nayotgan hujjatlarning 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligi nazorat predmeti hisoblanadi. Prokuror qonunlam ing цго etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida o'z vakolatlari doirasida: • vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralarning, korxonalar, muassasa lar, tashkilotlarning, harbiy qismlaming hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni ko'rishga, tekshirishlar o ‘tkazishga, tek- shirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati to'g'risidagi va uni ta’minlashga doir chora-tadbir- lar haqidagi m a’lumotlarni talab qilishga; • davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarining harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari- dan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tek- shirish, taftish o'tkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar o'tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga; • mansabdor shaxslar va fbqarolardan qonun buzilishi xususida og'zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir. Qonun buzilishi aniq- langan taqdirda prokuror ushbu qonunda hamda boshqa qonun hujjatla- rida nazarda tutilgan choralarni ko'rishga majbur. Xo'jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatga prokuroming bevosita arala- shishiga, shuningdek, idoraviy boshqaruv va tekshiruv oiganlarining vazi- falarini bajarlshlga yo‘l qo‘yilmaydi. Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi: « 0 ‘z xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanaii qasamyod