Ilonbaliq
– ilonbosh balig`i Amudaryo va Sirdaryo basseynlaridagi suvlarda
(ko`llarda, zaxkash-kollektorlarda va daryo suvlarida) keyingi 20-25 yil ichida keng
tarqalib ketgan yirtqich baliqlardan biri.
Tolstolobik, oq amur va ilonbaliq Qoraqalpog`iston sharoitiga tez moslashgan,
hozirgi vaqtda uning suvlarida (daryo, ko`llar, zaxkash-kollektorlar) ko`p
uchraydigan va ko`proq ovlanadigan baliqlardan.
Qoraqalpog`iston o`simligi va xayvonot dunyosiga resurs sifatida baho
berganimizda,
birinchi
navbatda
respublikamizning
asosiy
bo`limining
(Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan Qizilqumi, Amudaryoning hozirgi zamon
del`tasining ko`pchilik territoriyasi) yaylov ekanligini nazarda tutishimiz kerak.
Albatda shu jihatdan Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan Qizilqumi daryo del`tasidan
farq qiladi. Masalan Qoraqalpog`iston Ustyurti xalq xo`jaligida, birinchi navbatda
yaylov sifatida ahamiyatli ekanligini nazarda tutsak, albatda uning cho`l iqlimi
sharoitida yaylov o`simliklarining uncha unumdor emasligi va Ustyurtning keskin
iqlimining (ayniqsa qishda) territoriyada chorvachilikni rivojlantirishda bir qancha
qiyinchilik tug`dirishini unutmaslik kerak. Lekin Qoraqalpog`iston Ustyurtining
yaylov jihatidan imkoniyati ko`p, u hozirgi vaqtda to`liq foydolanilmayapdi. Asosiy
em-xashak hisoblanuvchi o`simliklar tabiiy sharoitda o`sib rivojlanmoqda, hech
qanday iqtisodiy sarfni talab qilmaydi. Lekin yaylovning unumdorligini oshirish
uchun ma`lum darajada agrotexnik ilojlar ishlanib, yaylov fondinig sifatli em-xashak
bilan boyishiga sharoit tug`dirishimiz kerak.
Albatta, Qoraqalpog`iston Ustyurti bilan Qizilqumda yaylovlarni effektiv
foydalanishda, birinchi navbatda ularni suvlandirishga ishlariga e`tibor berishimiz
kerak. U respublikamizda qo`y-echki va tuyachilik xo`jaliklarini rivojlantirishga
asosiy baza bo`la oladi.
Amudaryo del`tasidagi yaylovlar o`simliklarining soni, sifati va unumdorligi
bo`yicha boshqacharoq. Ularning orasida qishki oziq-ovqat zaxirasini to`plash
maqsadida em-xashak o`rib-yig`ib olinadigan maydonlar juda ko`p. Yaylovning suv
bilan ta`minlanishi ham yaxshi. Yaylovlar ayniqsa yirik shoxli qoramollar va
yilqichilik xo`jaliklarining rivojlanishi uchun qulay. Albatda qaysi turdagi yaylovlar
bo`lmasin, ularni yaylov maqsadida foydalanishning ilmiy asosda ishlanib chiqilgan
sistemasiga ega bo`lishimiz kerak. Shu bilan birga, ayniqsa Amudaryo del`tasidagi
yaylovlar, zarur bo`lsa, tegishli agrotexnik ilojlardan so`ng dexqonchilik uchun
o`zlashtirilishi mumkin bo`lgan zaxira erlar ekanligini unutmasligimiz kerak.
Keyingi yillarda Amudaryoning quyi bo`limida borgan sari suv resurslarining
kamligi dexqonchilik sistemasida ayrim o`zgarishlarni ishlashni talab etadi. Masalan
bo`yan o`simligi chorvachilikda baholi, sifatli em-xashak bo`lish bilan bir qatorda
uning ildizi (tomiri) meditsinada qimmatbaho dori olish uchun foydalaniladi. Shu
jihatidan u iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda respublikamizda
keng tarqalgan paxta, sholi va makkajo`xori kabi ekinlarga qaraganda suvni juda kam
talab qiladi. Haqiyqatan ham bo`yan o`sib turgan erlar respublikamizda (kanal va
ariqlarning yoqalarida, bo`z va qo`riq erlarda) katta maydonni egallaydi. Agarda
uning normal o`sib, rivojlanishiga sharoit tug`dirilsa, bo`yanning tomiridan (dori
olish maqsadida va oziq-ovqat sanoatida ahamiyatli xom ashyo sifatida) va poyasidan
(em-xashak maqsadida) yuqori hosil olishga imkoniyat bizning respublikamiz tabiiy
1
Dostları ilə paylaş: