Ma`ruza №7 Qoraqalpog`istonning o`simliklari, xayvonotlar dunyosi va biologik resurslari. Reja:
1.Qoraqalpog`iston hududida o`simlik qatlamining joylashishi va rivojlanishi.
2
. Qoraqalpog`iston territoriyasining xayvonotlar dunyosi.
3. Qoraqalpog`istonning biologik resurslari.
1.
Qoraqalpog`iston hududida o`simlik qatlamining joylashishi va rivojlanishi.
Qoraqalpog`iston hududida o`simlik qatlamining joylashishi va rivojlanishi,
uning umumiy tabiiy sharoitlariga, ayniqsa bizning respublikaning tuproq
qatlamining namlik va tuproqning sho`rlanish darajasiga bevosita bog`liq.
1
2
Amudaryo hozirgi del`tasining juda ko`p bo`limini botqoqli-o`tloqli
tuproqlardagi qamishzorlar va to`qaylar egallaydi. Bu o`simliklar egallab turgan
territoriya Orol dengizi qirg`og`iga tutashib, Bo`rlitov ustyurtligida joylashgan
deyarli teng tomonli katta uchburchak formasiga ega.
Qamishzorlar, odatda yozda suv olib ketuvchi botiq erlarga moslashgan bo`ladi,
bu joylarda qamishdan boshqa ekan, urug`, kedirlar ham keng tarqalgan.
Zaxsiz quruq erlarga to`qay o`simliklari moslashgan bo`lib unda bo`yan, yantoq,
bug`doyiq, qizil kendir, urug`, ajiriq, yulg`un, qorabaroq, sho`ralar bilan bir qatorda
to`qayning yuqori yarusida to`rong`il, jiyda va tollar uchraydi.
To`qaylarning asosiy massivlari Shabboz, Boday, Nazarxon, Nurumtubek va
Shortanbaylarning atrofida to`plangan. Ayrim joylarda keng maydonni egallagan
yulg`unzorlar ham uchraydi.
Amudaryo del`tasining g`arbida Ustyurt, sharqida Qizilqum bilan chegaradosh
bo`limlarining er osti suvlari bir qancha chuqurlikda bo`lganlikdan, bu
territoriyalarga yulg`un, yantoq, quyonsuyak, temirtikanak, itsiygak o`xshash
o`simliklar xarakterli.
Qoraqalpog`iston Qoraqumining ko`pchilik hududida asosan oq saksovul va
rang ko`p uchraydi. Ulardan boshqa chalov, juzg`un, qum akatsiyasi, juvsan, govrak,
arpag`an, lolagul, qum pechak, boyalish, qizilcha va saksovullar, tuprog`ining
tarkibida tuz ko`proq uchrovchi hududlarda toshbuyurgin va sarsazanni ko`ramiz.
Qoraqalpog`iston Qizilqumining shimol bo`limidagi qadimgi allyuvial qayirlari
uchun har er, har erde juvsan, qora saksovul, yulg`un yoki sho`ra bilan aralash
o`suvchi buyurginlar xarakterli.
Qoraqalpog`iston Ustyurtida buyurgin, juvsan va boyalish uchraydi. Ular o`zaro
birikib, odatda aralash turda o`simliklar guruhini (komplekslarini) paydo qiladi.
Ulardan boshqa Qoraqalpog`iston Ustyurtida, saksovul, kayrovuq, qoramiq, oq
yulg`un, tereskan, karmak, tosh buyurgin kabi buta o`simlari uchraydi. Shuningdek
chitir, abelek, qo`ng`irbosh, arpag`an, buzovbosh, bug`doyiq, seta va boshqa shunga
o`xshash bir yillik o`simliklar ham o`sadi.
1