Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Tabiiy resurslariga umumiy ta`rif



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Tabiiy resurslariga umumiy ta`rif.
Qoraqalpog`iston respublikasining ko`pchilik territoriyasi geologik jihatdan 
Turon platformasining ajralmas bir bo`lagi xisoblanadi. U faqattonik jihatdan 
qadimgi eralardan buyon turg`un bo`lib qolgan territoriya bo`lib, harakatsiz
hududlar 
qatoriga kiradi. Mezazoy erasigacha Qoraqalpog`iston o`lkasi geosinklinal
oblastlardan xisoblanib, tog` paydo bo`lish protsessi polezoyning oxirida 
tamomlangan. Shuning uchun platformaning fundamentini mezazoygacha davrda 
yotqizilgan cho`kindi tog` jinslaridan iborat oxak toshlar, metomorfizmga uchragan
soz loy (slanets), magma jinslaridan granit, gneys, serpentinlar tashkil qiladi. Bu 
fundament katlamli paleozoy erasida shakllangan. 
Kadimiy qurg`oqlikning paydo bo`lish davridan boshlaboq er yuzasi yuvilish 
protsessiga uchrab, asta sekin emirilib, yassilanib. tekisllasha boshlagan. 
Keyinchalik platforma davri boshlanganda, er yuzasi asta sekin chyakib, paleozoy 
jinslarining ustida yangidan mezazoy va kaynazoy katlamlari to`plana boshlaydi. 
Natijada ular hozir Qoraqalpog`istonnida bir qancha chuqurda yotibdi. Fundamental 
katlam Ustyurtning Qabaqli zonasida 100 metrdan Borsakelmasga tomon 6000 metr 
chuqurlikda uchrasa, Amudaryo del`tasining Qo`ng`irot zonasida bir qancha 
yuqoriroqda 2000 metrda, Xo`jayli va Nukusda 1000 metr, To`rtko`lda 500 metr 
chuqurlikda, Sulton-Uvays tog`ida esa fundament katlam er yuzasiga chiqib 
yotibdi. 
Fundamentni qoplab turgan cho`kindi tog` jinslarining qalinligi o`sha davr 
tabiiy-geografik sharoit bilan bog`liq. Shunday qilib, Qoraqalpog`iston o`lkasi 
o`zining platforma rivojlanish tarixi bo`yicha mezazoy, kaynazoy eralarida dengiz 
ostida bo`lgan. Shuning uchun Qoraqalpog`istonning ko`pchilik territoriyasini 
cho`kindi tog` jinslarining qalin qatlamlari qoplab yotibdi. Demak bu respublika 
o`lkasi bo`yicha qazilma boyliklarning geografik tshimollishiga va ularning 
zaxiralarining shakllanishiga kuchli ta`sir etgan. 
Qoraqalpog`istonda ko`p yillar oldinoq sanoat ahamiyatiga ega temir 
rudasining, rangli metallarning, fosforitning, osh tuzining, mirabilitning, sul`fat 
natriyning, qo`ng`ir ko`mirning zaxiralari aniqlangan edi. Keyingi yillarda 
O`zbekiston Fanlar Akademiyasining geoologiya institutining va Qoraqalpog`iston 
bo`limining geologiya sektorining olimlarining ishtirokida (Samanov J., Palibekov 
A., Kurbaniyazov K., va b.) yonuvchi tabiiy gazning, ko`p sonli fosforit konlarining, 
qurilish uchun yaroqli toshlarning, ayniqsa marmarning, oxak toshlarining, koalin 
loylarining sanoat zaxiralari ochildi. Shunday qilib, bizning o`lkamizda bugingi 
kunga kelib sanoat axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslarining zaxiralari 
aniqlana boshladi. Bularni xalq xo`jaligidagi ahamiyati va foydalanish yo`nalishlari 
bo`yicha quyidagi guruhlarga ajratishga bo`ladi: 
1. Yonilg`i-energetik axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari. 
2. Metallurgik axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari. 


3. Ximiyaviy axamiyatga ega mineral xom ashyo resurslari. 
4. Qurilish materiallari axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslari. 
5. Oziq-ovqat axamiyatiga ega mineral xom ashyo resurslari. 
Yuqoridagi ko`rsatilgan yonilg`i-energetik axamiyatga ega tabiiy resurslardan 
tabiiy gaz, ko`mir va neftni aytsak bo`ladi. Tabiiy gaz Qoraqalpog`istonning Ustyurt 
bo`limidagi Shoxpaxta, Quvonish konlarida ochildi. Mutaxassislarning aniqlashicha 
xozirning o`zida uning umumiy zaxirasi 195 mlrd. m
3
ga barobar. Shundan 
Shoxpaxta gaz konining zahirasi 46,5 mlrd m
3
ni tashkil qilib, keyingi yillarda 
respublika gaz quvuriga tutashtirildi. Qo`ng`ir ko`mirning zaxiralari quyi va o`rta 
yura yotqiziqlarida uchrab, bular Tovqir, Qulanlida 150-1500 metr chuqurlikda 
uchraydi. Neftning sanoat zaxirasi Borsakelmas zonasida ochildi. Yuqorida 
ko`rsatilgan mineral xom ashyo resurslarni sanoatda foydalanish kelajak istiqbolida 
Qoraqalpog`istonning yonilg`i-energetik bazasini tuzishga va gaz, neft`, ximiya 
sanoatining rivojlanishiga yo`l ochadi. Bizning sharoitimizda mustahkam yonilg`i-
energetika bazasini tuzish xozirgi xalq xo`jaligi soxalarining energiyaga bo`lgan 
extiyojinii ta`minlashda va sanoat komplekslarini tuzishga yo`l ochishi bilan birga 
foydalanishga yaroqli mineral xom ashyo resurslarining tarkibidagi jinslarni 
ajratishga imkoniyat beradi. Qoraqalpog`istonda metallurgik ahamiyatga ega mineral 
resurslardan temir rudasi, mis, tsink, nikel`, qo`rg`oshin va boshqa boyliklarni aytsak 
bo`ladi. Geologik o`rganish natijasida Sulton Uvays tog`ida temir rudasining 
(zaxirasi 15 mlrd.t.), misning, qo`rg`oshinning, tsinkning va boshqa boyliklarning 
katta zaxiralari aniqlandi. Topilgan nikel` avtomobil`, traktor, mashina sanoati uchun 
kerakli xar xil uskunalar tayyorlashga, meditsina priborlar, akkumlyatorlar uchun 
elektrod tayyorlash uchun yaroqli. Ximiyaviy va oziq-ovqat mineral xom ashyo 
resurslariga fosforit, mirobilit, osh tuzi va shifobaxsh er osti suvlarini keltirsak 
bo`ladi. 
Fosforitning aniqlangan zaxiralari Ustyurtda, Bestobeda, Xo`jako`lda va boshqa 
joylarda uchraydi. Mirobilitning sanoat ahamiyatga ega zaxiralari Kusxanatovda 
ham uchraydi, zaxirasi 1.1 mlrd. m
3
ga barobar. Qog`oz, to`qimachilik sanoatlari, 
shuningdek shisha ishlab chiqarishga va farmatsevtika uchun foydalanishga yaroqli. 
Osh tuzining katta sanoat ahamiyatga ega zaxiralari Qoraumbat, Borsakelmas, 
Oqtuba, Sariko`l zonalarida joylashgan. Shundan Borsakelmas konidagi osh tuzining 
zaxirasi 17 mlrd.t. dan ortiq. Qoraqalpog`istonda xalq xo`jaligida foydalanishga 
yaroqli er osti suvlarining ham mo`l zaxiralari uchraydi. Gidrogeologik ekspeditsiya 
ma`lumotlariga qaraganda bu suvlar shifobaxshligi bilan foydalanishga va mineral 
suv sifatida foydalanishga imkoniyat beradi. Qoraqalpog`istonni qurilish sanoati 
uchun yaroqli asbest, dala shpatining, tal`kning, marmarning, oxakning, granitning 
va boshqa zaxiralarga juda boy. Shundan tal`kning aniqlangan zaxirasi 820 mln. 
m
3
ga barobar bo`lib, qogoz, kabel`, rezina ishlab chiqarishda, dekorativ plitalar 
tayyorlashda va yuqori sifatli izolyatorlar ishlab chiqarishda foydalanishga bo`ladi, 
granit bo`lsa kesish, parmalash asboblarini tayyorlashda foydalanishga yaroqli. 
Xozir o`lkamizda qurilish materiallaridan marmardan foydalanish yaxshi yo`lga 
qo`yilgan. Sultao Uvays tog`ining marmarining bazasida Nukus granit marmar 
zavodi ishlamoqda.
Shunday qilib, Qoraqalpog`istonning mineral xom ashyo 
resurslarini qisqacha tahlil qilganimizda o`lkamizda mineral boyliklarning katta 
zaxiralari bor ekanligi kuzatiladi. Shuning uchun bu katta resurslarni sanoatda 
foydalanishga qo`shish kelajak istiqbolida Qoraqalpog`istonda yirik sanoat 


komplekslarini tuzishga imkoniyat beradi, bu o`z navbatida o`lkamizning agrar 
statusini o`zgartirishga yo`l ochsa, ikkinchidan xalqimizning milliy daromadining 
hajmining ortishiga ijobiy ta`sir qiladi. 
Xulosa qilganimizda Qoraqalpog`iston respublikasida og`ir sanoat sohalarini, 
ayniqsa tog`-kon sanoati va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish uchun 
mineral xom ashyo resurslarning ko`pchilik turlari joylashgan. Masalan: Tebinbuloq 
titan magnetitli koni istiqbolli konlardan xisoblanadi. Sul`fatli magneziyali tuz kon 
asosida sul`fat natriyning, osh tuzini va metall magniyni olishga yo`l ochiladi. Bu 
esa ximiya, metallurgiya sanoatini keng rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. 
Respublikada qurilish materiallarini etishtirish uchun mineral boyliklarining 
zaxiralari ko`p. Hozirgi vaqtda Ustyurt zonasidan gaz va neftning bir qator konlari 
ochildi. Shunday qilib,o`lkamizda har xil xom ashyo resurslarining katta zaxiralari 
mavjud. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin