bir bo`limi atmosferada sochiladi va ushlanib qoladi. Shuning uchun ham quyosh
radiatsiyasining er betiga kelib etishida atmosferadagi havoning tiniqligi katta rol`
o`ynaydi. Bulutlilik Qoraqalpog`istonning barcha erlarida yil davomida birdek emas.
Masalan, «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyasida
quyoshli soatlarning
o`rtacha soni iyun` oyida 350, Taxiatoshta 359, Chimboyda 370, dekabr`da bo`lsa
«Qoraqalpog`iston» uchun 97, Taxiatosh uchun 106, Chimboy uchun 107. Bu
ma`lumotlarning o`rtacha yillik hisobi «Qoraqalpog`istonda» 2794, Taxiatoshta 2937
va Chimboyda 2927 soatni tashkil qiladi.
Lekin respublikamizdagi kuzatiladigan bulutlilikning ob-havoning ochiqligiga
ta`siri kuchli, yuqoridagi meteorologik stantsiyalar uchun berilgan quyoshli
soatlarning soniga qaraganda, iyun` oyida faqat ularning 77-85% i, dekabr`da 37-
41% i, o`rtacha bir yil ichida 65-71% ini ko`ramiz.
Natijada, bulutli kunlar er betiga to`g`ri tushuvchi
quyosh radiatsiyasining
kamayishi, sochilib tushishi quyosh radiatsiyasining ko`payishiga sabab bo`ladi.
quyosh radiatsiyasining bir bo`limining atmosferaning o`zidayoq tutilib qolishiga
sabab bo`ladi. er beti va atmosferaning quyi qatlamining temperaturasining
yuqorilashida er betiga to`g`ri keluvchi quyosh radiatsiyasi juda ahamiyatli.
Taxiatosh va «Qoraqalpog`iston» meteorologik stantsiyalarining ma`lumoti bo`yicha
Qoraqalpog`iston territoriyasi iyun` oyida er betiga to`g`ri tushuvchi quyash
radiatsiyasi summasining 68-80% ni, dekabr`da bo`lsa faqat 32-39% ni qabul qiladi.
erge keluvchi quyosh radiatsiyasi bo`yicha berilgan ma`lumotlarni shu meteorologik
stantsiyaning turgan joyidan radiusi 50-100 kilometr uzoqlikdagi territoriyalarga ham
amaliy ko`z qarashdan foydalansa bo`ladi. Lekin u erdagi atmosferaning tiniqligi shu
meteorologik stantsiyadagiga o`xshash bo`lishi kerak.
er betiga to`g`ri tushishga imkoniyati bor quyosh radiatsiyasini o`rtacha bir
yillik miqdorini hisoblaganimizda, 62-68% dan ortmaydi. Respublikamizning har bir
kvadrat santimetr gorizontal eri beti o`rtacha tushuvchi
quyosh radiatsiyasidan har
yili 90000-110000, sochilib tushuvchi quyosh radiatsiyasidan 48000-50000 kaloriya
oladi degan so`z. U issiqlikni ko`proq talab etuvchi o`simliklarning o`sishi va
rivojlanishi uchun sharoit tug`diradi. Shuningdek, Qoraqalpog`istonning yozda
quyosh
nurining tik tushishi, quyosh tushuvchi soatlarning ko`pligi va havoning
bulutsiz bo`lishi uni qish oylari bilan solishtirganda quyosh radiatsiyasini 7-8 marta
ko`proq qabul qiladi. Shuning uchun Qoraqalpog`istonda radiatsiya balansi yilning
barcha oylarida birdek emas. Radiatsiya balansining yuqori ko`rsatkichlari yoz
oylariga to`g`ri keladi, uning ko`rsatkichlari bilan qish mavsumi xarakterlanadi.
Lekin Qoraqalpog`istonning ko`pchilik territoriyasi o`rtacha
yil davomida ijobiy
(polojitel`niy) balansga ega. Masalan, Taxiatosh meteorologik stantsiyasining
ma`lumoti bo`yicha radiatsiya balansi iyun`da 9500 kaloriya santimetr kvadrat,
dekabr`da 200 kaloriya santimetr kvadrat, o`rtacha bir yillik radiatsiya balansi 56300
kaloriya santimetr kvadratga teng.
Aksincha, respublikamizning eng shimoliy rayonlari alohida o`rinni egallaydi.
Sababi yilning eng sovuq oylari hisoblanuvchi dekabr` va yanvar`da bu
territoriyalarga quyosh radiatsiyasidan keluvchi issiqliq energiyasi erdan havoga
chiquvchi energiya miqdoridan bir qancha kam.
Bunday sharoitda, dekabr` va
yanvar` oylarining radiatsiya balansi salbiy (otritsatel`niy) bo`ladi. Masalan,
Qoraqalpog`istondagi eng sovuq mavsumi bilan xarakterlanadigan rayonlardan birida