22
tarmog`ini quvvati 180 ming tonnani tashkil etadi. Bu
kimyo tavarlarini hajmini
oshirishga qaratilgan bir qancha chora tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada
Prezidentimiz I.A. Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qi
lingan «Ichki
tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini
yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari to`g`
risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash doirasida hamda 2010 yil 23
martda imzolangan «2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar,
butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi
to`g`
risida»gi
qarorlarini misol keltirsak mubolag`a bo`lmaydi.
Mineral o`g`itlar ishlab chiqarish bo`yicha yana bir ulkan quvvatlardan
«Navoiyazot» OAJ
bo`lib, u o`z faoliyatini 1964 yilda mineral o`g`itlar
ishlab
chiqaruvchi zavod sifatida boshlagan.
Hozirgi vaqtda «Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati sanoatning turli
sohalarida ishlatiladigan 60 dan ortiq tovar mahsulotlarini chiqaradigan
O`zbekiston kimyo sohasining eng yirik
korxonasi hisoblanadi. «Navoiyazot» OAJ
mahsulotlariga talab nafaqat O`zbekistonda, balki
yaqin va uzoq xorijda ham
mavjuddir.
Rivojlangan infratuzilma va yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligi,
korxonaga o`tgan asrning 90-yillari og`ir damlariga qaramay sohadagi yetakchililik
o`rnini saqlab qolishga va kelgusida rivojlanishiga yordam berdi.
«Navoiyazot»
OAJ bugungi kunda ko`plab muhim ishlab chiqarish vazifalarini bajara oladigan
o`nlab sexlardan iborat bo`lgan yagona sanoat mexanizmi hisoblanadi. Bu
korxonani ishlab chiqarish tarmoqlarini 1.5-jadvalda ko`rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: