18
ipak tayyorlashga qaraganda 20 barobar kam mehnat sarf qilinadi. Shuningdek
kimyo sanoati tufayli ishlab chiqarishni kombinatlashtirish
istiqbollari yaraldi.
Chunonchi, ko`mir, neft, gaz singari yoqilg`i xomashyolaridan
energiya hosil
qilishda ham, kimyo mahsulotlari (benzin, parafin) olishda ham foydalanilishi
energetika-kimyo kombinatlari qurishga olib keldi.
Kimyo sanoatining xomashyo bazasi boy va xilma-xil. U turli foydali
qazilmalardan, ishlab chiqarish chiqindilaridan yog`och, suv,
hatto havodan
foydalanadi. Turli xil xomashyolardan foydalanish imkoniyatining cheksizligi
kimyo sanoati korxonalarini hamma joyda qurishga imkon beradi. Biroq kimyo
korxonalari energiya va suvni ko`
p ishlatishi, ayniqsa, tabiatga jiddiy salbiy ta’sir
ko`rsatishi sababidan ularni hamma joyda ham qurish maqbul bo`lavermaydi.
Kimyo sanoatining yirik korxonasi
–
Chirchiq elektrkimyo kombinati 1940-
yilda ishga tushgan. Chirchiq elektrkimyo kombinati
dastlab havo tarkibidagi
azotdan elektr energiyasi vositasida azotli o`g`it ishlab chiqargan. Buxoro
viloyatida topilgan tabiiy gaz quvur orqali Chirchiqqa keltirilgach,
kombinat
gazdan xomashyo o`rnida foydalanadigan bo`ldi. Bu mahsulot ishlab chiqarishning
keskin ko`payishi va tannarxning arzonlashishiga olib keldi. Kombinatda azotli
o`g`itdan tashqari, magniy xlorit (g`o`za bargini to`kishda qo`llaniladigan
kimyoviy modda) hamda plastmassa va sintetik tola
olish uchun organik sintez
mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda
8
.
Dostları ilə paylaş: