Hayvonotlar dunyosining tarqalishi bo`yicha to`qaylar Amudaryo del`tasida
ikkinchi biotopti tashkil qiladi. To`qaylar bu territoriyada asosan yog`ochlar va
butalardan tarkib topgan bo`lib, ular xayvonlarning tur tarkibi bo`yicha
birinchi
biotopga qaraganda bir qancha boy.
To`qaylarda bo`g`imoyoqlilar so`na, pasha, kanalarning bir necha turlari juda
ko`p. Ular odatda territoriyadagi sigir, yilqi va qo`y-echkilar uchun zararli. Bu qon
so`ruvchi parazitlar chorva mollarining
mahsuldorligini kamaytiradi, ularga har xil
havfli yuqumli kasallarni tarqatadi.
Bu biotopdagi hayvonlarning eng xarakterli vakillari: er-suv hayvonlarigan
qurbaqa, yashil kurbaqa, sudralib yuruvchilardan cho`l kaltakesagi, suvilon, poloz,
cho`l toshbaqasi va b.
To`qaylarda qushlarning turlari juda ko`p (116). Ularning 57
turi uyalaydi, 24
turi uchib kelib-ketish vaqtida uchraydi, 18 turi qishlaydi, 16 turi turoqli yashaydi, bir
turi ayrim yillardagina uchraydi.
1
To`qaylarda bulbul, tiq-tiq, sariq chumchuq,
qurqilday, to`qildoq, kuygalak, qirg`iy, to`qay boyqushi, kozodoy,
kichik qumri,
quladin, miyqi, choyqush, katta Buxoro sinitsasi, ko`kqarg`a, mayna, torg`ay va
qirg`ovul uchrashadi. Bu biotopda sut emizuvchilarning 24 turi hisobga olinib, ular:
yulg`un katta sichqoni,
qamish mushugi, tipratikan, sasiqkuzan, shoqol, yovvoyi
cho`chqa va quyon.
«Bodayto`qay» (hozirgi kunda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati)
qo`riqxonasining ochilishi bilan 1973 yili «Romitan» va «Payg`ambarorol»
qoriqxonalaridan 13 bosh Buxoro bug`usi
- xongul maxalliylashtirilgan, hozirgi
kunda ular ko`paymoqda.
Uchlamchi biotopni Amudaryo del`tasidagi ko`llar, qamishzorlar va daryoning
tarmoqlariga xarakterli xayvonot dunyosi tashkil qiladi. Bevosita suv bilan bog`liq
bo`lgan qushlarning tur tarkibi bo`yicha bu xudud birinchi va ikkinchi biotoplarga
qaraganda ancha boy ekanligi bilan ajralib turadi.
Orol dengizi bilan Amudaryoning quyi oqimida baliqlarning 38
dan ortiq turi
uchraydi.
2
Ularning ichidagi eng xarakterlisi: sazan, sudak, tolstolobik, karas, oq
amur, laqqa, suven va b.
1958-1960-yillarda Amur daryosi basseyni va Xitoydan ko`paytirish maqsadida
O`rta Osiyoga bir necha baliqlarning turi olib kelindi. Ularning hozirgi vaqtda Quyi
Amudaryoda uchraydiganlari: oq amur, qora amur, tolstolobik,
chipor tolstolobik,
ilonbaliq (zmeegolov), amur chebanogi va b.
O`lkamizda «Qizil kitob» ga kiritilgan baliqlarning 9 turining to`rttasi
respublikamiz suvlarida tirichilik qiladi. Ular: katta va kichik Amudaryo kurakburuni,
marqa (lisach) va Orol to`qbalig`i (Aral`skiy losos`). Bulardan katta va kichik
kurakburun endemik turlar bo`lib, er sharining boshqa hududida uchramaydish.
Bu biotopda yil davomida, ayniqsa bahor va yoz oylarida g`oz, o`rdakning 19
turi (pishildoq qush, sur g`oz, olao`rdak, kichik o`rdak, olmabosh o`rdak, oq qanot
o`rdak, bigiz quyruq o`rdak va b.), baliqchi qushlarning 35 turi (kichik zuyak,
sinchalak, qiziloyoq va b.), uzunoyoqlilarning 10 turi (ko`k qutan,
sariq qutan,
1
Dostları ilə paylaş: