Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


O`lkaning geografik joylashgan o`rni va chegaralari



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

O`lkaning geografik joylashgan o`rni va chegaralari 
Qoraqalpog`iston respublikasi shimoliy kenglikda Markaziy Osiyoning 
janubiy-g`arbiy bo`limini egallab yotibdi. Uning shimoliy, janubiy bo`limidagi 
kordinatalari 40
0
55
/
va 45
0
35
/
shimoliy kenglikni xamda g`arbiy va sharqdagi 
chekka nuqtalari 56

02
/
va 62
0
24
/
sharqiy uzunliklarni egallab yotibdi. 
Qoraqalpog`istonni janubda Xind okeani, shimol tomonida Shimoliy muz okeani 
oralig`ida joylashgan va materik ichkarisidagi xudud bo`lganligi uchun unga dunyo 
yuzi okeanlarining ta`siri juda kam. Yoz oylarida Xind okeanidan ta`sir etuvchi nam 
xavo 
massasi 
yo`ldagi 
baland 
tog`li 
rayonlarda 
qarshilikka 
uchrab 
Qoraqalpog`istonga etib kelmaydi. Aksincha Qoraqum cho`listonligidan esuvchi 
issiq va changli xavo massasining ta`sirida qurg`oqchilik ustunlik etadi. Qish 
oylarida yo`lda to`suvchi baland tog`lar bo`lmagani uchun Shimoliy muz okeanidan 
esuvchi sovuq xavo massasi To`rg`ay darvozasi orqali Qoraqalpog`istonning keskin 
sovushiga ta`sir qiladi. Atlantikaa va Tinch okeanlar Qoraqalpog`istonga uzoq 
joylashgani uchun ularning o`lkamizning tabiiy kompleksiga ta`siri unchalik sezilarli 
darajada emas. 
Qoraqalpog`istonning ko`pchilik bo`limida, ayniqsa sharqida chegara rolini 
bajaradigan tabiiy belgilar kam. Janubiy-sharqida va janubida uzunlik yo`nalishda 
joylashgan Qizilqum xamda Qoraqum cho`listonliklari, g`arbida Ustyurt balandligi, 
shimoliy tomonida Orol dengizi tabiiy chegara rolini bajaradi. Shunday qilib, tabiiy 
geografik tomondan Qoraqalpog`istonni Turon pasttekisligining davomi xisoblanib, 
Amudaryoning oldingi va xozirgi del`tasini egallab, shimoliy kenglikda joylashgan 
o`lka xisoblanadi. Uning shimoldagi chegarasi Rossiya Federatsiyasining Astraxan`, 
Rostov shaxarlari orqali o`tsa, janubidagi chegarasi Darbent, Tbilisi shaxarlari 
joylashgan kenglikka to`g`ri keladi. Lekin Qoraqalpog`iston materikning ichkarisida 
joylashgan va dunyo yuzi okean xamda dengizlardan olisda joylashgan bo`lganligi 
uchun yuqoridagi ko`rsatilgan territoriyalarga solishtirganda tabiiy sharoiti 
o`zgaruvchang keladi. Shunga bog`liq Qoraqalpog`iston respublikasining xalq 
xo`jaligining rivojlanish sur`ati va uning dunyo yuzi bozor munosabatlaridagi tutkan 
o`rni xali unchalik yuqori emas. Shu kabi o`zgachaliklar respublikada 
foydoladilmayotgan barcha rezervlarni tezda ishga tushirishni va o`lkamizning 
geografik joylashgan o`rniga xos shakllangan ishlab chiqarish soxalarini zonal 
ixtisoslashtirish muammolarini rivojlantirishni talab etadi. 
Qoraqalpog`iston respublikasi siyosiy-mamuriy jihatdan shimoliy-sharqiy va 
shimoliy-g`arbida Qozog`iston respublikasi bilan, janubiy-g`arbida Turkmaniston 
respublikasi, janubiy va janubiy sharqida O`zbekistonning Xorazm, Buxoro va 
Navoiy viloyatlari bilan chegaradosh. Respublika territoriyasi g`arbdan sharqqa 
tomon 660 kilometrga, shimoldan janubga tomon 400-420 kilometrga cho`zilgan. 
Qoraqalpog`iston respublikasi XX asrning 20-yillarida podsho Rossiyasining 
eng ichkarisida joylashgan, oddiy dexqonchilik va ko`chmanchi chorvachilik bilan 
shug`ullanadigan agrar o`lka edi. 1918-yilda Turkistonda Sovet Federativ 
respublikasining tuzilishi bilan Amudaryoning o`ng tomonida yashovchi qoraqalpoq 
xalqi Amudaryo bo`limi bo`lib biriksa, oldingi Xiva xonligi hududidagi xalqlar 
1920-yili Xorazm Xalq respublikasi bo`lib tuzildi. Shunday qilib, Amudaryoning 
chap tomonida yashovchi qoraqalpoqlar Xorazm Xalq respublikasining tarkibiga 
kiradi. Keyin 1924-yildagi O`rta Osiyoda joylashgan xalqlarning mamlakatlik 
chegarolarini ajratish yillarida Qoraqalpog`istonning mamlakatlik strukturasi 2-


marta shakllandi va shu yili Qozog`iston tarkibida Qoraqalpog`iston oblasti bo`lib 
tuzildi. 1930-yili Qoraqalpog`iston Rossiya tarkibiga kirishi bilan ko`p vaqt 
o`tmasdan, 1932-yili RSFSRning tarkibida Qoraqalpog`iston Sovet respublikasi 
bo`lib kayta tuzildi. 1930-yili Rossiyaning tarkibidan O`zbekistonga o`tdi. 1991-yili 
1-sentyabr`da O`zbekiston mustaqil respublika deb e`lon qilinishiga bog`liq 
Qoraqalpog`iston O`zbekistonning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi suveren 
respublika deb e`lon qilindi. 
O`tmishdagi Qoraqalpog`iston iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi 
bo`yicha dunyodagi eng qoloq o`lkalardan xisoblanar edi. Sababi, respublika uzoq 
yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlariga, shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 
chiqish uchun transbo`rt aloqalariga ega bo`lmadi. Rossiya va boshqa qo`shni 
davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar yoz oylarida Charjougacha 650 kilometrgacha 
oraliqda Amudaryo orqali kayiqlar bilan amalga oshirildi. Faqat ikkinchi jahon 
urushidan oldin O`rta Osiyo mamlakatlik suv yo`li transbo`rti tashkillashtirilgandan 
keyingina kema bilan tashiladigan yuklar bukserli flot bilan almashtirildi. Natijada, 
1936-yillarda Amudaryo orqali Qoraqalpog`istonga yiliga 180 ming tonna yuk 
tashilsa, olib ketiladigan yuklarning hajmi 150 ming tonna bo`ldi. Lekin 
respublikaning transbo`rt-iqtisodiy aloqalaridagi dastlabki yutuqlar 1952-yildan 
boshlab 
Charjou-Xo`jayli, 
keyin 
Qo`ng`irot-Beyneu-Aleksandrov-Gay 
yo`nalishidagi temir yo`l qurilishining ishga tushishiga bog`liq bo`ldi. Keyingi 
yillarda gigant Buxoro-Ural va O`rta Osiyo-Markaz gaz quvurlari foydalanishga 
berildi. Natijada, samolyot, avtomashina, paroxod va teplovozlar ishlaydigan bo`ldi, 
bu Qoraqalpog`iston respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga imkoniyat 
yaratdi. Shunday qilib, Qoraqalpog`istonni orqali Markaziy Osiyodan Rossiya 
Federatsiyasi 
va 
evropa 
davlatlariga 
to`g`ri 
temir 
yo`lning 
ochilishi 
Qoraqalpog`iston respublikasining transbo`rt-iqtisodiy aloqalarining shakllanishiga 
va rivojlanishiga yo`l ochdi va mamlakatning iqtisodiy-geografik joylashgan 
o`rnining katta o`zgarishga uchrashiga, ya`ni qulay tranzitlik iqtisodiy aloqalarning 
rivojlanishiga asos soldi. 
Qoraqalpog`iston respublikasi mamuriy jihatdan 15 tuman va 1194 elatli 
punktdan iborat. Shuning 12-si shaxar, 5 ta tuman markazi, 12-si boshqa shaxar 
tipidagi posyolkalardan, qolgan 1165-si axoli punktlaridan xisoblanadi. Bular 64 
ovul kengashlari bilan birlikda yuqoridagi 15 tumanning tarkibini paydo qiladi. 
Qoraqalpog`iston O`zbekistonning shimoliy-g`arbida tekislik xududida 
joylashgan. er yuzasi tekislikdan iborat, lekin shunga qaramasdan, tabiiy 
kompleksining xarakteri bo`yicha bir-biridan farq qiluvchi uch rayondan turadi: a) 
Amudaryo del`tasi, b) Qoraqalpog`iston Ustyurti, v) Qoraqalpog`iston Qizilqumi. 
a) 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin