Hozirgi Qoraqalpog`iston hududidagi o`zi yashagan davr geografiyasi bo`yicha
ko`pgina ma`lumotlarni o`rta asrlarda yashagan mashxur Xorazm olimlari Xorazmiy
va Beruniylarning asarlarida ko`rish mumkin.
Qoraqalpog`iston o`lkasini o`rganishda tabiiy geograik tasavvurlarning
rivojlanishida buyuk komusiy olim, hamyurtimiz Abu Rayxon Beruniyning
xizmatlari juda katta. U astronomiya, fizika, matematika, geografiya, geologiya,
mineralogiya, kartografiya, etnografiya, botanika, tarix, adabiyot va boshqa
fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan va shu sohalarga bog`liq 150 dan ortiq
asarlar
yozgan.
Shulardan
«Xindiston»,
«Geodeziya»,
«Mineralogiya»,
«Kartografiya» kabi asarlar bizgacha etib kelgan.
XVII asrdan boshlab Turkiston o`lkasi bilan ruslar ham qizikib, Chor Rossiyasi
hukumati hozirgi Qoraqalpog`iston hududida uning iqtisodi va tabiiy sharoitini
o`rganish bo`yicha bir nechta kompleks ekspeditsiyalari tashkil etdi. Eng dastlabki
tadqiqot ishlari Amudaryoning Uzboy orqali Kaspiy dengiziga tutashishini
aniqlashga yo`naltirildi. 1879-1880 yillari rus olimi A.A.Gluxovskiy boshchiligidagi
ekspeditsiya tadqiqot ishlarini olib bordi.
XX asrning ikkinchi yarmida Qoraqalpog`iston hududida geografik tadqiqot
ishlarining hajmi ancha kengaydi. Gidrometeorologik kuzatish joylari ko`paydi. 1932
yili A.I.Smol`ko Qoraqalpog`iston hududining neft` va gazga boy ekanligini isbotlab
berdi. 1937 yildan boshlab S.R.Tolstov boshqargan «Xorazm» etnografik
ekspeditsiyasi uzoq yillar davomida o`lkamizda ishlab, 1960 yili Amudaryoning quyi
oqimi, Sariqamish, Uzboy haqida asarni nashrdan chiqardi.
Qoraqalpog`iston hududining er osti qazilma boylik konlarini, o`simlik va
hayvonotlar dunyosini, agroiqlim resurslarini, tuprog`ini. ekologik muhitni, iqtisodiy
geografik muammolarini o`rganishda taniqli olim akademik O.Akramxodjaev,
professor A.Rafikov, professor J.Matmuratov, dotsent A.Bekbo`latov, olim
J.Samanov, professor E.Umarov, professor B.Jollibekov va boshqalarning hissalari
benihoya katta bo`ldi.
Dostları ilə paylaş: