Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

USTYuRT OKRUGI 
Ustyurt okrugi O`zbekistonning eng shimoli-g`arbiy qismida joylashib, shimolda 
va g`arbda Qozog`iston
bilan, janubda Turkmaniston bilan, sharqda esa Quyi 
Amudaryo okrugi va Orol dengizi bilan chegaralanadi. 
Ustyurt arid-denudatsion plato hisoblanib, mutlaq balandligi 100-200 m atrofida 
bo`lib, atrofi chinklar bilan o`ralgan. Chinklar atrofga ko`plab jarliklar bilan 
parchalangan. Sharqiy chinklari Orol dengizi qirg`oqlaridan 190 m baland. 
Ustyurt platosi geologik tuzilishi jihatidan zpipaleozoy plitasining bir qismi 
hisoblanib, negizi paleozoy yotkiziqlaridan iborat bo`lib, ustini qalin 3-4,5 km 
mezozoy va kaynozoy davrining cho`kindi jinslari qoplab olgan. Bu jinslar asosan 
sarmat va neogon ohaktoshlari, mergellari, gillaridan iborat bo`lib, oralarida tuz 
qatlamlari ham uchraydi. Plato mezozoy erasida sodir bo`lgan kimmeriy 
burmalanishida vujudga kelgan deb faraz qilinadi. Atrofidagi chinklar esa tektonik 
jarayonlar (uzilmalar), Orolning abrazion faoliyati va qadimgi daryo eroziyasi 
natijasida hosil bo`lgan. 
Ustyurt okrugida kenglik bo`yicha yo`nalgan bir necha strukturalar mavjud. 
Platoning shimoliy qismida Shimoliy Usyurt bukilmasi, uning janubida Kassarma 
ko`tarilmasi, undan janubroqda Borsakelmas botig`i (bu erda negizning ustini 3-4,5 
km qalinlikda mezo-kaynozoy jinslar qoplab olgan) joylashgan. Borsakelmas 
botig`ining janubida Markaziy Ustyurt (Qorabovur) ko`tarilmasi, uning janubida esa 
Asakaovdan botig`i joylashgan. 
Ustyurt rel`efi uning tektonik xususiyatlariga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq bo`lib, 
balandliklar antiklinal` burmali mintaqalarga, botiqlar esa bukilgan cho`kmalarga 
to`g`ri keladi. Shu sababli rel`efi jihatidan deyarli kenglik bo`yicha joylashgan beshta 
mintaqaga-uchta botiq va ikkita balandlikka bo`linadi. Okrugning shimolida markazi 
sho`rxoklardan iborat kichik botiqlar joylashgan bo`lib, mutlaq balandliklari 100 m 
atrofida. Bu kichik botiqlar janubga qarab asta-sekin ko`tarilib Kassarma 
balandligiga aylanadi. Bu erlarda kichik kenglik bo`ylab cho`zilgan pasaygan joylar 
bo`lib, ular karst suffozitsion yo`l bilan vujudga kelgan. 
Kassarma balandligining janubida esa Borsakelmas botig`i joylashib, tubi 
sho`rxoklikdan iborat. Bu botiqning tubining mutloq balandligi 65 m bo`lib, atrofiga 


balandlashib 130 m ga etadigan yassi tekislikka aylanadi. Bu yassi tekislikda sho`r 
erlar va karst voronkalari joylashgan. 
Borsakelmas botig`i janubga qarab balandlashib borib, Qorabovur balandligiga 
tutashib ketadi. Qorabovur balandligining usti yassi bo`lib, eng yuqori joyi 286 m ga 
etadi. Qorabovur balandligining janubida esa dengiz sathidan - 27 m pastda turuvchi 
Asakaovdan botig`i joylashgan. Bu botiq, sharqqa qarab davom etib, so`ngra 
Sariqamish botig`iga tutashib ketadi. 
Ustyurt okrugi keskin kontinental iqlim xususiyatiga ega bo`lib, qishi quruq, 
sovuq, qor qoplami yupqa, yozi esa issiq, quruq bo`lib, uzoq davom etadi. Qishda 
Ustyurt okrugi Quyi Amudaryo singari shimoli-sharqiy shamollar ta`sirida bo`lib, 
harorat pasayib ketadi. May oyidan boshlab shimoli-sharqiy shamollar kuchsizlanib, 
shimoldan va shimoli-g`arbdan shamol esa boshlaydi hamda nam olib keladi. 
Sentyabr`` oyidan boshlab yana shimoli-sharqiy shamollar esa boshlaydi va haroratni 
asta-sekin pasayishiga sababchi bo`ladi. 
Ustyurt okrugida yanvarning o`rtacha harorati -11-12°, iyul`niki esa -27-28° 
atrofida o`zgaradi. Qishda ba`zan harorat pasayib, eng past harorat -37° ga, eng 
yuqori harorat +44°ga etadi. 
Ustyurt okrugi ancha shimolda joylashganligi tufayli bahorgi oxirgi sovuq 
tushishning o`rtacha muddati may oyining o`rtalariga (14/V), kuzgi birinchi sovuq 
tushishining o`rtacha muddati esa oktyabr`ning boshlariga (5/X) to`g`ri keladi. 
Binobarin sovuq bo`lmaydigan kunlar jumhuriyat bo`yicha, eng qisqa bo`lib, 153 
kunni tashkil etadi. Okrugda, shuningdek kuzgi birinchi sovuq tushishdan oldingi 
effektiv haroratlarning yig`indisi eng kam bo`lib, 1895° ga etadi, xolos. Ustyurt 
okrugida yillik yog`in miqdori 100-122 m bo`lib, fasllar bo`yicha quyidagicha 
taqsimlangan: qishda 17%, bahorda 34%, yozda 23%, kuzda 26%. Ko`rinib turibdiki, 
eng ko`p yog`in bahorga to`g`ri keladi. Lekin bu okrugda yog`inlar boshqa 
okruglarga nisbatan yozda ham (23%) ko`proq tushadi. Bunga asosiy sabab, okrug-
ning nisbatan shimolda joylashib, g`arbdan va shimoli-g`arbdan esayotgan havo 
massalarining ta`sir ko`shganidir. 
Ustyurt okrugida oqar suv yo`q. Lekin bahorgi namgarchilik vaqtida berk 
botiqlar, pasqamliklar suv bilan to`lib, yozda ular bug`lanib ketadi. Lekin okrugda er 
osti suvlari mavjud bo`lib, ular qum va sarmat hamda paleogen yotqiziqlari orasida 
joylashgan. Ularning chuqurligi 20-50 m atrofida bo`lib, aksariyati sho`r. Sungi 
davrlarda olib borilgan gidrogeologik tadqiqotlardan ma`lum bo`lishicha okrug 
hududida bo`r davri yotqiziqlari orasida oz miqdorda minerallashgan suvlar 
mavjudligi aniqlandi. Okrug hududida er osti suvlarining dinamik miqdori sekundiga 
1,2 kubometrni tashkil etadi. 
Ustyurt okrugi rel`efining ko`p qismi tekis bo`lganligidan umumiy 
maydonining 90 foizi sur-qo`ng`ir tuproqdir. Bu tuproq yupqa bo`lib (50-70 sm 
gacha) undagi chirindi miqdori juda kam (0,5-0,8%). Lekin tuproqda gips miqdori 
ko`p bo`lib, sho`rlashgan (tuzlar miqdori 1,5%). Okrugdagi botiqlarda, xususan 
Borsakelmas botig`ida sho`rxoklar, sho`rxok-botqoqlar mavjud, Asakaovdan 
botig`ida esa taqirli tuproq, taqir-sho`rxok tuproqlar uchraydi. Borsakelmas 
botig`ining shimoliy qismlarida esa qum va qumli tuproqlar mavjud. 
Ustyurt okrugida o`simliklar siyrak o`sib, asosan shuvoq va sho`ralardan iborat. 
Ustyurt gilli va gilli-shag`alli cho`l landshaftidan iborat bo`lib, ular orasida 


sho`rxoklar (botiqlarda) va qumlar (shimolida) xam mavjud. Okrugda shuvoqdardan 
tashqari kirqburun, kovraq qora saksovul, burgan, tetir, sarisazan, iloq kabilar xam 
o`sadi. Botiqlarda asosan bo`yi 3-4 metrga etuvchi qora saksovul, kovraq sarsazan 
o`sadi. Okrugning qolgan qismlarida bahorda efemer va efemeroid o`simliklari 
o`sib, kun isishi bilan ular qurib qoladi, so`ngra shuvoq, burgan, tetir (ertezak), 
sho`ra kabilar o`z vegetatsiyasini davom ettiradi. Qumli erlarda saksovullar, ular
orasida esa iloq o`sadi, 
Ustyurt okrugining hayvonlari cho`lga xos bo`lib jayron, sayg`oq,
bo`ri, tulki, 
yumronqoziq, qo`shoyoq, qumsichqon yashaydi. Okrugda qushlardan to`rg`ay, 
qarg`a, xo`jasavdogar, quzg`un, suvli erlarda o`rdak qirg`ovul kabilar uchraydi. 
Ustyurt okrugida O`zbekiston «Qizil kitobi»ga kirgan va yo`qolish
arafasida 
turgan hayvonlardan katta shomshapalaq qoplon (gepard), Ustyurt Quyi, noyob 
turlardan olako`zan, xind asalxo`ri, qoraquloq, jayron kabilar mavjud. Ustyurtda 
yo`qolish arafasida turgan Ustyurt qoplonini va Ustyurt qo`yini muxofaza ostiga 
olish maqsadida qo`riqxona tashkil etish zarur. Sayg`oq, keng tarqalgan. Ustyurt 
okrugida tabiiy boyliklardan neft` va gaz konlari topildi. Bulardan tashqari er osti 
suvlari, chorva mollar uchun em-xashak o`simliklari (tetir, burgun butasi, shuvoq, 
saksovul va boshqalar) xam mavjud. 
L.N.Babushkin, N.A.Kogay Ustyurt okrugining iqlim va tuproq, o`simlik 
sharoitiga qarab Shimoliy Ustyurt, Markaziy Ustyurt, Janubiy Ustyurt deb uchta 
tabiiy-geografik rayonga bo`ladi. 
I. Shimoliy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni okrugning eng shimoliy, mutloq 
balandligi 150 m bo`lgan qismlarini o`z ichiga oladi. 
Rayon davomli sovuq (yanvarning o`rtacha harorati -9-11°) qish, issiq 
(iyul`ning o`rtacha harorati 26-27°) yoz bilan tavsiflanadi. Bu rayonda vegetatsiyali 
qish kuzatilmaydi. +10° dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi 3660°. 
Oxaktosh va gips jinslari negizida vujudga kelgan qumli sur qo`ng`ir tuproqlarda 
bo`lgan, bayalich, shuvoq kabi o`simliklar o`sadi. 
Shimoliy Ustyurt rayoni quyidagi landshaftlarga bo`linadi: 
1.
Rayon hududining 90 foizini egallagan, uning shimoliy qismida joylashgan 
burgan-bayalich formatsiyasi mavjud bo`lgan qumoq, va qumli sur-qo`ng`ir tuproqli 
neogen platolar landshafti. 
2.
Burgan o`suvchi sho`rxok sur-qo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. 
3.
Sarisazan o`suvchi sho`rxokli mezo-kaynazoy negizli berk (Jarinquduq 
botig`i) botiq, landshafti. 
4.
Burgan bilan qoplangan sur-qo`ng`ir tuproqli (Ustyurtning sharqiy chinklari) 
chink landshafti. 
II. Markaziy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni okrugning markaziy qismidagi past 
mutloq balandligi 71 m (asosan Borsakelmas botig`ini) va undan baland (150 m 
gacha) bo`lgan joylarni o`z ichiga oladi. 
Rayon iqlimiy xususiyatiga ko`ra Shimoliy Ustyurtdan kam farq qiladi.
Asosiy tuprog`i sur-qo`ng`ir tuproq bo`lib, botiqlarida esa sho`rxoklar keng 
tarqalgan, binobarin, asosiy o`simligi sho`ralar va burgandir. 
Rayon quyidagi landshaftlarga bo`linadi: 
1.
Rayoning eng g`arbiy qismida joylashgan burgan o`suvchi qumoq, sur-
qo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. 


2.
Rayonning janubiy qismida o`rnashgan burgan bilan band bo`lgan 
sho`rlashgan sur-qo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. 
3.
Borsakelmas botig`ining shimoli-g`arbida va g`arbida joylashgan burgan 
o`suvchi sho`rlashgan sur-qo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. 
4.
Borsakelmas botig`ining shimoliy qismidagi eol qumliklardan iborat bo`lib, 
oq saksovul o`suvchi neogen platolar landshafti. 
5.
Borsakelmas botig`ining markaziy qismidagi sho`rxok va botqoqlar 
landshafti. 
III. Janubiy Ustyurt tabiiy-geografik rayoni okrugning janubiy qismida 
joylashgan. Qorabovur platosini, Asakaovdan botig`ini va uning janubidagi 
Koplonqir platosining bir qismini hamda Sariqamish botig`ining shimoli-g`arbiy 
qismini o`z ichiga oladi. 
Rayon iqlimiy sharoitiga ko`ra birinchi va ikkinchi rayonga nisbatan 
yumshoqroq qish (yanvarning o`rtacha harorati - 6,0°), issiq (iyul`ning o`rtacha 
harorati 28,5°) va quruq yoz bilan tavsiflanadi. +10° dan yuqori bo`lgan kunlardagi 
haroratning yig`indisi
4600°, vaholanki, bu ko`rsatkich birinchi rayonda 3660°, 
ikkinchi rayonda 3700° ni tashkil etadi. 
Rayonda quyidagi landshaft turlari mavjud: 
1.
Rayonning shimolidagi burgan o`suvchi sho`rlashgan sur-qo`ng`ir tuproqli 
balandlik (Qorabovur balandligi) landshafti. 
2.
Sho`rlashgan taqir tuproqli qora saksovul o`suvchi botiq (Asakaovdan botig`i 
) landshafti. 
3.
Asakaovdan botig`i ning janubidagi Qoplonqir platosining burgan o`suvchi 
sho`rtang sur-qo`ng`ir tuproqli neogen platolar landshafti. 
4.
Asakaovdan botig`i bilan Sariqamish botig`i orasida joylashgan oq saksovul 
o`suvchi eol qumliklar landshafti. 
5.
Sariqamish botig`ida joylashgan sarisazan o`suvchi sho`rxokli berk botiq, 
landshafti.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin