harakat etuvchi (ko`chmanchi) qumlarga qarshi kurashish uchun ekiiladigan asosiy
o`simliklarning biri. U o`tin uchun ham ahamiyatli.
Juvsan
– Qoraqalpog`iston yaylovlaridagi eng ahamiyatli o`simliklardan biri.
Sababi juvsanli uchastkalar yaylov sifatida
yil davomida foydalaniladi, undan qish
mavsumi uchun em-xashak yig`ib olish mumkin.
Qoraqalpog`iston hududida yashovchi hayvonlarning ayrim vakillari xalqimiz
turmushida ham ahamiyatli o`rinni egallaydi. Ular: qirg`ovul, yovvoyi cho`chqa,
Ustyurt arxari,
qoraquyruq kiyik, ondatra, sazan, suven, tolstolobik, oq amur,
ilonbaliq va b.
Qirg`ovul
– o`troq qushlardan. U Amudaryo del`tasida to`qaylarda va madaniy
landshaftlarda tarqalgan qush.
Ustyurt arxari
– uy qo`ylarining yovvoyi turiga yotadi. U hozirgi vaqtda
Ustyurtning baland tik jarlarida siyrek uchrovchi hayvon.
Ustyurt arxari uning
qimmatbaho shoxlari va sifatli go`shti uchun juda ko`p ovlangan. Hozirgi vaqtda
ularni ovlash taqiqlangan.
Ustyurt arxari kabi Qizilqum arxari Sulton Uvays tog`i, Beltov va boshqa qoldiq
tog`larda siyrak uchraydi. Odatda ular poda-poda bo`lib yashaydi.
Qaraquyruq kiyik
– asosan Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan Qizilqumida
yashaydi.
U juda harakatchang hayvon, 15-20 minut davomida soatiga 50-60
kilometr tezlikda yugura oladi. Ular odatda yaylovlardagi suvlarga yaqin o`tli
joylarda (juvsan, buyurgin, keyrovuq, saksovul, yontoq va b.) uchraydi. Qoraquyruq
kiyik Ustyurt arxariga uxshab juda baholi go`shti uchun ovlanadi.
Yovvoyi chүchqa
– Amudaryo del`tasidagi qamishzorlarda, botqoqliqlar bilan
ko`llarda va to`qaylarda keng tarqalgan. U hatto
Qizilqum ichidagi artezian
quduqlarning atrofida paydo bo`lgan qamishzorlar bilan kichik-kichik ko`llarda ham
uchraydigan hayvonlardan xisoblanadi. Yovvoyi cho`chqalar ko`pincha ularning
go`shti uchun ovlanadi.
Ondatra
– kemiruvchilar otryadiga kiruvchi hayvon xisoblanib, ular
Amudaryoning quyi bo`limiga 1944 yili Qozog`istondagi
Balxash ondatra
promxozidan olib kelingan. Ondatraning vatani Shimoliy Amerika. Lekin u
respublikamizning suvlari bilan botqoqliqlariga tez moslashgan hayvon xisoblanadi.
Qoraqalpog`istonda ondatralarning o`rtacha uzunligi 20-35 sm, og`irligi 1072
gramm va undan ortiqroq.
1
Sazan
– Amudaryoning quyi bo`limi va Janubiy Oroldagi keng tarqalgan
baliqlardan. U Amudaryo del`tasi va Janubiy Oroldagi
ovlanadigan eng ahamiyatli
baliqlardan bo`lib, uning maksimal og`irligi 15-26 kilogramm gacha etadi.
Suven
– issiqsevar baliq xisoblanib, Amudaryo del`tasi va Janubiy Oroldagi
ovlanadigan baliqlar orasidagi go`shtining shirinligi bilan sifati bo`yicha eng
ahamiyatlilaridan biri.
Tolstolobik
– Amudaryoning quyi bo`limi va Janubiy
Orolda hozirgi vaqtda
ko`p uchraydigan, asosan o`simliklar bilan oziqlanadigan baliq.
Oq amur
– Amudaryo del`tasida uchraydigan, asosan yuqori darajali suv
o`simliklari bilan oziqlanadigan eng yirik baliqlardan biri. Uning ayrimlari 20
kilogramm va undan ham og`irroq kelishi mumkin.
1
1
Dostları ilə paylaş: