2.2-jadval
O`zbekistonda kimyo sanoatini eksport va importdagi ulushi
dinamikasi.
yillar
Eksportdagi ulushi
Importdagi ulushi
Hajmda mln $
%da
Hajmda mln $
%da
2005
286,6
5,3
556,4
13,6
2006
357,8
5,6
659,3
15,0
2007
611,4
6,8
685,8
13,1
2008
648.0
5,6
975,5
13,0
2009
588,5
5,0
1047,6
11,1
2010
665,2
5,1
1258,3
14,3
2011
841,5
5,6
1397,8
13,3
2011 yilda 2005
yilga nisbatan
%da
293,6
105,6
251,2
97,7
Manba: O`zbekiston Statistika malumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan
.
22
http://uza.uz/uz/business/15179/
O‘zA. muhbiri Viktor Nikolayev. 15.12.2010
42
O`zbekistonda kimyo sanoati mahsulotlari eksport hajmi yil sayin oshib
bormoqda. Jami eksportda kimyo sanoati ulushi 2005-2011 yillar mobaynida
deyarli o`zgarmagan (o`rtacha 5% ulush). Bunga sabab jami eksport bilan kimyo
sanoati mahsulotlar eksporti mos ravishda oshib borgan. Bundan tashqari
eksportda yuqori ulushga ega mahsulotlar bor. Masalan 2010 yilda eksport 665,2
mln$ bo`lib, unda yoqilg`i energitika 24,8%, paxta tolasi 11,3%, oziq-avqat 9,7%,
xizmatlar 9,1%, mashina va uskunalar 5,5% qorq va rangli metallurgiya sanoati
6,8% ulushga ega.
Kimyo mahsulotlar eksport hajmi 5 yil mobaynida deyarli 3 barobar oshib
(293,6%), 286,6 mln$ dan 841,5 mln$ ga oshgan. Kimyo sanoati mahsulotlari
importi 2005-2011 yillar davomida jami importdagi ulushi o`rtacha 13%ni tashkil
etgan. Kimyo mahsulotlari importi hajmi shu 5 yil davomida 2,5 barobarga
oshib(251,2%), 556,4 mln$ dan 1397,8 mln$ ga yetgan.
Dehqonobod kaliyli o`g`itlar zavodida o`tgan 2011 yili 180 ming tonna
kaliyli o`g`itlar ishlab chiqarishga erishildi. Bugungi kunda zavodimizda yiliga 700
ming tonna silvinit qayta ishlanib, 200 ming tonna kayil o`g`iti tayyorlanmoqda.
O`g`itlarning asosiy qismi Shri-Lanka, Xitoy, Malayziya, Singapur va boshqa
mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiyalash texnik va texnologik qayta
jihozlash dasturi o`ttizga yaqin investitsiyaviy loyihani qamrab olgan. Ushbu
loyihalarni amalga oshirishga 380 milliard so`mdan ortiq mablag` ajratilgan bo`lib,
buning natijasida soha korxonalarida ishlab chiqarish hajmi 1,4 marotaba oshadi.
Bunda korxonalarning energiya sig`imi qisqaradi, mahsulot eksporti ortib boradi.
Prezidentimizning 2010-yil 15 dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz
sanoatini barqaror, jadal hamda muvozanatli rivojlantirishga yo`naltirilgan
“2011
-
2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor
yo`nalishlari to`g`risida
”
gi qarori. ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilash bo`yicha amalga oshirilayotgan jarayonning
mantiqiy davomi bo`ldi.
43
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ularning tashqi bozorlarda
raqobatbardoshligini ta
’
minlaydigan xalqaro sifat standartlari va texnik
reglamentlarni tizimli joriy etish ham muhim yo`nalish hisoblanadi.
Shunisi e
’
tiborliki, loyihalarni amalga oshirish doirasida respublikamizda
ishlab chiqarilmaydigan va chetdan olib kelinadigan uskunalar, materiallar va
butlovchi buyumlar 2016-yilning 1 yanvariga qadar bojxona to`lovlari to`lashdan
(bojxona rasmiylashtiruvi yig`imlaridan tashqari) ozod etildi.
Mazkur qarorda sanoatda umumiy qiymati qariyb 50 milliard dollarlik 500
dan ziyod yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilgan.
Yaqin to`rt yilda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi kamida 60
foizga ko`payishi lozim va bu yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushining 2010-
yildagi 24 foizdan 2015-
yilda 28 foizga oshishini ta’m
inlaydi. Mashinasozlik,
kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati va boshqa tarmoqlar
jadal sur’atda rivojlanib, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar ikki baravardan
oshadi.
Yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga alohida
e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, sintetik suyuq yoqil
g`i ishlab chiqarishni tashkil
qilish, polietilen va polipropilen mahsulotlar, suyultirilgan va siqilgan tabiiy gaz
ishlab chiqarish bo`yicha yangi, zamonaviy gaz-kimyo komplekslarini barpo etish,
zamonaviy energiya tejovchi texnologiyalar asosida mineral o`g`itlar hamda yangi
turdagi kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, eskirgan uskunalarni zamonaviy
bug`-gaz uskunalari bilan almashtirish hisobidan energetika jadal rivojlantiriladi
23
.
Joriy yil 2012 yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalda
o`zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmi 15,3 milliard so`mni tashkil qildi va
qiyosiy narxlarda 9,8 foizga oshdi. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar
23
http://uza.uz/uz/society/21530/ 13
.04.2011. O‘zA muhbiri Viktor Nikolayev. Prezidentimizning 2010
-yil 15
dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal hamda muvozanatli rivojlantirishga
yo`naltirilgan “2011
-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari
to`g`risida”gi qarori
44
hajmi 2 milliard dollarni tashkil qildi, jumladan, o`zlashtirilgan 1,6 milliard
dollarning (o`sish 2011-yilning shu davriga nisbatan 9,6 foiz) 1,3 milliard dollari
to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalardir.
Xo`
jalik sub’ektlari va aholining investitsion faolligini oshirishga doir
chora-tadbirlar investitsiyalar hajmini korxonalarning o`z mablag`lari hisobidan
10,3 foiz, aholi mablag`lari evaziga 23,6 foizga oshirish imkonini berdi.
O`zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi kreditlari hisobidan moliyalash
hajmining 1,5 barobarga oshirilishi yirik strategik ishlab chiqarish va infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirishga ko`maklashdi.
Buning natijasida 2012-yilning o`tgan davrida 106 ta investitsiyaviy
loyihalarni amalga oshirish yakunlandi. “Sh
o`
rtanneftgaz” unit
ar sho`ba
korxonasida propanbutan aralashmasi qurilmasini barpo etish (5-navbat), Navoiy
issiqlik elektr stansiyasida gaz siqish kompressor stansiyasini qurish, Navoiy
viloyatida texnik kremniy ishlab chiqarishni tashkil etish (I bosqich), Qalmaqir
konini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda boshqa qator
loyihalar shular jumlasidandir. O`zbekistonda investitsiyalar hajmi yildan yilga
ortib bormoqda. Shunisi takidlash lozimki kiritilgan investitsiyaning deyarli 33%i
sanoat soxasiga yo`naltirilmoqda. Kiyo sanoatiga kiritilayotgan investitsiyalar
hajmi sezilarli darajada kam. Buni biz keying 2.3-jadvalda ko`rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |