Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Ma`ruza №6  Qoraqalpog`istonning tuproqlari va er resurslari



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma`ruza №6 
Qoraqalpog`istonning tuproqlari va er resurslari 
Reja
1. Qoraqalpog`istonning tuprog`iga umumiy ta`rif 
2. O`lkamizning tuproqlarining klassifikatsiyasi.
a) bo`z tuproqlar (qumli tuproqlar)
b) dare yotqiziqlaridan paydo bo`lgan tuproqlar 
v) botqoqli-o`tloqli tuproqlar 
g) o`tloqli tuproqlar 
d) o`tloqli-taqirli tuproqlar 
e) taqirli tuproqlar 
j) taqirlar 
z) sho`rxoklar 
i) sur-qo`ng`ir tuproqlar 
k) cho`l zonasidagi bo`z tuproqlar 
l) madaniy tuproqlar 
3. Qoraqalpog`istonning er resurslari 
1.Qoraqalpog`istonning tuproqlariga umumiy ta`rif 
Qoraqalpog`istonning tuproq qatlamlari keskin kontinental, cho`l iqlimi 
sharoitida paydo bo`lgan. Lekin respublikamizning barcha erlarida to`rtlamchi davrda 
deyarli birdek iqlim sharoiti bo`lganligiga qaramasdan, territoriya bo`yicha tuproq 
paydo bo`lgan tog` jinslarining bir tekis joylashmaganligi sababli unda har xil tuproq 
turlarini paydo etgan. Tuproq paydo bo`lish protsessi va ularning rivojlanishida er 
osti suvlari sathining territoriya bo`yicha har xil ekanligi ham katta rol` o`ynagan. 
Shuning uchun ham tuproq paydo bo`lgan tog` jinsi, uchlamchi davr dengiz 
yotqizig`i hisoblanuvchi qadimgi qoldiq platolar va ustyurtliklardagi tuproqlar bilan 
to`rtlamchi davrdagi daryo va ko`l yotqiziqlarida paydo bo`lgan tuproq qatlamlarini 
solishtirsak, ular bir-biridan keskin farq qiladi. 
Qoraqalpog`istondagi ko`pchilik tuproq qatlamlari o`lkamizdagi dexqonchilik 
maqsadida keng ko`lamda foydolanilayotgan boshqa tuproqlardan mineral 
moddalarga boy, aksincha organik moddalarga kambag`alligi bilan ajralib turadi. 
Territoriyada yillik yog`in-sochin miqdorining haddan tashqari kam bo`lib, unga 
qaraganda yillik bug`lanishning bir necha marta ko`p ekanligi tuproqning yuzasida 
juda ko`p miqdorda tuzlarning to`planib qolishi, respublikamizda uchraydigan 
tuproqlarga xos xususiyatlardan biri. 


2.O`lkamiz tuproqlarining klassifikatsiyasi.
Qoraqalpog`iston geografik 
joylashgan o`rni bo`yicha cho`l zonasiga to`g`ri keluvchi, uning zonal tuprog`i bo`z 
tuproq turida shakllangan. Lekin tuproqning paydo bo`lishi va shakllanishida 
Amudaryoga bog`liq territoriya hisoblanuvchi daryo del`tasi o`ziga xos allyuvial 
tuproqlari bilan ajralib turadi. Nisbiy balandligi bo`yicha bir qancha ko`tarilgan va 
butun O`rta Osiyoning tekislik bo`limining eng shimolni egallagan Qoraqalpog`iston 
Ustyurti va Amudaryoning del`tasi bilan Qoraqalpog`iston Qizilqumidagi qadimgi 
qoldiq tog`lar bilan ustyurtliklarda sur-qo`ng`ir tuproq rivojlangan. Haqiqiy cho`l 
iqlimina xos Qizilqumning pastekislik bo`limida bo`z tuproq paydo bo`lgan. Lekin 
yillik yog`in-sochin miqdorining haddan tashqari kam bo`lishiga bog`liq, 
Qizilqumning ko`pchilik erlarida hali ham to`liq tuproq qatlami paydo bo`lib 
ulgurmagan uchastkalar ham uchrashadi. Shuning uchun ham ko`chmanchi qumlar va 
yaxshi mustaxkamlamagan qumlarni Qoraqalpog`iston Qizilqumida tez-tez uchratish 
mumkin. O`simlikning yaxshi o`sishi va rivojlanishiga imkoniyat beruvchi 
mustaxkamlamagan qumlardagi paydo bo`lgan tuproqning mexanik tarkibi ko`pincha 
qumli bo`lganligidan Qoraqalpog`iston Qizilqumidagi bo`z tuproqlar qumli tuproqlar
 
deb ataladi. 
Tuproq qatlamlarining o`zgachaliklarini hattoki, daryo yotqiziqlarida paydo 
bo`lgan tuproqlarda ham aniq sezishga bo`ladi. Sababi keyingi vaqtlari er osti 
suvlaridan uzilgan qadimgi davr daryo yotqiziqlarida va er osti suvlari er betiga yaqin 
joylashgan Amudaryo del`tasida tuproq paydo bo`lish protsesslari va ularning 
rivojlanishi juda boshqacha bo`ladi. Shuning uchun xam O`rta Osiyoning tekislik 
bo`limidagi daryo del`talarida paydo bo`lgan allyuvial tuproqlar ikki guruhga 
ajraladi. Birinchisi avtomorfli tuproqlar, ularga taqirli tuproqlar va taqirlar kiradi. Bu 
guruhga kiruvchi tuproqlar uchraydigan joylarda er osti suvlari juda chuqurda 
joylashgan bo`lib, ular er osti suvlarining ta`sirisiz shakllangan. 
Ikkinchisi gidromorfli tuproqlar deb ataladi. Ulardagi tuproq paydo bo`lish 
protsesslari va rivojlanishi er osti suvlarining ta`sirida amalga oshadi. Sababi 
gidromorfli tuproqlarda er osti suvlarining sathi erning betiga yaqin joylashgan 
bo`ladi. Gidromorfli tuproqlar guruhiga botqoqli, botqoqli-o`tloqli va o`tloqli 
tuproqlar kiradi. O`tloqli-taqirli tuproqlar avtomorfli va gidromorfli tuproqlar 
guruhining orasidagi o`tkinchi tuproq qatlami xisoblanadi.
1
Respublikamizning xalq xo`jaligida, ayniqsa Amudaryoning del`tasida 
joylashgan suvg`orish uchun birinchi navbatda foydalanib klinayotgan tuproq turlari 
katta ahamiyatga ega. 
Shuning uchun ham respublikamizda uchraydigan har bir tuproq turlarining 
territoriya bo`yicha tarqalishiga va ularning har biriga ta`rif berganimizda 
Amudaryoning del`tasidan boshlaymiz. 
Botqoqli tuproqlar asosan Amudaryoning hozirgi tarmoqlarining orasida va 
Amudaryoning «harakatdagi» del`tasidagi ko`llarning atrofida ko`p uchraydi. 
Botqoqli tuproqlarni kichik xajmda suvg`orilib ekiladigan erlarning ichida va quruq 
botiqlar uchratish mumkin bo`ladi. 
1

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin