosiy usulidir. Yangi 
zamon fani eksperimental va oddiy, kelgusida tadqiqotning ajral- 
maydigan birinchi elementlarini izlashga y o ‘naltirilgan tafakkur, 
analitik yondashuv boshqaruviga tayanadi.
Zamonaviy fan o ‘rganilayotgan obyektlami yaxlit va ko‘p tomon- 
lama qamrab olishga intilishi bilan tavsiflanadi.
Tabiatshunoslikning butun tarixida differensiatsiya va integratsi- 
yaning murakkab dialektik birikmasini qoplaydi. Ilmiy bilishda dif- 
ferensiatsiyalash k o ‘p asrlik tarixga ega. Astronomiya va matema- 
tika birinchi fanlardandir. Qadimgi tabiat falsafasidagi “fanlarning 
fani” - astronomiya va matematika sanaladi.
X V II-X IX asrda differensiatsiyalash jarayoni ko‘proq faollashdi. 
Geografiya, geologiya, paleontologiya, fizika, biologiya, birm uncha 
vaqtdan so ‘ng kimyo, fiziologiya mustaqil fan bo‘ldi. Termodina-
7


m ika va boshqalar fan sifatida rasm iylashdi. Shunday qilib, barcha 
yangi sohalami o ‘zlashtirish va bilimni chuqurlashtirish fanni diffe- 
rensiatsiyalashga olib keladi.
XIX 
asr fanining rivojlanish tendensiyasi fanni bir-biridan ajratib, 
ixtisoslashtirish b o ‘ldi. Biroq, tabiatshunoslikning rivojlanishi bilan 
turli tabiiy fanlarning imkoniyatlari, usullari va metodlarini jalb etish- 
ni talab qilgan yangi murakkab ilmiy muammolar paydo b o ‘ldi [4].
Olamda mavjud b o ‘lgan va o ‘zaro bog‘liq barcha hodisa va ja ra­
yonlar tabiatshunoslik rivojlanishining m a’lum bosqichida integratsi- 
ya tendensiyasi uchun sharoit yaratdi. Tabiatshunoslik rivoj lanishi­
ning barcha bosqichlarida tabiiy va texnikaviy yoki amaliy deb atala- 
digan fanlar shunchalik matematika, fizika va kimyo bilan bog‘liq 
b o ‘lganligi sababli ularni bir-biridan ajratish qiyin bo‘Igan, ana shu 
holatda integratsiya namoyon b o ia d i. Dastlab, tabiatshunoslikning 
yangi tarmoqlari predmetlik belgisiga k o ‘ra shakllanadi.
Zam onaviy tabiatshunoslik uchun predmetlikdan muammolik 
y o ‘nalishiga o ‘tish xosdir. Bunda m a’lum yirik nazariy yoki amaliy 
muammo ilgari surilishi munosabati bilan bilishning yangi sohalari 
paydo bo‘ladi. Shunday qilib, biofizika, biokimyo va elektrokimyo 
kabi birikkan fanlar vujudga keldi. Ularning vujudga kelishi tabiat­
shunoslik differensiatsiyasining yangi shakllarida davom etdi. Bi­
roq, shu bilan birga, avval ajralgan fanlar integratsiyasi uchun yangi 
asos b o ‘ldi. K o‘proq darajada tez rivojlangan yangi fanlardan biri 
radioastronomiyadir. Zamonaviy, mukammal tuyulgan teleskoplar 
cheklangan imkoniyatga ega. Radioastronomiyada kuzatish radio 
to ‘lqinlari yordam i bilan olib boriladi. Xususan, radioteleskop yor- 
dami bilan K oinotning eng katta obyekti o ‘lchami 2><107 yorug‘lik 
yiliga teng bo‘lgan galaktika aniqlandi. Nazariy-mantiqiy qat’iylik, 
mukammallik, yuqori matematikalashtirish tabiiy fanlar blokining 
m uhim xususiyati hisoblanadi. Tabiatshunoslikda eksperimentning 
o ‘ylangan va tabiiy fizik tipi shakllandi, so‘ng ular nazariy-amaliy 
imkoniyatlari bilan ilmiy ishlab chiqarish darajasigacha o ‘sdi, hozirgi 
vaqtda esa u mashinali yoki matematikdir. U murakkab yoki bajarili- 
shi mumkin bo ‘lmagan tadqiqot vositalari bilan bilish obyektlarida


qo‘llaniladi. Tabiatshunoslikning bitta yutuqli xususiyatlaridan yana 
biri, ko‘pgina tarkibiy fanlar bilan o ‘zining obyektiv va metodologik 
chegaralarini egallash, ularni umumilmiy darajaga chiqarishdir. Ay- 
niqsa, boshqaruv jarayonlari va har qanday tabiat tizimi (informat- 
sion aspektdagi tirik organizmlardan boshlab)ni o ‘rganadigan fizika, 
kibernetika hamda etologiya (yuqori organizmli hayvonlar va ularn­
ing hamjamiyati haqidagi fan) va ekologiyani aytib o ‘tish zarur.
K o‘p asrlik tajribalar odamlarga tabiatni ilmiy metodlar bilan 
o‘rganish mumkin, degan xulosaga kelish imkonini berdi. Metod tu- 
shunchasi yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, nazariy va 
amaliy o‘zlashtirishning usullari va operatsiyalari yig‘indisini ang- 
latadi. Taniqli faylasuf, XVII asr olimi F.Bekon metodni qorong‘ida 
ketayotgan yo‘lovchining yo‘lini yoritayotgan fonar bilan qiyoslaydi. 
Metodlami maxsus o ‘rganish bilan shug‘ullanadigan, metodologiya 
deb nomlash qabul qilingan butun bilimlar sohasi mavjud. Metodologi- 
yaning muhim vazifasi bilish metodlarining kelib chiqishi, mohiyati, 
samaradorligi va boshqa tasniflarini o ‘rganish hisoblanadi. Ilmiy bilish- 
ning metodlarini ilmiy tadqiqot jarayonida keng qo‘llanishiga 
qarab 
bo‘lish qabul qilingan bo‘lib umumiy ilmiy va xususiy ilmiy turlarga 
bo‘linadi. Barcha narsalarga taalluqli metodlar ikki xil bo‘lib, meta- 
fizik va dialektik metodlardir. XIX asrning o ‘rtalarigacha hukmron 
bo‘lgan metafizik metodni dialektik metod siqib chiqara boshladi.
Hozirgi zamon fizikasi hamma mavjud jarayonlar, materiallar 
haqida nazariya yaratish ustida ishlamoqda. Agar “yagona nazariya” 
yaratilsa, biz ham ma jarayonlam i oldindan aytib beramiz, degan 
fikr tu g ‘ilmasligi kerak. Chunki bunga ikkita sabab bor: birinchidan
— K vant mexanikasi, G eyzenberg noaniqliklari, ikkinchidan biz 
bu nazariyaning tenglam alarini to ‘liq yechib berolmaymiz. Natural 
filosoflar fizika fanini harakatning umum iy qonunlari va materiya 
evolyutsiyasi bilan shug‘ullanadi, der edi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin