«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Uchinchi maqolat 
SALOTIN BOBIDA
Alloh senga mehribonlik soyasini solib, Xilofat 
taxtini senga ro‘zi qildi - nasib etdi. Oldingda 
buyuklami past aylab, olam zabardastlarini senga 
maglub qildi. Xalqni oldingda ojiz etib, qadlarini 
oldingda buktirdi.
Lekin shuni bilgilkim, sen ham bir bandasan, 
hatto ko'prog'idan ojizroq hamsan. Ular tuprog' 
bolib, sen nuri pok emassan, sen ham, ular ham 
tuprog'dan yaratilgansiz. Barcha tana a’zolarida 
hamma bilan tengsan. Lekin hunarda ham, kamo- 
lotda ham, yaxshi xulq-u yaxshi so'zlashda ham, 
yurish-turishing-u adl va insofda ham, shariat 
qonunlariga amal qilishda, Alloh yolida taqvo va 
toatda ham sen to‘g‘ri yoldan yurmay, ko‘prog‘i 
bu yoldan yaxshiroq yuradi.
Senga Tangri imtiyoz berib, saltanatning eng 
yuksak cho‘qqisiga chiqarib qo^ydi, shaxsinga 
taxtni makon qilib, mamlakatda hukmingni yur- 
gizib qoydi. Raiyat go “yoki gala-yu, sen cho'pon 
bolding. Boldi raiyat gala-vu, sen shubon, ul 
shajar-u musmir-u - о‘sib turgan daraxt-u, go^o 
sen bir bogЪon bolding. Qo^ni cho'pon oy-u yil 
asramasa, u och bo'rilaming yemishiga aylana- 
di. Dehqon boglni tun-kun parvarish qilmasa
bog'ning qurigan o‘tindan farqi qolmaydi. Bo‘ri- 
ni galadan uzoq tutib, boglngga esa suv berib 
ma’mur (obod) qil. G*am yesang, u gala foyda 
beradi, bog‘ gul-u mevadan foydali hosil yetkazib 
beradi. Gala bo'rilarga yem bolib tugab, daraxt- 
lar esa qurib tamom bolsa, senga ham foyda-yaa 
hosili qolmaydi.


Alloh topshirgan ne’matlarining javobini so Vasa, 
u kuni nima deb javob berasan? Aqling bolsa, ho- 
zirdan ko'zingni ochib, har bir ishingni o^lab qil!
Necha-necha kishilar sening hukmingga 
botysunadi. Zulm qilsang ham, bechora mazlum 
bolib turaveradi, chidaydi, garchi martaba-yu 
pul-dunyosi bolmasa ham uning poyasi sendan 
ham ortiqroq. Qiyomat kuni Yaratgan zolimni 
ham, mazlumni ham so‘roq qiladi. U qomatini 
rost tutib tursa, sen sharmanda holatda bolsang, 
u tik tursa, sen qomati egilgan bir darajada tu- 
rasan, mazlum Haqning savollariga polat xan- 
jardek ochiq, dadil javob qilsa, sen uyatdan bosh 
ko‘tarolmay qolasan-ku! Har bir qilgan xatong hi­
sob qilingach, har biriga yuz azob belgilanadi-ku!
Mazlumlar, sendan zulm koYganlar gunohlaringni 
kechirishmasa, vataning muttasil do‘zax bolib 
qoladi-ku!
Ey podshoh! Alloh qolingni quwatli qildi-yu, 
lekin sen zulm yo'lin i tanlading. Zulm ing 
xaloyiqqa kam emas edi, endi sen uni o'zingga 
ham qilayotirsan. Ey hushyor, zulm o'zingga fisq 
(gunohdir), agar senga hush yor bolsa, ulardan 
voz kech, chunki shodlik, xursandlikga berilib, 
aysh-u ishrat yoliga kirishib ketding. Bazming 
bolayotgan qasrda jannat ziynatlari bilan ol- 
yashil pardalarining iplari el jonidan, la’li-yu 
shingarfi - oltinrang bezaklari xalq qonidan. U 
yerdagi glshtlar machitlami buzib keltirilgan, 
toshi xalq qabrlaridan yetkazilgan, shift o'rtasida- 
gi quyoshsimon yaltiroq kungira elning dur-u lali 
bilan oltinrang qilib bezatilgan. Shunday manzilda 
shohlarga xos oliy ziyofat uyushtiriladi, aysh-u


ishrat uchun bor narsa muhayyo qilinadi. Bazmda 
may quyuvchilar tabassum bilan xilma-xil maylar 
tutadilar, ashulachi - hofizlar har sohadan dos- 
ton to‘qiydilar. Tillar deyilishi mumkin bolmagan 
so'zlarni so'zlab, ko'zlar ko'rishi mumkin bolma­
gan narsalami ko'radilar.
Bazmdagi har bir qari-yu har bir yigit maydan 
har biri quturgan it bolib kechasi bilan shu xil 
sharmandalik davom etib, tong otishi bilan yana 
har biri bir zulmga mashg4il boladi. Har kuni 
shu xildagi yaramaslik tungacha davom etadi, har 
kecha shu g'aflat kun bo^i davom etadi.
Qoida mundog‘mu bo‘lur, de, axi,
Biro'z ishingni g ‘ami ham ye, axi.
Necha bu behudlik ila yil-u oy,
Voy, agar kelmasang, o ‘zungga voy!
Zulmni tark ayla-vu, dod aylagil,
Marg kunidin dogH yod aylagil.
Zulmung erur kecha-yu fisqing necha, 
Zulm ila fisqing necha, bo‘lg‘ay necha?
May jism uyini vayron qilish uchun otilgan o‘qdan 
boshqa narsa emas. Balki jism uyiga balo selidir. 
Qanday qilib endi u jism uyi, jon uyi bolsin, jism 
uyi, demaki, imon uyi ham bololmaydi-ku!
Sel qaysi tomonga qarab o'zini urib tugVon 
solsa, shoh bilan darvesh uyi ham yakson boladi.
Bodag‘a ko‘rguzsa kishi xiraliq,
Aql charog4gea berur tiraliq.


Agar chirog' otiga bir tomchi suv tomsa, unda 
yoruglikdan qolingni yuvib qotya ber. Alohida bir 
chiroqqa bir odam tongdan kechgacha may suvidan 
ketma-ket jom quyib turar ekan, mash’al otiga bir 
qadah suv quysa o‘chadi-yu, bu xil chirog'ning holi 
ne kechadi? Suv bilan mash’al o'ti, mash’al otigina 
emas, manqal oti. Manqal otimi, qo‘ra otimi, tandir 
otimi - suv yetib borgach, unda tob-u nur qolmaydi. 
Yonayotgan suv ichra majusiy dinidagi odamning 
holi ne kechardi, sandal daraxti bir damda obnus 
daraxtiga o^shab qop-qorayib ketadi-da! Har ki- 
shikim bu suvdan bir idish tanovul qilsa, xonaning 
siyohga aylanishi ajab emas.
Suv dema oniki, bir o ‘t erur,
Kim yeti ko‘k xirmanini kuydurur.
U shula tushsa, xas-u xashak nima emish, os- 
monni o'rtasa, uni kuydirib kul qiladi. Vujuding 
uyi bir xashak bolsa, zor taning xuddi bir hovuch 
kulning o‘zi-ku! Bu xashakka necha ot uraverasan? 
Bu tufrog'ni necha sovuraverasan? May suvi dard
о lining o'zidir, yo‘q, u do‘zax oli-yu, toTon suvidir. 
U otni xas-u xashagingga uraverma, quyma, bu 
suvni bir hovuch xokingga quyaverma!

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin