vohalardagi ekindan bo`sh joylarda va to`qaylarda bir butun maydonni egallab yotgan
bo`yanzorlarni paydo qilib o`sadi.
Qamish
– Amudaryo del`tasida yilning ko`pchilik bo`limida
suv bilan band
uchastkalarda o`sadi.
Qamishni Qoraqalpog`iston sharoitida ayniqsa yilqi va qora mollarga,
shuningdek qo`y-echkilarga ham em-xashak uchun foydalansa bo`ladi. Bundan
boshqa, u mahalliy qurilish xom ashyosi hisoblanadi. Qamishdan ximiyaviy yo`l
bilan uksus va chumoli kislotasi, metan spirti, atseton va formalin olinadi.
To`rong`il
– bo`yi ko`pincha 12-14
metrgacha etib, diametri yarim metrdan
oshuvchi daraxt. U har xil mexanik tarkibga ega allyuvial tuproqlarda o`sish va
rivojlanish xususiyatiga ega. To`rong`ilni to`qaylarnining ayrim sharoitlarda
shүrlashgan tuzli tuproqlarida ham uchratamiz. Tuproqdagi
namlikning haddan
tashqari ko`pligi to`rong`ilning normal rivojlanishini qiyinlashtiradi. Agar uni uzoq
vaqt davomida suv bosib qolsa, to`rong`illarning vegetatsiyasi to`laligicha to`xtab
qolishi mumkin.
To`rong`il qurilishda va o`tin uchun keng foydalaniladi.
Jigildik
– Respublikamizdagi uchraydigan yog`ochning ikkinchi bir turi. Uning
bo`yi odatda 7-9 metrgacha etadi. Ayrim sharoitlarda u yirik buta (kustarnik)
ko`rinishida ham (balandligi 5-6 metr) uchraydi.
Jigildik mevasi odamlar uchunda foydali oziq, ulardan yuqori sifatli spirt olish
mumkin.
Yontoq
– Amudaryo del`tasidagi eng ko`p tarqalgan o`simliklardan biri. U er
osti suvlari yaqin joylashgan Amudaryo bilan suvg`orish
sistemalarining sohilidagi
xalqada, boshqa namlikni xush ko`ruvchi o`simliklarning orasida har uchraydi, bu
zonadan Ustyurt va Qizilqumga qanchalik yaqin joylashgan sari er osti suvining
pasayishiga bog`liq, yontoqning soni ortib boradi. Ayrim
joylarda yontoqlar hattoki
qalin to`qaylarni ham paydo qiladi. Ularning ayrimlarining bir butun egallagan
maydoni 20-30 gektar gacha etadi.
Yontoq – sifatli em-xashak bo`luvchi o`simlik. Ayniqsa uni tuya yaxshi eydi.
Bundan tashqari qo`y-echki va qora mallar uchun ham ol ozuqa hisoblanadi.
Yulg`un
– Qoraqalpog`iston hududida, ayniqsa uning ikki turi (oq yulg`un va
qizil yulg`un) ko`proq uchraydi. Ularning bo`yi ko`pchilik sharoitda 2-4 metr bo`lib,
ayrim vaziyatlarda 5-6 metr ga etadi.
Yulg`unlar bilan ko`pchilik qora mollar, ayniqsa echki va tuyalar yil davomida
oziqlanadi. Ular o`tin sifatida ham foydalaniladi.
Saksovul
– Qoraqalpog`iston hududida saksovulning ko`pincha uch turi: oq
saksovul, qora saksovul va qil saksovul uchraydi. Ularning bo`ylari 4-5 metrga etib,
yog`och yoki buta ko`rinishida uchraydi. Ular odatda
qumli va tuzli tuproqlarda
yaxshi o`sadi. Ayrim adabiyotlarda O`rta Osiyo sharoitida saksovulning bo`yi 14
metr ga, diametri esa 1 metrgacha etishi mumkin.
1
2
em-xashak ahamiyati bo`yicha qora saksovul oq saksovulga qaraganda
ahamiyatliroq. Ular kuzning oxirida pishib etiladi. Mevasi (tuxumi) qo`ylar uchun
juda yaxshi ozuqa. Saksovul ximiya sanoatida xom ashyo sifatida qo`llaniladi va
1
Dostları ilə paylaş: