Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк


Ma`ruza №2  Qoraqalpog`istonning geologik tuzilishi



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Ma`ruza №2 
Qoraqalpog`istonning geologik tuzilishi 
Reja 
1. Qoraqalpog`istonning Turon platformasidagi tutgan o`rni va geologik o`rganilish 
tarixi. 
2. O`lkaning paleozoy davridagi geosinklinal fundament tarkibi. 
3. Mezozoy-kaynazoy davridagi cho`kindi qatlam 
4. Qoraqalpog`iston hududining geologik tuzilishiga bog`liq geografik birliklari. 
(del`ta, tog` zonasi, tekislik, cho`l zonasi) 
1. Qoraqalpog`istonning Turon platformasidagi tutgan o`rni va geologik o`rganilish 
tarixi.
Qoraqalpog`istonning 
ko`pchilik 
hududi 
geologik 
jihatdan 
Turon 
platformasining ajralmas bir bo`lagi. U faqattonik jihatdan qadimgi eralardan buyon 
turg`un bo`lib qolgan, harakatsiz territoriya. Mezozoy erasigacha bu erlar 
geosinklinallar hisoblanib, tog` paydo bo`lish protsessi paleozoyning oxirida 
tamomlangan. Shuning uchun xam platformaning fundamentini mezozoygacha 
davrlarda yotqizilgan cho`kindi tog` jinslaridan oxak tosh, metamorfizmga uchragan 


soz loy (slanets), magma jinslaridan granit, gneys, serpentinlar tashkil qiladi. Bul 
fundament qatlam paleozoy erasida paydo bo`lgan. 
Qadimgi qurg`oqlikning paydo bo`la boshlagan kunlaridanoq er yuzasining 
yuvilish jaryoniga uchrab, asta-sekin emirilib, tekislasha boshlagan. Platforma davri 
boshlanganda, er yuzasi asta-sekin cho`kib, paleozoy jinslarining ustida yangidan 
mezozoy va kaynozoy qatlamlari to`plana boshlagan. Natijada hozirgi kunda ular 
(qadimgi davr yotqiziqlari) ancha chuqurda yotibdi. Fundament qatlam Ustyurtda 
1000 m (Qaqbaqti) 6000 m (Borsakelmas) gacha chuqurla bo`lsa, Amudaryo 
del`tasida bir qancha yuqorida (Qo`ng`irotda 2000 m, Xo`jayli va Nukusda 1000 m, 
To`rtko`lda 500 m) yotibdi. Sulton Uvays tog`ida fundament qatlam er ustiga chiqib 
qolgan. 
Fundamental qatlam ustidagi cho`kindi tog` jinslarining qalinligi manna shu 
hududning, o`sha davrda bo`lgan tabiiy-geografik sharoiti bilan bog`liq. Masalan, 
trias davri yotqiziqlari Ustyurtda 1000-2000 metrgacha qalinlikda uchraydi. Ular 
Amudaryo etagida va Qizilqumda esa yuq. Sababi trias davridagi Ustyurt 
territoriyasining cho`kishi yotqiziqlarning (qizil rangli qum, tosh va soz loylar) 
to`planib qolishiga sharoit tug`dirsa, boshqa rayonlar territoriyasining ko`tarilgan 
ekanligi yuvilish protsessini faollashtiradi. 
Yura davrida Ustyurt bilan bir qatorda Amudaryoning etaklari ham cho`ka 
boshlagan. Yura davri yotqiziqlarining organik moddalarga boy Ustyurtda 1000-1500 
metrga va Amudaryoning etagida 250-500 metrgacha qalinlikda to`planib qolishiga 
sharoit tug`diradi. Qizilqumning baland shoylashishi uning hududida yuvilish 
protsessi davom etadi. Shuning uchun Qizilqumda yura davri yotqiziqlari 
uchramaydi. 
Bo`r davri yotqiziqlari ham (qizil va qo`ng`ir rangli qum - loylar, mergel`) 
territoriya bo`yicha joylashishi birdek emas. Uning qalinligi Ustyurtda 1200 m, 
Amudaryo etaklarida 600-700 m bo`lib, Qizilqumda u yana kamayadi. Ularning er 
yuzasiga chiqib qolgan uchastkalar Sulton Uvays tog`ida, Oqtumshuqning dengiz 
atrofida, Mo`ynoqda, Qiziljarda va Xo`jaylida bo`lsa ayrim tepalik formasida 
uchraydi. 
Paleogon davrida respublikamiz hududida dengiz sharoitida yotqizilgan, 
ko`pincha bir turdagi yashil loy qatlamlari keng tarqalgan bo`lsa, neogen yotqizig`ida 
ohak toshlarning ko`proq uchrashini ko`ramiz. Territoriya bo`yicha tarqalgan 
paleogen yotqiziqlarining qalinligi 0 metrdan 600 metrgacha etadi. Sababi paleogen 
davrining oxirida bu erda birdan ko`tarilish bo`lib, yuvilish protsessi faollashgan. 
Natijada Markaziy Ustyurtda, Amudaryo etaklarida, Qizilqumda paleogen 
yotqiziqlari kamayib, ayrim joylarda emirilib, yuvilib ketgan. Paleogen davridagi 
ko`tarilishdan keyin Qizilqumda ko`pgina erlar hozirgi vaqtgacha dengiz osti 
bo`lmagan. Qolgan joylarda neogen vaqtida dengiz hukumronlik qilgan. Lekin u 
to`rtlamchi davrda chekina boshlagan. Natijada dengiz suvlari respublikaning 
hududidan chekingan. Ustyurtda to`rtlamchi davrda yuvilish protsessi ustunlik 
qilganidan er yuzasida ko`pincha sarmat ohak toshli qatlamni (neogenning yuqorgi 
bo`limi) uchratamiz. 
Amudaryo etaklariga shu kungagacha vaqti-vaqti bilan yuvilish va 
yotqiziqlarning to`planish protsesslari xarakterli. Qizilqumda bo`lsa, paleogendan 
buyon uning ko`tarilmagani uchun faqat emirilish protsessi davom etmoqda. Shuning 


uchun to`rtlamchi davr yotqiziqlari Qizilqum va Ustyurt platosiga qaraganda 
Amudaryoning del`tasida juda qalin va ko`p darajada uchraydi. 
Demak, Qoraqalpog`istonni o`zining platforma rivojlanish tarixida, ya`ni 
mezozoy, kaynazoy eralarida dengiz ostida bo`lgan. Suning uchun ham 
respublikamizning ko`pchilik territoriyasi cho`kindi tog` jinslarining qalin qatlamlari 
bilan qoplanib yotibdi. Lekin bu qatlamlar bir tekis qalinlikka ega emas (300-500 
metrgacha). Ular uchramaydigan joylar ham bor.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin