Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Ma`ruza №3  Qoraqalpog`iston o`lkasining rel`efi



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma`ruza №3 
Qoraqalpog`iston o`lkasining rel`efi. 
Reja: 
1. Qoraqalpog`iston o`lkasining rel`efiga tushuncha. Paleozoy va mezozoy 
jinslaridan tarkib topgan erozion faqattonik tog`lar. 
2. Bo`r va uchlamchi davr yotqiziqlaridan tarkib topgan qatlamli, denudatsion 
ustyurtlik bilan platolar.

3. Deflyatsiya protsessi natijasida paydo bo`lgan akkumulyativ ko`tarilgan 
tekisliklar. 
4. Ko`tarilgan prolyuvial tekisliklar. 
5. Del`tadagi allyuvial yotqiziqlarda va ko`llarning akkumulyatsiyasi natijasida 
paydo bo`lgan tekisliklar. 
1. Qoraqalpog`iston o`lkasining rel`efiga tushuncha. Paleozoy va mezozoy 
jinslaridan tarkib topgan erozion faqattonik tog`lar.
Qoraqalpog`istonning ko`pchilik erlari o`zlarining nisbiy balandligi bo`yicha 
pastekisliklar va tekisliklarga kiradi. Lekin katta tekisliklar bilan pastekisliklarning 
orasida nisbiy balandligi bo`yicha bir qancha ajralib turuvchi respublikamizdagi 
«tog`lar»ni (Sulton Uvays tog`i, Beltov, Qusxanatov, Qubatov, Jumirtov, Qirontov, 
Bo`rlitov va b.) va pastekisliklar bilan botiqlarni (Borsakelmas, Asakaovdan, 
Shoxpaxta va b.) uchratamiz. Ularning har qaysisining paydo bo`lish sharoiti va 
sabablari har xil. Asosan rel`efning paydo bo`lish sabablariga ko`ra, 
Qoraqalpog`istonni er yuzasining tuzilishini 5 genetik tipga ajratamiz. 
Paleozoy va mezozoy jinslaridan tarkib topgan erozion-tektonik tog`lar. Bu 
tipga Qoraqalpog`istondagi eng qadimgi va baland tog`lar hisoblanuvchi Sulton 
Uvays tog`i, Qubatov va Jumirtov kiradi. Olar qadimgi vaqtlarda bir butun bo`lgan 
Ural-Tyan`-Shan` tog` sistemalarining qoldig`i xisoblanadi. Keyingi geologik 
eralarda uzoq vaqtlar yuvilish protsessi natijasida ular ko`p joylarda haqiqiy tog` 
formasini yo`qotgan. Hattoki ularning ko`pchilik territoriyasi O`rta Osiyoda keng 
tarqalgan dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan. 
Yuvilish protsessi bu tog`larda ko`pincha metamorflashgan slanetslarda juda 
kuchli bo`ladi. Uning kristall tog` jinslarida bir qancha sekin ekanligi seziladi. 
Natijada tog`larning eng baland uchastkalari kristall tog` jinslaridan tarkib topgan 


erlariga to`g`ri keladi. Metamorflashgan tog` jinslarining kam uchraydigan erlari 
tog`ning ko`proq emirilgan, past joylarini tashkil qiladi. 
Tog`larning hozirgi rel`ef formalarinii paydo etishda cho`l iqlimi sharoitida 
yuvilish protsessi bilan denudatsiya va shamollarning ishi ham aktiv qatnashgan. 
Hududning murakkab orografik tuzilishi va tog` vodiylari, sel yog`inlardan paydo 
bo`luvchi vaqtincha oquvchi suvlarning bu joylarda soylarni paydo etishiga sababchi 
bo`lgan. 
Sulton Uvays tog`i, Jumirtov va Qubatov fundamenti bo`yicha bir butun 
joylashgan qadimgi tog`ning qalinligi bo`yicha emas, keyingi davrdagi faqattonik va 
yuvilish protsesslarining ta`siri natijasida orografiyasi bo`yicha bir-biridan ajralib 
joylashgan tog`larni paydo etadi. Ularning eng kattasi Sulton Uvays tog`i. 
Sulton Uvays tog`i. Amudaryoning o`ng qirg`og`ida, To`rtko`l va Nukus 
shaharlari orasida joylashgan. U janubiy bo`limida kenglik bo`yicha, shimol
tomonida meridian yo`nalishida joylashgan bo`lib, shimoldan janubga uzunligi 40 
kilometrdan ortiq, kengligi 10-15 km. 
er yuzasining tuzilishi bo`yicha uning faqat janubiy bo`limigina tog`ga xos rel`ef 
formalarinii saqlab qolgan. Bu bo`limida tik yonbag`irlari, tog` vodiylari haligacha 
tuproq paydo bo`lmagan kristall tog` jinslaridan tarkib topgan jar toshlar tez-tez 
uchrashadi. Sulton Uvays tog`ining eng baland joyi ham shu bo`limida (Qorachingil 
tog`i) joylashgan. Qorachingil tog`ining okean sathidan balandligi 473 metr. 
Sulton Uvays tog`ining o`rta va shimoliya bo`limlari yuvilish protsessining juda 
kuchli bo`lgan erlari xisoblanadi. Ular nisbiy balandligi bo`yicha 300-350 metrga 
teng, lekin er yuzasi tekis, shimol tomonidagi Sulton Uvays tog` oldi platosi bilan 
sezilarsiz darajada qo`shilib ketadi. 
Yillik yog`in-sochin miqdori haddan tashqari kam bo`lganligidan Sulton Uvays 
tog`ida muntazam oqin suvlar yo`q. Lekin vaqtincha oquvchi soylar, ayniqsa Sulton 
Uvays tog`ining janubiy bo`limida ko`p tarqalgan. Ularning eng kattalari Sultonbobo 
soy, Urisoy va b. 
Bul soylarning yonbag`irlari ayrim erlarida juda tik bo`lib, qiyaligi 30-40 
gradusga, soylarning chuqurligi bo`lsa, 150 metrgacha etadi. Ularning ko`pchiligi 
quyish joyida janubdagi Aqchadaryo pastekisligi va janubiy-g`arbidagi Amudaryo 
vohasi bilan qo`shilib ketadi. Bu soylar ko`pincha bahor oylaridagi qorning erigan 
suvlari va yog`in-sochinlardan to`inib, yilning ko`pchilik vaqtida ularda suv 
bolmaydi. 
Territoriya uzoq yillar davomida keskin kontinental, quruq iqlimli 
bo`layotganligi sababli emirilish protsessi natijasida paydo bo`lgan yumshoq jinslar 
ko`pincha shu hududning o`zida qolgan. Ular alyuvial, delyuvial yotqiziqlarni paydo 
etadi. Sulton Uvays tog`ida atrofidagi Qizilqumdan shamollar olib kelgan 
changlaridan to`plangan qum massivlari ham uchraydi. 
Qubatov - Amudaryoning chap sohilida, Tashauz shahridan 50 km shimolda 
joylashgan. U egallagan maydoni bo`yicha kichik bo`lib, nisbiy balandligi 70-80 
metr. 
Qubatovning janubiy yonbag`irlarining tikligi 70-80 gradusga etadi. Shimoliy 
yonbag`ri qiya. Qubatov bir necha sayoz soylar bilan parchalangan, uning er 
yuzasining ko`rinishi uzoqdan to`lqinsimon, notekis bo`lib ko`rinadi. Uning 
ko`pchilik erlarida tog`ning etagidagi allyuvial tekisliklardan olib kelingan shamol 
yotqiziqlari qum massivlarini paydo etadi. 


Qubatov geografik kenglik yo`nalishida Sulton Uvays tog`ining g`arbiy 
tomonidagi davomi bo`lib xisoblanadi. Qubatovning geologik tuzilishini ko`pincha 
otqindi tog` jinslaridan granit, metamorflashgan tog` jinslaridan slanets va 
izvestnyaklar tashkil qiladi. Marmar va granitlar er yuzasiga chiqib qolgan bo`lib, 
hozirgi vaqtda ularni jar toshlar ko`rinishida uchratamiz. Uzoq davr yuvilish 
protsesslari natijasida Qubatovda yumshoq jinslar yaxshi rivojlangan. Ular 
fundamentni tashkil qiluvchi qadimgi tog` jinslarini ko`pincha delyuvial yotqiziqlar 
formasida yopib yotibdi. Qubatovning baland uchastkalarida otqindi tog` jinslari 
erning betiga yaqin joylashgan ekanligini ko`ramiz. 
Jumirtov - meridianal yo`nalishda Amudaryoning chap sohilida joylashgan. U 
geografik tuzilishining o`xshashligi va er osti fundamentining bir butunligi bo`yicha 
Sulton Uvays tog`ining ajralmas bir bo`lagi xisoblanadi. Ular bir-biridan 
Amudaryoning hozirgi o`zani bo`yicha ajraladi. Jumirtovning eng baland tochkasi 
atrofidagi Amudaryo del`tasining er sathidan 70 metr yuqorida joylashgan. 
Jumirtov kichik qoldiq tog` bo`lib xisoblanadi. U kenglik bo`yicha 1 km ga,
meridian yo`nalishida 3 km ga cho`zilgan. Dengiz sathidan balandligi 150-170 m usti 
juda yupqa delyuvial yotqiziqlar bilan yopilgan. Yonbag`irlarida shamollar olib 
kelgan yotqiziqlardan tashkil topgan qum massivlari bor. 
2. Bo`r va uchlamchi davr yotqiziqlaridan tashkil topgan qatlamli, denyudatsion 
ustyurtlik va platolar. Bu tipdagi rel`ef formalariga Sulton Uvays tog`ining shimol 
tomonida joylashgan tog` oldi platosi, Ustyurt platosi, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar 
va b. bo`r va uchlamchi davr yotqiziqlaridan tarkib topgan bir necha mayda 
Ustyurtliklar kiradi. Ularning xarakterli bir belgisi fundamentin tashkil qiluvchi 
paleozoy erasi yotqizig`ining juda chuqurda joylashishi bilan bir qatorda, uning ustini 
yopib turgan asosiy tog` jinslari bo`r va uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari ko`pincha 
qatlam-qatlam bo`lib, gorizontal yo`nalishida joylashgan. Ikkinchidan, ularning er 
yuzasi ko`pincha tekislik bo`lib, tog` cho`qqilari bilan ajralib turmaydi. Ular 
ko`pchilik erlarida haddan tashqari tekislik xarakteriga ega. 
Sulton Uvays tog`ining shimol tomonida, shimoliy-g`arbiydan janubiy-sharqiy 
tomonga yo`nalgan nisbiy balandligi 180-260 metrlik tog` oldi platosi joylashgan. 
Platuning uzunligi 65 km. U juda keng erida 15 km dan ortiqroq. Tashqi ko`rinishi 
bo`yicha bu plato Sulton Uvays tog`ining shimol tomonidagi davomiga juda 
o`xshash. Lekin bu platoda Sulton Uvays tog`iga xarakterli qadimgi tog` jinslari juda 
chuqurda joylashgan. Ularning beti juda qalin bo`r davrida va uchlamchi davrning 
boshida bo`lgan dengiz yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu dengiz yotqiziqlari hozirgi 
vaqtda deyarli gorizontal qatlamlarni paydo etadi. Umumiy olganda, bu platuning er 
yuzasining tuzilishi past-balandli tekislik bo`lib, u shimol tomon qiyalikni paydo 
qilgan. 
er yuzasi ko`pincha kenglik bo`yicha oquvchi bir necha soylar bilan 
parchalangan. Ular faqat yog`in-sochin oylardagina oquvchi vaqtincha soylardir. Bu 
soylar quyi bo`limida Qoraqalpog`iston Qizilqumi bilan qo`shilib o`z o`zanini 
yo`qotib qo`yadi. Plato yuzasida shamol olib kelgan yotqiziqlardan paydo bo`lgan 
qum massivlari ham uchraydi. Ular platuning ustida ko`pincha to`lqin-to`lqin bo`lib 
joylashgan qum tepalarni paydo etgan. Qum tepalarning bir-biri bilan qo`shilib 
ketishi natijasida paydo bo`lgan rel`efning yacheyka formalarinii uchratamiz. Qum 
tepalarning balandligi 5 metrgacha etadi. Umumiy olganda, bu platuning hozirgi 
vaqtdagi er yuzasining tuzilishi uning hududida suv basseynining bo`r davri bilan 


uchlamchi davrning birinchi yarmida bo`lganligini, keyinchalik bu territoriyada 
kontinental iqlim sharoitida yuvilish protsesslari ustunlik etganligini ko`rsatadi. 
Beltov ustyurtligi - Amudaryo va Aqchadaryo del`talarining orasida Orol 
dengizining oldingi qig`og`idan 20-25 km janubda, kenglik yo`nalishida joylashgan. 
Beltovni tashkil qiluvchi uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari asosan gorizontal 
yo`nalishda bo`lib, ular platuning er yuzasiga yaqin uchraydi. er yuzasining tuzilishi 
plato formasida bo`lgani bilan, uning xarakterini vaqtincha oquvchi bir necha mayda 
soylar va qator joylashgan qumtepalar bir qancha buzib ko`rsatadi. Ayrim joylarida 
harakat etuvchi qum massivlari ham uchraydi. Beltov Ustyurtliginde hәdden etuvchi 
qum massivlari ham uchraydi. Beltov ustyurtli ham haddan tashqari tekis. Uning beti 
to`rtlamchi davrdagi yuvilish protsessi natijasida paydo bo`lgan alyuvial yotqiziqlar 
bilan qoplangan. Lekin bu yotqiziqlar cho`l iqlimi sharoitida juda qalin qatlam paydo 
etmagan. Shuning uchun Beltovdagi uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari ayrim 
joylarda er yuzasida ham uchraydi. Platuning dengiz sathidan balandligi 120-145 
metr. Uning eng baland tochkalari Beltovning janubiy-g`arbiy bo`limiga to`g`ri 
keladi. Platuning yonbag`irlari barcha tomonida birdek emas. Bir qancha tik 
yonbag`irlari (tikligi 28
0
-30
0
) uning janubiy va g`arbiy tomonlariga xarakterli. Uning 
shimoliy va sharqiy yonbag`irlari bir qancha qiya joylashgan. Qorning erigan suvlari 
va yog`in-sochinlar vaqtincha oquvchi soylarni paydo etib, ular platuning etaklariga 
har yili ko`p miqdorda tog` jinslarini olib keladi. Uzoq yillar davomidagi soylarning 
oqimi natijasida platuning tog` etaklarida eni 0,5 kmgacha etuvchi prolyuvial 
yotqiziqlar paydo bo`lgan. 
Qusxanatov - Chimboyning shimoliy-g`arbiy tomonida, shahardan 35 km. 
uzoqlikda joylashgan. U asosan gorizontal yo`nalishda uchlamchi davr 
yotqiziqlaridan tarkib topgan. Uning eng baland tochkasi dengiz sathidan 138 metr, 
atrofidagi pastekisliklardan 60-70 metr baland joylashgan. Qusxanatov geologik 
tuzilishi bo`yicha birdek, lekin ayrim joylashgan ikki ustyurtlikdan iborat. Ular 
Qizilo`zak soyning o`zani bo`yicha bir-biridan ajralib, uning g`arbiy bo`limi 
Pashentov deb ataladi. Qusxanatovga qaraganda bir qancha past. Uning er yuzasi 
ko`pincha tekislik xarakterga ega. Pashentovning usti deyarli qator joylashgan 
qumtepalar bilan qoplangan. Qum tepalarning balandligi 2 metrdan 15 metrgacha 
etadi. 
Pashentovning shimoliy-g`arbiy bo`limida qum tepalarning orasida maydoni 
150-300 m
2
Shaniko`l joylashgan. 
Ustyurtning janubiy etagida bir necha mayda ko`llar bor. Ular yog`in-sochinli 
kunlarda bir-biri bilan qo`shilib ketadi. Qusxanatovning asosiy bo`limi Pashentovga 
qaraganda bir qancha baland. Janubida Qusxanatovning eng baland tochkasi (138 m) 
joylashib, u shimolga borgan sari pasayadi. Qusxanatovning janubiy yonbag`ri bir 
qancha tik. Uning shimoliy yonbag`ri Amudaryo del`tasidagi pastekislikka juda qiya 
joylashgan. Qusxanatovning ko`pchilik erlari shamolning olib kelgan yotqiziqlaridan 
paydo bo`lgan qum massivlari bilan qoplangan. Uning rel`efida qator bo`lib 
joylashgan baland-baland qumlar keng tarqalgan. Ayrim qum tepalarning balandliligi 
20 metrgacha etadi. Uchlamchi davr yotqiziqlari Qusxanatovda ayrim soylarda yoki 
Ustyurtlikning tik yonbag`irlarida ochilib qolgan. Masalan, uning janubiy 
yonbag`irlarida paleogen davridagi paydo bo`lgan yashil rangli soz loy, shimoliy 
yonbag`irlarida neogen davri jinslari er yuzasiga chiqib qolgan. 


Ustyurt 
platosi. 
Orol 
va 
Kaspiy 
dengizining 
orasidagi, 
atrofidagi 
pastekisliklardan bir qancha ko`tarilgan past-baland tekislik territoriya xisoblanadi. 
Kam uchraydigan ayrim botiqlar bilan ustyurtliklarni hisobga olmaganda, Ustyurt 
platosi O`rta Osiyodagi eng katta, haddan tashqari tekis territoriya xisoblanadi. 
Shuning uchun Ustyurtda bir qancha olisda joylashgan, hatto 2-3 metr keladigan 
balandlikning ko`rinishi katta balandliklarga o`xshash bo`ladi. Ustyurt platosi 
atrofidagi pastekisliklar va botiqlardan tik jarlari bilan, sharq, janub va g`arbida 
chiziqli chegara bo`yicha ajralib turadi. 
Ustyurt 
platosining 
janubiy-sharqiy 
bo`limidagi 
keng 
territoriya 
Qoraqalpog`istonga tegishli. U 70 ming km
2
maydonni egallagan. Qoraqalpog`iston 
Ustyurtining fundamenti juda qalin bo`r va uchlamchi davr dengiz yotqiziqlari bilan 
qoplangan. Bu yotqiziqlar bir necha qatlamlar paydo qilib, bir-biriga pOrollel turda 
ko`pincha gorizontal yo`nalishda joylashgan. 
Ustyurtning oxirgi marta uchlamchi davrning oxirida dengiz chekingandan 
keyin bu territoriyada keskin kontinental quruq iqlim ustunlik etadi. Bu iqlim keyingi 
bir necha ming yillar davomida deyarli deyarli o`zgarmadi. Bunga isbot Ustyurtning 
hozirgi vaqtdagi er yuzasi xarakterini ko`rsatishga bo`ladi. Masalan, Sarmat 
dengizining bu territoriyadan chekinishi bilan uning rivojlanishidagi kontinental 
fazasiga o`tishini, hozirgi vaqtgacha yog`in-sochinning ko`proq bo`lgan ekanligini 
isbotlovchi hech bir gidrografik tarmoqning izini Ustyurtning ustida ko`rmaymiz. Bu 
davrda er yuzasini o`zgartirishda emirilish protsessi, denudatsiya, shamol va er osti 
suvlarining ishi katta rol oynaydi. emirilish protsessi Qoraqalpog`iston Ustyurti 
sharoitida uni yopib turgan yumshoq jinslarni paydo etishdagi tabiiy geografik asosiy 
protsess bo`lib xisoblanadi. Lekin quruq kontinental sharoitda emirilish protsessining 
barcha turlarining shakllanishi uchun tabiiy sharoit qulay emas. Ustyurtda ayniqsa 
tabiiy emirilish protsessi uchun qulay sharoit bor. 
Ximiyaviy va biologik emirilishlar Ustyurtda juda sekin bo`ladi. Shuning uchun 
xam uning asosiy geologik tuzilishini tashkil qiluvchi dengiz yotqiziqlarini yopib 
yotgan yumshoq jinslar faqat 0,5 metrgacha qalinlikdagi qatlamni paydo etadi. Bu 
qatlam jinslari xarakteri bo`yicha delyuvial va alyuvial yotqiziqlardir. 
Hududning haddan tashqari tekis bo`lishiga bog`liq Ustyurtda yuvilish protsessi 
uncha kuchli bo`lmaydi. Yuvilish protsessi ko`pincha uning atrofidagi tik jarlarda 
(chink), kam uchraydigan past va botiqlari bilan (Borsakelmas, Asakaovdan, Shorsha, 
Shoxpaxta) ustyurtliklarning (Qorabovur va Qassarma) yonbag`irlarida juda yaxshi 
seziladi. 
Qoraqalpog`iston Ustyurtida er yuzasi tuzilishini aniqlashda va hozirgi vaqtda 
yangi rel`ef formalarinii paydo etishda er osti suvlari bilan shamolning ishi alohida 
o`rinni egallaydi. 
Qoraqalpog`iston Ustyurti umumiy olganda tekislik bo`lgani bilan uning ayrim 
joylarining nisbiy balandligini bir-biri bilan solishtirsak, katta farq bor ekanligini 
sezamiz. Masalan Asakaovdan botig`i o`zining janubiy bo`limida okean sathidan 27 
m pastda joylashgan bo`lib, Borsakelmas botig`ining nisbiy balandligi 62 m, 
Ustyurtning Orol dengizi sohilidagi tik jari 250 m, Qorabovur qiri 292 m teng. 
Demak, Qoraqalpog`iston Ustyurtining eng baland tochkasi bilan juda pastda 
joylashgan joyi orasidagi farq 319 metrga teng. 
Shuning uchun Qoraqalpog`iston Ustyurti hududida er yuzasi ko`rinishi va 
uning bo`limlarining nisbiy balandligi bo`yicha bir-biridan katta o`zgachalikka ega 


ekanligini ko`rish mumkin bo`ladi. Ular Shimoliy Ustyurt botig`i, Shimoliy Ustyurt 
(Qassarma) ko`tarilmasi. Borsakelmas botig`i, Qorabovur qirlari, Janubiy Ustyurt 
botiqlari (Asakaovdan, Shoxpaxta va Shorsha), Janubiy Ustyurt ko`tarilmasi. 
er yuzasining tuzilishi bo`yicha Qoraqalpog`iston Ustyurtining sharqiy chinki 
uning barcha territoriyasi ichida o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. 
Deflyatsiya protsessi natijasida paydo bo`lgan akkumulyativ ko`tarilgan 
tekisliklar. Unga Qoraqalpog`iston Qizilqumi kiradi. 
Qoraqalpog`iston Qizilqumi hududida keng tarqalgan bo`r va uchlamchi davr 
yotqiziqlarining emirilishi kontinental quruq iqlim sharoitida amalga oshganligidan, 
unda er yuzasini o`zgartirishdagi tashqi kuchlarning ichida, birinchi navbatda shamol, 
emirilish va denudatsiya protsesslari aktiv qatnashgan. 
Natijada Qizilqumning yuzasida juda qalin va keng xajmda qum massivlari 
paydo bo`ladi. Ular har xil rel`ef formalarini paydo etadi. Qoraqalpog`iston 
Qizilqumiga ko`pincha qator joylashgan qumlar va qum tepalarning yacheyka 
formasida uchraydiganlari ham xarakterli. Qum tepalarning paydo bo`lishida, ularni 
yopib yotgan tog` jinslari rel`efining birdek emas ekanligi katta rol` o`ynaydi. 
Ko`pincha ularga taxminan meridianal yo`nalishda, bir-biriga pOrollel joylashgan 
balandliklar va botiqlarning almashinib joylashganligi xarakterli. Janubdan shimolga 
tomon yo`nalgan botiqlarning paydo bo`lishida oqin suvlarning ham ta`siri bor. Qum 
tepalari (gryada) ko`pincha botiqlarning atrofidagi balandliklarga to`g`ri keladi. Qum 
tepalarning balandligi 10-12 metrgacha etadi. Qum tepalari ko`pchilik
joylarda ularga 
perpendikulyar joylashgan kichik qum tepalar orqali bir-biri bilan qo`shiladi. 
Natijada ular Qoraqalpog`iston Qizilqumining ayrim uchastkalarida qumning 
yacheykali (ko`zoynakga o`xshash) rel`ef formalarini paydo etadi. Qum tepalari va 
yacheykali qumlarning orasida tekis, taqirlar ko`p uchraydi. Olar xajmi va joylashishi 
bo`yicha har xil. Ularning ayrimlarining egallagan maydoni 10-15 kvadrat 
kilometrgacha etishi mumkin. 
Qoraqalpog`iston Qizilqumidagi taqirlar hozirgi vaqtda qish mavsumidagi 
yog`gan qorlarning erigan suvlarini va bahordagi yog`in-sochinlarni bir necha kunlar 
davomida saqlaydigan uchastkalar xisoblanadi. 
Lekin Qoraqalpog`iston Qizilqumi sharoitida uzoq davom etgan havoning 
yuqori temperaturasi to`plangan suvlarni tez bug`lantiradi. Suvdan bo`shagan grunt 
juda qurib ketadi, taqirning yuzasida to`r formasiga ega yoriqlar paydo bo`ladi. 
Yoriqlarning chuqurligi 5-10 sm, al eni 0,5-1,0 cm gacha etishi mumkin. 
Qoraqalpog`iston Qizilqumida ko`proq tarqalgan rel`ef formalariga shamol ishi 
natijasida bo`r davrida qumli-sozli bo`sh tog` jinslarida paydo bo`lgan botiqlar kiradi. 
Ular ko`pincha Qoraqalpog`iston Qizilqumining janubiy-g`arbiy bo`limida katta-
katta va tepalarning orasida uchraydi. Bunday botiqlarning yonbag`irlari yuqori bo`r 
davri yotqizig`idan tarkib topgan bo`lib, ko`pincha uncha tik bo`lmaydi, tubi esa 
ko`pchilik sharoitda do`ng formasidagi qum massivlari bilan qoplangan. Ko`pchilik 
botiqlar Qoraqalpog`iston Qizilqumidagi qum tepalar bilan pOrollel bo`lib 
joylashganligidan, bir qancha uzunlikga (500 metrdan 3-4 km gacha) ega bo`ladi. 
Ularning eni keng bo`lmaydi. 
Qoraqalpog`iston Qizilqumidagi har erde joylashgan quduqlarning atrofida 
ko`chmanchi qumlar (barxan) uchraydi. Ularning paydo bo`lishining asosiy sababi 
ko`pincha quduqlarning atrofidagi o`simliklarning poda (chorvachilik) tomonidan 


yo`q bo`lishi yoki cho`ponlarning tartibsiz foydalanishi natijasida qumning 
yuzasining ochilib qolishi. U salgina esgan shamollarning tasirida harakatga keladi. 
Barxanlar Orol dengizining atrofida ko`p tarqalgan. Barxanlar rel`efning tashqi 
ko`rinishi bo`yicha yarim oyga o`xshaydi. Orol dengizining sohilida va 
Qoraqalpog`iston Qizilqumining eng janubiy-g`arbidagi Amudaryoning o`ng sohilida 
shamolning ta`siri natijasida o`rnini o`zgartirib turuvchi kichik kum tepalari ham 
(dyuna) xarakterli. 
Qoraqalpog`iston Qizilqumining shimoliy bo`limining janubiy-g`arbida yuvilish 
protsessi natijasida paydo bo`lgan, kichik qoldiq tepaliklar keng tarqalgan. Ular 
yuqori bo`r va paleogen davri yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bunday qoldiq tepalar 
balandligi bo`yicha atrofidagi Qizilqumdan bir qancha ajralib turadi. Ularning 
yonbag`irlarida yuvilish protsessining izlari juda yaxshi seziladi. Yonbag`irlari 
ko`pchilik joylarda uncha tik bo`lmaydi. 
Masalan, Nukus shaxridan janubiy-sharqda 30-35 km uzoqlikda qoldiq tepalik 
Besto`be joylashgan. Ularning har qaysisi alohida joylashib, besh joyda kichik 
tepaliklarni paydo qilgan. Eng baland joyi hozirgi vaqtda trigonometrik punkt 
joylashgan tepa. Nisbiy balandligi 153,3 m. Besto`bening taxminan 20 km sharqida 
alohida ajralib turgan ikki qoldiq tepalik bor. Ular Qo`sto`be deb ataladi. Eng baland 
tochkasi dengiz sathidan 136,8 metr balandda joylashgan. 
Prolyuvial baland joylashgan tekisliklar. Bu tipga kiruvchi rel`ef formasi 
Qoraqalpog`istonda faqat bir joyda - Sulton Uvays tog`ining janubiy yonbag`rining 
etaklarida uchraydi. U er yuzasining tuzilishi bo`yicha Sulton Uvays tog`ining 
janubiy tog` etagida, tog`dan janubga allyuvial pastekislikka tomon qiya joylashgan 
tekislik xisoblanadi. Uning nisbiy balandligi 120-180 metr. Tekislik asosan Sulton 
Uvays tog`ining yuvilish protsessi natijasida vujudga kelgan, vaqtincha oquvchi 
suvlar olib kelgan tog` jinslari xisoblanadi. Soylar ko`pincha sel ko`rinishida yog`in-
sochin vaqtida to`lib oqishi qisqa bo`lganligi uchun to`plangan tog` jinslari yaxshi 
maydalanmagan joylarda paydo bo`lgan prolyuvial yotqiziqlarning mexanik tarkibi 
juda murakkab. Tarkibida yirikroq toshlar (galechniklar), hattoki valun (yirik) toshlar 
ko`p uchraydi. Tekislikning qiyaligi 3
0
tan 11
0
gacha etib, uning er yuzasi bir necha 
soylar bilan parchalangan. Ular Sulton Uvays tog`idan boshlanuvchi soylarning 
davomi xisoblanadi. Soylar bu tekislikning hududida bir qancha sayozlanib 
chuqurligi yarim metrdan bir metrgacha etadi. Kengligi ko`pincha 5-10 metrdan 20 
metrgacha etadi. 
Ayrim soylarning kengligi 50 metrgacha etishi mumkin. Soylarning tubida 
yig`ilib qolgan usti g`adir-budir har xil xajmdagi tog` jinslarini uchratishimiz 
mumkin. 
Bu soylarning paydo bo`la boshlagan vaqti to`rtlamchi davrning birinchi 
yarmidayoq boshlangan. Shuning uchun vaqtincha oquvchi bo`lsa ham, uzoq yillar 
davomida takrorlanganligidan soylarning olib kelgan yotqiziqlari quyar joyida 2 
metrdan 3 metrgacha qalinlikdagi qatlamni paydo etgan. Ular er yuzasining sathi 
bo`yicha janubda allyuvial tekislik bilan, al g`arbida Amudaryoning hozirgi paydo 
etayotgan allyuvial pastekisliklari bilan qo`shilib ketadi. Tekislikning yuzasida har 
joyda joylashgan qoldiq tepaliklar ham bor. 
Del`tadagi allyuvial yotqiziqlarda va ko`llarning akkumulyatsiyasi natijasida 
paydo bo`lgan tekisliklar. Qoraqalpog`istonnidagi allyuvial yotqiziqlardan tarkib 
topgan tekisliklarga asosan Amudaryo del`tasi kiradi. Bul hududning geologik 


tuzilishi va geomorfologiyasi bo`yicha ilmiy izlanish ishi olib borgan ko`pchilik 
olimlar o`zlarining mexnatlarida del`taning ichida geografik joylashgan o`rni va 
paydo bo`lish izma-izligi bo`yicha uchga: Amudaryoning Aqchadaryo del`tasi, 
Sariqamish del`tasi va Orol del`tasi deb ajraladi. Dastlab Amudaryo uchlamchi 
davrdagi dengizning O`rta Osiyoning hududidan qaytishi bilan paydo bo`la 
boshlagan. Shuning uchun u bir necha ming yillarni boshidan kechirgan. Shu vaqt 
ichida Amudaryo suvli va loyli bo`lib O`rta Osiyoning tekislik bo`limidagi bir-
biridan bir qancha uzoqda joylashgan bir necha rayonlarda juda qalin va keng 
allyuvial yotqiziqlarni qoldiradi. 
Amudaryoning rivojlanish tarixi ikki bosqichga bo`linadi. Birinchi bosqich 
uchlamchi davrning oxirgi bosqichidan boshlanib, to`rtlamchi davrning quyi va o`rta 
bo`limlarini o`z ichiga oladi. 
Ikkinchi bosqich sifatida to`rtlamchi davrning oxirgi bosqichi va hozirgi 
vaqtgacha oraliq qabul qilinadi. Amudaryo birinchi bosqichida taxminan hozirgi 
Charjoo` shahrining yonida g`arbga qarab hozirgi Unguzorti Qoraqumi orqali oqib, 
Kaspiy dengiziga quygan. Unguzorti Qoraqumi Amudaryo olib kelgan yotqiziqlar 
bilan to`ldirilib, territoriya bir qancha ko`tarilgandan keyin, Amudaryo 
Kopedtog`ning etagidagi hozirgi Markaziy Qoraqumning o`rnida bir necha yuz yillar 
davomida oqib, juda ko`p miqdorda allyuvial- yotqiziqlar qoldirgan. Bu botiqqa shu 
vaqtlardagi dastlabki Murg`ob, Tedjen va boshqa daryolar ham juda ko`p miqdorda 
yotqiziqlar olib kelgan. 
Hududning daryo yotqiziqlari bilan to`ldirilishi va umumiy Kopedtog` 
zonasining 
faqattonik 
kuchlarning 
ta`siri 
natijasida 
vertikal 
ko`tarilishi 
Amudaryoning o`ng tomonga, hozirgi del`tasi tomonga burilishiga sababchi bo`lgan. 
Oldin Amudaryo del`tasining o`rnida katta uchta botiq Xorazm, Sariqamish va 
Orol bo`lganligini shu territoriyani yopib yotgan to`rtlamchi davr daryo 
yotqiziqlarining xarakteri isbotlaydi. 
Daryo burilgunga qadar hozirgi Amudaryoning del`tasi bo`yicha, dastlab 
Sirdaryo, Zarafshon va boshqa daryolar oqqan bo`lishi mumkin. Sababi o`sha 
davrdagi O`rta Osiyo iqlimining hozirgi davrdagiga qaraganda bir qancha nam 
bo`lishiga bog`liq daryolari ham suvli bo`lgan. Demak, ular hozirgiga qaraganda bir 
qancha uzun va suvli daryo bo`lgan. Ikkinchidan, geologik skvajinalardan olingan 
ma`lumotlarning taxliliga qaraganda fundamentni yopib turuvchi Amudaryoning 
yotqiziqlarining ostida shu territoriya bo`ylab oqqan daryolarning bir qancha 
qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlari bor ekanligi aniqlangan. 
Amudaryo shimolga yo`nalishini o`zgartirib birinchi navbatda Xorazm botig`iga 
quygan. U Amudaryoning shakllanishidagi ikkinchi bosqichi edi. Uzoq yillar 
davomida suvli va loyli Amudaryoning oqishi natijasida bu territoriyadagi Xorazm 
botig`i to`laligicha, Sariqamishning to`laligicha, Orol botig`ining yarmidan ko`prog`i 
allyuvial yotqiziqlari bilan to`ldirilgan. 
Geografik joylashgan o`rni bo`yicha bir-biridan bir qancha masofada joylashgan 
uch botiq uch joyda del`ta paydo bo`lish sharoitini tug`dirgan. Ulardagi 
yotqiziqlarning to`planishi ma`lum darajada izma-izlikni saqlaydi. Masalan, 
solishtirsak, paydo bo`lishi bo`yicha eng dastlabki Aqchadaryo del`tasi, keyinrok 
Sariqamish del`tasi, oxirida Orol oldi del`tasi paydo bo`lgan. 


Amudaryoning Sariqamish del`tasi Qoraqalpog`istonnidan deyarli to`laligicha 
tashqarida joylashgan. Shuning uchun biz faqat Amudaryoning Aqchadaryo va Orol 
oldi del`talariga xarakteristika beramiz. 
Amudaryoning qadimgi o`zanlaridan biri Aqchadaryo. U o`zining rivojlanish 
tarixida keng del`tani paydo etgan. Aqchadaryo del`tasi janubda, hozirgi To`rtko`l 
shahrining shimol tomonidan boshlanib, shimolda Orol dengizigacha cho`zilgan. 
Uning uzunligi 250-270 km. Nisbiy balandligi janubida 100-108 metr. 
er yuzasining tuzilishi bo`yicha u eng shimolda Orol dengizi bilan qo`shilib 
ketadi. Aqchadaryo del`tasi janubdan shimolga nishab joylashgan. Uning o`rtacha 
qiyaligi har bir kilometr shimolga borgan sari bir metrni tashkil qiladi. 
Shuning uchun xam Aqchadaryo del`tasi tashqi ko`rinishi bo`yicha umumiy 
olganda juda tekis pastekislik. er yuzasining tuzilishi bo`yicha Aqchadaryo del`tasida 
ko`proq uchraydigan ikkita rel`ef tipini ajratsa bo`ladi. Birinchisi har joy har joyda 
kichik qum massivlari joylashgan haddan tashqari tekis taqirli pastekisliklar. 
Ikkinchisi barxan qumlari bilan qoplangan past baland tekisliklar. 
Aqchadaryo del`tasining tekislik xarakteridagi er yuzasining tuzilishini orol 
ko`rinishidagi joylashgan qoldiq tog`lar va tepaliklar buzib ko`rsatadi. Ularning eng 
balandlari del`taning janubiy bo`limidagi Ayazqala qo`rg`oni va Ko`kchetov. Ular 
atrofidagi Aqchadaryo del`tasidan 80 m balandda joylashgan. Del`taning shu 
bo`limida balandligi bo`yicha birinchilariga qaraganda bir qancha kichik, lekin rel`efi 
bo`yicha atrofidagi tekisliklardan keskin ajralib turuvchi Qo`rg`oshinqala va 
Yonboshqala tepalari bor. Del`taning shimol bo`limidagi qoldiq tepalardan 
Ushtag`an, Ko`ktobe va b. uchratamiz. Aqchadaryo del`tasi juda tekis pastekislik 
bo`lganligidan, bu joydagi kichik tepalar uzoqdan bir qancha baland tepaliklarga 
o`xshab ko`rinadi. 
Aqchadaryo del`tasi geografik joylashgan o`rni bo`yicha ikkiga shimol va 
janubiy del`taga ajraladi. Ular bir-biri bilan eni 2-3 km, uzunligi 90 km. yo`lak 
(Aqchadaryoning oqqan o`zani) bo`yicha qo`shiladi. 
Aqchadaryoning janubiy del`tasi To`rtko`l shaxridan boshlanib, uchburchak 
formasida shimolga qarab taxminan 30 km uzunlikga cho`ziladi. Uchburchakning 
tagi shimol tomonida Sulton Uvays tog`i va Qizilqumning etagi bilan qo`shilib 
ketgan. Bu uchburchaklik g`arbdan sharqqa qarab o`rtacha 60 km ga cho`zilgan. 
Aqchadaryoning janubiy del`tasi shimolda Sulton Uvays tog`i, shimoli-sharqiy, 
sharqiy va janubiy-sharqida Qizilqum, g`arb tomonida Amudaryoning hozirgi del`tasi 
bilan o`ralgan. 
Aqchadaryoning janubiy del`tasining shimoli-sharqiy chekkasidan Aqchadaryo 
yo`lagi boshlanadi. Aqchadaryo yo`lagi dastlab 25 km kenglik bo`yicha joylashgan, 
keyin u Orol dengiziga qarab, meridianal yo`nalishida cho`zilgan. 
Aqchadaryo yo`lagi taxminan 42 gradus 30 minut shimoliy kenglikda bir qancha 
kengayib, uning del`tasi boshlanadi. U tashqi ko`rinishi bo`yicha uchburchak 
formaga ega. Aqchadaryo del`tasi shimoli-sharqiy tomonida Janadaryo del`tasi bilan 
qo`shilib ketadi. U dengiz yoqasida pastekislik bilan, g`arbida Amudaryoning Orol 
oldi del`tasi bilan chegarolashadi. Aqchadaryoning shimoldagi del`tasi janubi-
g`arbiy, janubiy va janubi-sharqiy tomonlarida Qoraqalpog`iston Qizilqumi bilan 
o`ralgan. 
Aqchadaryoning shimoliy del`tasi eng uzun joyida meridian yo`nalishida 100 
km ga, juda keng joyida kenglik bo`yicha 50-60 km ga cho`zilgan. 


Umumiy olganda, Aqchadaryo del`tasidagi juda qalin daryo yotqiziqlaridan 
tashkil topgan tekis pastekisliklar, hozirgi vaqtgacha saqlanib kelayotgan daryoning 
tarmoqlarining bir necha quruq o`zanlari, haddan tashqari tekis, taqirga o`xshash, soz 
loylardan tarkib topgan katta maydonlar, ko`pchiligi barxan formasidagi uchraydigan 
qum massivlari Amudaryoning qadimgi o`zani hisoblanuvchi Aqchadaryoning juda 
mo`l suvli va loyli daryo bo`lganligidan darak beradi. 
Amudaryoning Orol oldi del`tasi Taxiatoshdan boshlanadi. U uchburchak 
formasiga ega bo`lib, uning tagi shimolida Orol dengizining janubiy qirg`oqlari bilan 
chegarolashadi. Uning uchi janubda Taxiatoshga boradi. 
Orol oldi del`tasida ayniqsa qumli-sozli va sozli-qumli tekisliklar keng 
tarqalgan. Ularning ko`pchiligi hozirgi vaqtda dexqonchilik bilan band. Shuning 
uchun ham bunday tekisliklarning er yuzasi qadimgi va hozirgi vaqtdagi suvg`orish 
tarmoqlari bilan parchalangan. Ulardan boshqa, bunday tekisliklarga daryoning 
qadimgi va hozirgi zamon tarmoqlarining o`zanlari, qumtepalar va barxanlar 
xarakterli. Bu qum massivlari asosan allyuvial qum yotqiziqlarining emirilib, bir 
joydan ikkinchi joyga shamolning ta`siri natijasida olib borgan yotqiziqlaridan paydo 
bo`lgan. Ayrimlari Qizilqumdan olib kelingan bo`lishi mumkin. 
Amudaryoning chap sohilidagi qadimgi quruq o`zanlar ichidagi er yuzasining 
tuzilishicha hozirgi vaqtgacha juda yaxshi saqlang`an eldaryo. 
eldaryo nomidagi suvg`orish kanali bilan Qoraqalpog`iston Ustyurtining orasida 
deyarli meridian yo`nalishida Qo`ng`irot, Qonliko`l va Sho`manay tumani teritoriyasi 
bo`yicha oqqan. Daryo tubi 1-1,5 km kenglikka ega bo`lganligi hozirgi vaqtda ham 
hududning rel`efida yaxshi bilinadi. Uning ko`pchilik joyida kengligi 25-30 metrdan 
250 metrgacha daryoning o`zani yaxshi saqlangan. eldaryo o`zanining chuqurligi 2 
metrdan 3,5 metrgacha etishi va yonbag`irlarining bir qancha tik (20-30 gradus) 
bo`lib kelishi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda uning tagi tepalik yoki qumtepalar 
formasidagi yumshoq qum yotqiziqlari bilan qoplangan. Uning o`zanining ikki 
qirg`og`ida shamol ta`siri natijasida to`planib qolgan qum massivlari uchraydi.
Amudaryoning dastlabki tarmoqlarini uning o`ng sohilida ham ko`rish mumkin. 
Ularning ichida eng kattasi erkindaryo. U Amudaryoning Bo`rlitovga yaqin joyida 
boshlanib, shimoli-sharqiy yo`nalishda oqqan. Dastlabki yillari u Amudaryoning 
suvli tarmoqlarining biri bo`lgan. Hozirgi vaqtda uning o`zani bo`yicha ayrim 
yillardagi suv ko`p bo`luvchi yoz oylaridagina suv oqadi. erkindaryoning o`zani 40 
metrdan 300 metrgacha kengayadi. Chuqurligi 1,5 metrgacha etadi. 
Ko`pchilik geografik adabiyotlarda Amudaryoning Orol oldi del`tasining paydo 
bo`lishi bo`yicha Taxiatosh del`tasi, Qirontov del`tasi va hozirgi vaqtdagi 
«harakatdagi» del`tasi deb 3 del`ta ajratiladi. Umuman olganda Orol oldi del`tasi 
Taxiatoshdan boshlangan bo`lsa, ikkinchisi Qirontov tepaligidan, uchinchisi Qiziljar 
tepaligidan boshlanadi. sababi, quyar joyida tekislik bo`yicha oquvchi daryolar oldida 
qandayda bir qattiq tog` jinsi er betiga chiqib yotgan uchastkaga tiralsa, bir necha 
tarmoqlarga bo`linib oqadi. Haqiqatdan ham Amudaryoning dastlabki del`tasi 
Tuyamo`yindan xisoblanadi, Amudaryoning Tuyamo`yin uchastkasida erning betiga 
chiqib yotgan bo`r va uchlamchi davr tog` jinslarini yuvolmay, suv to`lib, daryo o`ng 
va chap tomonga bir necha tarmoqlarni paydo qilib oqqan. 
Aqchadaryo va Sariqamish del`talarining boshlanish joyida daryo bir nechta 
tarmoqlar paydo qilib oqishiga Sulton Uvays tog`i sababchi bo`lsa kerak. 


Shuningdek, Taxiatosh, Qirontov va Qiziljar tepaliklari joyida daryoning bir 
necha tarmoqlarga ajralib oqqanligini ko`ramiz. Ularning hammasining paydo 
bo`lgan vaqti to`rtlamchi davrning ichida bo`lgani bilan, paydo bo`lish izma-izligi 
bo`yicha ularni oldin yoki keyin paydo bo`lgan deb taxmin qilsa bo`ladi. 
Masalan, eng dastlab Amudaryoning Aqchadaryo del`tasi, keyin Sariqamish 
del`tasi, keyin Orol oldi del`tasining paydo bo`lgan. Orol oldi del`tasining ichida, 
dastlab Taxiatosh, keyin Qirontov del`talarining boshlangani tarixiy o`rganishlarda 
kuzatilgan. 
Amudaryoning hozirgi vaqtdagi harakat etuvchi deyarli barcha tarmoqlari
Qiziljar tepaliginingdan boshlanadi. 
Shuning uchun ham Amudaryoning hozirgi vaqtdagi «harakatdagi» del`tasi 
sifatida del`ta paydo bo`lish protsessi hozirgi vaqtda ham davom etayotgan 
territoriyasi deb Qiziljar del`tasini qabul etish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu erda 
daryoning uchraydigan qayirlari keyingi tarixiy yillar ichidayoq paydo bo`lgan 
birinchi quruqlik xisoblanadi. 
Shuning uchun ham ularning tuproq va o`simlik qatlamlarining normal 
rivojlanishida imkoniyat kam. Baland qayirlarni suv bosib ketish faqat Amudaryo 
juda suvli bo`lib kelgan yillarigina kuzatiladi. Masalan, bunday suv olishlar keyingi 
30 yil ichida 1953, 1957 va 1969 yillari kuzatilgan. Bu vaqtlari ko`p vaqtdan buyon 
oqmay yotgan Tilovboyo`zak, Rao`shanning eski o`zani va erkindaryoda ham suv 
oqgan. 
Amudaryoning «harakatdagi» del`tasida juda ko`p sonli mayda ko`llar, 
botqoqliqlar keng tarqalgan. Ularning paydo bo`lishi va suvining rejimi asosan 
Amudaryo va uning hozirgi vaqtdagi «harakat» etuvchi tarmoqlari bilan bog`liq. 
Qoraqalpog`iston territoriyasining geologik tuzilishi, uning rivojlanish tarixi va 
rel`efining shakllanishiga bog`liq qazilma boyliklar ma`lum tartibda joylashgan. 
Ayrim geologik davrlardagi bo`lgan, faqat o`ziga xos geoximiyaviy protsessler har 
xil qazilma boyliklarning shakllanishiga imkoniyat bergan. 
Shuningdek Qoraqalpog`iston Ustyurtida (Shoxpaxta, Alanbek, Quvonish, 
Borsakelmas) va Orol dengizining janubiy-g`arbiy bo`limidagi yaqida quruqlikka 
aylangan uchastkasida tabiiy gaz topildi. Temir Xo`jako`l atrofida, Sulton Uvays 
tog`idagi Tebinbuloqta bor. Mineral tuzlar: Borsakelmas, Qoraumbat, Oqko`l, 
Qamishli, Meshekli va boshqa joylarda topilgan. Ularning ko`pchiligi osh tuzi. 
Fosforit ko`pincha bo`r davrining yotqiziqlarida uchrab, ularning konlari 
Shag`alto`qayda, Sulton Uvays tog`ining Xo`jako`l atrofida va Xo`jayli shahrining 
atrofida bor. Sulton Uvays tog`ida tal`k, granit, kvarts, dekorativ toshlar (yashma va 
biryuza) topilgan. 
Qoraqalpog`iston territoriyasi qurilish materiallariga boy. Ular Sulton Uvays 
tog`idagi Oqtov, Qo`yanchiq, Jumirtov, Tuyamo`yin atrofida Amudaryoning o`ng va 
chap qirg`oqlarida ohaktosh konlari, Kegayli tumanidagi Bo`rlitov, Taxtako`pirdagi 
Beltov, Taxiatosh, Nukus va Kegayli shaharlarining atroflaridagi ohaktosh konlari va 
b. Qoraqalpog`iston Ustyurtida Qo`ng`irot va Sho`manay rayonlari atrofidagi 
ohaktosh konlarining zaxiralari ko`p. Tsement ishlab chiqarishda ahamiyatli xom 
ashyo hisoblanuvchi mergel` bo`r va paleogen davrlari yotqiziqlari bilan bog`liq 
bo`lib, ularning ko`proq uchraydigan joylar: Nukus atrofi, Bo`rlitov, Qusxanatov, 
Ayazqala, Qoracho`qqi qoldiq tog`lari, Xo`jako`lning janubiy-sharqidagi Sulton 
Uvays tog`ining etaklari va Qoraqalpog`iston Ustyurti. Gips Jumirtov, Qusxanatov, 


Xo`jako`lning atrofi va Beltovda bor. Soz loy va soz loyli tog` jinslari Nukus, 
Xo`jayli, Beruniy, Qo`ng`irot, Chimboy va Taxtako`pirdagi ishlab turgan g`isht 
zavodlarining asosiy xom ashyolari xisoblanadi. 
Amudaryo etaklari, ayniqsa Qizilqum, er osti suvlariga juda boy, ularning 
ko`pincha chuchuk suv zaxirasi ko`p. Qizilqumning er osti suvlari g`arbidagi 
Zarafshon va Xisor tog`lari, shimol tomonidagi Qurama tog`lari bilan bog`liq bo`lsa 
kerak. Bu suvlarda odatda tuz kam bo`lib, ko`pincha ular artezian kabi er yuzasiga 
otilib chiqadi. 
Shuni aytishimiz kerak, bizning respublikamiz territoriyasining er osti geologik 
tuzilishini aniqlashga va qazilma boyliklarini topishga har yili bir necha million so`m 
sarflanadi. Hozirgi vaqtda territoriyamizda juda ko`plagan qazilma boyliklarning bor 
ekanligi aniqlandi. Ularning ayrimlarining sanoat zaxirasi aniqlanib yaqin yillar 
ichida foydalanishga kirishilsa bo`ladi. Albatta ularning ayrimlarining xalq 
xo`jaligining ayrim tarmoqlarining rivojlanishida allaqachon ulushi bor. Masalan, 
Nukusdagi marmar, ohak, keramzit va Taxiatoshdagi keramzit zavodlari. Ularning 
mahsulotlari sifatli qurilish materiallari xisoblanadi. Hozirgi vaqtda ko`plagan 
shaharlarimizda Qoraqalpog`iston marmari va graniti ishlatiladi. Shuningdek 
Qoraqalpog`iston gazi 1971 yildan boshlab, O`rta Osiyo gazquvuriga qo`shilgan. 
Sulton Uvays tog` va Jumirtovda toshni maydalovchi va navlovchi zavodlar ishlab 
turibdi. Ularning mahsulotlari Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati yo`llari bilan 
gidrotexnik qurilishlarni har xil sifatli va maydalang`an toshlar bilan ta`minlamoqda. 
Respublikamizdagi deyarli barcha g`isht zavodlar mahalliy xom ashyo asosida ishlab 
turibdi. 
Respublikamiz mexnatkashlari hozirgi vaqtda artezian va chuchuk grunt 
suvlaridan keng foydoladilmoqda. Respublikamiz hududida 2000 dan ortiq artezian 
va oddiy quduqlar qazilgan. Ular Qoraqalpog`iston yaylovlarini suvlantirishga 
foydalanib va qishda ayrim suvg`orish kanallarining suvi kamayganida aholi 
punktlarini suv bilan ta`minlab turibdi. Nukus shahrida topilgan mineral suv asosida 
«Nukus» mineral suvi zavodi ishlaydi. 
Respublikamizning mineral boyliklarini topish va ularning zahiralarini aniqlab 
ekspluatatsiyaga tayyorlash darajasi hozirgi vaqtda talabga javob bermaydi.
Sulton Uvays tog`ining mo`l mineral boyliklarini (titan-magnetitli temir rudasi, 
granit, marmar, shagal va ohaktosh) sanoatda keng foydalanish payti kelganligiga 
alohida ta`kidlash mumkin. Ayniqsa, Sulton Uvays tog`i mineral boyliklari asosida 
sanoatni keng ko`lamda rivojlantirish uchun hozirning o`zidayoq ko`plagan qulay 
sharoitlar bor. Shuningdek, bu territoriyaga elektroenergiya olib borilgan, 
asfaltlangan avtomagistral yo`li o`tkazildi, Nukus-Sulton Uvays tog` temir yo`li 
bitkazildi. Sulton Uvays tog`ida Amudaryoga ko`prik solishga kirishildi. Shu 
regionda ortiqcha mexnat resurslari bor va b. Shuningdek, Tebinbuloq konidagi titan-
magnitli rudasida temir 65-66 protsentgacha uchrashadigan titan-magnitli kontsentrat 
olinish imkoniyati aniqlangan. Sulton Uvays tog`ida yangidan Zangibobo va 
Urisoyda istiqbolli rudali konlari ochilgan. 
Respublikamizda Borsakelmas va Qusxanatov tuz konlari asosida ximiya 
sanoatini rivojlantirish imkoniyati bor. Ularning mahsulotlaridan, birinchi navbatda, 
respublikamizda keng foydoladiladigan, qishloq xo`jalik ekinlari uchun zarur 
ammoniy sul`fat va kaliy sul`fat kabi mineral o`g`itlar olinish imkoniyati bor. 


Hozirning o`zidayoaq, Ziynelbuloqdagi tal`k konidan oz miqdorda bo`lsa ham 
tal`k qazib olinib, Toshkentga jo`natiladi. Haqiqatdan ham tal`k bo`yoq ishlab 
chiqarishda, qishloq xo`jalik ximikatlari, keramik buyumlar ishlab chiqarish va 
boshqa ko`pgina sanoat turlarida qo`llaniladi. Sulton Uvaysda tal`kning yirik konlari 
bor ekanligini hisobga olib Qoratov posyolkasida yoki Nukus shahrida tal`kdan turli 
xil mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod qurish imkoniyatlari bor. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin