2.2.
O`zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanish istiqbollari
O`zbekistonda kimyo sanoati rivojlanishini tahlih qilayotganimizda bir
qaqtor muammolarga duch kelishimiz mumkin. Bu muammolar:
–
Mamlakatning tabiiy va mineral-xom ashyo resurslari yirik zahiralariga
mavjud. Ammo bu kabi xom ashyolarni qazib chiqarish, uni uni qayta ishlash
jarayonida texnika texnologiyani eskirganligi va yetishmsligi. Buning natijasida
kimyo mahsulotlari ishlab ciqarish samaradorligi oshmayotganligi. Masalan
mineral o`gitlar ishlab chiqarish 2011-yil 1,2 mln tonna tashkil etgan bo`lsa(1.7-
jadval), mineral o`gitlar orasida birgina azot ishlab chiqarish sanoat quvvati 2,8
mln tonnani tashkil etadi(1.4-jadval). Kimyoviy tola va iplar ishlab chiqarish
24
Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati malumotlari 2013.
47
2011-yilda 16,2 ming tonnani tashkil etgan bo`lsa(1.7-jadval), bu sanoat tarmog`ini
quvvati 180 ming tonnani tashkil etadi(1.4-jadval);
–
Kimyo sanoatida yangi tur
dagi kimyo mahsulotlarini o‘zlashtirishda
geologik qidiruv ishlari va yangi kashfiyotlar uchun moliyalashtirishni kengroq
yo`lga qo`yilmaganligi;
–
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va tajriba ishlarini amalga oshirishda malakali
kadrlar va mutaxassis oliblarni yetishmasligi;
–
Kimo sanoat tarmog`ida
innovasion faoliyatning rivojlanmaganligi, ilg‘or
innovasion yangiliklarning tarmoq korxonalarida kam joriy etilishi. Masalan
O`zbekistonga 2011 yil 18291,3 mlrd so`m investitsiya kiritilib, shundan 32,7%i
sanoatga yo`naltirildi. Kimyo sanoatiga ajratilgan investitsiyalar jami
investitsiyadagi ulushi 2006 yil 2,2% , 2011 yilda esa bu ko`rsatgich 1,0% ga
tushdi. Kimyo sanoatiga ajratiladigan investitsiyalar jami investitsiyaning 1-2%ni
tashkil etishi albatda salbiy xolat;
–
Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishda tabiat va insonlarga salbiy
zarar yetkaz ehtimoli yuqoriligi, ishlab chiqarish jarayoniga davlat aralashuvini
taqoza etilishi. Xususan,
Prezidentimiz I.A.Karimovning «O’zbekiston XX1 asr
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari»
asarlarida ta’kidlanganidek: «
Sanoat korxonalarida atmosferaga, suv havzalariga
va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun
solinadigan maxsus soliqdan keng foyda
langan holda ma’suliyatni oshirish darkor.
Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak.
Boshlang’ich xom ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olgunga qadar kompleks
foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali
uskunalarni o’rnatish lozim»;
Hozirgi kundagi ekologik va iqtisodiy vazifa eng mukammal chiqindisiz
kimyoviy texnologiyani qo’llashdir. O’zbekistonda jo
ylashgan barcha kimyo
korxonalarini yaqin yillar ichida chiqindisiz texnologiya asosida ishlashga
moslashtirilishi lozim
dir. Bu vazifani xal qilish, ya’ni yuksak malakali
48
kimyogarlar, kimyogar-
muhandislar tayyorlash respublikamizning oliy o’quv
yurtlari zimmasiga yuklanadi;
Bu kabi muammolarni bartaraf etish soha rivojlanish sur’atlarini oshir
adi.
Bu muammolarni inobatga olgan xolda yurtimzda kimyo sanoatini rivojlantirishda
davlat ttomonida loyiha va dasturlar amalga oshirilmoqda. Jumladan
Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar samarasi o`laroq, mamlakatimiz sanoatining innovatsion salohiyati
sezilarli ravishda oshmoqda. Masalan, bugungi kunda kimyo sohasida amalga
oshirilayotgan 11 ta yirik innovatsiya loyihasi eksportbop va import o`rnini
bosadigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish hisobidan tayyorlanayotgan
mahsulot hajmini oshirish, yangi ish o`rinlari tashkil etish imkonini beradi
.
“
O`
zkimyosanoat” davlat
-aksiyadorlik kompaniyasi Innovatsiyalar markazida
istiqbol uchun bir qancha innovatsion loyihalar va yo`nalish ishlab chiqilgan.
Bular :
–
Davlatimiz rahbari tomonidan milliy iqtisodiyotimizning kimyo tarmog`ini
rivojlantirishga doimiy e’tibor qaratilaayotgani, mamlakatimizda xomashyo
zaxirasi boyligi, yuqori malakali kadrlar mavjudligi ishlab chiqarishni yangilash va
kengaytirish imkonini bermoqda. Prezidentimizning 2009 yil 12 martda qabul
qilingan “2009
-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy
va texnologik qayta jihozlash bo`yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish
chora-tadbirlari Dasturi to`g`risid
a”gi va 200
9 yil 11 martda qabul qilingan
“Q
urilishni jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlarini o`zlashtirish
chora-tadbirlari to`g`risida
”
gi qarorlari bu borada muhim dasturi amal bo`lib
xizmat qilmoqda. Ushbu muhim vazifaning hal etilishi O`zbekiston kimyo
sanoatining ham ichki, ham tashqi bozordagi o`rnini yanada mustahkamlaydi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashdan
asosiy maqsad, yangi turdagi xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishni
o`zlashtirishdir. Masalan, sohaga oid innovatsiya dasturida ishlab chiqarilayotgan
azot o`g`itlar, jumladan fosfatli ammiak selitrasi turlarini ko`paytirish ko`zda
49
tutilgan. Shu maqsadda “Navoiyazot” ochiq aksiyadorlik jamiyatida yiliga 20 ming
tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega tajriba-sanoat korxonasi qurilishi
nihoyasiga yetmoqda. Fosfatli ammiak selitrasi ammiak selitrasiga fosforitlar
chiqindilarini qo`shish orqali olinadi va bu uning tarkibida azot miqdorini talab
darajasidagi 26-28 foizga kamaytiradi. Shu tariqa, tarkibida tuproq uchun kerakli
ikkita ozuqa elementi
–
azot hamda fosfor bo`lgan deyarli yangi o`g`it ishlab
chiqariladi. 2010 yilda ishlab chiqarish quvvatini yiliga 150 ming tonnagacha
oshirish rejalashtirilgan. Bu esa, o`z navbatida, mamlakatimiz qishloq xo`jaligining
ushbu qimmatbaho o`g`itga bo`
lgan ehtiyojini ta’minlash bilan birga, uni eksport
qilish imkonini ham beradi.
Yana bir yangi mahsulot o`g`it sifatida muvaffaqiyatli qo`llash mumkin
bo`lgan karbamid-ammiak selitrasining tarkibida ham azot miqdori 28-30 foizni
tashkil qiladi. Joriy yil oxirigacha 11,7 ming tonna karbamid-ammiak selitrasi
ishlab chiqarish kutilmoqda.
Bundan tashqari, jahon bozorida talab ortib borayotgan azot-fosfor-kaliy
o`g`itlarining yangi turlarini ishlab chiqarish ham mahsulot assortimentini
kengaytirish imkonini beradi. Ularning afazalligi “uchtasi bittada” prinsipi
bo`yicha agrokimyoviy samaradorlikning yuqoriligidadir. 2010 yilda Dehqonobod
kaliy zavodini ishga tushirish mo`ljallanmoqda va buning natijasida kimyo
tarmog`i ana shunday o`g`itlarni ishlab chiqarish imkoniga ega bo`ladi.
Shuningdek, tabiiy gazni chuqur qayta ishlash asosida mahsulot ishlab
chiqarishni yo`lga qo`yish, zichligi past ammoniy nitrati, natriy nitrati,
katalizatorlar, sintetik yuvish vositalari ishlab chiqarishni kengaytirish ham bu
boradagi muhim vazifalar sirasiga kiradi.
–
«
O`
zkimyosanoat» davlat
-aksiyadorlik kompaniyasining innovatsiya
loyihalari avval O`zbekistonda ishlab chiqarilmagan qator yangi turdagi
mahsulotlarni o`zlashtirishni o`z ichiga oladi. Ilgari Olmaliq kon-metallurgiya
kombinati, Navoiy kon-
metallurgiya kombinati, «Kvars» ochiq aksiyadorlik
jamiyati uchun chetdan sotib olingan
Dostları ilə paylaş: |