lar, tovarlarni qabul qilib oluvchilar, radiotexniklar, registratorlar, xo'jalik xodimasi, smetachilar, pochta jo'natmalarini va bosma asarlarni navga ajratuvchilar, tabel to'ldiruvchilar, taksirovkachilar, tarifikatorlar, tele- grafistlar, hisobchilar, xronometraj qiluvchilar, shifrqiluvchilarva boshqalar. Yuqorida qayd etilgan ro'yxatlarga boshqa lavozimlarni kiritish yoki ro'yxatning tarkibiga o'zgartirishlar kiritish davlat va xo'jalik boshqaruvi organining faoliyat xususiyatini hisobga olgan holda O'zbekiston Respubli kasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Ushbu ro‘yxatni kiritish munosabati bilan boshqaruv xodimlarining av- val tasdiqlangan soni awal boshqaruv xodimlari ro‘yxatiga qo'shiladigan texnik xodimlar lavozimlari soniga kamaytiriladi. 3.2.2. Davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar soni nisbatining me’yorlarini belgilash qo'IIanmasi Ushbu qo'llanmada (uslubiyotda) qo'llaniladigan asosiy ta’riflan a) xodimlar — korxona, tashkilot, muassasaning yollash asosida ishlay- digan va ishchilaming umumiy cheklangan soniga qo'shiladigan, barcha ish- chilaming yig'indisi; b) xodimlarning cheklangan umumiy soni — korxona, tashkilot, muas sasaning mehnatini tashkil qilish va texnologik rivojlanishning mavjud dara- jasida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalaiga erishish uchun zarur bo'lgan xodimlarning maksimal soni. Xodimlarning cheklangan umumiy soni quyi- dagicha belgilanadi: — hukumatning qarorlariga muvofiq tashkil qilingan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari uchun Vazirlar Mahkamasining qarorlari,