kilometrga, eni esa 7 kilometrga cho`zilib yotibdi. Uning eng baland erining nisbiy
balandligi 123 metrga teng. Del`tada Amudaryoning ko`p yillar davomida oqizib
kelgan loyli cho`kindilardan tashkil topgan balandliklar xam uchrab turadi. Bular
ko`pincha Amudaryo del`tasining markaziy bo`limida ko`proq uchrashadi.
Amudaryoning del`ta bo`limida shamolning ta`sirida shakllangan rel`f
formalari xam uchrashadi. Ularning qatoriga Turkmanqirilgan va Arzimbetqum kabi
qumli massivlarni atashga bo`ladi. Del`tada, ayniqsa uning shimol bo`limida, suv
toshqini va ko`llarning ta`sirida paydo bo`lgan rel`f formalari uchraydi. Bunga
misol sifatida, Sudoch`e, Qoraumbet, Qorateran va boshqa xududlarni keltirsak
bo`ladi.
b)
Ustyurt
- Amudaryo del`tasining g`arbida joylashgan. Amudaryoning
tekislikdan Ustyurtga o`tadigan er tik jarli formaga ega bo`lib, uni mahalliy xalqlar
chink deb ataydi. Ustyurtning shimoliy-sharqida joylashgan Orol dengizi va janubiy
tomonidagi Sariqamish ko`lidan chink liniyasi orqali bo`linib turadi. Ustyurtning
Qoraqalpog`istonga tegishli bo`limi 70
ming km
2
maydonni egallab, er yuzasining
tuzilishi bo`yicha balandlik va pasttekisliklar bilan xarakterlanadi. Ustyurtda katta
pasttekisliklar uchraydi Aspantay, Assakaovdan va Sariqamish botig`i joylashgan.
Shoxpaxta botig`i uzunligi 6 kilometrga, eni 3 kilometrga cho`zilib, nisbiy balandligi
18-20 metrdan oshmaydi. Shoxpaxta botig`ining tubida
shamolning kuchi bilan
paydo bo`lgan Assakaovdan oralig`ida Shorja botig`i joylashib, uzunligi 9
kilometrga, eni 5 kilometrga cho`zilgan.
A.Z.Geneusov, V.V.Gorbunov, N.A.Kimberglarning o`rganishlariga qaraganda.
Ustyurtning asosiy cho`kindi tog` jinslarida sur-qo`ng`ir tuproqlar, qadimgi ko`l
yotqiziqlarida taqirli sho`rxok tuproqlar ko`pchilikni tashkil qiladi. Izvestnyakli
yotqiziqlar bilan qoplangan xududlarda sur-qo`ng`ir tuproqlar ko`proq tarqalgan.
Shunday qilib, Qoraqalpog`iston Ustyurtining er yuzasining tuzilishi va tuproq
katlamlaridagi o`zgachaliklar uning o`simlik va hayvonot
dunyosining tarkibida
o`ziga xos katta o`zgarishlarni paydo etadi.
v)
Qizilqum saxrosi
- Amudaryo del`tasining janubiy sharqida joylashgan, 20
mln. gektar maydonni egallab yotibdi. Shundan Qoraqalpog`istonga tegishli
yaylovlar 3.2 mln. gektarni egallab, o`tloqlarning yillik zaxirasi 6-7 mln. tsentnerni
tashkil qiladi. Qizilqumning Qoraqalpog`iston bo`limi, g`arbida Amudaryo
del`tasidagi alyuvial` tekislik bilan, sharqida va janubida Markaziy Qizilqum bilan,
shimoliy-g`arbida Orol dengizi bilan chegarolashadi.
Qoraqalpog`iston Qizilqumning shimoliy bo`limi qurg`oq soy-jilg`alar bilan
tilkimlanib, er yuzasi to`lqinlangan tekislik kumlardan iborat. Bu qumlar Amudaryo
va
Sirdaryoning
qadimgi
o`zanlarining
yotqiziqlaridan
paydo
bo`lgan.
Qoraqalpog`iston Qizilqumining janubiy bo`limini Sulton-Uvays tog`i egallab
yotibdi. Qoraqalpog`iston Qizilqumining shimol bo`limi qum Orolash soz allyuvial`
tekis yotqiziqlaridan tuzilib, ular ko`pchilik sharoitlarda yuvilib ketgan uchinchi
davrning asosiy jinslarining ustida uchraydi. Buni Beltov va boshqa uchlamchi davr
qoldiq tog`larning rel`efi tasdiqlaydi.
Qoraqalpog`iston
Qizilqumining
tuproq
turlari
Amudaryo
del`tasiga
solishtirganda butunlay o`zgacha, buning asosiy tuprog`ining
turlariga qumli
tuproqlar bilan sur-qo`ng`ir tuproqlar yotadi. Sur qo`ng`ir tuproqlar Sulton-Uvays
atrofida va boshqa qoldiq tog`larda uchraydi. Yarim bekingan ko`chmanchi esuvchi
kumlarda ko`pincha qumli tuproqlar uchrashadi.