Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

4.Orol dengizi. 
Qoraqalpog`istondagi ko`llarning eng kattasi Orol. U sharqi va 
janubi-sharqida Qizilqum bilan, janubida Amudaryo del`tasi, g`arbida Ustyurt, 
shimolida Katta va Kichik Bo`rsiq qumlari, shimoli-sharqida Orol oldi Qizilqumi 
bilan chegarlashadi. U tashqi ko`rinishi bo`yicha trapetsiya formasiga ega edi, janubi-
g`arbdan shimoli-sharq yo`nalishida cho`zilib joylashgan. Egallagan maydoni hozirgi 
kunda 10-12 ming kvadrat kilometr. Orol dengizining suv osti rel`efi birdek emas. 
Uning eng sayoz joylri, ko`lning janubiy va janubi-sharqiy tomonlari, chuqurligi 1-2 
metrdan atrofida. Orolning eng chuqur joyi uning g`arbiy bo`limida – Ustyurtga 
chegaradosh joylarida, chuqurligi 40 metr atrofida. Hozirgi vaqtda Orol dengizidagi 
suv xajmi 200 kubokilometr atrofida. Suvining tuzliligi o`rta hisobda 30-42 
promilledan ortgan (ayrim joylarida 60-80 promille). 
Orol dengizining asosiy suv manbai Amudaryo, Sirdaryo va yog`in-sochin 
suvlari. Orol dengiziga oz miqdorda atrofidagi er osti suvlari qo`shiladi. Har yili 
dengizi sathidan bug`lanuvchi suvning miqdori bir metrga yaqin. 
Orol dengizi qirg`oqlari ham xarakteri bo`yicha birdek emas. Masalan, uning 
shimoliy qirg`og`i keng yarim orollar bilan kam parchalangan bir necha qoltiqlaraga 


bo`linib ketgan. Dengiz qirg`og`i bu bo`limda ko`pincha Orol suvining yuzasiga bir 
qancha tik tushadi. 
Orol dengizining g`arbiy qirg`og`i bir necha yuz kilometr davomida meridian 
yo`nalishida joylashgan. U ko`pchilik bo`limida dengiz yuzasiga 150-200 metr 
balandlikda tik tushgan. Bu qirg`oqda dengiz suvlari quruqlikning ichkarisiga 
kirmaganlikdan qo`ltiq va yarim orollar paydo qilmagan. Dengizning sharqidagi 
Sirdaryo bilan Jangadaryoning quyar erlari orasidagi dengiz qirg`og`i qumli 
pastekislikta paydo bo`lgan. Bul qirg`oqda bir necha bo`laklarga tarmoqlanib ketgan 
buxtalarni ko`rish mumkin. Kichik orollar va yarim orollar uchraydi. Amudaryo va 
Sirdaryoning Orol dengiziga quyar joyida allyuvial dengiz qirg`og`i paydo bo`lgan. 
Qo`ltiqlar, buxtalar, tumshuqlar va yarim orollarning joylashishi Orol dengizi 
qirg`oqlarining xarakteri bilan bog`liq. 
Orol dengizida orollar ko`p bo`lgan. Ularning ko`pchiligi hozirgi kunda 
qo`shilib ketgan va quruqlikka aylangan. 
5.Suv resurslari va ularni foydalanishning istiqbollari. 
Amudaryo - 
respublikamizning asosiy suv arteriyasi xisoblanadi. Lekin Amudaryoning suv 
resurslari bo`yicha to`liq tushuncha olish uchun, biz butun Amudaryo basseynidagi 
suvni foydalanish bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`lishimiz kerak. 
Ayniqsa keyingi yillarda Amudaryo suvining xalq xo`jaligining har xil 
tarmoqlarida keng foydoladilmoqda. O`rta Osiyoning keskin kontinental cho`l iqlimi 
sharoitida 
Amudaryo 
basseynidagi 
ko`pchilik 
territoriyada 
dexqonchilikti 
suvg`orishsiz amalga oshirish mumkin emas. Sababi bu joylarda yillik yog`in-sochin 
miqdori juda kam, bahorda suvg`orilmasa, qishda to`plangan tuproqdagi namlik bilan 
bahordagi yog`in suvlari, ekinlarning normal rivojlanishiga etarli emas. Shuning bilan 
bir qatorda Amudaryo va uning irmoqlari arzon elektroenergiya manbai hisoblanadi. 
Shuning uchun ham Amudaryoning asosiy irmog`i hisoblanuvchi Vaxsh 
daryosida, Nurek qishlog`i yonida, daryoda 300 metr balandlikdagi plotina qurilib, 
uning joyida xajmi II kubokilometrga yaqin suv to`planadi. Hozirgi vaqtda bu erda 
Nurek gidroelektrostantsiyasi qurilgan. Shu bilan bir qatorda bu joyda O`rta 
Osiyodagi eng katta suv omborlarining biri paydo bo`lgan. 
Amudaryoning tekislikka chiqqan joyida, uning chap sohilida asrlar davomida 
suvsiz yotgan Turkmaniston cho`llarini o`zlashtirish maqsadida Qoraqum kanali 
qurilgan. 
Amudaryoning o`ng tomonida uning suv sathidan 150-200 metr balandlikda 
joylashgan Qarshi cho`lini o`zlashtirish maqsadida Amu-Qarshi mashina kanali 
qurilgan. 
Hozirgi vaqtda Buxoro va Qorako`l vohalarini suv bilan ta`minlash uchun 
qazilgan Amu-Buxoro mashina suvg`orish kanali ham ishga tushirilgan. U 
Turkmaobod (sobiq Chardjoo`) shaxridan 12 kilometr janubdan boshlanib, juda 
kuchli nasoslar yordamida Amudaryo suvi 65-75 metr balandlikka ko`tarilib 
oqmoqda. 
Keyingi yillarda Amudaryo suvidan keng ko`lamda foydalanishga asosiy sabab, 
uning basseynidagi xalq xo`jaligining, ayniqsa uning ahamiyatli tarmoqlarining biri - 
qishloq xo`jaligining rivojlanishida Amudaryo katta rol` o`ynaydi. Sababi Amudaryo 
basseyni er yuzi bo`yicha etishtiriladigan ingichka tolali paxta navining 25% ni 
etishtiradi. O`rta Osiyodagi meva va uzumning 46% i, qoramolning 50% i, qo`y va 
echkilarning 70% ga yaqini Amudaryo basseyniga to`g`ri keladi. Shu bilan bir 


qatorda Amudaryo basseyni er, suv va iqlim resurslariga boy territoriya. Shuning 
uchun ham hozirgi vaqtda O`rta Osiyo respublikalarida Amudaryo basseynidagi 6,7 
mln. gektar er maydoni, Afganistonda esa 240 ming gektar er Amudaryodan 
suvg`orilib ekiladi. 
Qoraqalpog`istonda Amudaryo suvidan foydalanish maqsadida juda ko`pgina 
suvg`orish sistemalari ishlab turibdi. Albatda, yuqorida aytilgan Amudaryo 
basseynidagi yirik gidrotexnik qurilishlarning ishga tushishi natijasida Amudaryoning 
quyi bo`limidagi xo`jaliklarning suvga bo`lgan extiyojini o`z vaqtida ta`minlash juda 
qiyin bo`lib qoldi. Shu bois Tuyamo`yin va Taxiatosh gidrouzellarining ishga tushishi 
bu masoladi ma`lum darajada echishga imkon yaratdi. Taxiatoshda va Tuyamo`yinda 
Amudaryoda ko`priklarning ishga tushishi katta iqtisodiy ahamiyatga ega bo`ldi. Shu 
bilan birga Taxiatosh plotinasi temir yo`l va gaz trassalarini o`tkazishga imkoniyat 
beradi. Tuyamo`yin gidrouzeli bo`lsa xalqimizga arzon suv energiyasini etkazib 
bermoqda. 
Qoraqalpog`istonning suv resursiga ta`rif berganimizda, bu regionda suvg`orish, 
yaylovlarni suvlantirish va aholi punktlarni suv bilan ta`minlashda yagona suv 
manbai Amudaryo ekanligini hisobga olishimiz kerak. Taxminan 1970-yillargacha, 
Taxiatosh gidrouzeli ishga tshmasdan oldin Amudaryoning quyi bo`limida bir necha 
tarmoqlarga ajralib, Orol dengiziga quyadigan edi. Keyingi yillari Amudaryo 
basseynida borgan sari suvg`oriladigan maydonning kengayishiga bog`liq daryoda 
suvning miqdori juda kamayib ketib, amaliy jihatdan daryoning yakuni Taxiatosh 
bo`lib qoldi. Ayniqsa keyingi 10 yilning ichida bir necha oy davomida Taxiatoshdan 
keyin Amudaryoda suv oqmaydigan yillar ham bo`ldi. Natijada respublikamizning 
suv resurslari faqat uning suvg`orish sistemalaridagina ko`rinadigan bo`lib qoldi. 
Amudaryodagi suvning imkoniyatiga qarab har yili Qoraqalpog`iston
hududidagi suvg`orish sistemalari daryodan 8-11 kubokilometr suv oladi. Lekin bul 
suvning deyarli yarmi dalalarga etmay singib ketadi. 
Har xil vaqtlardagi suvg`orish sistemalarining ortiqcha suvlarining xisobidan 
to`plangan kichik-kichik suv havzalari ko`llari (Qoraterang, Atako`l, Aqshako`l, 
Qorajar, Sudoch`e, Dao`itko`l va b.) bor. Ularning ichida suvg`orish maqsadida 
amaliy ko`z qarashdan faqat Dao`itko`l yaroqli. Boshqalarining suvining 
mineralizatsiya darajasi yuqori yoki ular har xil ximiyaviy moddalar bilan 
ifloslangan. Haqiyqatda Dao`itko`ldan boshqasi har xil kollektorlarning suvi 
hisobidan to`ldirilgan. Ularning suvi faqat ma`lum bir suvg`orish va yaylovlarni 
suvlantirish maqsadida foydalansa bo`ladi. 
Keyingi yillarda respublikamiz hududida erning meliorativ sharoitini yaxshilash 
maqsadida yirik magistral va xo`jaliklararo kollektorlar qurilib, foydalanishga berildi. 
Ularning yordamida har yili respublikamizning suvg`oriladigan zonasidan tashqariga 
2,5-3 kubokilometr suv chiqariladi. Kelajakda bu suvlar suvg`orish yoki del`tani suv 
Bilan ta`minlash maqsadida foydalaniladigan suvning manbalaridan biri bo`lib 
qolishi mumkin. Lekin ularning tzliligining va ifloslanish darajasining yuqoriligiga 
bog`liq, bu turdagi suvlarni to`laligicha foydalanish mumkin emas. 
Orol bo`yi gidrogeologik ekspeditsiyasining ma`lumotiga ko`ra, respublikamiz 
hududida suvg`orish ishlarini va aholi punktlarini chuchuk suv bilan ta`minlashga 
yaroqli er osti chuchuk suv zaxirasining ko`p ekanligi aniqlangan. Ular asosida faqat 
Qoraqalpog`iston Qizilqumida bir necha uchastkalarda: Qostuba, Tomarastog`, 


Qizilqala, Ayazqala va Yanboshqala massivlarida chorvachilik asosida kichik aholi 
punktlari paydo bo`lgan. Ayrimlarini quduqlarning atrofi vohalarida ham ko`ramiz. 
Kelajakda er osti suvlarining bu turlari yaylovlarni suvlantirishda, hatto aholi 
punktlarini chuchuk suv bilan ta`minlashda katta ahamiyatga ega. 
Qoraqalpog`iston suv resurslarining territoriya bo`yicha joylashishi va ularni 
foydalanishning hozirgi sharoiti bo`yicha to`liq tushunchaga ega bo`lish uchun uning 
asosiy suvg`orish sistemalari bilan magistral kollektorlariga qisqacha ta`rif beramiz. 
Respublikamizning shimoliy zonasidagi Amudaryoning chap tomonida 
joylashgan tumanlarning (Xo`jayli, Sho`manay, Qonliko`l, Qo`ng`irot, Mo`ynoq) 
ekin maydonini suv bilan Rao`shan suvg`orish sistemasi ta`minlaydi. Magistral 
kanalning uzunligi 105 kilometr. Unga pOrollel yo`nalishda 40 kilometr uzunlikda 
qo`shimcha kanal qazilgan, kanalning 105-kilometrida uning Mo`ynoq tarmog`i 
(uzunligi 75 km.) boshlanadi. Bu zonada suvg`orish tarmoqlarining uzunligi 459 km. 
Kanalning boshlanish joyida va yana to`rt joyida suv taqsimlash gidroob`ektlari 
qurilgan. Rao`shan kanali sekundiga 150 kubometr, unga pOrollel o`tkazilgan 
qo`shimcha kanal 160 kubometr suv o`tkazish imkoniyatlariga ega. Rao`shan kanali
suvg`orish sistemasining bir necha tarmoqlari bor. Ular Kindiko`zak (uzunligi 44 km. 
sekundiga 35 kubometr suv o`tkazish imkoniyatiga ega), Sho`manay (uzunligi 56,2 
km, suv o`tkazish imkoniyati sekundiga 45 kubometr) va b. 
O`tkan asrning 80-yillarida Rao`shan kanali suvg`orish sistemasi zonasida 103 
ming gektardan ortiq dexqonchilik maydoni bo`lib, uning 35% paxtachilik, 20% dan 
ortiqrog`i sholigarchilik bo`lgan. 
Respublikamizning shimoliy zonasidagi Amudaryoning o`ng sohilida 
joylashgan Nukus, Kegayli, Chimboy, Bo`zatov, Qorao`zak va Taxtako`pir 
tumanlarini Do`stlik (sobiq Do`stlik (sobiq Qizketgan)) kanali sistemasi suv bilan 
ta`minlaydi. 
Do`stlik (sobiq Qizketgan) kanali Taxiatosh gidrouzelidan Amudaryodan 
boshlanib, 25 kilometr oqgandan keyin ikki tarmoqqa ajraladi. U chap sohilidagi 
Kegayli va o`ng tomonidagi Quvonishjarma bilan birlga 180 km uzunlikga ega. Shu 
sistema zonasidagi xo`jaliklararo suvg`orish tarmoqlarining umumiy uzunligi 680 
km. 
Do`stlik (sobiq Qizketgan) kanali sekundiga 350 kubometr suv o`tkazish 
imkoniyatiga ega. Uning asosan ikki tarmog`i Kegayli (uzunligi 55,6 km., suv 
o`tkazish imkoniyati sekundiga 120 kubometr), Quvonishjarma (uzunligi 87 km, suv 
o`tkazish imkoniyati sekundiga 110 kubometr) va bir necha xo`jaliklararo 
tarmoqlariga: Risoviy (uzunligi 49,7 km, suv o`tkazish imkoniyati sekundiga 42 
kubometr), esimo`zak (uzunligi 43 km, suv o`tkazish imkoniyati sekundiga 50 
kubometr), Mayjap (uzunligi 24 km., suv o`tkazish imkoniyati sekundiga 52 
kubometr), Abatjap (uzunligi 24 km, suv o`tkazish imkoniyati sekundiga 17 
kubometr) ega. 
Umumiy olganda Do`stlik (sobiq Qizketgan) kanali suvg`orish sistemasida 
o`tkan asrning 80-yillarida 144 ming gektardan ortiq dexqonchilik maydoni 
suvg`orilgan. Uning 42 ming gektari paxta, 40 ming gektarga yaqin maydoni 
sholigarchilik bo`lgan. 
Respublikamizning janubiy zonasida asosiy suvg`orish sistemasi Paxta arna 
kanali. U sekundiga 100 kubometrdan ortiq suv o`tkazish imkoniyatiga ega. Bul 
kanal To`rtko`l, ellikqala va Beruniy tumanlarining dexqonchilik xo`jaliklarini suv 


bilan ta`minlaydi. Kanalning boshlanish joyi Tuyamo`yindan 15 kilometr pastda 
Amudaryodan boshlanib, u daryoga pOrollel yo`nalishda, undan 1-2 km uzoqlikda 
oqadi. 27-kilometrida Paxta arna kanali ikkiga ajralib, Bog`yop (uzunligi 16,5 km) va 
Bo`zyop (uzunligi 24 km) deb ataladi. Ularning boshlanish joyida maxsus suv 
taqsimlagich gidroob`ektlar qurilgan. Paxta arna kanali zonasida kuchli nasoslar 
yordamida Amudaryodan suv olib turgan nasos stantsiyasi muntazam (Nayman-
Beshtam) ishlab turibdi. U sekundiga 33 kubometr suv berish imkoniyatiga ega. 
Umumiy olganda Paxta arna kanali zonasida xo`jaliklararo suvg`orish 
tarmoqlarining uzunligi 400 kilometrdan ortiq. O`tkan asrning 80-yillarida bul kanal 
zonasida 73 ming gektar ekin maydoni suvg`orilgan, uning yarmidan ko`prog`i paxta 
dalalari bo`lgan. 
Respublikamizning janubiy zonasida, Amudaryoning chap sohilida joylashgan 
Amudaryo tumanining suv bilan ta`minlanish sharoiti boshqacha. Uning ekin 
maydonlarii respublikaaro magistral kanallar hisoblanuvchi: Qilichniyozboy, 
Qipchoq-Bo`zsuv va Gurlan suvg`orish sistemalaridan suv oladi. Bul kanallarning 
Amudaryo tumani territoriyasi bo`ylab oqib turgan bo`limi 115 km. uzunlikga ega. 
Ulardan boshlanadigan xo`jaliklararo (uzunligi 81 km.) va xo`jaliklar ichidagi 
suvg`orish tarmoqlari bor. Ular umumiy olganda Amudaryo tumanidagi 24 ming 
gektardan ortiq ekin maydonni, shuning ichida 16 ming gektar paxta dalalarini suv 
bilan ta`minlaydi. 
Respublikamizda erning meliorativ sharoitini yaxshilash maqsadida 1959 
yillardan boshlaboq birinchi magistral kollektorlar ishga tushirilgan. Hozirgi vaqtda 
ularning umumiy uzunligi 568,4 kilometr, Qoraqalpog`istondagi ishlab turgan 
magistral kollektorlarning ta`sir etish zonasi 210 ming gektarga yaqin. Albatda 
ularning ishga tushish izma-izligi va dexqonchilik zonasining kollektorlar tarmoqlari 
bilan ta`minlanish zichlig respublikamizning barcha tumanlarida birdek emas. Sababi 
magistral kollektorlardan boshqa, respublikamiz hududida xo`jaliklararo (1621,4 km) 
va xo`jaliklar ichida de (6352,2 km) kollektor va zovurlar. Umumiy hisobda 
respublikamiz territoriyasi bo`yicha kollektor-zovurlarning ta`sir etish zonasida har 
bir gektar erga o`rta hisobda 29,9 metr uzunlikdagi kollektorlar-zovurlar to`g`ri 
keladi. Bu ko`rsatkichni taqqoslaganimizda Beruniy, elikqala, Kegayli, Amudaryo, 
Qorao`zak, To`rtko`l rayonlarida yuqori (44-33 metr), Sho`manay, Qonliko`l, 
Qo`ng`irot, Chimboy rayonlarida bo`lsa bir qancha (2,4-24,8 metr) past ko`rsatkichga 
ega. 
Magistral kollektorlarning territoriya bo`yicha joylashishi quyidagicha: 
Qoraqalpog`istonning shimoliy zonasidagi Amudaryoning o`ng tomonida joylashgan 
Nukus, Kegayli, Chimboy, Qorao`zak, Taxtako`pir va Bo`zatov tumanlari erlarining 
meliorativ holatini yaxshilashda KS-1, KS-3 va KS-4 magistral kollektorlari xizmat 
qiladi. Shuningdek, rayonlararo kollektor KS-1 «O`rnek» DFX territoriyasidan 
boshlanib, Amudaryodan bir kilometr uzoqlikda, unga pOrollel yo`nalishda 19 km 
davomida Kreyto`zakning dastlabki quruq o`zani bo`yicha oqib, so`ng Kegayli 
tumani territoriyasi bo`yicha 33 km uzunlikda davom etadi. Uning davomi Chimboy 
va Bo`zatov tumanlari territoriyasi bo`yicha cho`zilib suvi Orol dengiziga quyilib 
turgan. Umumiy uzunligi 122 km. KS-3 «Xalqobod» xo`jaligining territoriyasidan 
boshlanib, uning suvi «Qorao`zak» xo`jaligi orqali Orol dengiziga quyilgan, uzunligi 
105 km. KS-4 Qorao`zak va Taxtako`pir rayonlaridagi zaxkashlarning suvini to`plab, 


Amudaryoning dastlabki tarmog`i Kөksuv orqali Orol dengiziga quynirilani. Uzunligi 
95 km. 
Respublikamizning Shimol zonasidagi Amudaryoning chap tomonida 
joylashgan Xo`jayli, Qonliko`l, Sho`manay, Qo`ng`irot va Mo`ynoq rayonlarining 
erlarining meliorativ holatini yaxshilashda Amudaryoning chap tomonidagi Bosh 
kollektor (GLK) va KKS (Qo`ng`irot kollektor sbrosi) xizmat qiladi. Amudaryoning 
chap tomonidagi Bosh kollektor (GLK) O.Kokkozov nomli xo`jalikdan boshlanib, 
Xo`jayli, Sho`manay, Qonliko`l va Qo`ng`irot tumanlarining zax suvlarini yig`ib, 
o`ng tomonidagi Qo`ng`irot tarmog`i bilan tutashgandan keyin KKS (Qo`ng`irot 
kollektor sistemasi) dep ataladi. Ularning suvi Sudoch`e ko`liga quyadi. 
Amudaryoning chap tomonidagi Bosh kollektorning uzunligi 86 km, uning o`ng 
tomonidagi Qo`ng`irot tarmog`i 46 km., Qo`ng`irot kollektor sistemasi 50 km. 
Amudaryoning chap tomonidagi, respublikamizning janubiy zonasida 
joylashgan Amudaryo tumani hududida hozirgi vaqtda 18 xo`jaliklararo kollektorlar 
ishlab turibdi, uzunligi 202,7 km. Ular shu tumanning dexqonchilik erlarining 80% 
ga yaqin maydonidagi zax suvlarni yig`ishda xizmat qiladi. Har yili o`rtacha hisobda 
sekundiga 5,1 kubometr xajmdagi zax suv Amudaryo tumanidagi kollektorlarda 
yig`ilib, respublikaaro kollektor Daryoliqqa qo`shiladi. 
Qoraqalpog`istonning To`rtko`l, Beruniy va ellikqala tumanlari hududida 
Qizilqum kollektori (uzunligi 30,6 km) va Beruniy kollektori (uzunligi 33,I km) 
ishlab turibdi. 
Qoraqalpog`iston suv resurslariga ta`rif berganimizda, ayniqsa keyingi 30-40 
yillar davomida Amudaryo bilan Sirdaryo basseynidagi suvg`orish ishlarining borgan 
sari kengayishiga bog`liq Orolga qo`shiluvchi suvning kamayib ketganligi natijasida 
Orolning suv sathi pasayib borayotganiga alohida to`xtalishimiz lozim. Sababi bu 
sharoit Amudaryoning del`ta bo`limida suv bilan ta`minlash imkoniyatining 
kamayishi bilan bu mintaqaning umumiy ekologik sistemasining yomonlashuviga 
sabab bo`lmoqda. 
Masalan, o`tkan asrning 60-yillarigacha Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga 
har yili o`rtacha 60 kubokilometr suv olib kelar edi. Amudaryo bilan Sirdaryo 
basseynlarida yirik gidrotexnik qurilishlarning ishga tushishi natijasida ularning 
basseynida har yili to`planadigan suvning miqdori birdek bo`lishiga qaramastan 
Orolga keluvchi suv kamayib ketdi. Amudaryoda 15 kubokilometr bo`lib qoldi. 
Sirdaryo esa 1986 yildan buyon Orolga suv olib kelmadi xisob. Amudaryo bilan 
Sirdaryo basseynlarida bo`lsa ekin maydoni o`tkan asrning 60-yillaridagi 5,1 mln. 
gektardan 80-yilga kelib 6,I mln. gektarga etdi. U Orol dengizi sathining pasayishini 
tezlashtirmoqda. Masalan 1960 yildan boshlab Orol dengizi suv sathi 15,5 metrga 
pasaydi. Akvatoriyasining maydoni 60 foizdan ko`proq qisqardi. Agar 1960 yili Orol 
dengizining egallagan maydoni 66 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo`lgan bo`lsa, 
hozir u 20 ming kvadrat kilometrdan kichik, ya`ni 40 ming kvadrat kilometr 
maydondagi oldingi Orolning o`rni quruqlikka aylandi. Orolning ayniqsa janubiy va 
janubiy-sharqiy dengiz qig`oqlari ayrim joylarda 80-100 kilometrga chekindi. 
Orolning suv xajmi ham kamayib ketdi. Masalan, 1960 yillarda Orolning suv xajmi 
1000 kubokilometrdan ortiq bo`lgan bo`lsa, hozir u faqat 200 kubokilometrdan 
salgina ortiq. Borgan sari dengiz suvi sho`rlashib bormoqda. 1960 yillarda Orol 
dengizining suvining o`rtacha tuzliligi 10 promillga teng bo`lsa, hozirgi vaqtda u 35 
promilldan ortib ketdi. Suvining tuzliligining qisqa vaqt ichida uch marta ko`payib 


ketishi Oroldagi yashovchi baliqlarning turiga va soniga salbiy ta`sir qildi. Masalan, 
1960 yillarda o`rtacha hisobda har yili Orol dengizigan 310-400 ming tsentner baliq 
ovlangan bo`lsa, hozirgi vaqtda Orol dengizi o`zining baliqchilik әhamiyatini 
yo`qotdi. Natijada Janubiy Orolda joylashgan O`rta Osiyodagi eng yirik Mo`ynoq 
baliq-konserva kombinati mahalliy ko`llardagi baliqlar xisobidan o`zining faqat 20 
protsent quvvatinigina saqlab qolgan. Kombinatning normal ishlashi uchun zarur 
bo`lgan xom ashyo respublikaning boshqa joylaridan olib kelinadi. 
Orolning suvi tarkibida borgan sari tuzning ko`payishi uning biologik 
o`zgarishlarini tezlatmoqda. Shuni ta`kidlash kerakki, Orol suvining tarkibida tuz 
juda ko`payib ketsa, Orol dengizida tirichilikning yo`qolish xavfi bor. Bunday 
sharoitda Orol dengizining umumiy biologik resursi o`z ahamiyatini yo`qotadi. 
Orol 1960 yillarda kemachilikda juda ahamiyatli edi. Mo`ynoq tumanining 
kemachilik sohasidan katta daromad qilar edi. Hozirgi vaqtda Orol dengizi transport 
ahamiyatini yo`qotdi. 
1960 yillarda Orolning janubiy qirg`oqlarida ondatra va mo`yna etishtirish 
yaxshi yo`lga qo`yilgan edi. Xalq xo`jaligining faqat manna shu tarmog`idan 
Mo`ynoq tumani katta daromad ko`rar edi. Lekin keyingi yillardagi Orol dengizi 
sathining pasayishi shu hududlarda oldingi keng tarqalgan botqoqliqlar, ko`llar va 
qamishzorlar maydonining kamayib ketishi hozirgi vaqtda xalq xo`jaligining shu 
tarmoqlarining minimum darajasiga kamayib ketishiga sabab bo`ldi. 
Dengiz maydonining kichrayishi va dengiz qirg`oqlarining chekinishi Janubiy 
Orol bo`yidagi xalqlarning turmushiga ham o`z ta`sirini tekkazdi. Baliq ovlashning 
qisqarishiga bog`liq bir necha baliq zavodlari va baliqchilik xo`jaliklari yopildi. 
Orol dengizi sathining pasayishi shu mintaqaga katta iqtisodiy zarar etkazish 
bilan birga atrofidagi tabiatga ham salbiy oqibatlarni olib keldi. 
Biz albatta Orol dengizining O`rta Osiyo va Qozog`iston cho`llarining o`rtasida 
joylashganligidan shu hududning iqlimiga, ayniqsa uning dengiz qirg`oqlariga 
ma`lum darajada ta`sir etishini unutmasligimiz kerak. 
Orol dengizida va uning atrofida joylashgan meteorologik stantsiyalarning 
(Mo`ynoq, Vozrojdenie oroli «Qoraqalpog`iston», Jasliq, Shabanqazg`an, Qo`ng`irot, 
Nukus, To`rtko`l) ma`lumotlarini tahlil qilsak, Orol dengizi akvatoriyasi bilan uning 
atrofidagi quruqliqda joylashgan meteostantsiyalarning ma`lumotlarida bir qancha 
farq borligi ko`zga tushadi. Bu farq yil davomida seziladi. 
Shu bilan bir qatorda, 1960 yilgacha Orol dengizida 1000 kubokilometr suv 
bo`lganligini unutmasligimiz kerak. Shuning uchun xam bu yillarda Orolning suvi 
quyoshdan keluvchi juda ko`p miqdordagi issiqliqni o`ziga to`plash xususiyatiga ega 
edi. Yil davomida shu regionda ustunlik etuvchi shimoli-g`arbiy, shimol va shimoli-
sharqiy shamollar Orolning yuzasiga kelishi bilan uning ilitish ta`siriga uchraydigan 
edi. Keyingi yillardagi Orolning suvining xajmining bir qancha kamayib ketishi 
dengizning manna shu funktsiyasining yo`qolishiga sababchi bo`ladi. 
Ushbu fikrni isbotlash maqsadida Orol va uning atrofida joylashgan 
meteorologik stantsiyalarning keyingi 50 yildagi ma`lumotlarini analizlaganimizda 
Orolning janubiy qirg`oqlarida keyingi vaqtlari iliq, vegetatsion davrdagi plyus 
temperaturalarning yig`indisining ko`payib borayotganligini ko`ramiz. U albatda 
asosan yozgi kuzatiladigan haddan tashqari yuqori temperaturalarning (44
0
va 46
0

xisobidan. Bunday yuqori temperaturalar havoning namligini kamaytiradi, hattoki 


issiq urish protsessini tezlashtiradi. U o`simlikning normal o`sish va rivojlanishini 
qiyinlashtiradi. 
Ikkinchidan, keyingi yillari respublikamizda bahor va kuz bir qancha salqin va 
cho`zilib ketuvchi mavsum bo`lib qoldi. Sababi bahorda va kuzda shimoli-g`arbiy, 
shimol va shimoli-sharqiy shamollar bir qancha salqin bo`lib keluvchi bo`ldi. 
Uchinchidan bizga ma`lum Orolning janubiy yonbag`irlarida kuzatiladigan 
bahorgi va kuzgi qirovning tushishi ko`pincha Arktikadan keluvchi salqin havo 
massalari bilan bog`liq. Ular dastlabki yillari Orol dengizining ustidan o`tkanda bir 
qancha iliqlashar edi. Hozir bunday holat pasaydi. Shu bois bahorning so`ngi va 
kuzdagi birinchi kuzatiladigan qirovning tushish vaqti deyarli bir haftaga o`zgardi. U 
sovuq bo`lmaydigan davrning uzoqligining 1,5-2 haftaga qisqarishiga sabab bo`ladi. 
Natijada Orolning janubiy yonbag`irlarida keng tarqalgan paxta va shunga o`xshash 
issiqsevar qishloq xo`jalik ekinlarning keyingi yillarda to`liq pishib etilmay qolishiga 
sababchi bo`lmoqda. 
Orol dengizi suvining qaytishi Amudaryoning quyi bo`limining gidrologik 
sharoitining o`zgarishiga salbiy ta`sir qilmoqda. Masalan, Amudaryo del`tasidagi 
dastlabki keng tarqalgan to`qay, ko`l, botqoqliq, qamishzor va oazis biokomplekslari 
degradatsiyalanmoqda. Faqat 1961 yildan buyon Amudaryo del`tasida 50 ko`l qurib 
qoldi, to`qayning maydoni ikki marta, qamishzorlar 6 marta qisqardi. Ularning 
o`rnida biologik mahsuldorligi kam cho`l biokomplekslari paydo bo`lmoqda. 
Hayvonot dunyosining tarkibi ham salbiy tomonga o`zgarmoqda. 
Orol dengizi suvining qaytishi Amudaryoning quyi bo`limidagi er osti suvlari 
sathining pasayishiga, suvining tarkibidagi tuzlarning ko`payishiga sabab blmoqda. 
Hatto shu rayondagi o`zi oqib turuvchi skvajinalarning suvi kamayib bormoqda. Shu 
sababli keyingi yillarda Orolning janubiy yonbag`irlaridagi yuzlagan o`zi oqib turgan 
skvajinalar harakatini to`xtatdi. 
er osti suvlarining sathining pasayishi yaylovlardagi o`simliklarning 
mahsuldorligining kamayishiga sabab bo`lmoqda. Yaylovlarda keyingi yillarda 
o`simliklar siyrak o`sib, ko`pincha borlari ham past bo`lib, mahsuldorligi kamayib 
ketdi. Shu bilan bir qatorda dexqonchilik zonasida er osti suvlarining sathining 
ko`tarilishi kuzatilmoqda, u tuproqning tarkibidagi tuzlarning miqdorini ko`paytirib, 
uning mahsulodorligini kamaytirib yubormoqda. 
Orol dengizining suvdan bo`shagan maydonining tabiati olimlarni o`ziga jalb 
qiladi. Ularning geologik tuzilishi va yotqiziqlarning litologik tarkibi har xil. 
Kuzatishlar dastlab Orol dengizining suvdan bo`shagan o`rnida tirichilik uchun juda 
noqulay, ko`pincha sho`rxoklardan iborat lindshaftlarning paydo bo`layotganligini 
ko`rsatadi. Bunday joylarda gruntning tarkibida tuzlar ko`p bo`lib, ular asosan sul`fat 
va xlorli tuzlar. 
Cho`l iqlimi sharoitida Oroldan bo`shagan o`rinlar shamolning uchirib olib 
ketishiga qulay qumli, changli va tuzli bo`ronlarning paydo bo`luvchi erlariga 
aylanmoqda. Bu xududdagi yil davomidagi ustunlik etuvchi shimol g`arbiy, shimol 
va shimoli-sharqiy shamollarni hisobga olsak, dengiz yotqizig`ining tarkibidagi 
to`planib qolgan tuzlarning Amudaryoning quyi bo`limiga uchirib olib kelishi tabiiy. 
Kosmosdan olingan syom`kalarni analizlaganda, 1975 va 1961 yillar oraligida 
200 km dan 500 km gacha uchirib olib ketilgan 30 dan ortiq tuzli-changli 
bo`ronlarning takrorlanganligi kuzatilgan. Mo`ynoq va Nukus meteorologik 
stantsiyalarning ma`lumotlariga muvofiq, 1966 yildan buyon kuzatiladigan changli 


bo`ronlarning soni shu rayonlarda ikki hissaga ko`paygan. Qoraqalpog`iston
hududida hozirgi kunlarda o`rtacha hisobda har yili har bir gektar maydonga 3200 kg 
tuz aralashgan chang, suyuq ko`rinishida 100 kg dan 500 kg gacha tuz havodan 
sochiladi. Albatta uning miqdori Orolga qancha yaqinlashgan sari ko`proq bo`ladi. U 
qishloq xo`jaligi uchun foydalanilayotgan erning sifatiga salbiy ta`sir etadi. Ayniqsa, 
keyingi vaqtda Amudaryoning quyi bo`limida sho`rlashayotgan maydonning yil sayin 
ko`payib borayotganligiga sabab bo`lmoqda. 
Tuproqda to`planayotgan tuzlar erning unumdorligiga salbiy ta`sir qilib, 
havodan keladigan tuzlarning paxta va shunga o`xshash qishloq xo`jalik ekinlarining 
hosildorligiga to`g`ridan-to`g`ri salbiy ta`sir qilishini unutmasligimiz kerak. Sababi 
tuzli chang o`simliklarga o`tirib gulining normal rivojlanishini sekinlashtiradi, 
hosildorlikni pasaytiradi. 
Geotabiiy observatoriyaning ma`lumotiga ko`ra Orol dengizining atrofining 
iqlimiga ta`siri 50-100 km gacha seziladi. Qozog`iston iqlimshunoslarining 
ma`lumoti bo`yicha Orol dengizining o`zining atrofidagi radiusi 400 km gacha 
maydonda ta`siri bor ekanligini aniqlagan. Shunday bo`lsa Orol dengizi suvining 
pasayishiga bog`liq, birinchi navbatda Amudaryoning quyi bo`limi (Qoraqalpog`iston 
Respublikasi, Xorazm va Tashauz viloyatlari joylashgan territoriya) jabr ko`radi. 
Agar yil davomidagi shimoliy, shimoli-g`arbiy va shimoli-sharqiy tomondan esuvchi 
havo massalarini hisobga
olsak, uning ta`sir zonasi O`rta Osiyoning butun 
tekislik territoriyasi ekanligini unutmasligimiz kerak. Shunday ekan, Orolning 
qaytishi bilan atrofining iqlimiga uning salbiy ta`siri Quyi Amudaryodan bir qancha 
tashqariga chiqib ketadi. 
Ilmiy o`rganish institutlarining ma`lumoti bo`yicha Amudaryoning o`rta 
oqimida har yili daryoga 8,5-9,0 kubokilometr zaxkash-kollektorlarning suvi quyadi. 
Bu daryoning shu bo`limidagi bir yilda oquvchi suvining 15 % tashkil qiladi. 
Natijada Amudaryoning quyi oqimiga keluvchi suvning mineralizatsiya darajasi 8 oy 
davomida har bir litrda 1,2-1,7 grammga etadi. Suvining eng ko`p mineralizatsiya 
darajasi, daryoda suvning kam bo`luvchi oylariga (mart-aprel` va sentyabr`-oktyabr`) 
to`g`ri kelib, shu oylarda zaxkash-kollektorlarning suvi quyilgandan keyin daryoda 
suvining mineralizatsiyasi har bir litr suviida 2,5-2,8 grammga ortadigan bo`ldi. Shu 
sababli Amudaryoning quyi hududida sanitariya-epidemiologik ahvol juda pasayib 
ketdi, gepatit, gastrit va boshqa ishki organlar bilan bog`liq kesalliklar soni 
ko`paymoqda. 
Amudaryoning 
mineralizatsiyalashgan 
va 
ifloslangan 
suvlari, 
hattoki 
sho`rlashgan tuproqlarni yuvish uchun ham yaroqsiz bo`lib qoldi. U tuproqning 
unmdorligini pasaytirish xavfini tug`dirmoqda. Hattoki Amudaryoning ta`sir etish 
zonasidagi er osti suvlarining ham ifloslanishi sezilmoqda. O`rganishlar Xo`jayli, 
Taxtako`pir va Qorao`zak tumanlaridagi er osti chuchuk suvlarining ham sifati 
Amudaryoning ifloslangan suvining ta`siridan pasayib borayotganligini ko`rsatadi. 
Shunday qilib, Orol dengizi suvining qaytishi umumiy Amudaryoning quyi 
bo`limidagi hududning tabiatiga salbiy ta`sir etayotganligini ko`ramiz. U ayniqsa 
erning meliorativ sharoitining pasayishiga, tabiiy balansning buzilishida aniq seziladi. 
Bu protsess borgan sari tabiiy ofat xarakteriga ega bo`lmoqda. 
Orol dengizining qaytishiga bog`liq ekologik va ixtimoiy-iqtisodiy ko`z 
qarashdan salbiy oqibatining yaqin kelajakda ma`lum darajada pasayishining oldi 
olinishi mumkin. 


Dastlab Orol dengizining quruqlikka aylangan joylarida O`rta Osiyo va 
Qozog`istondagi cho`llarning bir-biri bilan qo`shilishiga imkoniyat bermasligimiz 
kerak. Hozirgi vaqtda Qoraqum bilan Qizilqumning chegaradosh erlarida faqat yangi 
cho`l paydo bo`lib qolmasdan, asrlar davomidagi shakllangan ekosistema 
buzilmoqda. Yangidan paydo bo`lgan cho`l Qoraqum bilan Qizilqumdan boshqacha, 
tuzli, o`simliklari juda siyrak, hattoki o`simlik uchramaydigan maydonlardan iborat 
kenglik paydo bo`lmoqda. Shuning uchun biz Orolning yo`q bo`lib ketishiga 
imkoniyat bermasligimiz kerak, uning juda bo`lmasa oldingi funktsiyalarini kamroq 
bo`lsa ham bajarib turishiga sharoit yaratishimiz kerak. 
Uning uchun Orol dengiziga iloji boricha ko`proq suv yuborishimiz kerak. 
Shuningdek keyingi 25-30 yilning ichida Amudaryo bilan Sirdaryoning basseynlarida 
har erda to`planib qolgan suvlarni (Arnasoy, Sariqamish, Aqshako`l, Dovutko`l, 
Qoraterang va b.) Orolga oqizishimiz kerak. Yuqorida aytilgan ko`llar va zaxkash 
kollektorlarning suvlarini Orolga tomon oqizish uchun Amudaryoning ikki 
tomonidan maxsus trassalar o`tkazilishi kerak. 
Shu bilan birga Amudaryo bilan Sirdaryoning basseynidagi suv resurslaridan 
ratsional foydalanishga alohida ahamiyat berilishi kerak. Shuningdek suvni 
tejamkorlik bilan foydalanishda kompleks ilojlar amalga oshirilishi kerak. Shuning 
uchun mavjud suvg`orish sistemalarini qaytadan ko`rib chiqish kerak. Magistral va 
xo`jaliklararo kanallarni beton qoplamalar bilan qoplash, lotoklar o`rnatish va boshqa 
injenerlik ob`ektlarni qurishni amalga oshirishimiz kerak. 
Shu qatorda Qoraqum kanali zonasida Amudaryo suvi katta isrofgarchiliklar 
bilan foydolanilayotganligini aytib o`tishimiz kerak. 
Bu xaqida Turkmaniston Fanlar Akademiyasining zoologiya institutining 
laboratoriya ilmiy xodimi D.Aliev quyidagilarni yozadi. Kanalning sohilidagi 
uylarning podvalida to`lib turgan suvlarni ko`rdim. Suvning ta`sirida imoratlar
gruntning cho`kib ketishi natijasida ishlamay qolgan kommunikatsiya sistemasini, 
qurib qolgan uzumzor va bog`larni ko`rdim. Daraxtlar qurigan ..., bir vaqtlari 
hosildor bo`lgan paykallar hozir sho`rlashib, oppoq tuz bilan qoplanib yotibdi ..., 
hozirning o`zida shu zonada Turkmanistonning 280 ming gekter maydondagi 
suvg`orilib ekiladigan erlari agrotexnik yordamni kutmoqda». 
Amudaryo bilan Sirdaryo basseynlaridagi suvni isrofgarchilik bilan 
foydalanayotgan 
xo`jaliklarni 
o`rganish 
natijasida 
suv 
xo`jaligi 
vazirligi 
mutaxassislari bu ikki basseynda faqat suvni tejamkorlik bilan foydalanishda 
kompleks ilojlarni amalga oshirib har yili 30 kubokilometr suvni tejash imkoniyati 
bor ekanligini aniqlagan. 
Albatta bu suv Orol dengizi tomonga oqiziliщi kerak. U Orolga quruqlikka 
aylangan dastlabki dengizning tagi bo`yicha oqizilishi kerak. 
Qurib qolgan dastlabki dengizning tagi muntazam oqin suvning ta`sirida bo`lishi 
kerak. Sababi dengizning qurib ketib, tuzli changlarning ko`tarilishiga imkoniyat 
bermasligimiz kerak. Shu yo`l bilan chorvaga ham qo`shimcha yaylov, em-xashak 
paydo qilamiz, baliqchilikka, otdatra, mo`ynali hayvonlarning ko`payishiga sharoit 
yaratamiz. 
Shu bilan birga Amudaryoga zaxkash, kollektor va foydalanilgan suvlarning 
qo`shilishiga yo`l qo`ymasligimiz kerak. Shundagina ichimlik suvning sifatini 
yaxshilaymiz. Amudaryoning quyi bo`limida keng tarqalaytgan havfli kasalliklar: 


gepatit, gastrit, dizenteriya va boshqa yuqumli infektsion kasalliklarning oldini 
olamiz. 
Shunday qilib, yuqorida aytilgan ilojlar amalga oshirilsa, ma`lum darajada 
Orolning qurishi pasayadi, cho`llarning borgan sari kengayishining oldi olinishi 
mumkin. Lekin Orolni dastlabki darajasiga keltirish uchun ikkita variant bar. 
Birinchisi - Sibir`dan olib kelinadigan suvning bir bo`lagini to`g`ridan-to`g`ri 
Orolga quydirish, lekin buni amalga oshirish ko`p iqtisodiy sarfni talab qiladi. 
Ikkinchisi, Amudaryo va Sirdaryodan suv oluvchi kanallarning suvini 
kamaytirish. Albatda bu variant ilmiy jihatdan chuqur o`rganib chiqishni talab etadi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin