Iqlimining paydo bo`lish xususiyatlari.
Iqlimni paydo bo`lishida, undagi er
yuzasiga
tushuvchi
quyosh
radiatsiyasining
miqdoridan
boshqa,
Qoraqalpog`istonning dunyodagi eng katta materiklardan biri hisoblanuvchi
evrosiyoning markaziy bo`limida joylashganligi katta ahamiyatga ega. U
Qoraqalpog`iston hududida O`rta Osiyo respublikalarining tekislik bo`limidagi iqlimi
kabi juda keskin kontinental iqlimni paydo etadi.
Iqlimning kontinentalligi meteorologik elementlarning sutkalik va yil
davomidadagi keskin o`zgarishida seziladi. Masalan, respublikamizning territoriyasi
bo`yicha yil davomidagi kuzatiladigan havoning eng yuqori va past temperatura
darajalarini bir-biri bilan solishtirsak, ularning orasida katta farqni ko`ramiz. U
Nukusda 78
0
, Taxiatoshda 79
0
, Jasliqda 81
0
, «Qoraqalpog`iston» va Shabanqazganda
84
0
ga teng.
Respublikamiz sharoitida yoz oylarida sutka ichidagi eng past temperatura
ko`pincha ertalabki soat 4-5 ga, yuqori temperaturalar soat 14 bilan 16 oralig`iga
to`g`ri keladi.
Qish oylarida kunduzgi soatlarning yoz mavsumidagiga qaraganda bir qancha
qisqa bo`lishiga bog`liq, sutka ichida past va yuqori temperaturalar kuzatiladigan
soatlar boshqacharoq vaqtga to`g`ri keladi. Qishda sutka ichidagi havo
temperaturasining eng past darajasi soat 6-7 ga, yuqori temperatura 14-15 da
kuzatiladi. «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasidan olingan ma`lumotlarning
ko`p yillik o`rtachasi bo`yicha, iyul`dagi o`rtacha bir oyning ichida sutka davomidagi
havoning temperaturasining eng past darajasi 17,4
0
, eng yuqori darajasi 32,6
0
bo`lib,
ular yanvar` oyi uchun -11,6
0
va -7,2
0
ekanligini ko`ramiz. Bunday sharoitda iyul`
oyining o`rtacha bir sutkasi uchun havo temperaturasining amplitudasi 15,4
0
,
yanvar`da 4,4
0
ni tashkil qiladi. Agarda sutkalik temperatura amplitudasi o`rtacha oy
ko`lamida olinmasdan, ma`lum bir sutka uchun tahlil qilinsa, u yana ham kattaroq
farqni beradi. Masalan, «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasida aprel` oyining
ayrim sutkalaridagi havoning temperaturasining kunduz 20
0
-25
0
ga ko`tarilishiga
qaramasdan, shu tunda temperatura bir qancha pasayib ketib, tongda soat 4-5 da qirov
tushishi kuzatiladi.
Meteorologik elementlarning ko`rsatkichlari yil davomida va bir necha yillar
qatorida bir-biridan keskin farq qilishini yog`in-sochinlar miqdorida aniq ko`rish
mumkin. Masalan, bir necha yillar to`plangan ma`lumotlarni tahlil qilsak, To`rtko`l
meteorologik stantsiyasi uchun yil davomidagi eng yog`in-sochinli oy hisoblanuvchi
martda, ayrim yog`in-sochinli yillari bir oyning ichidayoq 93 mm yog`in-sochin
tushganligiga qaramastan, ayrim quruq bo`lib kelgan yillari To`rtko`lda mart oyining
ichida 1 mm ham yog`in-sochin tushmaganligi kuzatilgan.
Qoraqalpog`iston nam va iliq havo massasi keluvchi Atlantikaa okeanidan bir
necha ming kilometr uzoqta joylashganligi sababli, uning iqlimi juda quruq bo`lishi
bilan ajralib turadi. Qoraqalpog`iston iqlimining quruqligi yillik yog`in-sochin
miqdorining haddan tashqari kam ekanliginida, ayniqsa yoz oylarida havoning juda
quruq bo`lib kelishida sezilarli bo`ladi.
Qoraqalpog`iston sharoitida havoning quruqligi ko`pincha uning temperaturasi
qancha yuqorilagan sari, shuncha sezilarli bo`ladi. Shuning uchun ham yil
davomidagi havoning nisbiy namligining eng quyi ko`rsatkichlari, respublikamizdagi
juda issiq kunlar kuzatiladigan may, iyun`, iyul` va avgust oylariga to`g`ri keladi.
Havoning juda quruqligi, ayniqsa shu oylardagi har bir sutkaning yuqori
temperaturalari kuzatiladigan kundizgi soatlarida juda yaxshi seziladi. Masalan,
To`rtko`l uchun havoning o`rtacha oylik nisbiy namligi soat 13 da may oyida 25%,
iyun`da 22%, iyul` va avgusta 24% ga teng.
Qoraqalpog`iston iqlimining paydo bo`lishida uning O`rta Osiyoning tekislik
bo`limining shimolida joylashganligi va uning shimol tomonida Arktikadan keluvchi
sovuq havo massasi uchun to`siqning yo`qligi ahamiyatli faktorlardan xisoblanadi.
Qoraqalpog`iston iqlimining paydo bo`lishida uning hududidagi yil davomida
kuzatiladigan havo massalari ham asosiy faktorlardan xisoblanadi.
Qoraqalpog`iston territoriyasi bo`yicha yil davomida ustunlik etuvchi havo
massasi O`rta Osiyoning tekislik bo`limi bilan deyarli birdek bo`lganligidan, ularga
xarakteristika berganimizda V.A.Bugaev, V.A.Djordjio va boshqalar bu masala
bo`yicha O`rta
Osiyoning tekislik bo`limi uchun
berilgan havo massalarining harakat etish
sxemalaridan foydoladildi.
1
O`rta Osiyodagi havoning quyi qatlamida ustunlik etuvchi atmosfera
tsirkulyatsiyasi sistemasining sxemalarini tahlil qilganimizda, dastlab O`rta Osiyo
tekislik bo`limidagi iqlimning paydo bo`lishidagi dinamikasi, yilning sovuq va iliq
bo`limlari uchun har xil ekanligini ko`ramiz.
Yilning sovuq bo`limidagi respublikamizning iqlimining paydo bo`lishida uning
territoriyasiga qarab shimol, shimoli-g`arbiy tomonidan keluvchi sovuq havo massasi
asosiy faktorlardan xisoblanadi. Ikkinchisi Sibir` aktitsikloni shimoli-sharqdan
esuvchi sovuq shamollarni paydo etadi.
Hududning shimol tomonida sovuq havo massalarini to`suvchi tog`larning
yo`qligi shimol, shimoli-sharqiy va shimoli-g`arbiy tomondan esuvchi shamollarning
yilning sovuq bo`limida Qoraqalpog`iston hududiga erkin kirib kelishiga imkoniyat
yaratadi. U respublikamiz territoriyasi joylashgan geografik kengligiga qaraganda bir
qancha sovuq mavsumi bilan xarakterlanishiga sababchi bo`ladi. Bu sovuq havo
massalari, ayrim yillari juda faollashadi, bu sharoitda haddan tashqari sovuq qish
mavsumini paydo qilishi mumkin.
Sovuq havo massalaraning tez-tez kelishi va er betiga quyosh nurining bir
qancha qiya tushishi natijasida qish oylarining ko`pchilik kunlarida O`rta Osiyoning
tekislik bo`limida past temperatura va og`ir havo bosimi paydo bo`ladi. Bu vaqtlarda
O`rta Osiyoning janubida Eron va Afg`onistanda iliq va biroz engil havo massasi
ustunlik qiladi. Shu havo massalarining bir-biri bilan yondosh hududlarida tez-tez
havo frontlari yuzaga keladi. Ular tsiklonlarni paydo etadi. Janubiy va janubi-
g`arbdan esuvchi tsiklonlar O`rta Osiyog`a issiqliq olib keladi. Lekin bu havo
massalarining tarkibida namlik juda kam bo`ladi.
Qish oylarida Qoraqalpog`iston hududiga issiqliq va namlik olib kelishda
g`arbdan esuvchi havo massasi (Atlantikaa okeanidan keluvchi) alohida o`rinni
egallaydi.
O`rta Osiyoning tekislik hududidagi havo frontlari uni paydo etuvchi havo
massalarining xarakteriga qarab har xil bo`ladi. Agarda iliq havo massasiga
1
Бугаев В.А., Джорджио В.А. и др.
Синоптические процессы Средней Азии. Ташкент., АН
УзССР, 1957.
qaraganda sovuq havo massasi engil va qalin bo`lsa, iliq engil havo sovuq havoning
ustida deyarli tikka ko`tariladi. Ikki havoning to`qnashgan hududida havoning sovuq
fronti paydo bo`ladi. Odatda sovuq havo frontlarida iliq havo salqin havo bilan
Orolashib, u tez sovib ketadi. Bunday sharoitda havoning nisbiy namligi ortadi.
Sovigan havo tez to`yinadi. Natijada yog`in-sochinlar paydo bo`lish imkoniyati
tug`iladi. Havo frontlari paydo bo`lgan territoriyalarda ob-havo haddan tashqari
o`zgaruvchang bo`ladi.
Agarda, iliq havo sovuq havoga qaraganda engil va qalin bo`lsa, iliq havo sovuq
havoning ustiga harakatlanadi. Bunday sharoitda iliq havo sovuq havo frontidagidek
juda tez sovumaydi. Uni havoning iliq fronti deb ataymiz. Iliq frontda havo asosan
sovuq havo bilan Orolashishi vaqtida soviydi. Shuning uchun ham iliq frontlarda
havoning sovush darajasi, ob-havoning o`zgaruvchangligi va yog`in-sochinli
kunlarning tez-tez takrorlanishi sovuq frontlardagidek juda kuchli bo`lmaydi.
Qoraqalpog`iston sharoitida janubdan keluvchi tsiklonlarning (iliq havo
massasining) takrorlanishi har yili sovuq oylarning 29 foiz kunlarida kuzatiladi.
Ularning sovuq havo massalari bilan to`qnashgan joylarida havo frontlari tez-tez
paydo bo`lib turadi. Shunga bog`liq hududning ob-havosi qish oylarida haddan
tashqari o`zgaruvchang bo`ladi.
Unga qarama-qarshi, yilning iliq oylarida respublikamizning hududida quyosh
nuri tik tushishiga bog`liq O`rta Osiyoning tekislik bo`limiga xos engil va yuqori
temperaturaga ega tropik havo ustunlik qiladi.
Bu vaqtlarda o`rtacha poyasga xarakterli salqinroq havo massasi O`rta
Osiyoning territoriyasidan shimolga qarab siljiydi. Xarakteri bo`yicha har xil bulgan
bu ikki havoning orasidagi chegara taxminan Qoraqalpog`iston Ustyurtining shimoliy
chekkalari va Orol dengizining Qozog`iston bo`limidagi dengiz qirg`oqlariga to`g`ri
keladi.
Yoz oylarida Qoraqalpog`istonning ko`pchilik territoriyasi O`rta Osiyoning
tekislik bo`limidagi shu mavsumda paydo bo`luvchi termik depressiyaning zonasina
kiradi. Shimol va shimoli-g`arbdan esuvchi havo oqimi yilning iliq bo`limidagi
Qoraqalpog`istong`a keluvchi havo massalarining 34 foizini tashkil qiladi. Lekin ular
qish oylaridagidek hududning iqlimini juda sovutib yubora olmaydi. Ular kelish
intensivligi va keluvchi havo massasining qalinligina qarab Qoraqalpog`iston havo
massasining temperatura darajasini faqat -5
0
-7
0
ga pasaytirishi mumkin.
Yozda Sibir` antitsiklonining janubi-g`arbiy chekkalari Qoraqalpog`iston
territoriyasidan bir qancha shimoli-sharqqa qarab siljiydi. Shuning uchun xam u yoz
oylarida respublikamiz hududining iqlimiga deyarli ta`sir qilmaydi.
Bu ta`sirni biz yoz oylarida faqat shimoli-sharqdan esuvchi salqinroq shamol
ko`rinishidagina sezamiz. Yoz oylarida g`arbdan keluvchi Atlantikaa okeani havo
massasining tarkibida namlik yilning sovuq bo`limiga qaraganda bir qancha ko`proq
bo`ladi. Lekin, ular O`rta Osiyoning tekislik bo`limiga kelishi bilan er yuzasidagi
ustunlik etuvchi yuqori temperatura ta`siri natijasida isib ketadi.
Havo isib ketganligidan, uning nisbiy namlik darajasi pasayadi, havo
to`yinishdan uzoqlashadi. Bulutning paydo bo`lish imkoniyati yo`qoladi. Natijada
ochiq, yog`in-sochinsiz
ob-havo paydo bo`ladi.
Qoraqalpog`iston territoriyasining shimoldan janubga qarab bir qancha uzoqqa
cho`zilib joylashishiga bog`liq undagi meteorologik elementlarning, ayniqsa, havo
temperaturasining joylashishida zonallikning paydo bo`lishi kuzatiladi. Masalan,
respublikamizning eng shimoli uning janubiy rayonlariga qaraganda o`rtacha
hisobda, qish bilan bahorda 5
0
ga, yoz va kuzda 3
0
ga salqin ekanligini ko`ramiz.
Qoraqalpog`istonning pastekislik va tekisliklarda joylashishi uning rel`efi iqlimi
paydo etishda katta rol` oynamaydi. Lekin Qoraqalpog`istonning ko`pchilik
territoriyasini egallaydigan, haddan tashqari tekislik sharoitida, nisbiy balandligi
faqat 300-400 metrgina bo`lishiga qaramasdan, Sulton Uvays tog`i o`zidan janubda
joylashgan rayonlarning temperatura darajasiga ta`sir qiladi.
Meteorologik elementlarning Qoraqalpog`iston bo`yicha tarqalishida uning er
yuzasining xarakteri, ayniqsa quruqliq bilan suv katta farqni tug`diradi. Sababi Orol
dengizi
va
Amudaryoning
del`tasidagi
ko`llar
bilan
suv
yoyilmalarida
respublikamizdagi quruqliqga qaraganda quyosh radiatsiyasining er yuzasini ilitish
imkoniyati o`zgacha bo`ladi.
Mavsumlar va ularning paydo bo`lish o`zgachaliklari. erning quyosh atrofidagi
yil davomida egallagan o`rniga bog`liq erning yuzasidagi barcha atmosfera
jarayonlari ham mavsumiy paydo bo`ladi. Atmosfera jarayonlarida yil davomida
o`zgarish shu hududning tabiatida, ayniqsa uning ajralmas bo`lagi hisoblanuvchi
o`simliklarning o`sishi va rivojlanishida yaxshi seziladi. Ular: bahor, yoz, kuz va
qish. Yil mavsumlari ko`pincha, o`rtacha poyasta juda aniq kuzatiladi.
Odatda mavsumlarning uzoqligida birdek bo`lmaydi. Ularning bir-biri bilan
almashish vaqtida aniq chegara seziladi. Tabiatning yil davomida rivojlanishidagi
mavsumlarning ko`rinishi er sharidagi tropik va polyar poyaslarida juda boshqacha
bo`ladi.
Sababi, tropik poyasda quyosh nuri hamisha tik tushishi bilan bog`liq, shu poyas
uchun yil davomida birdek temperatura rejimiga ega, iliq tropik havo massasi
xarakterli bo`ladi. Shuning uchun ham bu poyasta tabiatdagi o`zgarish bo`yicha bir-
biridan keskin farq qiluvchi to`rt yil mavsumlari sezilmaydi. Polyar poyaslarda er
betiga quyosh nurining haddan tashqari qiya tushishidan, uning ko`pchilik oylari
sovuq bo`ladi. To`la yoz mavsumi ham kuzatilmaydi.
Qoraqalpog`iston geografik joylashgan o`rni bo`yicha shimoliy yarimshardagi
o`rtacha poyasning janubiy bo`limida subtropik poyas bilan qo`shni joylashgan. U
qish mavsumidagi ustunlik etuvchi havo massasining harakatlari bo`yicha o`rtacha
poyasga bir qancha o`xshash bo`lgani bilan, MDH ning o`rtacha poyasdagi ko`pchilik
territoriyasini egallovchi to`qay, to`qayli dala va dala zonalaridan hududning tabiatini
asosiy elementlardan biri hisoblanuvchi o`simliklarning o`sish va rivojlanish
imkoniyati bo`yicha bir qancha farq qiladi. Masalan, yoz oylari o`rtacha poyasning
ko`pchilik territoriyasi uchun o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi bo`yicha juda
qulay mavsum. Unga yilning boshqa mavsumlariga qaraganda ko`proq kuzatiladigan
havoning yuqori temperaturalari va etarli yog`in-sochinlar qulay sharoit tug`diradi.
Bu oylarda Qoraqalpog`iston termik resurslarga boy bo`lgani bilan iliq yog`in-sochin
miqdorining haddan tashqari kam bo`lishi, ko`pchilik o`simliklarning o`sishi va
rivojlanishi uchun tuproqdagi tabiiy namlik etishmaydi. Qurg`oqchil davr har yili bir
necha oylarni o`z ichiga oladi, hattoki ayrim vaqtlari o`simliklarni issiq urishi ham
kuzatiladi.
O`rta Osiyo respublikalarining tekislik bo`limida yog`in-sochin rejimining
deyarli birdek ekanligini hisob olib, uning tabiatidagi yil davomida kuzatiladigan
o`zgarishning (mavsumlikni) asosiy ko`rsatkichlari sifatida havoning temperatura
darajasi professor L.N.Babushkin tomonidan qo`llanilgan. Haqiqatdan birdek yog`in-
sochin rejimi sharoitida O`rta Osiyoning tekislik bo`limida o`simliklarning o`sishi va
rivojlanishi uchun havoning temperatura rejimi katta rol` o`ynaydi. Professor
L.N.Babushkinning fikri bo`yicha iliq, vegetatsion davrning boshidagi havoning
o`rtacha sutkalik temperaturasi 5
0
va 20
0
orqali o`zgarmas turda o`tgan sanalarining
orasi bahor, 20
0
bilan 20
0
ning oralig`idagi davr yoz, havoning o`rtacha sutkalik
temperaturasining 20
0
dan pasaygan sanasidan 5
0
orqali o`tish sanasigacha oraliq kuz,
kuzdagi 5
0
bilan bahordagi havoning o`rtacha sutkalik temperaturasi 5
0
orqali o`tish
vaqtigacha davr qish mavsumi dep yuritiladi.
1
Qoraqalpog`istondagi har bir to`rt mavsumning uzoqligi, ularning bir-biri bilan
almashish chegarasi professor L.N.Babushkinning klassifikatsiyasi asosida ishlab
chiqilgan.
Qoraqalpog`istonda iqlim mavsumlarining orasida uzoqligi bo`yicha birinchi
o`rinni qish, ikkinchi o`rinni yoz egallaydi. Bahor va kuz respublika sharoitida eng
qisqa davrning ichida kuzatiladigan mavsumlar.
Iqlimida zonallilikning sezilishi Qoraqalpog`istonning janubiy rayonlari bilan
eng shimol chekkasida mavsumlarning boshlanishi va tamomlanishining har xil
sanalarga to`g`ri kelishiga sababchi bo`ladi. Mavsumlarning uzoqligi va ularning
sanalari Orol dengizi va uning atrofidagi hududlarda, havoning temperatura va
namlik rejimiga suvning ta`siriga bog`liq, shu geografik kenglikda joylashgan
Qoraqalpog`istonning Ustyurti bilan Qizilqumiga qaraganda boshqacharoq.
Qish mavsumi
.
Qoraqalpog`iston sharoitida 4-5 oy davom etadi. U hududning
shimol tomonida oktyabr` oyining uchinchi o`n kunligida, janubiy rayonlarda bo`lsa
15-20 kun kechikib, noyabr` oyining ikkinchi o`n kunligida boshlanadi.
Territoriyaga qish oylarida quyosh nurlarining bir qancha qiya tushishi,
evrosiyoning ichki bo`limida joylashishiga bog`liq bu mavsumda er yuzasining tez
sovub ketishi, shimol tomonining ochiq bo`lishi sovuq havo massalarining erkin turda
kelishi, Qoraqalpog`istonda qish mavsumining butun O`rta Osiyo tekislik bo`limi
ichida qaxraton sovuqli bo`lishiga sababchi bo`ladi.
Eng sovuq oyi yanvar` oyining o`rtacha temperaturasi «Qoraqalpog`iston»
meteorologik stantsiyasida - 9,8
0
, Mo`ynoqda - 7,1
0
, Qo`ng`irotda - 6,7
0
, Chimboyda
- 7,0
0
, Nukusda - 6,4
0
, To`rtko`lda - 4,6
0
.
Qoraqalpog`iston keskin kontinental iqlimga ega ekanligidan, ayrim yillari qish
mavsumining haddan tashqari sovuq bo`ladi. Masalan, havoning temperaturasining
Qoraqalpog`istonning shimol bo`limida ayrim yillari -38,0
0
, janubiy rayonlarida
bo`lsa -31,0
0
gacha pasayishi kuzatilgan.
Qish Qoraqalpog`iston uchun yil davomida o`zgaruvchang ob-havo
kuzatiladigan mavsumlardan biri. Qish oylarida qor qoplami har yili o`rtacha 10 sm
ga etadi. U respublikamiz sharoitida faqat 20-30 kungina saqlanadi. Yupqa qor
qoplami sharoitida sovuq qishning ustunlik etishi, qish oylarida er yuzasining bir
qancha qalinlikkagacha muzlashi sababchi bo`ladi. Keyingi 25-30 yil davomida
kuzatilgan respublikamizdagi meteorologik stantsiyalarning ma`lumoti bo`yicha,
tuproqdagi muzning o`rtacha qalinligi 40-50 sm, uning nisbiy maksimumi 70 sm.
1967/68 yillar qish mavsumida Qoraqalpog`iston uchun keyingi asrdagi ko`rilmagan,
1
Бабушкин Л.Н.
Сезоны и их особенности. Характеристика климата по отдельным
элементам хлопковых районов Средней Азии, Хлопчатник. Том.2. Ташкент, АН УзССР,
1957.
quruq, haddan tashqari qahraton qishning bo`lishi natijasida tuproqdagi muzning
qalinligi 100-120 sm gacha etgan.
Qoraqalpog`istonda umumiy olganda, qish mavsumi sovuq bo`lishiga
qaramasdan, undagi Orol dengizi, Amudaryoning «harakatdagi» del`tasidagi ko`llar
va suv havzalari ustida havoning temperatura rejimining bir qancha o`zgacha ekanligi
seziladi.
Bahor
respublikamizning barcha rayonlarida bir vaqtda boshlanmaydi. Bir
qancha janubda joylashgan geografik kengligiga bog`liq Qoraqalpog`istonning
To`rtko`l, ellikqala, Beruniy va Amudaryo tumanlarida bahor mart aylarining
o`rtalarida, respublikamizning shimoliy bo`limini egallagan Qoraqalpog`iston
Ustyurtida u ikki hafta kechikib, aprel` oyining birinchi o`n kunligida boshlanadi.
Qoraqalpog`iston sharoitida bahor mavsumi 1,4-2 oy davom etadi. U temperatura
darajasi bo`yicha, shu territoriya uchun qish mavsumi bilan yozning orasidagi
o`tkinchi mavsum. Sababi respublikamiz MDH dagi o`rtacha poyasda joylashgan
boshqa territoriyalarga qaraganda tropik poyasga yaqin joylashganlikdan bahorning
boshlanishi bilan quyoshning tik tushish burchagi har kun sayin o`sib boradi.
U quyosh nurining ko`payishiga, havo temperaturasining tez ko`tarilishiga
sababchi bo`ladi, yozning boshlanishini tezlatadi. Bahorning boshlanishi havo
temperaturasining kun sayin yuqorilashida, ayniqsa o`simliklarning o`sishi va
rivojlanishida yaxshi seziladi. Bahorning birinchi o`n kunlaridanoq Amudaryoning
del`tasida va Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan Qizilqumida ko`m-ko`k bo`lib efemer
va efemeroid o`simliklarning o`sib chiqishida ko`ramiz. Vohada bo`lsa, qolgan
madaniy o`simliklar (beda, bug`doy) o`sib, mevalar kurtakla va gullay boshlaydi.
Masalan, respublikamizning janubiy tumanlarida o`rtacha o`rikning gullash vaqti
aprel`ning 1 sanasiga, shaftoli 16, chiya 17, olmurt va olmalar 19, jiyda may oyining
10, uzumlar 20 sanalariga to`g`ri keladi.
Bahor ob-havoning xarakteri bo`yicha Qoraqalpog`iston uchun yil davomidagi
eng o`zgaruvchang mavsum. Sababi bahorning birinchi kunlaridanoq, erga tushuvchi
quyosh radiatsiyasining kun sayin ortib borishi, uzoq davom etgan qish oylaridagi
O`rta Osiyoning tekislik bo`limini egallab yotgan o`rtacha poyasga xarakterli salqin
havo massasi isiy boshlaydi. Natijada bu salqin havoning shimol tomonga shimoliy
Qozog`iston va Sibir` territoriyasiga siljishiga sababchi bo`ladi. O`z o`rnida tropik
poyasga xarakterli havo massasi paydo bo`la boshlaydi. Xarakteri va tabiiy xususiyati
bo`yicha bu ikki xil havoning orasidagi chegara O`rta Osiyoning tekislik bo`limi
bo`ylab, janubdan shimolga qarab siljib tropik va o`rtacha poyasga xarakterli havo
massalarining chegarasida ob-havo juda o`zgaruvchang bo`ladi. Bu chegaraning
shimolga qarab siljishi, O`rta Osiyoning tekislik bo`limida janubiy va janubi-g`arbiy
tsiklonlarining kuchayib ketishiga sabab bo`ladi. Bu vaqtda shimol, shimoli-g`arbiy
va shimoli-sharqiy tomondan keluvchi sovuq havo massalari ham uchrab turadi.
Lekin bu kunlari butun shimoliy yarim sharda qish oylariga qaraganda havo
temperaturasi bir qancha yuqori bo`lib ketganligidan, ular janubga borgan sari isiy
boshlaydi. Natijada bahordagi keluvchi sovuq havo massasi Qoraqalpog`iston uchun
ham qish oylaridagidek qahratonli bo`lmaydi.
Bahor oylarida g`arbdan, Atlantika okeanidan keluvchi havo massasining ta`siri
ham bir qancha kuchli bo`ladi. Natijada tez kuzatiladigan tsiklonlar, har xil
temperaturaga ega havo massalarining orasida paydo bo`lgan havo frontlari ob-
havoda katta o`zgaruvchanglikni paydo etadi. Bahorda bulutli va yog`in-sochinli
kunlar ko`p kuzatiladi.
Shuning uchun xam bahorda, uning boshqa mavsumlarga solishtirganimizda
qisqa bo`lishiga qaramastan, faqat 1,5-2 oyning ichidayoq Qoraqalpog`istonda iliq
yog`in-sochin miqdorining deyarli yarimiga yaqini tushadi.
Bahordagi yog`in-sochinlar respublikamizning yaylovlari uchun juda foydali. U
qish oylaridagi to`plangan tuproqning tarkibidagi namliklar bilan birlikda bahorda
tabiiy o`simliklarning normal o`sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Ayrim yillardagi kuzatiladigan yog`in-sochinli bahor oylari yaylovlarning
ahvolini bir qancha yaxshilaydi.
Lekin yog`in-sochinli bahor vohalar uchun uncha qulay bo`lmaydi. Sababi bahor
dexqonchilik uchun dolzarb mavsum. Sababi, respublikamizdagi ko`pchilik ekinlar
bahorda ekiladi. Bahor yog`in-sochinli bo`lsa, ob-havo odotdagidan salqinroq
bo`ladi. Sababi bulutli kunlar ko`p bo`ladi. Bulutlar erga keluvchi quyosh
radiatsiyasining bir bo`limini yutadi. Yog`in-sochinli kunlarda nam erning yuzasidagi
namlik bug`lanishi uchun issiqliq sarflanadi. Natijada o`simliklarning o`sishi va
rivojlanishi uchun zarur effektiv temperaturalar kam to`planadi.
Arktikadan keluvchi sovuq havo massasi bahor oylaridagi hali er beti yaxshi
qizib keta olmagan vaqtida ayrim kunlari havo temperaturasining nol` gradusdan
pasayib ketishiga sababchi bo`ladi. Natijada qirov tushish (bahorgi ayoz) havfi
tug`iladi.
Bahorgi ayoz Qoraqalpog`istonning janubiy rayonlarida o`rtacha 2 aprel`ga,
shimolida 28 aprel`ga to`g`ri keladi. Lekin ayrim yillardagi bahorning noqulay kelishi
qirov tushishi may oylarining boshlarida ham kuzatilishi mumkin. Bahorgi qirov
tushishi Qoraqalpog`iston sharoitida, ayniqsa mevali daraxtlarga, poliz va sabzavot
ekinlarga ziyon etkazadi.
Bahor oylarida havo temperaturasining territoriya bo`yicha tarqalishida er
yuzasining tuzilishidagi mahalliy xarakterga ega o`zgachaliklari sezila boshlaydi.
Havoning temperaturasi bo`yicha katta tafovut ayniqsa territoriya bo`yicha keng
tarqalgan suv xavzalarining yuzasi bilan ularning atrofidagi Qoraqalpog`iston
Ustyurti va Qizilqumiga solishtirganda aniq ko`rinadi. Bahorda, quyosh nurining
tushish burchagi ortishiga bog`liq, quruqlikning yuzasi isiy boshlaydi. Bu vaqtda muz
bilan qoplanib yotadigan Orol dengizi, del`tadagi ko`llar va suv xavzalarini quyosh
nuri ko`pincha muzlarini eritib, suv yuzasini isitish uchun sarflaganligidan havo sekin
iliydi. Natijada quruqliq bilan suvning yuzasidagi havoning temperaturasida farq
paydo bo`ladi. Bunday katta farq yil davomidagi hech bir mavsumda kuzatilmaydi.
Meteorologik stantsiyalar bo`yicha ko`p yillar davomida to`plangan,
ma`lumotlarga ko`ra, bahor mavsumi uchun xarakterli oy hisoblanuvchi aprel`ning
o`rtacha temperaturasi «Qoraqalpog`iston» meteostantsiyasida 9,5
0
, Mo`ynoqda 8,5
0
,
Shabanqazganda 12,5
0
, Qo`ng`irotda 11,3
0
, Chimboyda 11,6
0
, Nukusda 12,7
0
va
To`rtko`lda 14,5
0
ga teng.
Yoz. Respublikamizning janubiy rayonlarida yoz mavsumi may oyining
o`rtalarida boshlanadi. Uning shimolida joylashgan Qizilqumning shimoliy
rayonlarida va Qoraqalpog`iston Ustyurtida yozning boshlanishi bir oz kechikib, u
iyun`ning birinchi o`n kunligiga to`g`ri keladi. Yoz mavsumi Qoraqalpog`iston
sharoitida 3,5-4 oy davom etadi. U respublikamiz territoriyasi uchun yil davomidagi
juda issiq, havosi quruq, bulutsiz va yog`in-sochinsiz mavsum ekanligi bilan ajraladi.
Bu mavsumning barcha kunlarida yuqori temperatura ustunlik qiladi. Sababi iyun` va
iyul` oylari bu territoriya uchun yil davomidagi quyosh nurining eng tik tushuvchi
kunlarini o`z ichiga oladi. Bu vaqtda butun O`rta Osiyodagi tekislik territoriyalarning
ustida juda yuqori temperatura va engil havo bosimi paydo bo`ladi. Sovuq poyastan
keluvchi havo massalari O`rta Osiyo territoriyasiga kelishi bilanoq, iliq havo bilan
Orolashib, shu joydagi iliq, quruq tropik havoga o`xshash xususiyatga ega bo`ladi.
Qoraqalpog`istonga yog`in-sochin olib keluvchi nam Atlantika okeani havo massasi
O`rta Osiyodagi cho`llar Qoraqum, Qizilqum va Ustyurtlarning ustida tez isib
ketganligidan, ular to`yinish tochkasidan uzoqlashadi. Natijada yog`in-sochin paydo
bo`lish sharoiti qiyinlashadi. Shuning uchun xam, havodagi namlikning miqdori
yozda yilning barcha mavsumlariga qaraganda ko`proq bo`lishiga qaramastan, O`rta
Osiyoning tekislik bo`limida ayniqsa, Qoraqalpog`iston hududida yog`in-sochin juda
kam bo`ladi. Ayrim vaqtlari kuzatiladigan 5-10 mm yog`in-sochin faqat yozning
birinchi va ikkinchi o`n kunligiga to`g`ri keladi.
Umumiy olganda Qoraqalpog`iston evrosiyo materigining tekislik bo`limidagi
yog`in-sochin kam territoriya bo`lishi bilan bir qatorda, yoz oylarida yog`in-
sochinning haddan tashqari kam bo`lishi uning tabiatiga, ayniqsa yaylovlardagi
o`simliklarning o`sishi va rivojlanishiga katta ta`sir etadi.
Masalan, o`rtacha bir yillik yog`in-sochin miqdori «Qoraqalpog`iston»da 135
mm, Vozrojdenie (sobiq) orolida 104 mm, Mo`ynoqda 98 mm, Qo`ng`irotda 95 mm,
Chimboyda 90 mm, Nukusda 87 mm, To`rtko`lda 86 mm.
Bu ma`lumotlar oylar bo`yicha tahlil qilinganda, Qoraqalpog`istonning
rayonlarida yoz mavsumining haddan tashqari quruq ekanligini ko`ramiz. Masalan,
yoz oylari hisoblanuvchi iyun`, iyul` va avgustda tushuvchi yog`in-sochinlar uning
bir yillik miqdorining Shabanqazganda faqat 10%, Qo`ng`irotda 15%, Chimboyda
11%, Ko`ne-Urgenchda 9% va To`rtko`lda 7% in tashkil qiladi. Bu masalada
Qoraqalpog`iston Ustyurtining eng shimoli alohida o`rinni egallaydi. Masalan,
«Qoraqalpog`iston» va «Jasliq» meteorologik stantsiyalarida yozgi yog`in-sochinlar
uning bir yillik miqdorining 22-23% iga teng. U mana shu meteorologik
stantsiyalarning yoz oylarida tropik va o`rtacha poyasdagi havo massalarining
chegaradosh joylashgan polosalaridagi paydo bo`lgan o`zgaruvchang ob-havoning
ta`sirida bo`ladi.
Qoraqalpog`istonda yoz mavsumi uchun xarakterli oy iyul`. Iyul` oyining
o`rtacha
temperaturasi
«Qoraqalpog`iston»da
26,2
0
,
Mo`ynoqda
25,9
0
,
Shabanqazganda 28,3
0
, Qo`ng`irotda 25,3
0
, Chimboyda 25,4
0
, Nukusda 27,1
0
, va
To`rtko`lda 28,4
0
.
Ayrim kunlari, ayniqsa kundizgi soat 14-16 larda yoz oylaridagi juda yuqori
temperaturalar kuzatiladi. Masalan, respublikamizning janubiy rayonlarida havo
temperaturasining 47
0
ga ko`tarilgani hisobga olingan. Yoz mavsumida uzoq kunlar
davomida havoning yuqori temperaturaga ega bo`lishi territoriyada bug`lanishni
orttiradi,
tuproqning
tarkibidagi
namlikni
kamaytirib
yuboradi.
Natijada
Qoraqalpog`iston Qizilqumi bilan Ustyurtda er osti suvlarining chuqurda
joylashishiga bog`liq bir yillik o`simliklarning rivojlanishi to`xtaydi. Cho`llarda
qurg`oqchilik boshlanadi. Tuproq yuzasi bir qancha qizib ketadi. Masalan,
Qoraqalpog`iston Ustyurtidagi «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasida tuproq
yuzasining temperaturasi 66
0
, Jasliqda 68
0
ga etib, Qoraqalpog`iston Qizilqumida
bo`lsa 70
0
gacha ko`tarilishi mumkin. Vohalarda yoz oylaridagi havoning yuqori
temperaturasi madaniy o`simliklarning o`sish va rivojlanishiga deyarli ziyon
tekkizmaydi. Sababi suvg`orilgan maydondagi tuproq o`simliklarning normal
rivojlanishini ta`minlay oladigan namlik to`play oladi.
Kuz. Qoraqalpog`iston sharoitida bahor mavsumiga o`xshab juda qisqa 1,5-2 oy
bo`lib, u quruq va yuqori temperaturali uzoq davom etgan yoz mavsumi bilan yog`in-
sochinli va sovuq qish oylari orasidagi o`tkinchi mavsum.
Kuz Qoraqalpog`istonning shimolida sentyabr`ning boshlaridanoq kiradi. U
respublikamizning janubiy rayonlarida bir qancha kechikib, sentyabr` oyining
o`rtalarida boshlanadi. Yozgi kun tutilish vaqtidan keyinoq, quyosh nurining er betiga
tik burchakda tushishi har kun sayin janubga qarab (janubiy tropik chizig`iga qarab)
siljiy boshlaydi. Oradan bir ikki oy o`tgandan keyin havoning temperaturasi
pasayganligi bir qancha seziladi. Natijada yoz kunlari Qoraqalpog`istondan bir
qancha shimolda joylashgan o`rtacha poyasga xarakterli havo massasi janubga tomon
siljiydi. U kam-kamdan O`rta Osiyoning tekislik bo`limidagi tropik havo
massalarining o`rnini egallashga harakat qiladi.
Kuzning birinchi bo`limida ob-havo, yoz mavsumiga o`xshab, o`zgarmas
bo`ladi. Ochiq havo va quruq kunlar ustunlik qiladi. Quruq va iliq havo ekinlarning
pishib etilishini tezlatadi.
O`rtacha va tropik poyaslarga xarakterli havo massalarining orasidagi o`tkinchi
yo`lakning janubga qarab siljishi kuzning ikkinchi yarimida ob-havoni
o`zgaruvchang qilib yuboradi. Bulutlar paydo bo`ladi, yog`in-sochinlar tushadi.
Arktikadan keluvchi sovuq havo massalarining ta`siri kuchayadi. er betiga tushuvchi
quyosh radiatsiyasining kun sayin kamayishi natijasida havoning temperaturasi ham
pasayib boshlaydi. Havoning temperaturasining pasayishini Arktikadan keluvchi
sovuq havo massalari ham tezlatadi. U qirov (kuzgi ayoz) tushishiga sababchi
bo`ladi. Kuzdagi ayoz, ayniqsa iliq, vegetatsion davrni ko`proq talab etuvchi paxtaga
havfli. U kech ekilgan ekinlar uchun ham havfli. Shuning uchun ham madaniy
ekinlarni erta bahorda o`z vaqtida ekish, ularning sovuqqa chidamli navlarini
yaratish, ayniqsa respublikamizning shimoliy rayonlari uchun paxtaning juda tez
pishuvchi navlarini yaratish qishloq xo`jalik ilmiy xodimlarining asosiy vazifalaridan
biri.
Kuz mavsumi uchun xarakterli oy oktyabr`. Oktyabr` oyining o`rtacha
temperaturasi «Qoraqalpog`iston» da 7,6
0
, Mo`ynoqda 11,1
0
, Shabanqazganda 10,0
0
,
Qo`ng`irotda 9,8
0
, Chimboyda 9,4
0
, Nukusda 10,2
0
, To`rtko`lda 11,7
0
ga teng.
Kuzda territoriya bo`yicha havo temperaturasining taqsimlanishida Orol dengizi
akvatoriyasida joylashgan meteorologik stantsiyalar (Vozrojdenie va Mo`ynoq)
Qoraqalpog`iston
Qizilqumi
va
Ustyurtidagi
«Qoraqalpog`iston»
va
Shabanqazg`ang`a qaraganda bir qancha iliqroq bo`lishi bilan ajralib turadi. Sababi
Orol dengizi yozi bilan qabul qilgan quyoshdan keluvchi issiqliqni o`ziga quruqlikka
qaraganda ko`proq olganligidan, kuzda o`zidan chiqarib ulgura olmaydi. Unga
qarama-qarshi, Ustyurt bilan Qizilqum o`zidan issiqliqni tez chiqarishidan bu
joylarda tuproq yuzasi tez soviydi, natijada havo temperaturasi tez pasayadi.
Kuzning qish mavsumi bilan almashish sanasi (kuzdagi havoning o`rtacha
sutkalik temperaturasining 5
0
dan pasayishi) shu territoriyada iliq, vegetatsion
davrning tugaganligini ko`rsatadi. Bahorgi va kuzgi sovuqlarning ta`siridan iliq,
vegetatsion davrning qisqarishini hisoblaganimizda u Qoraqalpog`istonda 205-240
kun. Shu davr ichidagi kuzatiladigan musbat temperaturaning yig`indisi 3800
0
-4800
0
.
Qoraqalpog`istonda issiqsevar o`simliklar uchun ham (paxta, yuzim va b.) uning
termik resurslari ko`p. Masalan, paxta uchun effektiv temperaturalar yig`indisi
Qo`ng`irotda 1891
0
, Chimboyda 1865
0
, Nukusda 2125
0
, Xo`jaylida 2021
0
, Mang`itda
2245
0
, To`rtko`lda 2432
0
ni tashkil qiladi.
Vegetatsion davrning uzoqligi, quyosh nuriga boy va termik resurslarning ko`p
ekanligi, ekish va yig`im-terim vaqtida yog`in-sochinlarning kam bo`lishi
respublikamiz iqlimining dexqonchilik jihatidan butun O`rta Osiyo bo`yicha juda
qulay territoriya hisoblanishiga imkoniyat beradi. U Qoraqalpog`istonning
dexqonchilikni rivojlantirish jihatidan juda istiqbolli region ekanligini ko`rsatadi.
Iqlimning xalq xo`jaligiga ta`siri. Qoraqalpog`iston iqlimining har xilligi,
ularning rayonlar orasida bir-biridan katta farqlari, respublikamizning xalq
xo`jaligining rivojlanishiga to`sqinlik qila olmaydi. Masalan, hududida yillik yog`in-
sochin miqdoriga (86-135 mm) qaraganda yillik bug`lanishning bir necha marta (15-
20 ret) yuqori ekanligidan qishda to`plangan va bahordagi yog`in hisobidan
to`plangan tuproqdagi namlik tez bug`lanib, yozning birinchi kunlaridanoq tuproq
qurib ketadi, tabiiy o`simliklarning normal o`sishi va rivojlanishi qiyinlashadi,
ko`pchilik o`simliklar vegetatsiyasini to`xtatadi. Bunga qarshi iloj sifatida
respublikamizning dehqonlari suvg`orish ishlariga alohida e`tibor qaratadi.
Qish oylaridagi havo temperaturasining haddan tashqari past bo`lishi (-28
0
-38
0
)
o`simliklar vegetatsiyasini to`xtatadi. Qahraton sovuqning o`simlikga zararini
kamaytirishga qaratilgan ko`pgina ilojlar bor. Masalan, qishda uzumning putalari va
anjir shoxlari yopiladi yoki tuproq bilan ko`miladi.
Qish oylaridagi juda past temperatura sharoitida er yuzi bir qancha
chuqurlikgacha (60-70 sm) muzlashidan, shahar va aholi punktlarining barcha
vodoprovod trubalari shu chuqurlikdan pastdan o`tkazilgan. Bahorning oxirida va
kuzning boshida kuzatiladigan qirovning keltiradigan zararidan o`simliklarni saqlash
uchun ham ko`plab ilojlar ishlanadi. Masalan, kichik uchastkalarda mahalliy
usullardan (tutunlik solish) foydalanish orqali uning zararini bir qancha kamaytiradi.
Qoraqalpog`istonda kuchli shamollar bo`lib turadi. Shuning uchun ham paydo
bo`lgan changli bo`ronlarga qarshi iloj sifatida respublikamizning shaharlari va aholi
punktlarining atrofida to`qay xalqalari o`tkazilgan.
Respublikamiz hududida keng o`rin olgan sho`rxoklarning paydo bo`lishi uning
quruq iqlimi bilan bog`liq. Sababi yilning ko`pchilik oylarida kuzatiladigan havoning
quruq va yuqori temperaturasi gruntning mexanik tarkibi va xarakteriga qarab ayrim
uchastkalarda joylashgan er osti suvlarining ham bug`lanishiga sababchi bo`ladi.
Tarkibi har xil tuzlarga ega er osti suvlari er betiga ko`tarilsa, toza suv (H
2
0)
bug`lanib, tuzlar er yuzasida qoladi. Respublikamizdagi tarqalgan ko`pchilik
tuproqlarning tarkibida tuzlarning ko`payishi hattoki ayrim erlarning sho`rlashib
ketishiga sababchi bo`ladi. Unga qarshi ilojlar sifatida respublikamizda bir necha
ming km uzunlikda zaxkash va kollektorlar qazilgan. Ular er osti suvlari sathining 3
metrdan yuqoriga ko`tarilishiga yo`l qo`ymaydi.
Ayrim yillari kuzatiladigan, paxta ekilgandan keyin yog`gan haddan tashqari
ko`p yog`in-sochin dalalarda qatqaloq paydo qiladi. Qatqaloqga qarshi kurash o`z
vaqtida yurgizilmasa, paxtadan to`liq ko`chat olish uchun ikkinchi marta chigit
ekishga majbur bo`ladi. Juda siyrak bo`lsa ham, respublikamiz iqlim sharoitida
yog`in-sochinning muz (burchoq) ko`rinishida yog`ishini ko`ramiz. U ekinlarga juda
havfli.
Sovuq iqlim sharoitining salbiy ta`siri yaylovlarda ham seziladi. Masalan,
Qoraqalpog`iston Qizilqumining shimolida qor qoplami har yili o`rtacha 1,5-2 oy
saqlanib, uning qalinligi ayrim yillarda 20 sm gacha etadi. Bunday sharoit qo`y
chorvachiligiga salbiy ta`sir qiladi. Shuning uchun ham shunday rayonda boqiladigan
asosiy qo`y podalari ko`pincha qishlov uchun bir qancha qulay sharoitlarga ega
vohalarga yaqinroq o`rnalashadi.
Xalq xo`jaligining normal rivojlanishiga yomon ta`sir etuvchi iqlimning ayrim
salbiy ta`sirlariga qarshi ilojlar o`z vaqtida ishlanganda, respublikamizning juda boy
iqlim resurslarini ratsional foydalanish imkoniyatiga ega bo`lamiz. Iqlimning
qulayligi bo`yicha Amudaryoning del`ta bo`limi alohida ko`zga tushadi. Masalan,
uning janubiy rayonlari (To`rtko`l, Beruniy) ning termik resurslari paxtaning o`rtacha
kechpishar navining normal pishishini har yili ta`minlay oladi, makkajo`xorining
kechpishar navi ham har yili to`liq pishib ulguradi. Tegishli agrotexnik choralar o`z
vaqtida qo`llanilgan sharoitda bedani bu rayonlarda 5 va undanda ko`proq o`rib
olishga imkoniyat bor.
Amudaryoning del`ta bo`limining shimoliy rayonlarida juda tez pishuvchi paxta
navlari ko`sagining normal pishishi faqat 85-95 foizni tashkil qiladi. Ularning termik
resurslari donli ekinlarning kechpishar navlarini, sholining ko`pgina navlarining
to`liq pishib etilishini ta`minlay oladi. Bedadan to`rt martagacha to`liq o`rim olishga
imkoniyat bor.
Shuning bilan birga, agar suv bilan ta`minlanganda, Qoraqalpog`iston Ustyurti
va Qizilqumi ham termik resurslarga boy ekanligini hisobga olishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |