Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X
I bob. TABIIY FANLARNING ZAMONAVIY KONSEPSIYASI ASOSIY VAZIFALARI VA Y O ‘NALISHLARI 1.1. Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi haqida “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” kursi talabalarda haq-
iqiy ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, jonli va jonsiz tabiatni tush-
untirishda, fundamental qonunlar asosida mikro - makroolamdan to
megaolamgacha mulohazalar yuritiladi. Bu kurs aw alam bor bir ne
cha fanlar sohasida: fizika, biologiya, kimyo, astronomiya, ekologiya
va boshqa tabiiy fanlardagi asosiy ta ’limotlar, m a’lumotlar, konsepsi-
yalar haqida talabalarga tushuncha beradi. Shuning bilan birga keyingi
yillardagi dolzarb masalalar hamda yagona moddiy dunyo haqidagi
tabiiy-ilmiy paradigmalarini ko‘rsatib beradi. Tabiatda ro‘y berayot-
gan hozirgi zamon fizikasidagi o'zgarishlami chuqurroq va soddaroq
maksimal darajada zarur boTgan matematik ifodalarini yoritib ber-
sa, ikkinchi tomondan hozirgi davrda fundamental fanlarning asosiy
yo‘nalishlari rivojlanib borayotganligini ifodalab beradi.
Tabiatshunoslik— insoniyat m a’naviy madaniyatining eng muhim
va ajralmas qismidir. Uning hozirgi zamon asosiy ilmiy qoidalari,
dunyoqarash va metodologik xulosalari haqida bilimga ega boTish,
har qanday sohada umummadaniy tayyorgarlikka ega b o ig a n mu-
taxassislami tayyorlashning zaruriy ehtiyoji sanaladi. Bilimning turli
sohalarini tashkil etuvchi tabiatshunoslik, texnikaviy, ijtimoiy va gu-
manitar fanlar bir-biri bilan uzviy bogMiq holdagina tabiat, jam iyat
va inson to ‘g ‘risida yaxlit bilim berishi mumkin. Falsafa ham maxsus
bilimga suyanmasdan turib xususan, tabiatshunoslikka asoslanmay
bu vazifani bajara olmasligi aniq. Binobarin, falsafiy dunyoqarash
o ‘zida tabiat to ‘g ‘risidagi fan yutuqlari va uning muhim qoidalarini
dam n in g tabiiy-ilmiy manzarasi asosida konkretlashadi. Ilmiy bilish
taraqqiyotning qonuniy va zaruriy y o ‘nalishi fanlar differensiatsaya-
sida ham, integratsiyasida ham namoyon b o ‘ladi.
5