Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti


-Jadval Sho`rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% da.)



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/29
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163191
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Ozbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi

1.2-Jadval
Sho`rtan gaz koni xom gazining tarkibi (% da.) 
Manba: Foydalanilgan adabiyotlar asosida muallif tomonidan tuzilgan

Ikkinchi tipdagi konlarda oltingugurt, gazlar odatdagi gazdan farq qilib, 
metandan tashqari ko`p miqdorda (2-5% va undan ortiq) C
5
va undan yuqori 
gomologlari mavjud bo`ladi. 
Mamlakatimizning ko`pgina gaz konlari (98 %) oltingugurtli gazdir. 
Shuning uchun ham gaz kondensatini qayta ishlash bo`yicha ishlab turgan va 
loyihalashtirilayotgan ob`yektlarning hammasida oltingugurtli birikmalardan 
foydalanish nazarda tutilgan. Endilikda mamlakat yoqilg`i-energetika sanoatining 
gigantlariga aylangan Farg`ona neftni qayta ishlash, Muborak gazni qayta ishlash 
zavodlari hamda Sho`rtan gaz-kimyo majmuida yiliga 100 ming tonnaga yaqin 
suyultirilgan gaz ishlab chiqarilmoqda.
Azot 
1,584 
n - Butan
0,260 
CO
2
2,307 


Pentan 
0,110 
Metan 
90,52 
Geksan
0,119 
Etan
3,537 
Geptan
0,112 
Propan
1,06 
H
2

0,08 


Butan 
0,209 
n - Pentan
0,093 


16 
Muborakda tabiiy gaz tarkibida oltingugurtni ajratib oladigan zavod qurildi. 
Rangli metallurgiya korxonalari chiqindisidan sulfat kislota olinadi. Popdagi rezina 
zavodida kalish, rezina quvurlar hamda mashina va mexanizmlar uchun turli xil 
rezina qismlar ishlab chiqarilmoqda. Jizzaxdagi zavodda esa politelin plyonkalar 
hamda plastmassa quvurlar tayyorlanadi. 
Tabiiy gazdan azotli o`g`it va kimyoviy tola ishlab chiqaradigan zavodlar 
Farg`ona va Navoiy shaharlarida ham barpo etildi. 1946-yilda Qo`qonda, 1957-
yilda Samarqandda superfosfat zavodi ishga tushdi. 1998-yilda Qizilqum fosforit 
kombinati ishga tushirildi. Unda 2,7 million tonna fosforit konsentrati olinadi. 
Qazib olinayotgan oltingugurt kolchedani, marganes, bariy, talk, ohaktosh 
singari minerallar kimyo sanoatining turli tarmoqlari ehtiyojini qondirmoqda. Lok-
bo`
yoq sanoati , sun’iy tola va t
o`qimalar (Farg`
onada), sun’iy charm va sun’iy 
jun ishlab chiqaradigan zavodlar quvvati oshirildi. 
Hozirda neft zaxiralarining dunyo bo`yicha ko`pchilik qismi oltingugurtli 
yoki yuqori oltingugurtli hisoblanadi. Ushbu neftlarni qayta ishlash va neft 
mahsulotlarini yoqilg`i sifatida ishlatish qo`shimcha xarajatlar bilan bog`liq. 
Neftning oltingugurtli birikmalarining kimyoviy tarkibi bo`yicha o`ta turli-
tumandir. Neftlarda erigan holda ham, kolloid holatda ham elementar oltingugurt 
uchratilishi mumkin. Shu bilan birgalikda erigan vodorod sulfid, merkaptanlar 
(tiospirtlar), polisulfidlar, siklik sulfidlar (tiofan tipidagi) va tiofen hosilalari 
kuzatiladi. Bundan tashqari aralash oltingugurt - kislorod saqlovchi birikmalar - 
sulfonlar, sulfoksidlar va sulfon kislotalarda mavjuddir. Neftning smolali - 
asfaltenli qismida tarkibida bir vaqtda oltingugurt, azot va kislorod atomlari 
bo`lgan murakkabroq birikmalar ham kuzatiladi. Hozirda neftda 250 dan ortiq 
oltingugurt saqlovchi birikmalar topilgan. Ularning asosiy ko`pchiligi yengil va 
o`rta distillat fraksiyalaridan ajratib olingan
7

7
Turobjonov Sadriddin Mahamatdinovich, Azimov Obid Ganiyevich, Obidov Bilol Obidovich. “Kimyoning 
maxsus boblari” o’quv qo`llanma. Toshkent 2004. 7
-36-78 b. 


17 
Neftning oltingugurtli birikmalarining asosiy qismi - yuqori molekulyar 
massa va qaynash haroratiga ega bo`lib, ularning ko`pchiligi (70-90%) mazut va 
gudron tarkibida kuzatiladi. Oltingugurt miqdori ko`p bo`lgan ayrim neftlarni 
keyingi jadvalda ko`rish mumkin. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin