Bu ekinlar territoriyasining asosiy bo`limini paxta egallaydi.
ekin maydonning
kattaligi bo`yicha ikkinchi o`rinda bug`doy, sholi, jo`xori, makkajo`xori va beda
turadi.
Har xil yovvoyi o`simliklar ekin maydonlarida, polizlarda, bog`larda
va aholi
punktlari joylashgan zonalarda uchraydi. Ularga pechak, mushukquyruq, bo`yan, suv
o`ti, yantoq, kakra, bug`doyiq, qamish, oqbosh, takasoqol, qirqbo`g`in, ituzum, isiriq,
changal va sho`raning bir necha turlari kiradi.
O`ziga xos o`simliklari bilan bo`z va qo`riq erlar ajralib turadi. Ularga
hududning er osti suvining sathiga va tuproqning mineralizatsiyasiga qarab har xil
o`simliklar (yulg`un, yantoq, qorabaroq, oqbosh, itsiygak, quyonsuyak, temirtikanak
va b.) xarakterli.
Umumiy olganda hozirgi vaqtgacha Qoraqalpog`istonda uchraydigan o`simliklar
to`liq o`rganilib, sistemalashtirilib tamomlanmagan. Yuqori darajali o`simliklarning
faqat 900 turi aniqlangan. Ularning 800 ga yaqin turi yovvoyi turlar hisoblanadi.
1
2.
Qoraqalpog`iston hududining xayvonotlar dunyosi.
Qoraqalpog`istonning tabiiy sharoiti har xil bo`lishiga bog`liq
unga xarakterli
xayvonot dunyosini ko`ramiz. Bizning respublikada o`zining tabiiy sharoitining har
xilligi bilan ayniqsa Amudaryo del`tasi ajralib turadi.
Qoraqalpog`istonni o`rgangan ko`pchilik zoolog olimlarning mexnatlarida uning
faqat del`ta bo`limida xayvonot dunyosining tarqalishi asosan 3 biotopga bo`lingan.
Ularning har qaysisida o`ziga xos xarakterli hayvon turlarini ko`ramiz. Masalan, ekin
erlar bilan aholi punktlari o`ziga xos bo`lgan biotopni tashkil qiladi. Unda paxta va
bedada uchraydigan xasharotlar shu o`simliklarga zarar qiluvchi g`alla bitlari,
kapalaklar, paxta va kapusta sovkasini uchratamiz. er-suv hayvonlaridan yashil
qurbaqani, sudralib yuruvchilardan - yo`lak chiziqli kichik kaltakesakni, yalangg`och
ko`zli cho`l kaltakesagini, agama,
suv udavchigi, naqshinkor sariq ilonni aytish
mumkin. Ekin maydonlari atrofida dexqonchilik uchun o`zlashtirilmagan dalalar
bilan uning chegaradosh erlarida cho`l agamasini,
taqir yumaloqbosh kaltakesakni,
cho`l toshbaqasini va b. uchratamiz. Qushlardan bu erde dala chumchuqlari, qumri,
qurqilday, kaptar, ko`k qarg`a, yashil kakku, sassiqpopishak, qarg`a, boyo`g`li,
zag`cha, hakka va qaldirg`och uchraydi.
Ekin
maydonlarining oralarida, butazorlarda va yarim butalarda tiq-tiq, bulbul,
qirg`ovul va b. uchraydi. Bu qushlar to`qay kompleksining elementlari bo`lib
hisoblanadi. Bu biotopga sut emizuvchilardan uy sichqoni, katta qum sichqoni,
tipratikan va ko`rshapalak xarakterli.
Ekin erlar bilan aholi punktlarda qish oylarida
qushlarning boshqa yangi
turlarini uchratamiz. Masalan, to`rong`il va tol to`qaylardan katta Buxoro sinitsasi
aholi punktlariga uchib kelib qishlaydi. Ayrim qaxraton sovuq qishli yillarda aholi
punktlarda chumchuqlarning bir necha turlari (zyablik, yurok, dubonos va b.) bilan
birga
dala chechetkasi, turkiston to`rg`ayi, oq to`rg`ay, saqoqush va turkistan qora
drozdlari ham qishlaydi. Sut emizuvchilardan shog`ol ekin erlar bilan aholi
punktlarga yaqin to`qaylardan oziq izlab keladi. Ayrim vaqtlari aholi punktlarda
yirtqich hayvonlarning vakillari (tulki, qashqir), suvsarlar vakillaridan sassiqko`zan,
bo`rsiq va b. uchraydi.
1
Dostları ilə paylaş: