Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

3. Qoraqalpog`istonning
 
biologik resurslari 
Qoraqalpog`iston o`simliklari va xayvonot dunyosining unumdorligi juda kam 
bo`lib, u to`laligicha cho`l zonasida joylashganligi bilan xarakterlanadi. Masalan, 
sozli cho`llarda o`simliklarning biomassasi gektariga 2,5 tonna, saksovulli 
uchastkalarida biomassa 25-50 tonnani tashkil qiladi. Zoomassaning zaxirasi bo`lsa 
sozli cho`llarda gektarina 2-4 kg ni tashkil qiladi. 
Shunday bo`lishiga qaramastan Qoraqalpog`istonning xalq xo`jaligining ayrim 
tarmoqlari juda ahamiyatli, ayrim o`simliklar bilan hayvonlarmavjudligi diqqatga 
sazovor. Ularning ayrimlariga to`xtab o`tamiz. 
Respublikamizning o`simliklar dunyosining ayrim vakillarining sanoatda, 
chorvachilikda, er melioratsiyasida va meditsinada juda ahamiyatli. Ular: bo`yan, 
saksovul, juvsan, to`rong`il, jigildik, qamish, yontoq va b. 
Bo`yan
– Amudaryo vohasi va del`tasidagi eng ko`p tarqalgan ahamiyatli 
yovvoyi o`simliklardan biri. U ko`pincha suvg`orish sistemalarining bo`ylarida, 
1
Салихбаев Х.С. 
Охотничье-промысловые животные дельты Амударьи (Каракалпакии) и 
меры их рационального использования. Мат.по произ.силам Узбекистана, вып.I. 
Каракалпакская АССР. Т., АН УзССР, 1950. 


vohalardagi ekindan bo`sh joylarda va to`qaylarda bir butun maydonni egallab yotgan 
bo`yanzorlarni paydo qilib o`sadi. 
Qamish
– Amudaryo del`tasida yilning ko`pchilik bo`limida suv bilan band 
uchastkalarda o`sadi. 
Qamishni Qoraqalpog`iston sharoitida ayniqsa yilqi va qora mollarga, 
shuningdek qo`y-echkilarga ham em-xashak uchun foydalansa bo`ladi. Bundan 
boshqa, u mahalliy qurilish xom ashyosi hisoblanadi. Qamishdan ximiyaviy yo`l 
bilan uksus va chumoli kislotasi, metan spirti, atseton va formalin olinadi. 
To`rong`il 
– bo`yi ko`pincha 12-14 metrgacha etib, diametri yarim metrdan 
oshuvchi daraxt. U har xil mexanik tarkibga ega allyuvial tuproqlarda o`sish va 
rivojlanish xususiyatiga ega. To`rong`ilni to`qaylarnining ayrim sharoitlarda 
shүrlashgan tuzli tuproqlarida ham uchratamiz. Tuproqdagi namlikning haddan 
tashqari ko`pligi to`rong`ilning normal rivojlanishini qiyinlashtiradi. Agar uni uzoq 
vaqt davomida suv bosib qolsa, to`rong`illarning vegetatsiyasi to`laligicha to`xtab 
qolishi mumkin. 
To`rong`il qurilishda va o`tin uchun keng foydalaniladi. 
Jigildik 
– Respublikamizdagi uchraydigan yog`ochning ikkinchi bir turi. Uning 
bo`yi odatda 7-9 metrgacha etadi. Ayrim sharoitlarda u yirik buta (kustarnik) 
ko`rinishida ham (balandligi 5-6 metr) uchraydi. 
Jigildik mevasi odamlar uchunda foydali oziq, ulardan yuqori sifatli spirt olish 
mumkin. 
Yontoq 
– Amudaryo del`tasidagi eng ko`p tarqalgan o`simliklardan biri. U er 
osti suvlari yaqin joylashgan Amudaryo bilan suvg`orish sistemalarining sohilidagi 
xalqada, boshqa namlikni xush ko`ruvchi o`simliklarning orasida har uchraydi, bu 
zonadan Ustyurt va Qizilqumga qanchalik yaqin joylashgan sari er osti suvining 
pasayishiga bog`liq, yontoqning soni ortib boradi. Ayrim joylarda yontoqlar hattoki 
qalin to`qaylarni ham paydo qiladi. Ularning ayrimlarining bir butun egallagan 
maydoni 20-30 gektar gacha etadi. 
Yontoq – sifatli em-xashak bo`luvchi o`simlik. Ayniqsa uni tuya yaxshi eydi. 
Bundan tashqari qo`y-echki va qora mallar uchun ham ol ozuqa hisoblanadi. 
Yulg`un
– Qoraqalpog`iston hududida, ayniqsa uning ikki turi (oq yulg`un va 
qizil yulg`un) ko`proq uchraydi. Ularning bo`yi ko`pchilik sharoitda 2-4 metr bo`lib, 
ayrim vaziyatlarda 5-6 metr ga etadi. 
Yulg`unlar bilan ko`pchilik qora mollar, ayniqsa echki va tuyalar yil davomida 
oziqlanadi. Ular o`tin sifatida ham foydalaniladi. 
Saksovul
– Qoraqalpog`iston hududida saksovulning ko`pincha uch turi: oq 
saksovul, qora saksovul va qil saksovul uchraydi. Ularning bo`ylari 4-5 metrga etib, 
yog`och yoki buta ko`rinishida uchraydi. Ular odatda qumli va tuzli tuproqlarda 
yaxshi o`sadi. Ayrim adabiyotlarda O`rta Osiyo sharoitida saksovulning bo`yi 14 
metr ga, diametri esa 1 metrgacha etishi mumkin.
1
2
em-xashak ahamiyati bo`yicha qora saksovul oq saksovulga qaraganda 
ahamiyatliroq. Ular kuzning oxirida pishib etiladi. Mevasi (tuxumi) qo`ylar uchun 
juda yaxshi ozuqa. Saksovul ximiya sanoatida xom ashyo sifatida qo`llaniladi va 
1

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin