Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Ma`ruza №4  Qoraqalpog`istonning iqlimi va iqlim resurslari



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma`ruza №4 
Qoraqalpog`istonning iqlimi va iqlim resurslari 
Reja 
1. Qoraqalpog`iston iqlimiga va iqlim resurslariga ta`rif. 
2. O`lka iqlimining paydo bo`lish o`zgachaliklari. 
3. Mavsumlar va ularning paydo bo`lish o`zgachaliklari. 
4. Iqlim resurslaridan qishloq xo`jaligida foydalanish. 
Qoraqalpog`iston iqlimining paydo bo`lishida uning hududida yil davomidagi 
quyoshdan keluvchi energiya asosiy faktorlardan biri xisoblanadi. quyoshdan 
keluvchi yorug`lik energiyaning miqdori hududning barcha joylarida birdek 
bo`lmaydi. Qoraqalpog`iston shimoldan janubga 420 km dan ortiq oraliqqa cho`zilib 
joylashganligidan, uning janubi bilan shimoliy chekkasiga quyosh nuri erning 
yuzasiga birdek burchak bilan tushmaydi. 
Qoraqalpog`istonning geografik joylashgan o`rni o`rtacha poyasga to`g`ri 
kelganligidan undagi ma`lum bir joyga quyosh nurining yil davomidagi tushish 
burchagi birdek emas. Masalan yozgi kun tutilish (solntsestoyanie) vaqtida 22 
iyun`da respublikamizning janubida quyosh nuri er betiga 72
0
35

, shimolda 67
0
55

burchak bilan tushadi. Bu territoriya uchun eng uzoq kunlar va quyosh nuriga boy 
vaqt xisoblanadi. Unga qarama-qarshi qishki kun tutilish (zimnee solntsestoniyanie) 
kunida 22 dekabr`da Qoraqalpog`istonning janubiy chekkasiga quyosh nuri 25
0
35

va shimoldagi chegarasiga 20
0
55

burchak bilan tushadi. U respublikamiz sharoitida 
yil davomidagi eng qisqa kun hisoblanadi. 
Quyosh ratsiatsiyasi bo`yicha kuzatishlar Qoraqalpog`iston hududida faqat ikki 
meteorologik stantsiyada («Qoraqalpog`iston» va «Taxiatosh») keyingi 25-30 yil 
davomida olib boriladi. 
Masalan, Taxiatosh meteorologik stantsiyasida har bir kvadrat santimetr 
maydonga tushuvchi quyosh radiatsiyasi yig`indisining kelish imkoniyati iyun`da 
22500 kaloriya, dekabr`da 6500 kaloriya bo`lib, yil davomida bo`lsa 177200 
kaloriyani tashkil qiladi. 
«Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasi Taxiatoshga qaraganda bir qancha 
shimolda joylashganlikdan uning quyosh radiatsiyasini qabul qilish imkoniyati 
kamroq. Shuningdek, «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasi uchun har bir 
kvadrat santimetr maydonga tushuvchi quyosh radiatsiyasi yig`indisi iyun`da 22 200 
kaloriya, dekabr`da 5900 kaloriya, yil davomida bo`lsa 173 500 kaloriyaga teng 
bo`ladi. 
Lekin bu quyosh radiatsiyasi erga to`la etib kelmaydi. Sababi, atmosfera tiniq 
bo`lmaganlikdan quyosh nurlari havo qatlami orqali o`tish vaqtida, bulutlarda, 
havoning tarkibidagi har xil changlarda va havo molekulalari to`qnashganda ularning 


bir bo`limi atmosferada sochiladi va ushlanib qoladi. Shuning uchun ham quyosh 
radiatsiyasining er betiga kelib etishida atmosferadagi havoning tiniqligi katta rol` 
o`ynaydi. Bulutlilik Qoraqalpog`istonning barcha erlarida yil davomida birdek emas. 
Masalan, «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasida quyoshli soatlarning 
o`rtacha soni iyun` oyida 350, Taxiatoshta 359, Chimboyda 370, dekabr`da bo`lsa 
«Qoraqalpog`iston» uchun 97, Taxiatosh uchun 106, Chimboy uchun 107. Bu 
ma`lumotlarning o`rtacha yillik hisobi «Qoraqalpog`istonda» 2794, Taxiatoshta 2937 
va Chimboyda 2927 soatni tashkil qiladi. 
Lekin respublikamizdagi kuzatiladigan bulutlilikning ob-havoning ochiqligiga 
ta`siri kuchli, yuqoridagi meteorologik stantsiyalar uchun berilgan quyoshli 
soatlarning soniga qaraganda, iyun` oyida faqat ularning 77-85% i, dekabr`da 37-
41% i, o`rtacha bir yil ichida 65-71% ini ko`ramiz. 
Natijada, bulutli kunlar er betiga to`g`ri tushuvchi quyosh radiatsiyasining 
kamayishi, sochilib tushishi quyosh radiatsiyasining ko`payishiga sabab bo`ladi. 
quyosh radiatsiyasining bir bo`limining atmosferaning o`zidayoq tutilib qolishiga 
sabab bo`ladi. er beti va atmosferaning quyi qatlamining temperaturasining 
yuqorilashida er betiga to`g`ri keluvchi quyosh radiatsiyasi juda ahamiyatli. 
Taxiatosh va «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyalarining ma`lumoti bo`yicha 
Qoraqalpog`iston territoriyasi iyun` oyida er betiga to`g`ri tushuvchi quyash 
radiatsiyasi summasining 68-80% ni, dekabr`da bo`lsa faqat 32-39% ni qabul qiladi. 
erge keluvchi quyosh radiatsiyasi bo`yicha berilgan ma`lumotlarni shu meteorologik 
stantsiyaning turgan joyidan radiusi 50-100 kilometr uzoqlikdagi territoriyalarga ham 
amaliy ko`z qarashdan foydalansa bo`ladi. Lekin u erdagi atmosferaning tiniqligi shu 
meteorologik stantsiyadagiga o`xshash bo`lishi kerak. 
er betiga to`g`ri tushishga imkoniyati bor quyosh radiatsiyasini o`rtacha bir 
yillik miqdorini hisoblaganimizda, 62-68% dan ortmaydi. Respublikamizning har bir 
kvadrat santimetr gorizontal eri beti o`rtacha tushuvchi quyosh radiatsiyasidan har 
yili 90000-110000, sochilib tushuvchi quyosh radiatsiyasidan 48000-50000 kaloriya 
oladi degan so`z. U issiqlikni ko`proq talab etuvchi o`simliklarning o`sishi va 
rivojlanishi uchun sharoit tug`diradi. Shuningdek, Qoraqalpog`istonning yozda 
quyosh nurining tik tushishi, quyosh tushuvchi soatlarning ko`pligi va havoning 
bulutsiz bo`lishi uni qish oylari bilan solishtirganda quyosh radiatsiyasini 7-8 marta 
ko`proq qabul qiladi. Shuning uchun Qoraqalpog`istonda radiatsiya balansi yilning 
barcha oylarida birdek emas. Radiatsiya balansining yuqori ko`rsatkichlari yoz 
oylariga to`g`ri keladi, uning ko`rsatkichlari bilan qish mavsumi xarakterlanadi. 
Lekin Qoraqalpog`istonning ko`pchilik territoriyasi o`rtacha yil davomida ijobiy 
(polojitel`niy) balansga ega. Masalan, Taxiatosh meteorologik stantsiyasining 
ma`lumoti bo`yicha radiatsiya balansi iyun`da 9500 kaloriya santimetr kvadrat, 
dekabr`da 200 kaloriya santimetr kvadrat, o`rtacha bir yillik radiatsiya balansi 56300 
kaloriya santimetr kvadratga teng. 
Aksincha, respublikamizning eng shimoliy rayonlari alohida o`rinni egallaydi. 
Sababi yilning eng sovuq oylari hisoblanuvchi dekabr` va yanvar`da bu 
territoriyalarga quyosh radiatsiyasidan keluvchi issiqliq energiyasi erdan havoga 
chiquvchi energiya miqdoridan bir qancha kam. Bunday sharoitda, dekabr` va 
yanvar` oylarining radiatsiya balansi salbiy (otritsatel`niy) bo`ladi. Masalan, 
Qoraqalpog`istondagi eng sovuq mavsumi bilan xarakterlanadigan rayonlardan birida 


joylashgan «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasida radiatsiya balansi o`rtacha 
yanvar` va dekabr` aylari uchun - 100 kal. sm.kv. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin