o`lkashunoslik tamoyillarini chuqur o`zlashtirishi, shu asosda o`z o`lkasining tabiiy
boyliklarini xalq xo`jaligiga o`zlashtirish yo`llari xamda
ularning zaxiralarini kayta
tiklash va ko`paytirishga asoslangan qoidalarni o`zlashtirib o`z elining iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanishiga bog`liq muammolarni echishga qatnashishi xamda yosh
mutaxassislarni ta`lim-tarbiya berishga erdam berishi shart. Shunga bog`liq oliy
o`quv o`rinlarining geograf talabalari, o`rta maktablarning geografiya o`qituvchilari,
o`lkashunoslik va bashorat mairmoqlari bilan shug`ullanadigan idoralarning
ishchilari
uchun tavsiya qilinib, bu fanning bilim berishdagi, o`quv-metodik va
tarbiyaviy xarakterdagi tushunchalar tavsiya qilinmoqda. Shu kabi kursning tarkibini
tuzishdagi va ma`lumotlarni izma-iz joylashtirishdagi usullar eng ahamiyatli
mairmoqlarni, ayniqsa Qoraqalpog`istonning xalq xo`jaligining territorial tuzilishini
aniqlashda va ishlab chiqaruvchi kuchlarning xududiy joylashishini takomillashtirish
orqali ekologik inqirozni yumshatishga bog`liq muammolarini echishga imkoniyat
beradi. Bu birinchidan mutaxassislarga bilim va
tarbiya berishda geografik
ma`lumotlarning qimmatini oshirsa, ikkinchidan o`z elining dunyoning iqtisodiy
strukturasiga qatnashishi uchun tabiiy saloxiyatini belgilashda asos tuzadi xamda
yosh mutaxassislarga o`z o`lkasi to`g`risida boy ma`lumotlarni
shakllantirishga
imkoniyat yaratadi.
Qoraqalpog`iston xozir katta tabiiy boylik resurslariga ega bo`lishiga
qaramasdan O`zbekistonda sanoatning rivojlanish sur`ati bo`yicha eng keyingi
o`rinlarni egallaydi, yil sayin ishlab chiqariladigan sanoat maxsulotlarining faqatgina
1,7-2 %ni etishtiradi. Shuning uchun xozirgi bosh vazifa Qoraqalpog`istonda sanoat
uchun foydoladiladigan xom ashyo resurslari zaxiralarini o`rganish va uni sanoatda
foydalanish yo`llarini topishdan iborat. Qoraqalpog`iston sharoitida xalq xo`jaligini
rivojlantirish uchun bosh rezervlar faqat qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida emas,
sanoat ishlab chiqarishlarida xam ko`p uchraydi.
Shuning uchun barcha zaxiralarni ishga tushirish, ayniqsa, foydoladilmayotgan
tabiiy resurslarni sanoatda keng foydalanish orqali yil sayin etishtiriladigan
jamiyatlik unumning xajmini orttirish zarur.
Shunga bog`liq bu fan Qoraqalpog`istonning tabiiy saloxiyatini xalq xo`jaligida
foydalanish yo`llari aniqlanadi va kelajakda ishlab
chiqaruvchi kuchlarni
rivojlantirishning asosiy yo`nalishdalari tavsiya qilindi. Bundan boshqada
respublikada shakllangan xalq xo`jaligining strukturasini taxlil qilish yo`li bilan eng
qoloq soxalarni, ayniqsa, og`ir sanoatni rivojlantirishda qo`yilaetgan vazifalarni
ishga oshirish yo`llari ko`rsatildi.