So‘ng Haq rasuliga rosix bolib, dini rasul diniga
nosix bolib, kufr qarshisida har mursal dili bi
lan mash’al yoritdi. Uning shar’i quyoshi zuhur
topgach, boshqa mash’alalar ichida nur qolmadi.
Unga yetganda payg'ambarlar kelishi tugallandi.
Din uning islomi bolib qoldi, bas vassalam.
Beshinchisi - qiyomat. Hisob kuni, hisob kuni
dema, azob kuni deyaver.
U kuni bolishi uchun
qiyomat boladi, elga qilganidan nadomat yoziladi,
yozish uchun qog‘oz sahifalari yetishmay qoladi.
Shimol ahli ichida janjal ko‘tarilib, nomalari
yuzlaridek qorayib ketadi. To‘g‘ri tarozuning ikki
boshi bolib, biriga gavhar, biriga tosh solinadi.
Ko'prik ustida xalq tashvishda bolib, biriga qat-
tiq, biriga oson boladi. Do'zax o^ti cheksiz yonib,
xsdqni oldirishda ajdaho qatnashadi. Uning yetti
boshi aylana gumbazdek bolib, yetti og‘zining
har biri g'ordek keladi. Go*yo yetti do'zax eshigini
ochib, yetti og‘zidan otlar sochilib,
firdavs gul-
shanida ozuqa m ol bolsa ham, olovlar orasida
nasim esayotgan bolsa ham o'tish qiyin boladi.
Uning huri ruhi musawar kabi bolib, qadd-u,
labi tolii-yu kavsar kabi boladi.
Oltinchisi
qadar haqida bolib, oldin yozilgan
barcha yaxshiliklar-u yomonliklar: may ichib mast
bolishlar, hammani mast-behush qilish, yiglnlarda
bolgan barcha yaxshi-yomon voqealar, mastning
noxush sado tortishi-yu mutribning qilgan dilkash
navosi, ba’zilar KaЪaga qarab yol olgan bolsa-yu,
ba’zilar mayxona
ichida bazm tuzgan bolsa, biri
sahroda yarim-yalang‘och uxlab, yana biri vayro-
nada yashayotgan bolsa, mast mugl^acha - may
qu
3
ruvchi bola saloh ahlini bevaqt uyg‘otgan bolsa,
zohid agar ertalabdan dardnush bolib olib, fosiq
o'zini xirqa kiyib masxarabozlik qilsa,
Barchasi haq ilmida ma’lum edi,
Lavhayi mahfuzda marqum edi.
Yaxshi amal qilganlar omonlikdan behishtga
tushishi ham, yomon feli tufayli do‘zaxdan o‘rin
olishi ham nomalum.
Tangriga ming yil sujud
qilgan odam ham jannatdan о Yin ola olmasa -
foydasi yo‘q. Mug'bachalar dayrda halok qilgan
saidi abadiy bolsa, ne ajab?
Kimdaki mana shu olti narsaga e’tiqod bor ekan,
men ham shunday odamlardan talim oldim. U har
qancha nomasiyah bolsin, g'arqayi daiyoyi gunoh
bolsa ham, Allohim afviga muyassar bolsa, ne ajab?
Lekin bu dard o^i jonni iztirobga soladi, uning
ichida qancha-qancha ahli roz kutib ado bolgan.
Bittasi o‘z
holiga motam tutsa, ikkinchisi olam
tark aylagan. Men tasvirlagan zinalarga kim ye-
tadi-yu, kim yetmaydi - u hech kimga malum
emas. Yetmagi ham noaniq, yetishi ham mumkin.
Bu xil tashvish kofir-u mo'min uchun ham
barobar, har ikkisining ham ko'ngli shu dard bilan
band, kim to‘q-u,
kim och bolsin, shu g‘avg‘odan
xoli emas. Barcha bir niyatda, Alloh shafqat-ma’ri-
fatini topmoqda. Topmoq lekin mashaqqatdadir,
istakda, xohishda, irodadadir.
Dostları ilə paylaş: