Botqoqli, botqoqli-o`tloqli va o`tloqli tuproqlar Qoraqalpog`iston hududida 1
mln. 93 ming gektar erni egallab, u butun respublikamizdagi tuproqlarning
joylashgan maydonining 8,1% tashkil qiladi. Ularning ichida dexqonchilikda juda
ahamiyatli o`tloqli tuproqlar. Ular respublikamizda 500 ming gektarga yaqin
territoriyada uchraydi.
O`tloqli-taqirli tuproqlar
o`tloqli tuproqlarning atrofida juda tor doirada
joylashgan. Ularning ko`pchilik bo`limi hozirgi vaqtda dexqonchilik bilan band.
Faqat Amudaryoning hozirgi o`zani bo`ylaridagi katta bo`lmagan maydondagina
to`qay o`simliklari qoplab olgan erlar xisoblanadi. O`tloqli-taqirli tuproqlar
Qoraqalpog`istonda 271 ming gektar maydonni egallaydi.
Taqirli tuproqlar respublikamizdagi hozirgi vaqtdagi dexqonchilik zonasidan
tashqarida joylashgan.
Taqirli tuproqlar ko`pincha Amudaryo del`tasining shimoli-sharqiy, g`arbiy va
janubiy-sharqiy bo`limlarida keng tarqalgan.
Umumiy olganda, taqirli tuproqlar Amudaryo del`tasidagi juda ko`p tarqalgan
tuproqlar turiga kiradi. Ular butun Qoraqalpog`istonning 907 ming gektar maydonni
egallab yotibdi.
1
U umumiy tuproqlarning egallagan maydoniga qaraganda ikki hissa
ko`p. Lekin bugingi kungacha ularning faqat juda az bo`limigina dexqonchilik uchun
o`zlashtirilgan. Shuning uchun ham taqirli tuproqlar dexqonchilik jihatidan
respublikamizdagi juda istiqbolli territoriyalar xisoblanadi.
Taqirlar Amudaryoning del`tasida, ko`pincha taqirli tuproqlar joylashgan
massivlari har erda orol ko`rinishida uchraydi. Taqirlar Qoraqalpog`iston Ustyurti va
Qizilqumida da ko`plab uchratsa bo`ladi. Taqirlar butun Qoraqalpog`iston hududida
33 ming gektar maydonni egallaydi. Taqirlar dexqonchilik jihatidan o`zlashtirishga
juda qiyin uchastkalar.
Tuproq yaxshi rivojlanmagan qumlar va qum massivlari respublikamizda 2 mln.
164 ming gektar maydonni egallaydi. Ularning ko`pchilik bo`limi Qoraqalpog`iston
Qizilqumiga to`g`ri keladi. Amudaryoning del`tasi va Qoraqalpog`iston Ustyurtida
bo`lsa ular faqat har er har erdagina qum massivlarini paydo etadi.
Qoraqalpog`istonda sho`rxoklar uning barcha hududida uchraydi. Sho`rxoklar
Qoraqalpog`iston Ustyurtida, ayniqsa botiqlar bilan botiqlarning tagida xarakterli.
Qoraqalpog`iston Qizilqumida bo`lsa, u ko`pincha Orol dengizi sohilidagi doirada
uchraydi.
Sho`rxoklar odatda Amudaryoning del`tasidagi tuproqlarning barcha turlarining
ichida, lekin juda kishik masshtabda uchraydi. Sho`rxoklar butun Qoraqalpog`iston er
fonnining 4,7% egallab, 635 000 ga maydonni o`z ichiga oladi.
Egallagan maydoni bo`yicha bizning respublikamizda sur-qo`ng`ir tuproqlar
birinchi o`rinda turadi. Bu turdagi tuproqlar orol ko`rinishida qadimgi qoldiq tog`
hisoblanuvchi Sulton Uvays tog`i, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar, Qirantov
ustyurtliklarida uchraydi. Ularning keng masshtabda tarqalishi Qoraqalpog`iston
Ustyurtiga xarakterli.
Sur-qo`ng`ir tuproqlar
Qoraqalpog`iston Ustyurtining Orol dengizi sohilidagi
shimoldan janubga 150 km, Orol dengizidan g`arbga qarab 200 km ga cho`zilgan
doirada va barcha botiqlar bilan botiqlarning yonbag`irlarida, Qorabovur, janubiy
1
Dostları ilə paylaş: