Botqoqli tuproqlar del`tadagi tuproqlarning
boshqa turlariga qaraganda
namlikning muntazam etarli bo`lishi bilan xarakterlanadi. Sababi botqoqli
tuproqlarda er osti suvlarining sathi tuproq yuzasiga yaqin joylashgan bo`ladi.
Botqoqli tuproqlar uchraydigan erlar Amudaryoda suv ko`p bo`luvchi oylarda
birinchi navbatda suv olish xavfi bor bo`lgan territoriyalar. Shuning uchun ham
botqoqli tuproqlarda tirikchilik uchun kislorod etishmovchiligi kuzatiladi. Shu bois
bu turlardagi tuproqlarda o`simliklarning ildiz sistemasi ko`pincha uning faqat yuqori
qismidagina yaxshi rivojlanadi.
Botqoqli-o`tloqli
tuproqlar
botqoqli botiqlarning yonbag`irlariga, Amudaryo va
uning
tarmoqlarining
o`zanlariga
yaqin
joylashgan
joylardagi
balandroq
uchastkalarga xarakterli. Ular o`tloqli tuproqlarning ichidagi kichik-kichik botiqlarda
uchraydi. Botqoqli-o`tloqli tuproqlar botqoqli tuproqlarga o`xshab, er osti suvlarining
erning betiga yaqin joylashganligi xarakterli. Ular bu tuproqlar joylashgan joylarda
ko`pincha 1-1,5 metr chuqurlikda uchraydi. Shuning uchun ham botqoqli va botqoqli-
o`tloqli tuproqlar uchraydigan erlar dexqonchilikda noqulay hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda ular asosan yaylov sifatida foydalaniladi.
Botqoqli-o`tloqli tuproqlarni yaxshilash bo`yicha asosiy vazifa er osti
suvlarining sathini pasaytirish, sho`r erlarni chayib suvg`orishdan iborat. Shuningdek
bunday erlarni chuqur haydab, yumshatib, tuproqni shamolatish ishlarini olib borish
kerak.
Geografik joylashgan o`rni bo`yicha botqoqli va botqoqli-o`tloqli
tuproqlar
asosan Amudaryoning «harakatdagi» del`tasiga to`g`ri keladi. Lekin bu rayonning
gidrologik rejimi juda o`zgaruvchang bo`lishiga bog`liq er osti suvining sathi haddan
tashqari o`zgaruvchang. U shu rayonga xarakterli emas tuproqning boshqa turlarining
ham paydo bo`lishiga imkoniyat tug`diradi. Bu rayon sharoitida boshqa turdagi
tuproqlar faqat juda kichik xajmdagina shakllangan bo`ladi. Masalan, Amudaryoning
«harakatdagi» del`tasi joylashgan territoriyada botqoqli va botqoqli-o`tloqli
tuproqlarning ichida o`tloqli, o`tloqli-taqirli va hattoki taqirli tuproqlar uchraydigan
katta massivlarni uchratish mumkin.
O`tloqli
tuproqlar
ko`pincha
respublikamizdagi
barcha
suvg`orish
tarmoqlarining atroflarida uchraydi. Ular Amudaryoning del`tasidagi hozirgi
irrigatsiya er fondining asosini tashkil qiladi.
O`tloqli tuproqlar uchraydigan joylarda er osti suvlari sayoz joylashgan bo`lib,
olar er sathidan 1-3 metr chuqurlikda bo`ladi. Shuning
uchun ham bu turdagi
tuproqlar er osti suvlari bilan chambarchas bog`liq bo`ladi. Qoraqalpog`istondagi
o`tloqli tuproqlarning deyarli hammasi hozirgi vaqtda dexqonchilik uchun foydalanib
kelinayotgan erlar.
O`tloqli tuproqlar botqoqli va o`tloqli-botqoqli tuproqlarga o`xshab gidromorfli
tuproqlar guruhiga kiruvchi bo`lganligidan, Amudaryoning boshqa tuproq turlariga
qaraganda ular dexqonchilik jihatidan o`ziga xos xarakterga egaligi bilan farq qiladi.
Bu turdagi tuproqlarda dexqonchilikda normal, yaxshi xosil olish uchun eng
birinchi navbatda er osti suvlari sathining ko`tarilishiga yo`l qo`ymasdan, botqoqli
va botqoqli-o`tloqli tuproqlarda bo`lsa, hattoki er osti suvlari
sathining pasaytirish
uchun ilojlar qo`llanilishi zarur. Ikkinchidan, bu turdagi tuproqlar er osti suvlari bilan
bog`liqligi sababli, cho`l iqlimi sharoitida tuproqning yuzasida tuz to`planib qolishi
yuz beradi. Unga qarshi agrotexnik ilojlar qo`llanilmasa, bunday turdagi
tuproqlarning ichida sho`rxoklarning paydo bo`lishi ortib ketadi.
Botqoqli, botqoqli-o`tloqli va o`tloqli tuproqlar Qoraqalpog`iston hududida 1
mln. 93 ming gektar erni egallab, u butun respublikamizdagi tuproqlarning
joylashgan maydonining 8,1% tashkil qiladi. Ularning
ichida dexqonchilikda juda
ahamiyatli o`tloqli tuproqlar. Ular respublikamizda 500 ming gektarga yaqin
territoriyada uchraydi.
O`tloqli-taqirli tuproqlar
o`tloqli tuproqlarning atrofida juda tor doirada
joylashgan. Ularning ko`pchilik bo`limi hozirgi vaqtda dexqonchilik bilan band.
Faqat Amudaryoning hozirgi o`zani bo`ylaridagi katta bo`lmagan maydondagina
to`qay o`simliklari qoplab olgan erlar xisoblanadi. O`tloqli-taqirli tuproqlar
Qoraqalpog`istonda 271 ming gektar maydonni egallaydi.
Taqirli tuproqlar respublikamizdagi hozirgi vaqtdagi
dexqonchilik zonasidan
tashqarida joylashgan.
Taqirli tuproqlar ko`pincha Amudaryo del`tasining shimoli-sharqiy, g`arbiy va
janubiy-sharqiy bo`limlarida keng tarqalgan.
Umumiy olganda, taqirli tuproqlar Amudaryo del`tasidagi juda ko`p tarqalgan
tuproqlar turiga kiradi. Ular butun Qoraqalpog`istonning 907 ming gektar maydonni
egallab yotibdi.
1
U umumiy tuproqlarning egallagan maydoniga qaraganda ikki hissa
ko`p. Lekin bugingi kungacha ularning faqat juda az bo`limigina dexqonchilik uchun
o`zlashtirilgan. Shuning uchun ham taqirli tuproqlar dexqonchilik jihatidan
respublikamizdagi juda istiqbolli territoriyalar xisoblanadi.
Taqirlar Amudaryoning del`tasida, ko`pincha taqirli tuproqlar joylashgan
massivlari har erda orol ko`rinishida uchraydi. Taqirlar Qoraqalpog`iston Ustyurti va
Qizilqumida da ko`plab uchratsa bo`ladi. Taqirlar butun Qoraqalpog`iston
hududida
33 ming gektar maydonni egallaydi. Taqirlar dexqonchilik jihatidan o`zlashtirishga
juda qiyin uchastkalar.
Tuproq yaxshi rivojlanmagan qumlar va qum massivlari respublikamizda 2 mln.
164 ming gektar maydonni egallaydi. Ularning ko`pchilik bo`limi Qoraqalpog`iston
Qizilqumiga to`g`ri keladi. Amudaryoning del`tasi va Qoraqalpog`iston Ustyurtida
bo`lsa ular faqat har er har erdagina qum massivlarini paydo etadi.
Qoraqalpog`istonda sho`rxoklar uning barcha hududida uchraydi. Sho`rxoklar
Qoraqalpog`iston Ustyurtida, ayniqsa botiqlar bilan botiqlarning tagida xarakterli.
Qoraqalpog`iston Qizilqumida bo`lsa, u ko`pincha Orol dengizi sohilidagi doirada
uchraydi.
Sho`rxoklar odatda Amudaryoning del`tasidagi tuproqlarning barcha turlarining
ichida, lekin juda kishik masshtabda uchraydi. Sho`rxoklar butun Qoraqalpog`iston er
fonnining 4,7% egallab, 635 000 ga maydonni o`z ichiga oladi.
Egallagan maydoni bo`yicha bizning respublikamizda sur-qo`ng`ir tuproqlar
birinchi o`rinda turadi. Bu turdagi tuproqlar orol ko`rinishida qadimgi qoldiq tog`
hisoblanuvchi Sulton Uvays tog`i, Beltov, Qusxanatov, Qiziljar, Qirantov
ustyurtliklarida uchraydi. Ularning keng masshtabda tarqalishi Qoraqalpog`iston
Ustyurtiga xarakterli.
Sur-qo`ng`ir tuproqlar
Qoraqalpog`iston Ustyurtining
Orol dengizi sohilidagi
shimoldan janubga 150 km, Orol dengizidan g`arbga qarab 200 km ga cho`zilgan
doirada va barcha botiqlar bilan botiqlarning yonbag`irlarida, Qorabovur, janubiy
1
Dostları ilə paylaş: