Дузлылы2ыны4 81м патасланы7 д1режесини4 жо3арылы2ына байланыслы, бул т6рдеги су7лары толы2ы менен усы ма3сетке пайдаланы7 м6мк



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#162888
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
qoraqalpogiston tabiiy geografiyasi

Абдреймов Т.А. 
Экология птиц тугайных ландшафтов Низовьев Амударьи. Автореферат. 
Ташкент, 1972. 
2
Сагитов Н.И. 
Рыбы и кормовые безпозвоночные среднего и нижнего течения Амударьи. 
Ташкент, «Фан», 1983. 


oqqutan va b.), suv tovuqlarining 5 turi, eshkakoyoqlilarning 4 turi (buyrabosh va 
qizg`ish birqozon, katta va kichik qoraboylar va b.), chag`alalarning 12 turi (oddiy 
chag`ala, ko`l chag`ala, oqqanotli, qora, daryo va kichik krachkalar va b.), yirtqish 
qushlarning 27 turi (qirg`iy, choyqush, quladan va b.) va chumchuqsimonlar 
otryadining 81 turi (qora va ola qarg`a, qamish sariq chumchug`i, qamish sinitsasi va 
b.) uchraydi.
1
Qamishzorlarda sut emizuvchilardan shoqol, bo`ri, to`qay mushugi va yovvoyi 
cho`chqalar uchraydi. 
Qoraqalpog`istonning del`ta bo`limidagi ko`llar bilan qamishzorlarda keyingi 
vaqtlarda ondatra ko`p uchraydi, u sifatli teri beradi. 
Qoraqalpog`iston Qizilqumida er-suv hayvonlaridan faqatgina yashil baqa 
uchraydi. Sudralib yuruvchilardan dala agamasi, dumaloq taqir kaltakesagi, chipor va 
kichik kaltakesaklar, qum iloni, oq ilon, kichik qum udavi, dala toshbaqasi yashaydi. 
Qushlardan Qizilqum uchun baliqchilar otryadining vakili yilqichi, bulduriq, 
kaptarlardan ko`k kaptar, yirtqich qushlardan: burgut, qumay, chumchuqsimonlar: 
saksovul soykasi, quzg`un, cho`l qarg`asi, saksovul chumchug`i xarakterli. Bu 
biotopga sut emizuvchilardan Qizilqum arxari, kiyik (jayron), oq kiyik (sayg`oq), 
bo`ri, quyon, katta va qum sichqonlari, chipor va sassiq kuzan, qum mushugi va 
qarsaq uchraydi. 
Qoraqalpog`iston Ustyurtining ko`pchilik hududida sudralib yuruvchilardan: 
jala agamasi, Kaspiy yalang`och barmoqli gekkon, shitomordnik, ilon va cho`l 
toshbaqasi yashaydi. Bu biotopda qushlar to`pini va soni bo`yicha ko`proq Ustyurt 
chinkining jarlarida uchratamiz. Ulardan tovuqsimonlarga kaklik, kaptarlardan ko`k 
kaptar, bulduruqlardan sadja, Qorabovur va oqbovur bulduruqlar, yirtqich qushlardan 
burgut, itolg`i, oqsar, qoraqish, qumay, chumchuqsimonlardan: quzg`un, qarg`a, 
poshsha to`rg`ay ko`p uchraydi. Qoraqalpog`iston Ustyurtida sut emizuvchilardan: 
Ustyurt arxari, kiyik, oq kiyik, laska, gepart, qarsaq, medoed, qo`yon, katta va qum 
sichqoni, katta va kichik qo`shoyoq sichqonlar va bo`ri xarakterli. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin