11
O`zbekistonda mis chiqaruvchi asosiy korxona olmaliq tog`-metallurgiya
kombinatidir. Mis konlari mis-porfir formatsiyasiga mansub bo`lib, O`rta
Tyanshan, ayniqsa Qurama tog`lari uchun xosdir. Olmaliqda uning Qalmoqqir,
Saricheka, Dalniy, Qizota konlari bor.
Volfram molibden, qalay, vismut, simob va surmaning Janubiy Tyanshan va
O`rta Tyanshan tog` tizilmalariga kiradigan
Qoratepa, Langar, Qo`ytosh, Ingichka,
Yashton, Sargardon va boshqa konlari bor. 20 ta molebdenli formatsiya va ularning
turlari aniqlangan.
Qora metallar
asosan temir, titan, marganes va xromdan iborat bo`lib,
ularning bir necha yuz konlari mavjud. Turli genetik tipdagi temir konlari va ruda
to`plamlari, magnit anomaliyalari bor. Ular Tepabuloq titan-magnetik koni,
Surenota, Shabrez, Mingbuloq va boshqa konlardir. Marganesning cho`kindi
konlari Zarafshon, Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa tog`larda,
respublikaning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida, gidrotermal to`plamlari
Chotqol tog`larida joylashgan. Xrom konlari ofiolit mintaqalari bilan bog`liq
bo`lib, Qizilqum Farg`ona ofiolit belbog`ida, Tomditog` va Sulton-Uvays
rayonlarida ko`proq uchraydi.
Dostları ilə paylaş: