9.2.Rasm. Amaldagi strategiyaning yuzaga kelish tarzi Tashkilot strategiyasi bir vaqtning o‘zida ham rejadagi va adaptiv
(moslashuvchan) hisoblanadi.
Tashkilot strategiyasini tez-tez "zargarona sozlash" yoki boshqarish odatdagi hol
hisoblanadi. Bular tasho‘i va ichki o‘zgarishlar miqdori sezilarli darajada jamlanishi
bo‘yicha amalga oshiriladi. SHuning uchun strategiya uzoo‘ muddat mobaynida
kamdan-kam holdagina o‘zgarmay qoladi. Biroq strategiyani tubdan o‘zgartirish
kamdan-kam yuz beradi, qoidaga ko‘ra, tang vaziyatlardagina shunday bo‘lishi
mumkin. Strategik ko‘ra bilish va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va
strategiyani qabul qilish, bu rivojlanish yo‘nalishini ishlab chiqish jarayonining
asosiy vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.
4.Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi. Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim sohasidagi olib borayotgan
davlat siyosatlari quyidagi jihatlari bilan xarakterlanadi:
Xususiy oliy o‘quv yurtlarini tashkil qilish, ularni rivojlantirish borasidagi
amaliy ishlar davlatlar tomonidan qo‘llab quvvatlamoqda (chunki bu sohaga davlat
va mahalliy byudjet ko‘magidan yashqari, yirik xususiy sarmoyalarni ham jalb qilish
imkonini beradi) Bunday yondoshuv ayniqsa AQSH,Yaponiyava Fransiyada ko‘zga
yaqqol tashlanadi.
Oliy o‘quv yurtlari davlat tasarrufida bo‘lgan davlatlar alohida ajralib turadi
(Germaniya,Avstriya,Daniya,Gretsiya). Bu davlatlarda xususiy oliy o‘quv yurtlari
cherkov tasarrufida bo‘lib, ular 2-3 foizni tashkil qiladi.
Xususiy oliy o‘quv yurtlar tizimi keng rivojlanayotgan mamlakatlar
(AQSH,Yaponiya,Fransiya). Ularning mavjudligi davlat tasarrufidagi oliy o‘quv
yurtlari obro‘siga putur yetkazmaydi.
YUqoridagi barcha mamlakatlardagi xususiy oliy o‘quv yurtlar moliyaviy
jihatdan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.