Ibrohim Adham haqida hikoya
Ibrohim Adham shahzodalikni tark etgach, Alloh
uning boshiga fano tojini qo*ydi. U o‘z mamlakat-u
saltanatini
fano yeliga berdi-yu, sahro tomon
joynamoz bilan yolga tushdi va har qadamda ikki
rakat namozga bosh qotyib, o‘zi yoqtirgan Makkani
madh etib, o‘n to'rt yil y o l bosdi. Makkaga yetib
kelgach, uni o‘z o'mida ko'rmay hayron boldi-da:
«Yo Alloh, bu qanaqasi boldi?» - deb fig‘on chek-
di. Masjid ichidan ovoz eshitildi: «Bir
ojiza shu
sahroda yayov yurib kelayotib, shavq-muhabbat
yukidan bukchayib notavon bolib qolgan ekan,
КаЪа uni ziyorat qilish uchun ketdi».
Bu voqeaga
hayron qolgan Ibrohim Adham
orqasiga qarasa, Robiyaning kelayotganini ko‘rib-
di. Dedikim: «Sening ziyorat makoning Arsh,
osmonning yuqorisi bolsa, КаЪа tomonga azm
etib ko'rki, jahonni ne holatga qo^ibsan?» - deb
so‘radi. Robiya dediki: «Dag'allik qilma.
Sahroda
o‘n to‘rt yil y o l yurib, sening о‘zing olamga g‘avg‘o
solibsan». Ibrohim dedi: «Ey pokiza, balki farishta-
lar ahlidek falakda kezuvchi ayol, nega men ming
ranj chekib, ganj senga tegyapti?» Robiya unga:
«Ogoh bol, necha yil sen sahroda namoz o‘qish
bilan band bolgan esang, men yolborish, o'tinish,
umid bilan o'tkazdim. Sen namozi riyo mevasidan
bahramand bolgan esang, bizni niyoz-u fano
umidimizga yetkazdi*.
Boqma, Navoiy,
у ana noz ahlig‘a,
Arzi niyoz ayla niyoz ahlig'a.