7.2. Yangi tarmoqlarga kirish strategiyasi. Yangi tarmokka kirish kuyidagi uch shakldan birida davom etishi mumkin:
a) «yutib yuborish»;
b) yangi kompaniya tuzish;
v) kushma korxona tuzish.
Mavjud firmani «yutib yuborish» eng ommaviy usul bulib, yangi bozorga tezrok
kirish ustunligiga ega. Shuningdek u texnologik koloklikni tugatish, ta’minotchilar
bilan alokalar boglash, yangi tarmokda rakobatbardoshlikka erishish kabi tusiklarni
engish uchun yordam beradi. Kup tarmoklarda zarur axborot bazasini rivojlantirish,
uzini resurslar bilan ta’minlash va jiddiy rakobatchi obrusini egallash uchun
firmalarga bir necha yil kerak buladi.
«Noldan boshlash» diversiyasi tanlangan tarmokda «bosh» kompaniya
boshchiligida yangi kompaniya tuzishni ifodalaydi. Bu kuyidagi xollarda jozibali
xisoblanadi:
- bunda etarli vakt bulgan takdirda;
- yangi firmaning bozorni egallashga bulgan xarakatlariga rakobatchi firmalar
reaktsiya bildirmaydilar.
Bunday yul bilan bozorga chikish boshka kompaniyani sotib olishdan arzonga
tushadi.
Firma samarali faoliyat kursatish uchun etarli tajribaga ega buladi.
Yangi ishlab chikarish kuvvatlarini tashkil etish tarmokdagi talab va taklif
muvozanatiga salbiy ta’sir kursatmaydi.
Maksadli tarmokda nisbatan katta bulmagan firmalar bulganligi uchun yosh
kompaniyalarga yirik rakobatchilar bilan rakobat kilishiga tugri kelmaydi.
Kushma korxonalar tuzish quyidagi xollarda foydali samara berishi mumkin.
Kushma korxona - bu yakka tartibda biror bir narsani kilish xavfli yoki tejamsiz
ekanligida yaxshi usuldir.
Kushma korxonalar resurslarni birlashtirish yanada kuchlirok rakobat
ustunliklariga ega bulgan tarkibni yaratadigan takdirda kulaydir.
Xorijiy xamkorlar bilan kushma korxonalar ba’zida import kvotalarini,tariflarni
milliy-siyosiy manfaatlar va madaniy tusiklarni engib utishning yagona imkoniyati
bulib xisoblanadi.