M a t m u r o d o V f. M


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklaming qarorlari



Yüklə 4,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/95
tarix20.11.2023
ölçüsü4,67 Mb.
#163108
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95
Matmurodov F.M. Ma\'muriy menejment

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklaming qarorlari
bilan. Bunda, ularning hududiy va qaramog'idagi bo'Iinmalar uchun chek­
langan umumiy soni davlat va xo'jalik boshqaruvi organining umumiy chek­
langan soniga qo'shiladi;
— hukumatning tegishli qarorisiz tashkil qilingan xo'jalik boshqaruvi
oiganlari (mustaqil ravishda) uchun va davlat mulki ulushi qatnashgan xo'jalik
subyektlari, korxonalari va unitar davlat korxonalari uchun — xo'jalik
boshqaruvining yuqori organlari va (yoki) xo'jalik subyektining yuqori
boshqaruv oigani tomonidan.
Xodimlarning cheklangan umumiy soni boshqaruv xodimlarini, korxo­
naning asosiy (ishlab chiqarish) xodimlarini, texnik va xizmat ko'rsatuvchi
xodimlami (yordamchi xodimlar) o'z ichiga oladi;
d) 
boshqaruv xodimlari — taqsimlovchi funksiyalami bajaruvchi, xodim-
larga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlami ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi,
89


korxona, tashkilot va muassasalar faoliyati jarayonlarini rejalashtiruvchi, 
nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi ishchilar. Boshqaruv xodimlari korxo­
na, tashkilot va muassasaning oldiga qo‘yilgan maqsadlar va vazifalariga 
erishish uchun zarur tashkiliy-texnik sharoitlarni hamda belgilangan funk­
siyalar va ishlab chiqarish dasturlarining bajarilishini ta ’minlaydi;
e) rahbarlar (m a’muriy-boshqaruv xodimlari) — m e’yoriy hujjatlarga 
muvofiq (nizomlar, ustavlar, ichki tartib qoidalari) m a’muriylashtirish funk- 
siyalari, korxona, tashkilot va muassasa nomidan harakatlanish, taqsimlash 
huquqlariga va vakolatlariga (m a ’m uriy funksiyalar) ega b o ‘lgan, 
qaram og‘idagi (bo‘ysunishidagi) xodim larga rahbarlik qiluvchi (ishlab 
chiqarishga oid bo'lgan topshiriqlarni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga 
qo‘yish), korxona, tashkilot va muassasaning, shuningdek, bo‘linmalarning 
faoliyatini tashki! qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi, farmoyishlarni, top- 
shiriqlaming bajarilishi ustidan nazorat olib boruvchi korxona, tashkilot, 
muassasalar boshqaruv xodimlarining bir qismi. M a’muriy-boshqaruv xo- 
dimlariga quyidagilar kiradi: korxonalar, tashkilotlar va muassasalaming 
rahbarlari va ularning o ‘rinbosarlari; tarkibiy bo ‘linmalarning (mustaqil 
boshqarmalar va bo'lim lar, sexlar, shoxobchalar, vakolatxonalar) rahbarlari 
va ularning o‘rinbosarlari, bosh muhandislar, bosh buxgalterlar va ularning 
o‘rinbosarlari, diskretsion vakolatlarga ega bo‘lgan (ya’ni o ‘z xohishiga binoan 
harakatlanish huquqi berilgan) bosh menejerlar, ishlab chiqarish uchastka­
larining masterlari (o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish uchast- 
kalari masterlaridan tashqari) va boshqalar;
f) boshqaruv xodimlari mutaxassislari — asosiy bajaradigan funksiyasiga 
boshqariladigan obyekt to ‘g ‘risidagi axborotlami tayyorlash va tahlil qilish, 
boshqaruv obyektining berilgan parametrlarini ta ’minlash bo‘yicha qaror- 
larni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, texnologik jarayonlarni tashkil q i­
lish, smeta-moliya materiallarini tayyorlash va boshqa funksiyalar kiruvchi 
boshqaruv xodimlarining bir qismi. Boshqaruv xodimlari mutaxassislari 
taqsimlash vakolatlariga, shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalar- 
ning nomidan harakatlanish huquqlariga ega emaslar. Alohida holatlarda 
boshqaruv xodimlar mutaxassisiga o ‘zidan past toifadagi mutaxassisga rah ­
barlik qilish vakolatlari berilishi mumkin;
h) korxonaning asosiy (ishlab chiqarish) xodimlari — bevosita ishlab 
chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi, korxonaning iqtisodiy faoliyat turlari 
tasnifligichiga mos keluvchi asosiy mahsulotlarni (xizmatlar) ishlab chiqa­
rish bo'yicha funksiyalarni, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish uchun 
ishlab chiqarish dasturida belgilangan yo‘ldosh mahsulotlarni (xizmatlar) 
ishlab chiqarish bo‘yicha funksiyalarni bajaruvchi ishchilar. Asosiy xodim ­
larga boshqaruv xodimlar qatoriga tegishli boMmagan muhandislar va texnik­
lar, bevosita ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi ishchilar, kichik 
mutaxassislar va boshqa ishchilar kiradi;
i) korxonalar, tashkilotlar va muassasalaming yordamchi xodimlari — 
o ‘z ichiga boshqaruv xodimlarining faoliyatni ta’minlash funksiyasini amalga
90


oshiruvchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni oladi. Texnik va xiz­
mat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlarining ro‘yxati M ehnat va aholini ijti- 
moiy muhofaza qilish vazirligi tom onidan tasdiqlangan boshqaruv, xizmat 
ko'rsatish va texnik xodimlar lavozimlari ro ‘yxatiga binoan belgilanadi;
j) korxona, tashkilot va muassasaning texnik xodimlari — bu funksiyasi 
boshqaruv xodimlarining faoliyatini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko'rsatish 
bo‘yicha ishlami bajarishdan iborat bo‘lgan xodimlardir (bosma, ko'paytirish 
va arxiv ishlari, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompyuter texni- 
kasiga xizmat ko‘rsatish, kanselyariya, kotiblik va boshqa ishlar);
k) korxona, tashkilot va muassasaning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari — 
bu funksiyasiga binolar va hududlarga texnik va xo'jalik xizmatini ko‘rsatish, 
ulami muhofaza qilish, boshqaruv xodimlariga transport xizmatini ko‘rsatish,
I
shuningdek, korxona, tashkilot, muassasalarning boshqaruv va asosiy (ish­
lab chiqarish) xodimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa ishlar, jumla- 
dan, ijtimoiy-maishiy xizmatlar qiluvchi xodimlar kiradi;
1) ishchilar soni normasi — davlat va xo'jalik boshqaruvchi organlarining 

aniq maqsadlari, vazifalari va funksiyalarini hamda korxonaning ishlab chiqa- 
rish dasturlarini amalga oshirish uchun ishchilar uchun belgilangan son;
m) boshqaruv normasi — bevosita bitta rahbarga bo'ysunadigan ishchi- 
larning maqbul soni. Korxona, tashkilot va muassasalarning yuqori rahbar­
lik tarkibi uchun — boshqariluv normasi bevosita rahbarga bo'ysunadigan 
tarkibiy bo'linmalarning maqbul sonini belgilaydi; 

n) namunaviy shtatlar — tashkilotlar, muassasalar va korxonalarning 

maqsadlari, vazifalari, funksiyalari va ishlab chiqarish dasturlarining baja- 
rish uchun kerak bo'lgan sonini ko'rsatgan holda doimiy ishchilarning la- 
vozimlar ro'yxati. Namunaviy shtatlar bir xil yo'nalishni va bir xil turdagi 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning boshqaruv, texnik va xizmat 
ko'rsatuvchi xodimlarning maqbul nisbatlari hisob-kitobidan kelib chiqqan 
holda ishlab chiqiladi. Bunda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining va 
xizmat ko'rsatuvchi xodimlar lavozimlarining jadvalda belgilangan norma- 
tivlar va shartlardan kelib chiqqan holda kiritish tavsiya etiladi;
o) shtat jadvali — mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tas­
diqlangan bir xil lavozimlar va lavozimi maoshlari miqdorini ko'rsatgan holda 
doimiy ishchilarning lavozimlar nomi. Shtat jadvali korxonalar, tashkilot­
lar va m uassasalar tarkibiy b o 'lin m alarin in g lavozim larining tegishli 
|
toifalardagi ishchilar bilan butlash huquqini beradi;

p) xodimlar sonining nisbati — korxonalar, tashkilotlar va muassasalar­
ning boshqaruvchanligini saqlab qolish sharti bilan maqsad vazifalarga eri- 
shish, belgilangan funksiyalami bajarishda boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va 
texnik xodimlarni saqlash uchun eng kam xarajatlami ta’minlash maqsadida 
texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar sonining boshqaruv xodimlari soniga 
bo'lgan nisbatining maqbul proportsiyalarini belgilovchi normativlardir. 
Xodimlar sonining nisbati quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
Xx (%)+Xt(% )+Xb(% )=CHS(100%)


Bunda Xb(%) — boshqaruv xodimlarining belgilangan soni; Xt(%) — 
texnik xodirnlaming soni; Xx(%) — xizmat ko‘rsatuvchi xodirnlaming soni; 
CHS(100%) — xodirnlaming umumiy cheklangan soni.
Ushbu formula boshqaruv xodirnlaming bitta ishchisiga hisoblangan 
texnik va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar sonining nisbatini aks ettiruvchi 
ko ‘rinishga keltiriladi:
lXb:Xt/Xb:Xx/Xb

Yüklə 4,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin