Qoraqalpog`iston Ustyurti umumiy olganda tekislik territoriyalarga, bir xil
tuproq tarkibi va keskin kontinental iqlimiga ega bo`lishiga qaramasdan uning
shimoldan janubga cho`zilib joylashishi sababli o`simliklarning soni va hajmi
bo`yicha uning ayrim hududlari bir-biridan ajralib turadi.
Masalan, Qoraqalpog`iston Ustyurtining shimol bo`limida ko`pincha boyalish-
buyurgin o`simliklari guruhi uchraydi. Bu o`simliklar egallagan maydon odatda 1-2
ming kvadrat metrdan ortmaydi. Bu joylarda juvsan boyalish bilan buyurginlarga
qaraganda siyrak uchrashadi. Shuningdek Qoraqalpog`iston Ustyurtining markaziy
bo`limi har xil juvsan buyurgin guruhlari bilan buyurginlarning ko`proq uchrashi
xarakterli. Buyurginlar uning shimoli-g`arbiy bo`limida ko`p uchraydi. Ustyurtning
Qoraqalpog`iston bo`limining janubi uchun buyurgin, govrak assotsiatsiyalariga
kiruvchi o`simliklar guruhlari xarakterli.
Qoraqalpog`iston Ustyurtining deyarli barcha hududida har joy har joyda orol
ko`rinishida saksovul massivlarini uchratamiz. Saksovul massivlari ayniqsa, Churuk
qudug`ining shimoli-sharqida, Borsakelmas botig`ining shimoli-g`arbida va
Qorabovur tepaligining janubida juda ko`p.
1
Qoraqalpog`istonning er yuzasida balandligi va joylashgan yo`nalishi bo`yicha
har xil orol-orol ko`rinishida bir necha qoldiq ustyurtliklar va «tog`lar» bor. Ularning
eng kattalari: Sulton Uvays tog`i, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar, Bo`rlitov, Qirantov
va b. Ular er osti va er usti suvlariga boy Amudaryoning del`tasida yoki juda quruq
sharoitga ega Qoraqalpog`iston Qizilqumida joylashgan, ular atrofidagi tekislik
territoriyadan ajralib, o`zgacha o`simliklar dunyosiga ega. Ularda juvsan, kayrovuq,
boyalish, tog` piyazi, govrak, tog` pechak, tog` juzg`ini, qirqbo`g`in, buzovbosh va
izen o`sadi.
2
Amudaryo del`tasidagi qamishzorlar bilan to`qaylar egallagan maydon sharq va
g`arb tomonidan suvg`orilib ekiladigan hududlar Bilan o`rab olingan. Bu kishilik
jamiyatining ko`p yillik xo`jalik xizmati bilan barpo bo`lgan Qoraqalpog`istonning
haqiqiy voha bo`limi. Ular asosan o`tloqli va o`tloqli-taqirli tuproqlarda joylashgan.
Insonning ko`p yillar davomida xizmati Amudaryo del`tasidagi o`simliklar
qoplamining bir qancha o`zgarishiga sabab bo`ldi. Vohaga xos hisoblanuvchi
madaniy o`simliklarning ko`p sonli vakillari bor.
Qoraqalpog`istonda texnik ekinlardan paxta, donli ekinlardan sholi, jo`xori,
arpa, bug`doy, tariq, moy beruvchi o`simliklardan: kungaboqar, kunjut, zig`ir,
dukkakli o`simliklardan: mosh, loviya, beda, poliz ekinlaridan karam, bodring,
qovun, qovoq, oshqovoq, pomidor, sabzi, kartoshka, piyaz, baqlajon, rediska,
qalampir, sholg`om, turp, em-xashak ekinlardan - sudanka ekiladi. Mevali
daraxtlardan Qoraqalpog`istonda uzum, olma, nok, shaftoli, o`rik, chiya, qorali, behi
va b. keng tarqalgan. Dekorativ daraxtlar va buta o`simliklar ham (terak, oq tol, qora
tol, gujum, tut daraxti t.b.) ayniqsa shahar va aholi punktlarda ahamiyatli o`rinni
egallaydi.
1
Dostları ilə paylaş: