Tashqi va ichki sharoit
O’zgaruvchan
шароитга
мослашиш
Rejadagi (yoki mo’ljaldagi)
strategiya
Sharoit o’zgarishiga
moslashuvchanlik munosabati
Amaldagi
strategiya
130
Xususiy oliy o‘quv yurtini tashkil qilish – bu ko‘p sarmoya talab qiladigan
tadbirdir. Bu borada to‘plangan tajribalarning dalolat berishicha, faqat iqtisodiy
baquvvat firmalar (alohida shaxslar) yoki baquvvat ijtimoiy tashkilotgina o‘rta
darajadagi xususiy oliy ta’lim maktabi faoliyatini tashkil qila oladi.
Xususiy va davlat tasarrufidagi oliy ta’limni tashkil qilish borasidagi
tamoyillarni alohida mamlakatlar misolida aniq tahlil qilaylik.
AQSH
Bu yerda oliy o‘quv yurtlarining 1870 tasi xususiy sektor tomonidan nazorat
qilinadi (qiyoslang: davlat sektorida 1520 ta ). SHunga qaramasdan 77 foiz talaba
davlat sektotiga tegishli oliy o‘quv yurtlarida o‘qiydilar. Bunday ko‘rsatkich tobora
ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Bu xususiy oliy ta’lim maktabkarida o‘qish juda
qimmatligi bilan izohlanadi. Buning natijasida jamiyatning o‘rta qatlam vakillarining
farzandlari bunday oliy maktabga kirib o‘qishga qiynalmoqdalar.
AQSH da xususiy oliy o‘quv yurtini ochish huquqiy jihatdan biron qiyinchilik
tug‘dirmaydi (u talabgorlar miqdoriga bog‘liq). Bu boradagi qiyinchiliklar, asosan
diplomlarning tan olinishi va xususiy oliy o‘quv yurti tomonidan beriladigan malaka
bilan bog‘liq. Bu muammolarning yechilishida turli mintaqaviy va professional
agentliklarning fikrlari ustuvorlik qiladi.
Yaponiya
Bu yerda 1986-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra universitet darajasidagi oliy o‘quv
yurtlardan 334 tasi xususiy sektor va 131 tasi davlat tasarrufiga tegishlidir (ulardan
95 tasi-milliy universitetlar, 36 tasi mahalliy). Biron bir xususiy oliy o‘quv yurtining
ochilishi mamlakat hukumatining ruhsati bilan amalga oshiriladi.
Fransiya
Bu yerda 77 ta universitet mavjud bo‘lib, ulardan 5 tasi katolik cherkovi
tasarrufida. SHunga qaramasdan, oliy o‘quv yurtlarining uchdan bir qismi turli tuman
muassasalar, assotsiyasalar, fondlar va cherkovlar tasarrufida bo;lib, davlatdan
mustaqildirlar. Xususiy sektor tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan fransuz oliy o‘quv
yurtlarining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 75 foiz oliy o‘quv yurtlari
biznes va menejment bo‘yicha, yoki 45 foizi umuman savdoga oid mutaxassislar
tayyorlaydilar. Xususiy sector tasarrufidagi injener-texnik xodimlar tayyorlovchi oliy
o‘quv yurtlar 35 foizni tashkil etadi.
Davlat tasarrufidagi bir orofilli oliy o‘quv yurtlari institut deb atalsa (masalan
injenerlik sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlovchilar), xususiy sektordagi
shunday oliy o‘quv yurtlari “Masshtab” deb ataladi. Bunday xususiy “Masshtab” lar
davlat institutlaridan talablar miqdorining kamligi bilan ajralib turadi. Aytaylik,
injenerlik, boshqaruv va biznes sohalarda mutaxassis tayyorlovchi xususiy oliy
o‘quv yurtlarida 600 va undan kam (ba’zan bir necha o‘nlab) talaba tahsil oladi.
|