Toshkent davlat sharqshunoslik instituti xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix20.11.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#163191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Ozbekistonda kimyo sanoati rivojlanishi

Nometall qazilma boyliklar.
Bu turdagi mineral xom ashyolarni quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: tog`-ruda xom ashyosi, tog`-kimyo xom ashyosi, 
qurilish materiallari, yer osti suvlari. 
Tog`-ruda xom ashyosi
o`z navbatida erituvchan shpat, dala shpati-kvarsi 
(chaqmoqtosh) xom ashyosi, qoliplaydigan xom ashyo, vollastonit, asbest va 
boshqalardan tarkib topadi. Erituvchan shpatning O`zbekistonda 30ga yaqin 
konlari va ko`rinishlari aniqlangan. Ular asosan Toshkentoldi geologiya-iqtisodiy 
rayonida joylashgan bo`lib, Qurama va Chotqol mintaqalarida ham qidiruv ishlari
olib borish ko`zda tutilgan. Dala shpati kvarsi xom ashyosining zahiralari Navoiy 
viloyati (Langar, Karmana)da joylashgan. Ulardan keramika, forfor, shisha, fayans, 
emal idishlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. 


12 
Tog`-kimyo xom ashyosi
jumlasiga fosforitlar, tabiiy tuz, soda, agrokimyo 
xom ashyosi kiradi. Sulfat, kaliy, osh tuzi konlari topib ishga tushirilgan. 
Borsakelmas, boybichekan va Xo`jaikamda osh tuzining bitmas-tugamas zahiralari 
joylashgan. 
Qurilish materiallari
ning 370 dan ortiq konlari hisobga olingan. Ularning 
31 tasi sement xom ashyosi, 29 tasi qoplama tosh, 13 tasi keramzit xom ashyosi, 
39 tasi qurilish toshlari, 175 tasi g`isht xom ashyosi, 67 tam qum-gravil 
materiallari, 22 tasi beton uchun qum va silikat buyumlari, 3 tasi shisha xom 
ashyosi va boshqa konlardir
4

Murakkab moddalar ichida eng ko`p tarqalgan va xalq xo`jaligida eng ko`p 
ishlatiladigan anorganik moddalar tuzlar bo`lib, Yerdagi hayotiy jarayonlarning 
me

yorida sodir bo`lishi uchun ularning ahamiyati juda kattadir. 
Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va 
organizm umumiy massasiga nisbatan 5,5 % turli xildagi tuzlar shu vazifani 
bajarib turadi. Masalan, organizmda kalsiy tuzlari kamayib ketsa, muvozanatni 
tiklash uchun kalsiy tutgan mahsulotlarni iste

mol qilish xohishi paydo bo`ladi. 
Yoki turli sabablarga ko`ra organizm tez suyuqlik yo`qotadigan bo`lib qolganda, 
tuz suyuqlik bilan chiqib ketib qoladi, shuning uchun bunday holatlarda turli 
fiziologik tuz eritmalari beriladi. 
Kalsiy, temir, kaliy, natriy va boshqa ko`plab metallar tutgan tuzlar 
tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi dori vositalari sifatida qo`llanadi. 
Azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, natriy va mikroelementlar deb nomlanuvchi 
metallar 
guruhini 
tutgan 
tuzlar 
qishloq 
xo`jaligida 
o`g`
itlar, ba’
zi 
zararkunandalarga qarshi kurash vositalari, unuvchanlikni va hosildorlikni 
oshiruvchi o`stiruvchi vositalar sifatida keng qo`llanadi.
 
Natriy xlorid 
NaCl.
 
Osh tuzi turmushda qanday maqsadlarda ishlatilishini esa hammamiz juda yaxshi 
bilamiz. Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishda, tibbiyotda fiziologik 
4
To‘xli
ev N., Xaqberdiev Q., Ermamatov Sh., Xolmatov N. 
O’bekiston iqtisodiyoti 
asoslar
i. T. O‘zME. 200
7, 29-
36 b.


13 
eritma tayyorlashda ishlatiladi. 
Kalsiy karbonat 
CaCO
3
.
Marmar, ohaktosh sifatida 
qurilishda ishlatiladigan tuz. Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng 
ko`p foydalaniladi. Toshkent metropoliteni bekatlarining chiroyiga chiroy qo`shib 
turibdi. 
Ammoniy nitrat 
NH
4
NO
3
.
 
Ammoniyli selitra nomi bilan qishloq xo`jaligida 
ishlatiladi. Farg`ona azotli o`g`
itlar korxonasida sun’
iy tarzda ishlab chiqariladi. 
Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlarni olishda ham tuzlardan keng 
foydalaniladi. Masalan, temirning sulfidli tuzlaridan cho`yan va po`lat olinadi
5

O`zbekistonda yirik tog`-kimyo konlari kimyo sanoati tarmoqlariga turli xil 
xomahyolar yetkazib berish orqali kimyo sanoatida katta ahamiyat kasb etadi. 
Bunday konlar haqida biz 1.1.-jadvalda batafsil malumotga ega bo`lamiz.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin