Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma`ruza №10 
QIZILQUM VA OROL TABIIY GeOGRAFIK OKRUGI
 
Reja: 
1. Okrugning geologik tuzilishi va rel`efi. 
2. Okrugning iqlimi va iqlim resurslari. 
3. Ichki suvlari va suv resurslari. 
4. Tuproqlari, o`simliklari va hayvonotlar dunyosi 
5. Tabiiy geografik rayonlari. 
Turon tekisligidagi eng katta cho`llardan biri bo`lgan Qizilqum asosan 
Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum okrugiga Qizilqum 
cho`lining O`zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi. 
Qizilqum okrugi shimoli-g`arbda Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda 
Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho`l okrugi bilan 
chegaralanadi. Okrugning janubi-g`arbi Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog`iston 
bilan bo`lgan davlat chegarasiga to`g`ri keladi. 
Qizilqum janubi-sharqdan shimoli-g`arbga qarab pasayib boradi. Uning 
o`rtacha mutloq balandligi 200-300 m bo`lsa, janubi-sharqda 350-400 m, shimoli-
g`arbda esa 90-100 m ga tushib qoladi. 
Qizilqum okrugi er usti tuzilishi jihatidan bir xil emas. Bu erda botiqlar, 
tekisliklar, yassi platolar va qoldiq tog`lar mavjud. Lekin uning ko`pchilik qismini 
mutloq balandligi 200 m gacha bo`lgan qumli tekisliklar ishg`ol
qiladi. 
Tekisliklarning ko`pchilik qismini allyuvial sochilma qumlar ishg`ol
qilib, asosan, 
eol rel`ef shakllari qum marzalari, do`ng qumlar, kamroq esa barxanlar mavjud. 
Qum
marzalari ko`proq meridianal yo`nalishga ega bo`lib, o`simliklar bilan 
mustahkamlangan. Ularning nisbiy balandliklari 15-20 m, ba`zan esa maksimal ba-
landliklari 60-70 m gacha etadi. Kizilqumning markaziy qismlarida esa do`ng 
qumlari mavjud bo`lib, ular xam mustahkamlangan. Qizilqum okrugida barxanlar 
nisbatan kam bo`lib, ular aholi yashaydigan joylarda, quduqlar atrofida, Amudaryo 
sohillarida ko`proq joylashib, ularning xarakatga kelishi insonlarning xo`jalik 
faoliyati bilan bog`liq. 
Qizilqum okrugida taqirlar kam bo`lib, ular marza qumlar orasidagi past 
joylarda uchraydi. Taqirlar bahorda suv bilan qoplanib, yozga borib suv bug`lanib 
ketib, qurib usti qotib yorilib ketadi. Qizilqumning faqat g`arbiy qismigina 
Qoraqalpog`iston hududiga tegishli. 
Qizilqum okrugidagi eng qadimiy quruqlikka aylangan qismi bu uning 
platolardan ko`tarilib turgan qoldiq tog`laridir. Bu tog`lar juda xam emirilib ketgan 
bo`lib, bu Sulton Uvays tog`i
(Ashitog`
cho`qqisi 473 m). Shu sababli bu qoldiq tog` 
deyarli kenglik bo`ylab yo`nalib paleozoy erasining kristalli slanetslari, kvartsli 
slanetslari va oxaktoshlaridan tashkil topgan. Ular orasida esa granit, diorit, 
granodiorit va boshqa otqindi jinslar ham uchraydi. 
Paleozoy qoldiq tog`lari keyinchalik asta-sekin emiriladi, emirilgan (nuragan) 
jinslar uning quyi qismiga tushib to`planadi, oqibatda tog`lar pasayadi. Natijada 
dengiz suvi o`sha emirilib, pasayib qolgan paleozoy tog`larini ham bosib oladi. Bu 


jarayon neogen davrigacha davom etadi, so`ngra Tetis dengizi chekinib Qizilqum 
quruqlikka aylanadi. Paleozoy qoldiq tog`lari etaklarida bo`r va paleogen davr 
platolari joylashib, asosan, Qumtosh,
konglamerat, mergel`, gil, qum kabi jinslardan 
tashkil topgan. 
Qizilqum okrugining qolgan tekislik qismi neogen va antropogen davrning
allyuvial tekisliklaridan, asosan dengiz va Amudaryo hamda Sirdaryoning 
yotqiziqlaridan iborat, ustini esa qalinligi 10-12 m keladigan qumlar qoplab olgan. 
Qizilqum okrugida, ayniqsa, paleozoy koldiq tog`larida oltin, slyuda, feruza, 
asbest, boksit, simob, grafit, vol`fram, tal`k granat, yashma, island shpati kabi 
qazilma boyliklar, tekislik qismida esa gaz, neft`, uran, oltingugurt konlari mavjud. 
Qizilqum okrugida foydali qazilmalar qazib olinayotgan va qazishga tavsiya 
qilingan konlarni o`zlashtirish asosida oltin, uran, qurilish xom ashyolari, keyinchalik 
mis, boksit, strontsiy konlarini o`zlashtirish asosida ishlab chiqarish tarmoqlari, 
granit, oltin, bo`yoqbob minerallar, qurilish xom ashyolarini o`zlashtirish negizida 
tabiiy gazlarni o`zlashtirish negizida ishlab chiqarish tarmog`i vujudga kelgan. 
Qizilqum okrugi katta hududni egallagani uchun uning iqlimiy xususiyatlari 
shimoldan janubga qarab o`zgarib boradi. Qizilqumning shimoliy qismi iqlimi 
asosan Markaziy Osiyo antitsikloni va g`arbdan keladigan tsiklonlar ta`sirida 
vujudga kelsa, janubiy qismi iqlimining shakllanishida tropik havo massalarining 
ta`siri ancha kattadir. Shuning uchun Qizilqum okrugining qishi sovuq, davomli bulib, 
yanvarning o`rtacha harorati shimolida -4 -10° bo`lsa, janubida -1-2° bo`ladi. 
Qizilqum okrugining iqlimiy xususiyati jihatidan farqlanuvchi shimoliy qismi bilan 
janubiy qismi orasidagi chegara taxminan 41° shimoliy kenglik yoki -3° yanvar 
izotermasi orqali o`tadi. 
Qizilqumning shimoliy qismi iqlimining qishda shakllanishida Sibir` 
antitsiklonidan vujudga kelgan havo massasi muhim omil hisoblanadi. Bu havo 
massasi shimoli-sharqdan esib hudud haroratini pastga tushirib, quruq lekin ochiq
sovuq ob-havoni vujudga keltiradi. Shuningdek qishda bu joylarga shimoli-g`arbdan 
va g`arbdan keladigan tsiklon turli havo massasi xam ta`sir etib, shimoli-sharqdan 
esuvchi havo massasi bilan to`qnashadi. Natijada qish ob-havosining tez-tez o`zgarib 
ochiq ayozli ob-havo nam, nisbatan iliq ob-havo bilan almashib turadi. Ba`zi kunlari 
Sibir` antitsikloni bilan birga Qizilqum okrugining shimoliga Rossiya tekisligining 
janubi-sharqidan sovuq havo massasi ham etib kelgach, harorat pasayib, -35° gacha 
tushadi. 
Qzilqum okrugida yoz uning xamma qismida deyarli bir xil bo`lib, quruq, ochiq, 
issiq. Ayniqsa, uning markaziy qismi yozda qizib ketib, iyul`ning o`rtacha harorati 
28°-30°ga etadi.
Nisbatan pastroq, iyul`ning 26°li izotermasi okrugning shimoli-
g`arbiga to`g`ri keladi. Qolgan qismlarida esa iyul`ning o`rtacha harorati 26-28° 
atrofida o`zgaradi. Eng issiq 46° ga etadi. 
Qizilqum okrugi O`zbekistonning qurg`oqchil qismlaridan biri. bo`lib, uning 
shimoli-g`arbida, Quyi Amudaryo okrugiga tutash qismlarida yillik yog`in miqdori 
75-100 mm atrofida o`zgaradi.
Qizilqum okrugida yog`in yil fasllari bo`yicha xam notekis taqsimlangan. yillik 
yog`inni 100% desak uning 48% bahorga 30% qishga, 19% kuzga, faqat 3% yozga 
to`g`ri keladi. 
Qizilqumda yog`inning bir qismi qor holida yog`sada, u qalin bo`lmasdan 
(qalinligi 20 sm ga etadi) uzoq vaqt saqlanmaydi (yiliga o`rtacha 20 kun qor qoplami 


bo`ladi). Okrug hududining shimoliy qismida qor oktyabr`dan aprel` oyining 
oxirigacha bo`lishi kutiladi. Qor qoplami yupqa bo`lib, uzoq vaqt saqlanmaganligi 
tufayli mollarni qishda xam yaylovda boqiladi. Lekin ba`zan qishda haroratning tez-
tez pasayib ketishi chorvachilikka ancha salbiy ta`sir etadi. 
Qizilqum okrugida yil bo`yi shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-g`arbiy 
shamollar esib, tezligi o`rtacha sekundiga 3-4 m atrofida. Lekin qishda va bahorning 
boshlarida shimoli-sharqdan nisbatan kuchli shamollar esib turadi. 
Qizilqum okrugi iqdimining quruqligi (yog`inning kamligi, yozgi haroratning 
yuqoriligi tufayli mumkin bo`lgan bug`lanishning ko`pligi) tufayli doimiy oquvchi 
maxalliy suvlari yuq. Uning janubi-g`arbiy qismidan esa tranzit Amudaryo okib 
o`tadi, xolos. Lekin bahorda qorlar eriganda, yomg`ir ko`proq yoqqanda 
Qizilqumning markaziy qismidagi past tog`larda vujudga kela-digan vaqtli soylardan 
suv oqib, so`ngra ularning suvi qurib qoladi.. Aksincha, Qizilqumda er osti suvlari 
ancha ko`p. Okrugda grunt suvlari xamma qismida turon svitasi qumliklarida 
uchraydi. Bu tur er osti suvi, asosan, yog`inlardan to`yinadi, lekin bug`lanish katta, 
binobarin, sho`r (minerallashish darajasi yuqori) bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri ichish 
uchun sifatsiz. Rel`efi past erlarda bu tur er osti suvlaridan yaylovlarni suv bilan 
ta`minlashda foydalaniladi. Qalin barxan qumlari ostida taxminan 110 m 
chuqurliklarda chuchuk grunt suvi mavjud bo`lib, minerallashish darajasi 0,3 dan 
1,02 g/l ga etadi. Markaziy Qizil-qumdagi qoldiq tog`lar etaklaridagi prollyuvial 
yotqiziqlar orasida chuchuk grunt suvlarining katta miqdori mavjud. 
Qizilqum okrugida er osti suvining dinamik miqdori sekundiga 58-60 m
3
ni 
tashkil qilib Qizilqumning shimoli-g`arbida (Orol bo`yida) 43,6 m3/sek. 
Qizilqum okrugining shimoli-g`arbida sur-qo`ng`ir tuproq tarqalgan. Nisbatan 
rel`efi pastroq bo`lgan erlarda esa taqir va taqirli tuproqlar uchraydi. Bunday tur 
tuproqlarda chirindi kam bo`lib, gumus miqdori 0,4-0,5% gacha boradi. 
Qizilqum okrugi florasi cho`lga xos xususiyatlarga ega bo`lib, uzoq davom 
etgan jazirama quruq yoz sharoitiga moslashgan kserofit, psammofit va efemer 
turlidir. Okrug bahorda ko`k tusga kirib, efemer va efemeroid o`simliklari rang, 
qo`ng`irbosh, yaltirbosh, lolaqizg`aldoq, lola, boyg`alcha, chuchmoma, kovrak 
kabilar bilan qoplanadi. Lekin yozning boshlanishi bilan efemer va efemeroid 
o`simliklari sarg`ayib qurib qoladi, so`ngra o`z vegetatsiyasini psammofit, kserofit 
tur o`simliklari davom ettiradi. 
Okrugning mustahkamlashgan qumliklarida juzg`un, oq saksovul, quyonsuyaq 
qum akatsiyasi, qondim, urg`ochi (mayda) selin kabi o`simliklar o`sadi. 
Qizilqumnivg markaziy qismidagi sur qo`ng`ir tuproqlar tarqalgan qoldiq tog`larda 
va tog`
etaklarida shuvoq, burgan, tereskan, toshburgan, saksovul o`sadi. 
Okrugning sho`rxok-sho`rtob va sho`rxok-botqoq tuproqlar tarqalgan 
botiqlarida qora saksovul, yulg`un, baliqko`z, sarisazan, qorabaroq, potash va boshqa 
bir yillik sho`ralar uchraydi. Taqir va taqirli tuproqlar mavjud bo`lgan erlarda 
donasho`r, bir yillik sho`ralar o`sadi. 
Okrug zoogeografik xususiyati jihatidan Turon provintsiyasining Qizilqum 
zoogeografik rayoniga mansubdir. Okrug hayvonot olami Turkiston cho`llariga xos 
bo`lgan vakillar bilan tavsiflanadi. Lekin okrugda taroq barmoqli qo`shoyoq, 
xo`jasavdogar kabi endemik vakillar mavjud. 


Qizilqum 
okrugining 
ko`p 
qismini 
qumli-cho`llar 
tashkil 
etib, 
unda 
kemiruvchilardan ingichka oyoqli yumronqoziq, qum sichqoni, shalpangquloq, 
qo`shoyoqlar, toshbaqa, tipratikan kabilar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan 
dumaloq boshli kaltakesak agama, echkemar, stsink gekkoni, o`kilon, qum burma 
iloni, efa iloni (charx ilon) yashaydi. 
Qumli cho`llarda sut emizuvchilardan cho`l mushugi, jayron, xongul, sayg`oq 
(oq quyruq), bo`ri, tulki, quyon uchraydi. Xasharotlardan esa chayon, qoraqurt, 
tarantul, falang, chigirtka bor. 
Qizilqum okrugining Amudaryo sohilarida to`qayzorlar xam mavjud bo`lib, 
unda g`oz, o`rdak qirg`ovul, to`ng`iz kabi hayvonlar bor. 
Qizilqum 
okrugida 
qushlardan 
xo`jasavdogar, 
yilqichi, 
tentakqush, 
so`fito`rg`ay, yo`rg`a tuvaloq, qum chumchug`i kabilar uchraydi. 
Qizilqum okrugidagi Amudaryo sohillarida joylashgan to`qay landshafti va u 
erdagi o`simlik hamda hayvonlarni (xongul, jayron, to`ng`iz, qirg`ovul, o`rdak g`oz
va bosh.) muxofaza qilish uchun Qizilqum qo`riqxonasi tashkil etilgan. 
Qizilqum okrugi tabiiy boyliklarga serob hudud xisoblanadi. Eng muhim 
boyligi mineral resurslari (oltin, uran, gaz, fosforit, korund, grafit)dir. Bundan 
tashqari okrugda iqlim, resurslari, yaylov-o`tloqlari, er osti suvlari, mo`yna beruvchi 
hayvonlari xam mavjud bo`lib, ular yurt boyligidir. 
Qizilqum va Orol okrugi o`z navbatida Sultonvays va Dengiz bo`yi kabi tabiiy-
geografik rayonlarga bo`linadi. 
I. Sultonvays tabiiy-geografik rayoni shu nom bilan ataluvchi koldiq tog`ning 
va uning atrofidagi hududlarni o`z ichiga oladi. Sultonvays tog`i emirilgan va 
assimmetrik tuzilgan bo`lib, janubiy yon bag`riga nisbatan tik tog` Amudaryoning 
o`ng qirg`og`ida joylashib, kenglik bo`ylab 40-45 km ga cho`zilgan, o`rtacha 
kengligi 10-15 km, eng baland Ashitog` cho`qqisi 475 m ga etadi. Sultonvays tog`i 
g`arbga qarab pasayib bir-biridan ajralgan Shayh Jalil, Quyanchiq, Zangibobo, 
Jumurtog` kabi balandliklarni hosil qiladi. Iqlimi cho`lga xos xususiyatlar bilan 
tavsiflanib, skeletli sur-qo`ng`ir tuproq tarqalgan bo`lib, asosan shuvoq o`sadi.
II. Dengiz bo`yi tabiiy geografik rayoni. Bul tabiiy geografik rayon Orol 
dengizidan bo`shab qolgan hududlarni egallab, Amudaryo del`tasidagi ko`llarni, 
batqokliklarni va qamishzorlar egallagan katta territoriyalarni o`z ichiga oladi. 
Rayonning egallab yotgan maydoni 45.7 ming km
2
barobar. Bu rayonda er osti 
suvlari juda yaqin joylashganlikdan botqoqliklar, kalin qamishzorlar bosib yotgan 
territoriyalar ko`p uchraydi. 
Tuprog`inig asosiy turlariga botqoqli tuproqlar va botqoqli-o`tloqli tuproqlar 
xarakterli. Orol dengizining atrofida joylashgan past tekisliklarda va oldingi suvning 
o`rnida juda sho`rxok tuzli tuproqlar tarqalgan. Rayonning territoriyasi faqat 
Qoraqalpog`istonning emas, butun O`zbekistonning eng shimolida joylashgan, 
shimoldan va sharqdan qisman dengiz orqali Qozog`iston bilan, janubida va g`arbida 
Qoraqalpog`istonning boshqa tabiiy geografik rayonlari bilan chegaralashadi. 
Dengiz bo`yi rayonining rel`fining shakllanishida Amudaryo va Orol 
dengizining ta`siri kuchli. Agar 1960 yillarda Orol bo`yi rayoni ko`p sonli ko`llardan 
iborat bo`lsa, xozirgi kunda qurib qolgan pastekisliklardan iborat, Amudaryo olib 
kelgan va to`rtlamchi davr yotqiziqlari bilan qoplangan. 


Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq, qishi esa juda sovuq bo`lib keladi. 
Yog`in-sochinning miqdori juda kam, vegetatsion davr boshqa tabiiy geografik 
rayonlarga taqqoslaganda qisqa bo`ladi. 
Tabiiy geografik rayon respublikaning boshqa territoriyalaridan keskin farq 
kiladi. Masalan, To`rtko`lda yanvar` oyining o`rtacha temperaturasi -6
0
bo`lsa, bu 
ko`rsatkich Mo`ynoqda -7.4

ga teng. Iyul` oyining o`rtacha temperaturasi 
To`rtko`lda 28.2

bo`lsa, Mo`ynoqda 26.3
0
ga teng. 
10
0
dan yuqori vegetatsion davrning uzoqligi To`rtko`lda 202 kun, Nukusda 192 
kunni tashkil qilsa, bu ko`rsatkich Mo`ynoqda 179 kunga teng. Yillik yog`in-
sochinning miqdori 105 mm ni tashkil qiladi. Rayon tabiiy o`tloqlarga va suv 
basseynlariga 
boy, 
bu 
chorvachilikni, 
ayniqsa 
go`sht-sut 
yo`nalishdagi 
qoramolchilikni rivojlantirishga imkoniyat beradi. 
Dengiz bo`yi tabiiy geografik rayoni Orol dengizining suv bosgan 
akvatoriyasini o`z ichiga olib baliqchilikni keng rivojlantirish imkoniyatiga ham ega. 
Xozirgi paytda Orolbo`yida baliqchilikni rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda, 
Mo`ynoq shahriga hukumat miqiyosida e`tibor berilib, juda katta bunyodkorlik 
ishlari amalga oshirilmoqda. Dengizdan bo`shagan maydonlarda katta-katta 
saksovulzorlar barpo etilmoqda. 
Rayonda keyingi yillarda paydo bo`lgan ekologik tanglikni yumshatishda Orol 
dengizinin suvdan qurib qolgan hududlarini tuzli-changli tuproqlarning xarakatini 
pasaytirish ixota daraxtlarini ekish katta axamiyatga ega. Bu birinchidan tabiiy 
o`tloqlarning hosildorligini orttirsa, ikkinchidan tuzli-changli tuproqlarning bir 
joydan ikkinchi joyga harakatini kamaytiradi va to`xtatishi mumkin. 
Dengiz boyi tabiiy geografik rayonining yirik iqtisodiy, madaniy va ma`muriy 
markazi sifatida Mo`ynoq shahri ko`zga tushadi. Mo`ynoq faqat Qoraqalpog`istonda 
emas, O`zbekiston va Markaziy Osiyoda yirik baliq sanoati markazi bo`lgan. Shaharda 
hozirgi kunda 17.6 ming aholi yashaydi. Mo`ynoq xozirgi vaqtda yirik madaniy va 
qurilish markaziga aylanmoqda, shaharda zamonaviy inshoatlar, madaniyat markazlari 
bo`y tiklamoqda. Mo`ynoq shahri avtomobil` yo`li va xavo transporti liniyalari orqali 
Qoraqalpog`istonning paytaxti Nukus, O`zbekistonning poytaxti Toshkent shaxri va 
boshqa katta shaharlari bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqaga ega. 


Adabiyotlar: 
1. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Toshkent. 1996. 
2. Baratov P va boshq. O`zbekistonning tabiiy geografiyasi. T. 1996. 
3. Bekbulatov A. Istoriya geograficheskoy izuchennosti territorii qoraqalpoqstana. 
Nukus. 1977. 
4. Matmuratov J. Qoraqolpog`istonning tabiiy geografiyasi. N. 1967. 
5. Matmuratov J., Yuldashev T. Qoraqolpog`istonning suv resurslari hәm foydali 
qazilma boyliklari. Nukus. 1974. 
6. Matmuratov J. Qoraqolpog`istonning tabiiy sharayati hәm tabiiy resurslari. Nukus. 
1984. 
7. Qurbaniyazov K., Samanov J. Geologiya i poleznie iskopaemie Karakalpakstana. 
Tashkent. 1972. 
8. Umarov e. Qoraqolpog`istonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Nukus. 1999. 
9. Umarov e. va boshqalar. Qoraqolpog`istonning tabiiy geografiyasi bo`yicha 7-
sinflar uchun o`quv dasturi. №8 maxsus son. Toshkent «Uqituvchi» 2001.- B 363-
384 
10. Umarov e. va boshqalar. Ulketanio` hәm geografiya sabag`i. Nukus, Bilim, 1993. 
-B 96-258 
11. Urazov K. Qoraqolpog`iston geologiyasi bo`yicha qisqasha tusinik. Nukus. -
1970. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin