M a t m u r o d o V f. M



Yüklə 4,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/95
tarix20.11.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#163108
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Matmurodov F.M. Ma\'muriy menejment

Nazorat savollari
1. Vertikal markazsizlashtirishni qanday amalga oshirish mumkin?
2. Joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini sanang.
3. Shartnomaviy boshqaruv yoki tartibga solishning almashtirish jarayoni 
deganda nimani tushunasiz?
4. O 'zR Prezidentining farmonlari, qarorlari, hukumat va Toshkent sha­
har hokimining qarorlarining bajarilish tartibini bayon qiling.
5. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga qay tariqa buyurtma beriladi?
6. Aksiyadoriik birlashmalari aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi 
ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini bayon eting.
7. Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlami muvofiqlashti­
rish tartibini hikoya qiling.
71


3-bob. M A ’M U R IY P E R SO N A L M E N E J M E N T I
3.1. 
Yuqori turuvchi rahbar m a s’ulligi, xodimlarni boshqarishda
o ‘z - o ‘zini baholash va m uzokaralar samarasini oshirishning
uslublari
1. Tashkilot (xoh u davlat yoki tijorat bo‘lsin)ning barcha masalalarini
yechishda yuqori turuvchi rahbar m as’ulligi. 
Rahbar faoliyatining asosiy 
mazmuni boshqaruvning har bir funksiyasini (rejalashtirish, tashkil etish, 
asoslash va nazorat) bajarishdir. Tashkilot ichki boshqaruvining barcha 
pog'onalari 3 ga bo'linadi:
1. Boshqaruvning institutsional darajasi.
2. Boshqaruvchi daraja.
3. Texnikaviy daraja.
Tashkilot boshqaruvining institutsional darajasi boshqalardan farqli 
o ‘laroq kam uchraydi. Eng ko‘p tarqalganlariga misol qilib boshqaruvning 
eng yuqori bo‘g‘iniga prezident, vitse-prezident, kom paniya ta ’sischilar 
kengashining raisi hisoblanadi. Davlat doirasida — vazir, armiyada esa general 
va hokazo.
0 ‘rta bo ‘g‘in asosan yo‘naltirish va xodimlar ishini nazorat qilishda ish­
tirok etib, yuqori turuvchi bo‘g‘inga hisobot beradi. Quyi turuvchi boshqaruv- 
da ishlab chiqarish masalalari ustidan nazorat qilinadi. Bu bo‘g ‘in asosan 
bevosita ishchi va malakasiz ishchi kuchi vakillarini boshqaradi.
Psixologiyada “ masalani hal qilish” 3 xil bo'ladi:
1. Masalaning a’lo rejasi.
2. Masalani ijro etish jarayoni.
3. Natija.
Boshqaruv masalalari o'ziga xos xususiyatlarga ega:
tuzilishi va mazmuniga qarab, adabiyotlarda keltirilgan masalalardan 
farq qiladi;
• ba’zan noaniq, ba’zan mutlaqo qarama-qarshi sharoitlarga ega;
• aniq algoritmik yechimga ega emas, faqat tajriba, intuitsiya va evris- 
tika bilan hal qilinadi;
• vaqt tig'iz paytida hal qilinadi;
• asosan inson omiliga bog'liq.
Boshqaruv nazariyasida boshqaruv masalalarining 3 asosiy turi mavjud:
1. Konsepsual, ya’ni uzoq istiqbolli rejalashtirish, oldindan prognoz qilish.
2. Texnika-texnologiya bilan bog‘liq, masalan, yangi texnikani yaratish 
va ishga tushirish.
72


3. 
In so n omili bilan bog'liq masalalar, kadrlami qayta tatbiq etish, tashki- 
lotda n o rm al psixologik muhit yaratish, tarbiyaviy masalalar.
Boshqaruv masalalarini ko'rib chiqishda ularni tasniflab, quyidagicha 
kriteriyalarga ajratish mumkin:
1. Asosiy kriteriya - bunga ko'ra tashkilotchi hal qilishi lozim bo'lgan 
masalalar:
a) ju d a m uhim ;
b) kam ahamiyatli masalalarga bo'linadi.
B unda vaqt o'tishi bilan juda muhim masalalar, kam ahamiyatliga ay- 
lanib qolishi mumkin yoki aksincha.
2. V aqtning kriteriyasi — bunga ko'ra boshqaruv masalalari kelajak va 
hozirgi, m avjud masalalarga bo'linadi va juda muhim omil hisoblanadi. 
Barcha rahbarlar jiddiy qaramoqlari lozim, chunki bunda tashkilot asosiy 
funksiyalarini amalga oshirish maqsadi o'matiladi.
3. M asalani ijro etish — bunga ko 'ra barcha m asalalar hal qilinsa 
bo'ladigan va hal qilinmaydigan masalalarga bo'linadi.
4. Rahbarlarning masalani to'g'ri bilishi — bunga ko'ra boshqaruv m a­
salalari ikkiga:
a) rahbar vakolatiga kiruvchi;
b) vakolati bo'lmagan masalalarga bo'linadi.
5. M asalani hal qilish darajasi — bunga ko'ra barcha boshqaruv masa­
lalari oson va murakkab bo'ladi. Murakkab masalalarga strategik rejalash- 
tirish, tashkil etish, prognozlash kiradi. Osonlariga texnika masalalari, texnika 
xavfsizligi, mavjud ishlab chiqarish masalalari kiradi.
Rahbar masalalari haqida o'ylarini yig'ib: a) qaysi biri tezda va albatta 
hal qilnishi; b) istisno holatlarda hal qilinmasa ham bo'ladigan; d) e ’tibor 
bermasa ham bo'ladigan kabi turlaiga bo'lib olinadi. Bu narsa asosan o'sha 
damda rahbar ixtiyoridagi masalalar hajmi va ko'lam i, darajasiga qarab hal 
qilinadi. Rahbarlar uchun masalalar muhimligi darajasi aniq bo'lishi kerak, 
shunda maqsadga muvofiq bo'ladi.
Shunday qilib, rahbarlar faoliyatida 2 qarama-qarshi tendensiya (ammo 
amaliyotda bir-birini to'ldiradigan) vujudga keladi:
1. Ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog'liq barcha masalalami muhim 
deb olish.
2. Barcha mavjud masalalardan eng muhimlarini tanlash. Bunda har 
bir bo'g'in uchun har xil masalalar aktual yoki aktual bo'lmasligi mumkin.
Murakkab boshqaruv masalalarini ko'pincha birdan hal qilishga to'g'ri 
keladi, masalan, huquqiy kadrlarga oid. Bunda rahbar qiyinchiliklariga duch 
kelib xato qilishi mumkin. Masalani hal qilishda noto'g'ri strategiyani tan ­
lash ko'pincha masalaga yetarlicha baho berolmaslik yoki aksincha ortiqcha 
ahamiyat berish sababli bo'ladi. Qiynchilik va muammolarni bila turib ham 
ko'pincha rahbar ularni hal qilish uchun ko'p vaqt ketkazishi mumkin. Qi- 
yinchiliklarni hal qilishda muhim bir psixologik xususiyatni ko'rsatishi lo­
zim, ya’ni rahbar o'zi ish davomida hal qilishi mumkin bo'lgan muammo-
73


larni aktual deb hisoblam aydi va bu uning uchun m uam mo emas. Yuqori- 
daailardan kelib chiqqan h o l^ a masalani hal qilishda qiymchihkni bartaraf 
qilish uchun bunga sharoit y f a t i s h kerak 
.

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin