II BOB. O`ZBEKISTONDA KIMYO SANOATI RIVOJLANISH
DINAMIKASI VA ISTIQBOLLARI
2.1.
O`zbekiston iqtisodiyotida kimyo sanoatining o`rni
Jahonda kimyo sanoat
ning mustaqil sanoat tarmogʻiga
aylanishi sanoat
to`ntarishi bilan b
ogʻliq. Sulfat kislota ishlab chiqarish
bo`yicha dastlabki zavodlar
1740 yilda Buyuk Britaniyada (Richmond), 1766 y.da Fransiyada (Ruan), 1805
32
yilda Rossiyada (Moskva gubernyasi), 1810 yilda Germaniyada (Leypsig yaqinida)
barpo etilgan.
To`qimachilik va shisha-oyna sanoatining rivojlanishi bilan soda ishlab
chiqaradigan zavodlar qurildi. Bunday korxonalar soda zavodlari Fransiyada 1793
yilda (Parij yaqinida), Buyuk Britaniyada 1823 yilda (Liverpul), Germaniyada
1843 yilda (Elba bo`yidagi Shyonebek shahrida), Rossiyada 1864 yilda
(Barnaul)da qurildi. XIX asr o`rtalaridan Buyuk Britaniya (1842), Germaniya
(1867), Rossiya (1892)da sunʼiy
o`gitlar ishlab chiqaradigan zavodlar ishlay
boshladi. AQShda kimyo sanoari Yevropa mamlakatlariga nisbatan kechroq paydo
bo`ldi, lekin 1913 yilga kelib kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi
bo`yicha jahonda 1-o`ringa chiqib oldi.
Chet mamlakatlardan AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va
Italiya, Rossiya kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha yetakchi
o`rinlarda turadi. Jahon bo`yicha kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishning
3/4 qismi shu mamlakatlar hissasiga to`
gʻri keladi.
1960 yillardan boshlab
Yaponiya va Germaniyada kimyo sanoati jadal rivojlandi.
O`zbekistonda tegishli xom ashyo manbalari bo`lishiga qaramay xx asrning
30-yillarigacha kimyo sanoati deyarli yo`q edi. 1910-yillarda ohak kuydirish,
o`simlik bo`
yogʻi olish, oltingugurt ishlab chiqarish
, ishqoriy moddalar tayyorlash,
sovungarlik bila
n shugʻullangan bir qanch
a kichik korxonalar (12 sovun zavodi,
neftni haydash zavodi, 2 bo`yoq fabrikasi) bo`lgan.
Zamonaviy kimyo sanoatining shakllanishi 1932 yil qadimdan oltingugurt
qazib olingan Sho`
rsuv oltingugurt koni (Fargʻona vo
diysi)ning ishga tushirilishi
bilan boshlandi. Bu korxona sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan oltingugurtning
57% ini bergan va Itti
foqning oltingugurt mustaqilligini taʼm
inlashda muhim rol
o`ynadi. Kimyo sanoatining eng yirik korxonasi Chirchiq elektr kimyo kanbinati
1940 yil oktabrdan mahsulot bera boshladi. Shu yili 608,9 t ammiak, 961,7 t
kuchsiz azot kislotasi va 930 t ammiak selitrasi ishlab chiqarildi. 1940yilda
respublikaning jami sanoat mahsuloti hajmida Kimyo sanoati hissasi 0,8% ni,
33
kimyo sanoatida band bo`lgan ishchilar soni sanoat ishchilarining 1% ni tashkil
etgan, sanoat ishlab chiqarish fondining 7,4% kimyo sanoati hissasiga to`
gʻri
kelgan.
Respublika sanoati mahsulotlari umumiy hajmida kimyo sanoati (neft
kimyosi sanoati bilan birga) hissasi 2000-yil 6,1 % ni tashkil etdi. Shu yili 832
ming t mineral o`
gʻitlar (100% ozik, modda hisobida), 15 ming t sintetik smolalar
va plastik massalar, 14,7 ming t kimyoviy tola va iplar, 985 ming t sintetik
ammiak, 823,4 ming t sulfat kislota, 287 ming t oltingugurt va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqarildi.
1991 yilda respublika kimyo sanoati korxonalari negizida "O`zkimyosanoat"
konserni tashkil etildi. 1994 yil martidan konts
е
rn "O`zkimyosanoat" uyushmasiga
aylantirildi. 2001 yil martida uyushma tugatilib, uning asosida "O`zkimyosanoat"
davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tashkil qilindi va 2004 yil yanvarida kompaniya
tarkibiy jihatdan qayta shakllantirildi. Kompaniya tarkibiga 29 ta korxona va
tashkilotlar kiradi. Shu jumladan, 7 ta ochiq aktsiyadorlik jamiyati, 3 ta qo`shma
korxona-aktsiyadorlik jamiyati va 3 ta davlat tasarrufidagi ishlab chiqarish
korxonalari; 13 ta "Qishloq xo`jalikkimyo" xududiy aktsiyadorlik jamiyatlari, 2 ta
ilmiy-tadqiqot va loyiha inshoatlari, 1 ta mas'uliyati ch
е
klangan jamiyat bor.
Kimyo sanoati sohasida loyiha ishlarini uyushma tarkibiga kiradigan
"O`zkimyosanoatloyiha" aktsiyadorlik jamiyati (Chirchiq shaxri), Toshk
е
nt
kimyoviy t
е
xnologiya davlat unitar korxonasi olib boradi.
19
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 13- martdagi
"Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari
to`
gʻrisida"
gi qarori.da O`zbekiston Respublika hukumati tomonidan O`zbekiston
kimyo sanoati korxonalarini yalpi rivojlantirishning 23ta investitsiya loyihalaridan
iborat dasturi ishlab chiqildi va maʼqullanib, kimyo sanoati korxonalarini
rivojlantirish va qo`
llab quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. Bugungi kunda
"O`zkimyosanoat" kompaniyasi tarkibida 34 ta korxona, shu jumladan, 4 qo`shma
19
http://uza.uz/uz/business/12204/
· 29.04.2010
34
korxona ishlaydi (shulardan 22 tasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)ga
aylantirilgan) (2002). Ularning 20 dan ko`
progʻi yirik zamonaviy korxonalardir.
“
O`
zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga
oshiriladigan barcha ishlar, jumladan, ilmiy tadqiqotlar, kimyoviy mahsulotlarni
ishlab chiqarish, tarqatish va ularni yetkazib berish bilan bog`liq barcha chora-
tadbirlar, mamlakatimiz kimyo tarmog`ini rivojlantirish bo`yicha kompleks
siyosatni yuritishga xizmat qiladi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvati
O`zbekistonning kimyo mahsulotlariga bo`lgan ichki talabini to`
la ta’minlash
hamda doimiy asosda ularni eksport qilish imkonini beradi. Faqat o`tgan
2011yilning
o`
zida “
O`
zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi
korxonalari tomonidan 1 560,7 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo`lib,
shundan 103 milliard so`
mlikdan ziyodi xalq iste’moli mollaridir. Bu oldingi
ishlab chiqarish sur’atiga nisbatan
o`sish 142 foizni tashkil etganidan dalolat
beradi. Tarmoq korxonalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiyalash, texnik va
texnologik yangilash ishlari shunday yuqori ko`rsatkichlarga erishish imkonini
berayotir. Xususan, “Maksam
-
Chirchiq” ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash hisobiga yiliga 270 ming
tonnagacha karbamid ishlab chiqarishga erishildi. Dehqonobod kaliy o`g`itlari
zavodining mavjud ishlab chiqarish quvvati 20 ming tonnaga kengaytirildi.
Kompaniya tomonidan yangi mahsulot turlari, ayniqsa, mamlakatimiz
iqtisodiyotining ko`plab tarmoqlari uchun zarur mahsulotlarni o`zlashtirish
bo`yicha ham ulkan ishlar amalga oshirilmoqda
. “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik
jamiyatida “Uz
-
COR silicon” yangi q
o`shma korxonasi bunyod etildi. Mazkur
korxonada respublikamiz elektr texnika sanoatini rivojlanirish hamda muqobil
energiya manbalari uskunalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnik
kremniy ishlab chiqariladi. Hozirgacha bu yerda 800 tonna texnik kremniy ishlab
chiqarildi, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari davom ettirilmoqda.
Hozirgi kunda kompaniya korxonalarida mineral o`g`
itlar, sun’iy tolalar,
polimer materiallar, energetika, kimyo, tog`-kon sanoati uchun zarur bo`lgan
35
kimyoviy reagentlar, o`simliklarni himoyalovchi vositalar, defoliantlar, paxta
ekishda qo`llaniladigan plyonkalar ishlab chiqarilmoqda. Bunda mamlakatimizdagi
mavjud xomashyo resurslari va jahon bozorida mineral o`g`itlarga bo`lgan
o`
zgaruvchan talabga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Kimyo sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan keng ko`lamli
ishlar samarasida o`tgan yili kompaniya korxonalari tomonidan bir million 200
ming tonnadan ziyod mineral, azot, fosfor va kaliy o`g`itlari ishlab chiqarildi. Bu
2011-yilning shu davridagiga nisbatan ancha ko`pdir
20
.
O`zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishiga aks tasir ko`rsatuvchi omillar
ham mavjud bo
‘
lib, ularning ta
’
sirini kamaytirish yoki bartaraf etish sanoat
taraqqiyoti sur
’
atlarini oshiradi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
–
kimyo sanoati korxonalari texnologiyalarni eskirganligi;
–
aksariyat kimyo korxonalari inson organizmiga zarar yetkazishining
yuqoriligi;
–
xususiy sektor moliyaviy, investision va ilmiy-texnik salohiyatining yirik
kimyo sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun yetarli emasligi;
–
aksariyat qayta ishlash korxonalari texnik va texnolog
ik ko‘rsatkichlarining
pastligi;
–
bozor infratuzilmasining kimyo sanoatni jadal rivojlantirish talablariga mos
rivojlanmaganligi;
–
milliy iqtisodiyotni
ng jahon xo‘jaligi tizimiga sust
integratsiyalashganligi va
xalqaro bozordagi keskin raqobat;
–
mamlakatning geografik jihatdan anklav joylashganligi, rivojlangan
bozorlardan uzoqligi, dengiz yo‘llariga chiqish imkoniyatlari v
a shart-
sharoitlarining torligi;
–
ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish
imkoniyatini beruvchi intellektual salohiyatning yetishmasligi;
20
O‘zA, R
oman Bondarchuk, 01.02.2012. Jamiyat ijtimoiy-
siyosiy gazetasi © 2012.5
-soni
36
Bu kabi omillarni tasirini kamaytirish va bartaraf etish maqsadida,
Prezidentimiz I.A. Karimov rahnamoligida mamlakatimizda kimyo sanoatini
izchil rivojlantirish, korxonalar quvvatidan samarali foydalanish, eksportga
yo`naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko`
paytirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. “
O`
zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi
O`zbekiston
Respublikasi kimyo korxonalarini birlashtiruvchi yaxlit tuzilmadir. U kimyo
sanoati korxonalarini rivojlantirish bo`yicha ishlab chiqarish, innovatsion va
marketing dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, shu orqali butun tarmoqni
barqaror rivojlantirishga shart-sharoit va zamin yaratadi.
Toshkent shahrida 2012yil 3 aprel kuni
“
Mineral o`g
‘
itlar va ularga oid
sohalar xalqaro bozorining bugungi ahvoli va rivojlanish tendensiyalari
”
mavzuidagi mintaqaviy konferensiya boshlandi. Mazkur anjumanda o`ttiz
mamlakatdan yuzdan ziyod olim va mutaxassislar, ekspertlar ishtirok etmoqda.
Ular O`zbekistonning jahon hamjamiyatida o`z o`rnini egallab borayotganini va
kimyo sanoatiga qaratilayotgan etiborni yuksak hisoblashdi. Forum ishtirokchilari
O`zbekistonning
jivojlanishi
haqida
iliq
fikrlar
bildirishdi.
Forum
ishtirokchilarining ayrimlarining fikrlari:
Lyuk Man, Mineral o`
g‘itlar ishlab chiqaruvchilar xalqaro uyushmasi
Dostları ilə paylaş: |