Ustyurt, Kassarma ustyurtliklarining barcha erlarida uchraydi.
Albatta bu tipdagi
tuproqlar uncha qalin bo`lmaydi.
U fizik va mexanik tarkibi bo`yicha Qoraqalpog`iston Ustyurtida ko`pincha
toshli va sozli bo`lib keladi.
Sur-qo`ng`ir tuproqlar respublikamizdagi quruqliq hududining yarmidan
ko`proq erinda uchraydi. Ularning egallagan maydoni 6 mln. 917 ming gektar.
Cho`l zonasidagi bo`z tuproqlar
turiga kiruvchi qumli tuproqlar keng
masshtabda
Qoraqalpog`iston
Qizilqumida,
Amudaryo
del`tasi
bilan
Qoraqalpog`iston Ustyurtida bo`lsa ular kichik xajmda har erda joylashgan qum
massivlari xarakterli. Bu turdagi tuproqlar respublikamizda 5 ming 400 gektar erni
egallaydi.
Qoraqalpog`iston hududida, ayniqsa uning janubiy rayonlarida,
ming yillar
davomida dexqonchilik bilan band uchastkalardagi tuproq qatlamlarida ekin
ekilmaydigan erlarga qaraganda bir qancha o`zgarish bor ekanligini kuzatish mumkin
bo`ladi. Sababi uzoq yillar davomida ma`lum bir uchastkada, suvg`orilib
dexqonchilik qilinadigan, unda har yili suv olib keluvchi loylar va eritmalar dalalarda
paydo buladi. erdan yuqori hosil olish maqsadida har yili ma`lum miqdorda mahalliy
o`g`itlar, keyingi yillarda bo`lsa mineral o`g`itlarning berilishi zarur.
Bundan boshqa dexqonchilik uchun foydalaniladigan joylarda ekinlarni ekish va
ularga tarbiya berish vaqtidagi agrotexnik ilojlarning o`z vaqtida qo`llanilishi
natijasida tuproqning suv va havo almashi rejimi va uning strukturasi bir qancha
yaxshilanadi.
Dexqonchilik bilan band joylarda, shu turdagi boshqa tuproqlarga qaraganda
ularning chirindi qabatining qalinligi va tuzlarning qatlamlari bo`yicha joylashishi
ham birdek bo`lmaydi. Umuman olganda, yuqori madaniyatli dexqonchilik natijasida
qishloq xo`jalik jihatidan tuproqning sifati bir qancha yaxshilanadi. Shuning uchun
xam ayrim adabiyotlarda O`rta Osiyodagi dexqonchilikda
uzluksiz foydalanib
kelinayotgan erlar madaniy tuproqlar
deb ataladi. Ular dexqonchilik zonasidan
birinchi marta foydalanilayotgan bo`z va qo`riq joylardagi tuproqlarga qaraganda
respublikamizdagi turg`un va mo`l xosil beradigan asosiy er fondi xisoblanadi.
Dexqonchilik sohasida hozirgi vaqtda respublikamizda foydalanilayotgan
paxtachilik xo`jaliklarining tuproq kartalari tahlil qilinganda, ularda 200 dan ortiq
tuproq turlarining borligi aniqlandi. Foydalanishda qulaylik maqsadida ularning
o`xshashlari birlashtirildi. Dastlab ular yirik tuproq tiplariga birlashtirildi.
Natijada
madaniy tuproqlarning ko`pchiligi o`tloqli tuproqlar ekanligi (80 % ortig`i) aniqlandi.
Boshqa tipdagi tuproqlar egallagan maydoni bo`yicha madaniy tuproqlarning faqat
beshdan bir bo`laginigina tashkil qiladi. Shuning uchun xam keyingi yillarda
dexqonchilikda eng istiqbolli bo`z va qo`riq erlar - respublikamizdagi o`tloqli-taqirli
va taqirli tuproqlar joylashgan territoriyalar bo`lib qoldi.
Har bir tuproq tiplarini o`zlashtirish (madaniylashtirish) darajasi bo`yicha
ajiratganimizda
Qoraqalpog`istondagi
xo`jaliklarda
dexqonchilikda
foydalanilayotgan tuproqning faqat uchdan bir bo`limiga yaqinigina yuqori va
o`rtacha madaniy tuproqlar ekanligi ma`lum bo`ldi. Qolganlari dexqonchilikda kam
foydalaniladigan madaniylashib ulgurmagan tuproqlarga yotadi.
Dexqonchilikda tuproqlarning foydalanish darajasi respublikamizning barcha
tumanlarida birdek emas. Bu masalada To`rtko`l, Beruniy va Amudaryo tumanlari bir
qancha oldinda. Bo`zatov, Taxtako`pir, Mo`ynoq, Qorao`zak, Sho`manay, Qonliko`l,
ellikqala, Qo`ng`irot, Kegayli, Nukus va Xo`jayli tumanlarida bo`z va qo`riq erlar
juda keng maydonda ushiratish mumkin.
3. Qoraqalpog`istonning er resurslari.
Qoraqalpog`iston O`zbekistonning boshqa
viloyatlari bilan taqqoslaganda er resursiga bir qancha boy. 1960 yilgi 1 noyabr`
ma`lumotlariga ko`ra, respublikamizning umumiy maydoni 16708,1 ming gektar
bo`lgan. Shuning ichida shudgorlanadigan erlar 189,5 ming gektar, ko`p yillik ekinlar
2,6
ming gektar, em-xashak olinadigan erlar 150 ming gektar, yaylovlar bo`lsa
3417,4 ming gektar edi. Shuningdek 236,9 ming gektar maydon to`qaylar bilan,
634,7 ming gektar maydon buta o`simliklari bilan qoplangan edi.
Qoraqalpog`istonning er fondining 1960 va 1985 yillar ma`lumotlarini bir-biri
bilan taqqoslab tahlil qilganimizda, respublikamiz er fondining foydolanishning 25
yillik dinamikasi aniq ko`rinadi. Masalan, bu 25 yil ichida respublikamizda
judgorlanadigan erning maydoni 220% (1960 yili - 189,5 ming gektardan 1985 yili
417,1 ming gektarga) ko`paydi. Ko`p yillik ekinlarning maydoni 275% (2,6 ming
gektardan 7,1 ming gektar) ortdi. Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yaylovlar
maydoni 155% ko`paydi.
Ekin maydonining keyingi 25 yil davomida Qoraqalpog`istonda ortishini tahlil
qilsak, uning ayniqsa, dexqonchilikning ayrim turlarining
xisobidan ortib ketganligi
ko`zga tushadi. Masalan, keyingi 25 yil ichida respublikamizda texnik ekinlarning
maydoni (asosan paxta) faqat 1,3 hissaga ko`paygan bo`lsa, donli ekinlarning
egallagan maydoni 14,1 hissa ko`payib, shuning ichida sholining maydoni 44,3 hissa
ortdi.
Ekin maydonning respublikamizda borgan sari kengayib borishi uning shimoliy
va janubiy rayonlarida birdek emasligini ko`ramiz. Masalan, umumiy ekin maydoni
shu 25 yil ichida Qoraqalpog`istonning shimoliy rayonlarida 1960 yil bilan
taqqoslaganda 2,3 hissa, janubiy rayonlarda bo`lsa faqat 1,7 hissaga ko`paygan.
Ayniqsa donli ekinlarning maydoni shimoliy rayonlarda juda ko`payib ketgan (17,8
hissa). Keyingi yillarda ekiladigan ko`p yillik o`tlarning egallagan maydoni ham
sezilarli darajada ko`paygan (shimoliy rayonlarda 1,2 hissa, janubiy rayonlarda 2,2
hissa).
Keyingi 25 yil davomida Qoraqalpog`istonda ekin maydonning bir qancha
kengayib ketishi uning er fondining boy ekanligiga, unumdor tuproqlarga ega bo`z va
qo`riq erlarning mo`l ekanligiga bog`liq. Odatda shunday katta ekin maydonining suv
bilan o`z vaqtida ta`minlanishida Taxiatosh va Tuyamo`yin gidrouzellarining ishga
tushishi imkoniyat berdi. Xozirgi vaqtda (1985 yili 1 noyabr` ma`lumotlari bo`yicha)
Qoraqalpog`istonda bir qancha maydonning (7051,8 ming gektar) qishloq xo`jaligida
foydalanilmayotgan erlar
ekanligi diqqatga sazovor, ya`ni Qoraqalpog`istonning
umumiy er fondining beshdan uch bo`lagidan ortiq. Shuning uchun respublikamiz
hududida ekin maydonining kengayishiga imkoniyat borligini ko`ramiz. Albatta bu
hozirgi vaqtda foydalanilayotgan suvg`orish sistemalarining kayta takomillashtirishni
talab etadi. Suvg`orish sistemalarning imkoniyati hozirgi maydon va yangidan
ochiladigan ekin erlarni suv bilan ta`minlash darajasiga etishi kerak. Suv bilan
ta`minlangan sharoitda respublikamizning ko`pchilik rayonlarida ekin maydonni
kamida 1,5-2 marta ko`paytirish imkoniyati mavjud. Lekin Qoraqalpog`istonning
shimoliy rayonlarining suvga bo`lgan extiyojini qondirish ayniqsa keyingi yillarda
qiyinlashayotganligini hisobga olsak, hozircha boshqacha
pozitsiyada turishimiz
kerak.
Respublikamizda
suvg`orish
uchun
beriladigan
suvning
miqdori
ko`paytirilmasa, uning er resurslaridan unumli foydalanishda quyidagi masalalarga
alohida e`tibor berilishi kerak.
Birinchidan,
tumanlar
va
xo`jaliklararo
suvg`orish
sistemalarini
takomillashtirishimiz kerak.
Ikkinchidan,
ekiladigan har bir ekinning suvga bo`lgan extiyojini, miqdorini va
vaqtini aniqlab, ularga tegishli suvni faqat kerakli vaqtidagina berishimiz kerak.
Uchinchidan,
respublikamizning keskin kontinental iliq va quruq iqlimi
sharoitida bug`lanishning ko`p ekanligini xisobga olib, er osti suvining sathini
muntazam 3 metrdan chuqurda ushlashimiz kerak. Bu esa erning sho`rlanishiga
imkoniyat bermaydi.
To`rtinchidan,
Qoraqalpog`iston sharoitida yuqorida ta`kidlangan ilojlarni to`liq
amalga oshirish, yangidan er o`zlashtirishni vaqtincha to`xtatib turishimiz kerak.
Yangi erlarni o`zlashtirishga ketadigan sarf-xarajatlar hozirgi dexqonchilik uchun
foydalanilayotgan erlarning madaniyatini orttirishga sarflanishi kerak. Shu bilan bir
qatorda dexqonchilikning strukturasini ham o`zgartirishga to`g`ri keladi. Shuningdek,
suvni tejash maqsadida, suvg`orishga talab uncha kuchli bo`lmagan ekinlarni ko`proq
ekishimiz kerak. Dexqonchilikda almashlab ekish sistemasini to`liq amalga oshirish,
ekishdan boshlab hosilni to`liq yig`ib olishgacha qishloq xo`jalik
ekinlarining
agrotexnikaga bo`lgan talabi o`z vaqtida olib borilgan bo`lishi kerak. Shundagina har
bir gektar erning hosildorligini orttirishga, qishloq xo`jalik ekinlarining barcha
turlaridan har yili hosil olishga, mahsulotning tan narxini pasaytirishga, umumiy
olganda qishloq xo`jalik tarmoqlarining intensiv turda rivojlanishiga sharoit
yaratilgan bo`ladi.