Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi


3.O`lkaning er osti suvlari.
 
Qoraqalpog`iston hududida er osti suvlarining 
joylashishida o`ziga xos ayrim o`zgachaliklar seziladi. Shuningdek rel`efining haddan 
tashqari tekis ekanligi, er yuzasidagi yotqiziqning mexanik tarkibi va er usti 
suvlarining joylashish o`zgachaliklari ularning asosiy faktorlaridan bo`lib 
xisoblanadi. Haqiyqatdan hududning cho`l iqlimi sharoitida yillik yog`in-sochin 
miqdorining haddan tashqari kam ekanligidan ular er osti suvlarining to`yinishiga 
ko`p miqdorda suv bera olmaydi. Yog`in-sochinga qaraganda ko`pchilik sharoitda 
Amudaryo va uning tarmoqlari, suvg`orish sistemasi, suv xavzalari bilan ko`llar er 
osti suvlarining to`yinishida aktiv qatnashadi. Shuning uchun ham Amudaryoning 
«harakatdagi» del`tasi joylashgan hududda, Amudaryo bo`ylarida va suvg`oriladigan 
zonada er osti suvlari sayozda uchraydi. Shu territoriyadan qancha uzoqlikda 
joylashgan sari, er osti suvlari ham shuncha chuqurlikda uchraydi. 
Masalan, To`rtko`l va Beruniy tumanlaridagi qadimdan suvg`orilib kelayotgan 
zonada er osti suvlarining sathi er betidan 1,0 metrdan 4,5 metrgacha oraliqda 
chuqurlikda joylashgan. Shu tumanlardagi va Ellikqaladagi yangidan o`zlashtirilgan 
erlarda er osti suvlarining sathi er betidan 4,5-6,0 metr chuqurlikda yotibdi. 
Sho`monay, Qonliko`l va Qo`ng`irot tumanlaridagi dexqonchilik uchun yaqinda 
foydoladilayotgan uchastkalarda er osti suvlari er betidan 2,5 metrdan 19 metrgacha 
chuqurlikda uchraydi. Bu rayonlarda er osti suvlari sathining er betiga yaqin 
joylashgan erlarini ko`pincha sholigarchilik zonasida uchratamiz. Kegayli, Chimboy, 
Qorao`zak va Taxtako`pir tumanlarining Amudaryo del`tasidagi erlarida er osti 


suvlarining sathi 4,5-6,0 metr chuqurlikda joylashgan. Taxtako`pir tumanining 
shimoli-sharqida dexqonchilik uchun o`zlashtirilmayotgan Aqchadaryo del`tasida er 
osti suvlarining sathi 12,0-17,0 metr chuqurlikda uchraydi. Shuningdek, hozirgi 
vaqtgacha dexqonchilik uchun o`zlashtirilmagan Taxtako`pir tumanidagi Turkman 
qirilgan va eshkutkan massivlarida er osti suvlari bir qancha chuqurda (6-10,5 metr) 
joylashgan. 
Amudaryoning ikki tomonidagi 5 kilometrdan 10 kilometrgacha hududda er osti 
suvlari 1 metrgacha chuqurlikda uchratish mumkin. Bu zonadan uzoqlashgan sari, 
agarda territoriya dexqonchilik uchun foydoladilmayotgan bo`lsa, er osti suvlari 10-
18 metrgacha chuqurlikda uchraydi. 
Qoraqalpog`iston hududida eng chuqurda joylashgan er osti suvlari 
Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan Qizilqumiga xos. Masalan, quduq qazib ko`rilganda, 
er yuzasiga yaqin joylashgan er osti suvlarining birinchi qabig`i Qoraqalpog`iston 
Ustyurtida Churuk rayonida 7-6 metr, Aldan qudug`i rayonida 18-19 metr, 
Qizilqumdagi Tomarastog`da 15-16 metr, Chuqurqoq rayonida 11-12 metr, 
Baymurotda 10 metr, Kampirto`be uchastkasida 16-17 metr chuqurlikda topilgan. 
er 
osti 
suvining 
sathi 
Qoraqalpog`istonning 
ko`pchilik 
hududida 
(Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan Qizilqumi, del`ta bo`limidagi dexqonchilik 
maqsadida foydoladilmayotgan erlar) yil davomida bir xil bo`ladi. Aksincha 
dexqonchilik bilan band uchastkalarda er osti suvining sathi yoz oylarida bir qancha 
ko`tarilib, qishda pasayib ketadi. Shuningdek, Amudaryo va uning tarmoqlarining 
atrofida ayrim yillari kuzatiladigan daryo toshqini, suv bosib ketgan uchastkalarda er 
usti va er osti suvlarining bir-biri bilan qo`shilib ketishiga ham sababchi bo`ladi. 
Qoraqalpog`iston hududida asrlar davomida erning bir qancha quyi 
qatlamlarining orasida to`planib qolgan er osti suvlarining alohida bir turi - artezian 
suvlari bor. Ular ayniqsa, Amudaryoning ta`sir etish zonasidan bir qancha uzoqda, 
harakat etuvchi er usti oqin suvlari yo`q bo`lgan Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan 
Qizilqumi uchun juda ahamiyatli. Hozirning o`zida shu yaylovlardagi chorva mollari 
asosan artezian suvlari bilan ta`minlangan. Keyingi yillarda artezian suvlarigan 
foydalanish, hattoki Amudaryo del`tasidagi vohalarda ham, qish oylarida suvg`orish 
sistemalari suvi kamaygan kunlari keng foydoladilmoqda. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin