93
Integratsiya to’liq va tor bulishi mumkin. Tuliq integratsiyada barcha kirish yoki
chiqishlar birlashadi. Tor integratsiyaga kompaniyaning
kirish elementlarining bir
qismini sotib olishi va qolganlarini uz kuchlari bilan ishlab chiqarishi misol bula
oladi.
Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda uzining asosiy
dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izoxlanadi.
Bunga quyidagilar sabab buladi:
- xarajatlardan tejash;
- integratsiyalanayotgan ishlab chiqarishlarda
bozor qiymatidan chetlanish;
- sifat nazoratini yaxshilash;
- o’z texnologiyasini ximoyalash.
Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari xam bor. Ularning ichida eng
muximi quyidagilardir:
- ortiqcha xarajatlar;
- texnologiyalar
tez almashgandagi yuqotishlar;
- talabning mavxum bulgandagi yuqotishlar.
Agar kompaniyaning tashqi arzon ta’minot manbalari mavjud bulib, uz ishlab
chiqarishidan
foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni kupaytirib yuborishi
mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yuqligi sababli xam yuz berishi mumkin
bulib, bu uning shu’ba korxonalarini (etkazib beruvchilarni) ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytirishga undamaydi.
Texnologiya keskin uzgarganda kompaniyaning
eskirgan texnologiyaga
bog’lanib qolish xavfi vujudga keladi. Talab doimiy bulganda yuqoriroq integratsiya
darajasi maxsulot ishlab chiqarishni ishonchliroq ximoyalash va muvofiqlashtirishga
imkon beradi. Talab beqaror va mavxum bulganda vertikal integratsiyada bunday
muvofiqlashtirish qiyin buladi. Bu boshqaruv qiymatining usishiga olib kelishi
mumkin. Bunday sharoitlarda tor integratsiya tula
integratsiyaga qaraganda
xavfsizroq bulib chiqishi mumkin.
Shuni xam qayd qilib utish lozimki, tor integratsiya tula integratsiyaga
qaraganda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ma’lum
sharoitlarda
kompaniyaga vertikal integratsiyani kengaytirishga imkon beradi (12-rasm).
Ammo, umuman olganda, tor integratsiya boshqaruv xarajatlarini kamaytirishi
mumkin bulsa-da, u xarajatlarni batamom bartaraf qila olmaydi.
Kompaniya bunga teskari strategiya sifatida
etkazib beruvchilar yoki
iste’molchilar bilan uzoq muddatli kontraktlardan foydalanishi mumkin. Bunday
aloqalar kredit majburiyatlardan yoki ishlab chiqarishni rivojlantrishga garov
investitsiyalardan foydalanishda ayniqsa katta samara beradi.
Bu boshqaruv
xarajatlarini oshirmay turib, vertikal integratsiya samarasiga erishishga imkon beradi.