Ma`ruza №8
Qoraqalpog`istonni tabiiy-geografik rayonlashtirish. Ustyurt okrugi.
Reja:
1. Tabiiy-geografik rayonlashtirishning uslubiy masalalari.
2. Ustyurt okrugning geologik tuzilishi va rel`efi.
3. Okrugning iqlimi va iqlim resurslari.
4. Ichki suvlari va suv resurslari.
5. Tuproqlari, o`simliklari va hayvonotlar dunyosi
6. Tabiiy geografik rayonlari.
Kompleks tabiiy-geografik rayonlashtirish-tabiiy
geografiyaning eng muhim
birinchi
darajali
muammolaridan
biri
hisoblanadi.
Tabiiy-geografik
rayonlashtirishning ilmiy jihatdan puxta asoslangan printsipi, uslubi va taksonomik
birligi (sxemasi) faqat ilmiy ahamiyatga ega bo`lishdan tashqari xalq xo`jaligining
turli sohalari uchun xam amaliy ahamiyatga egadir.
Chunki tabiiy boyliklardan
okilona foydalanish, ularni muhofaza qilib, o`zgartirish, xalq xo`jaligini
intensiv
rivojlantirish, xalq xo`jaligi tarmoqlarini ixtisoslashtirish eng avvalo hudud tabiati
ichidagi tafovutlarni har tomonlama va ilmiy jihatdan puxta bilishni taqozo etadi.
Tabiiy-geografik rayonlashtirish bu hududda ma`lum qonuniyat asosida joylashgan
va tabiatda ob`ektiv mavjud bo`lgan, bir-biridan tabiiy
xususiyatlari jihatidan
farqlanadigan har xil tabiiy-hududiy komplekslarni aniqlashdir.
Tabiiy-geografik rayonlashtirishning printsipi bu tabiiy geografik bo`linishning
ob`ektiv
holda
mavjudligiga
qat`iy
rioya
qilishdir.
Tabiiy-geografik
rayonlashtirishning hududiy birlik printsipi, komplekslik printsipi, ob`ektivlik
printsipi, nisbiy bir xillik printsipi, genetik printsipi va boshqa
printsiplari mavjud.
Ma`lum hududni tabiiy-geografik jihatdan rayonlashtirishda
tadqiqotchilar har
xil uslublardan foydalanishlari mumkin. Ularning eng muhimlari: turli xil kartalarni
bir-biriga taqqoslash uslubi; landshaft va tipologik komplekslar-kartalaridan regional
birliklarni aniqlash uslubi; xarakterli landshaft komplekslarining ustunlik uslubi;
kartografik uslub; tabiiy geografik birliklarni bevosita dalada (joyda) aniqlash uslubi.
Tabiiy-geografik
rayonlashtirishning
yana
bir
muhim
tomoni
bu
rayonlashtirishning taksonomik birliklari chizmasidir. Shu vaqtgacha O`zbekiston
hududini raionlashtirishning xamma qabul qilgan yagona taksonomik birligi yo`q.
Vaholanki Turkiston, jumladan O`zbekiston, Qoraqalpog`iston hududini tabiiy-
geografik rayonlashtirish bilan L.S.Berg (1913), S.I.Abolan (1929), V.M.Chetirkin
(1944), E.M.Murzaev (1953,1958), P.S.Makeev (1956), L.N.Babushkin, N.A.Kogay
(1964) J.Matmuratov, e.K.Umarov shug`ullanganlar va o`z
taksonomik birliklarini
tavsiya etganlar.
Biz Qoraqalpog`iston hududini tabiiy-geografik rayonlashtirishda uni o`rta
umumta`lim maktablar dasturiga yaqinlashtirish va talabalarga qulaylik tug`dirish
maqsadida quyidagi rayonlashtirish tizimini qo`lladik: okrug–rayon–landshaft.
Ma`lumki, Qoraqalpog`iston hududining asosiy qismi Turon tabiiy geografik
provintsiyasiga, faqat Ustyurt platosi esa Markaziy Kozog`iston provintsiyasiga
kiradi. Demak Qoraqalpog`iston hududi Turon
provintsiyasining bir qismi
hisoblanib, tabiiy komplekslari unsurlarining farqi uning tekislik qismida yaqqol
ko`zga tashlanadi.
Har bir tabiiy geografik o`lka o`z navbatida bir-birdan geologiq geomorfologik
xususiyatlari, orografik va gipsometrik sharoitlari va boshqa tabiiy unsurlari jihatidan
farqlanuvchi yirik tabiiy hududiy komplekslarga- okruglarga bo`linadi.
Qoraqalpog`iston Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum
va Orol kabi okruglariga
bo`linadi.
Okrug o`z navbatida geomorfologik va iqlimiy xususiyatlari jihatidan bir-biridan
farq qiladigan, o`ziga xos tuproq va o`simlik turlariga ega bo`lgan kichik tabiiy-
hududiy komplekslarga, rayonlarga bo`linadi. Rayonlar esa o`z
navbatida yana ham
kichik tabiiy-hududiy komplekslar-landshaftlarga ajraladi. Landshaftlarni ajratishda
biz asosan rel`efning genetik xususiyatlariga va tuproq-o`simlik turlariga e`tibor
berdik.
Dostları ilə paylaş: